O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori bilan batafsil tanishib chiqing!

@NUU_students
«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti»
(Jamoatchilik so‘rovnomasi yakunlandi)

«YIL TАNLOVI-2021»

«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» nominatsiyasi g‘oliblari «YIL TАNLOVI-2021»ning respublika bosqichi tantanasida jurnalist va blogerlar e’tirofi asosida e’lon qilinadi.

Hurmatli talabalar! O'zbekiston Milliy universitetiga ovoz bering!

@NUU_students
❗️Diqqat, 25-dekabr barcha OTMlarga oxirgi o'qish kuni etib belgilandi.

2022-yil 10-yanvargacha qishki ta'til davom etadi.

@NUU_students
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi!

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

@NUU_students
⚡️ O'zbekiston Milliy universiteti xalqaro reytingda 100 pog'ona yuqoriga ko'tarildi!

@NUU_students
⚡️"O'zMU talabalari" kanali administratsiyasi tomonidan ochilgan guruhlar va ularning vazifalari. Siz uchun foydali bo'lishi mumkin:

• @Talabalar_kvartira - Talabalarga ijaraga turar-joy topishga ko'maklashish!

• @Talabalarbirdamligi - Har qanday muammoni birgalikda hal etish va jamoaviy ishlash. Ushbu guruhda siz YN, ON, Kurs ishi, amaliyot ishi, diplom ishi va hokazolar haqida yordam so'rashingiz mumkin.

• @Milliy_universitetimiz - Kanal uchun biriktirilgan guruh, chat va savollar uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️ «Toshkent yoshlarni sevadi»: poytaxtda yoshlar oyligi o‘zining eng qaynoq nuqtasini saqlab qolgan holda “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” bo'lib o'tmoqda.

17-dekabr, soat 14:00da:
Hasan Mamasaidov — Dekos, MFaktor, Impulse business hub asoschisi;
Husan Mamasaidov — Deli, MFaktor, Impulse business hub asoschisi.

Manzil: Toshkent shahar Yoshlar markazi.

@NUU_students
❗️Bugun 15:00 da sportning Kurash turi bo'yicha talabalar o'rtasida "Rektor kubogi" musobaqasi bo'lib o'tadi. Barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz!

Manzil:
O'zMU sport majmuasi

@NUU_students
❗️2022-yilga qanday berildi?!

Shavkat Mirziyoyev 2022-yilni «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili» deb e’lon qilishni taklif qildi.

@NUU_students
⚡️ Uyga ketishni reja qilganlar bormi? Uyga qaysi kuni ketyapsiz?

Ma'lumot o'rnida shuni aytish mumkinki, 25-dekabr kuni ta'til boshlanadi. 25-dekabr o'qishning so'nggi kuni.

@NUU_students
Forwarded from Oybek Joʻrayev
Matematika fakultetida 17-dekabr kuni, 1-paradan so'ng, 124-xonada kirishdan o'ng tomondagi 4-qatorda kumush rangdagi daftar qoldirib ketilgan. Ko'rganlar yoki topib olganlar bo'lsa murojaat qiling.

@NUU_students
❗️Shoshilinch axborot

Joriy yilning 21-22 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

21 dekabrda shamol kuchayishi kutilmoqda! Qashqadaryo viloyatida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

@NUU_students
👍1
⚡️ Talabalar joriy yilning 28-dekabridan 2022-yilning 10-yanvarigacha Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlariga chiptalarni 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

@NUU_students
👍1
Forwarded from 𝒟𝒾𝓎𝑜𝓇𝒶
Хаммага Ассалому алейкум, Якшанба куни соат 08:00да (26.12.21) 𝘼𝙗𝙙𝙪𝙡𝙡𝙤𝙝 𝙞𝙗𝙣 𝙈𝙖𝙨’𝙪𝙙 𝐉𝐨𝐦𝐞’ 𝐌𝐚𝐬𝐣𝐢𝐝𝐢𝐝𝐚 Хашар булиб утади 🤍
Хаммелани кутиб коламиза Худо хохласа 🤲🏻🕋

Аллоh йолида килвоткан мехнатингизни,Аллоh узи муносиб мукофотласин !🤲🏻
“Албатта, Аллоҳнинг масжидларини фақат Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирганлар, намозни тўкис адо этганлар, закотни берганлар ва Аллоҳдан бошқадан қўрқмаганларгина обод қилурлар. Ажаб эмаски, ана ўшалар ҳидоят топгувчилардан бўлсалар” ( Тавба сураси, 18 оят)
+998974484344 -Диёра
+998991146748-Фазлиддин

https://t.me/iyman_nurii
⚡️ Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti: Hurmatli rus yoki ingliz tilini biladigan 3-4-kurs talabalari, ertaga Novosibirsk Davlat universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'ladi. Uchrashuvdan maqsad Novosibirsk Davlat universitetida grant asosida magistratura bosqichida tahsil olish bo'yicha ma'lumot berishdan iborat. Bugungi kunda 10 dan ortiq talabalarimiz Novosibirsk Davlat universitetida tahsil olishmoqda.

Uchrashuv vaqti: 11:00
Uchrashuv joyi: Matematika fakulteti, 122-xona

@NUU_students
👍1
❗️Prezident farmoni bilan 2022-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi:

➖ barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
* 3-yanvar - dushanba;
* 22-mart - seshanba;
* 23-mart - chorshanba;
* 11-iyul - dushanba;
* 2-sentyabr - juma.

➖ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
* 4-yanvar - seshanba;
* 4-may - chorshanba;
* 5-may - payshanba;
* 12-iyul - seshanba;
* 3-sentyabr - shanba;
* 31-dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirildi:
* 8-yanvar - shanba kunidan 4-yanvar - seshanba kuniga;
* 7-may - shanba kunidan 4-may - chorshanba kuniga;
* 14-may - shanba kunidan 5-may - payshanba kuniga;
* 16-iyul - shanba kunidan 12-iyul - seshanba kuniga.

@NUU_students
❗️OTMda ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak – Toshqulov forma haqida

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning formasi bo‘yicha cheklov qo‘yishga qarshi. Bu haqda vazir Abduqodir Toshqulov “O‘zbekiston yoshlar forumi — 2021” doirasidagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.

“Rektor bo‘lib ishlagan davrimda forma bo‘yicha taqiqlarni bekor qilishdan boshlagandim. Ammo bu me’yor bilan bo‘lishi kerak, ya’ni bo‘yinbog‘ taqib kelmagani uchun darsga kiritmaslik kabi holatlar bo‘lmasligi kerak. Oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchiligi moliyaviy mustaqil, o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan ta’lim maskanlari sanaladi. Ularning o‘z dress-kodlari borligini ham inobatga olish kerak”, deydi Toshqulov.

Vazirga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti berilishi kerak emas.

“Oliy ta’lim vazirligi va o‘zimning pozitsiyamni aytadigan bo‘lsak, forma bo‘yicha cheklov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz. Qiz bolalarning kiyinishi borasida gapiradigan bo‘lsam, biz ularga taqiqlash nuqtai nazaridan emas, balki birinchi navbatda taklif berishimiz kerak. Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti emas, ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak”, deydi vazir Toshqulov.

@NUU_students
⚡️ 2021-yil 21-dekabr kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti talabalari o'rtasida "Ma'naviyatli yoshlar kelajak bunyodkori" nomli ma'naviy-ma'rifiy ko'rik tanlov o'tkazildi.

Qiziqarli o'tgan tanlovda, hakamlar hay'atining yakuniy qarorlariga ko'ra faxrli 1-o'rinni "Liderlar" jamoasi, 2-o'rinni "Adrenalin" jamoasi, 3-o'rinni "Renassans" jamoasi egalladilar.

G'olib jamoalar diplom, esdalik sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Tanlovda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari, barcha fakultetlarning dekan o'rinbosarlari va talabalar ishtirok etdilar.

@NUU_students