O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Forwarded from 𝒟𝒾𝓎𝑜𝓇𝒶
Хаммага Ассалому алейкум, Якшанба куни соат 08:00да (26.12.21) 𝘼𝙗𝙙𝙪𝙡𝙡𝙤𝙝 𝙞𝙗𝙣 𝙈𝙖𝙨’𝙪𝙙 𝐉𝐨𝐦𝐞’ 𝐌𝐚𝐬𝐣𝐢𝐝𝐢𝐝𝐚 Хашар булиб утади 🤍
Хаммелани кутиб коламиза Худо хохласа 🤲🏻🕋

Аллоh йолида килвоткан мехнатингизни,Аллоh узи муносиб мукофотласин !🤲🏻
“Албатта, Аллоҳнинг масжидларини фақат Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирганлар, намозни тўкис адо этганлар, закотни берганлар ва Аллоҳдан бошқадан қўрқмаганларгина обод қилурлар. Ажаб эмаски, ана ўшалар ҳидоят топгувчилардан бўлсалар” ( Тавба сураси, 18 оят)
+998974484344 -Диёра
+998991146748-Фазлиддин

https://t.me/iyman_nurii
⚡️ Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti: Hurmatli rus yoki ingliz tilini biladigan 3-4-kurs talabalari, ertaga Novosibirsk Davlat universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'ladi. Uchrashuvdan maqsad Novosibirsk Davlat universitetida grant asosida magistratura bosqichida tahsil olish bo'yicha ma'lumot berishdan iborat. Bugungi kunda 10 dan ortiq talabalarimiz Novosibirsk Davlat universitetida tahsil olishmoqda.

Uchrashuv vaqti: 11:00
Uchrashuv joyi: Matematika fakulteti, 122-xona

@NUU_students
👍1
❗️Prezident farmoni bilan 2022-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi:

➖ barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
* 3-yanvar - dushanba;
* 22-mart - seshanba;
* 23-mart - chorshanba;
* 11-iyul - dushanba;
* 2-sentyabr - juma.

➖ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
* 4-yanvar - seshanba;
* 4-may - chorshanba;
* 5-may - payshanba;
* 12-iyul - seshanba;
* 3-sentyabr - shanba;
* 31-dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirildi:
* 8-yanvar - shanba kunidan 4-yanvar - seshanba kuniga;
* 7-may - shanba kunidan 4-may - chorshanba kuniga;
* 14-may - shanba kunidan 5-may - payshanba kuniga;
* 16-iyul - shanba kunidan 12-iyul - seshanba kuniga.

@NUU_students
❗️OTMda ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak – Toshqulov forma haqida

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning formasi bo‘yicha cheklov qo‘yishga qarshi. Bu haqda vazir Abduqodir Toshqulov “O‘zbekiston yoshlar forumi — 2021” doirasidagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.

“Rektor bo‘lib ishlagan davrimda forma bo‘yicha taqiqlarni bekor qilishdan boshlagandim. Ammo bu me’yor bilan bo‘lishi kerak, ya’ni bo‘yinbog‘ taqib kelmagani uchun darsga kiritmaslik kabi holatlar bo‘lmasligi kerak. Oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchiligi moliyaviy mustaqil, o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan ta’lim maskanlari sanaladi. Ularning o‘z dress-kodlari borligini ham inobatga olish kerak”, deydi Toshqulov.

Vazirga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti berilishi kerak emas.

“Oliy ta’lim vazirligi va o‘zimning pozitsiyamni aytadigan bo‘lsak, forma bo‘yicha cheklov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz. Qiz bolalarning kiyinishi borasida gapiradigan bo‘lsam, biz ularga taqiqlash nuqtai nazaridan emas, balki birinchi navbatda taklif berishimiz kerak. Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti emas, ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak”, deydi vazir Toshqulov.

@NUU_students
⚡️ 2021-yil 21-dekabr kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti talabalari o'rtasida "Ma'naviyatli yoshlar kelajak bunyodkori" nomli ma'naviy-ma'rifiy ko'rik tanlov o'tkazildi.

Qiziqarli o'tgan tanlovda, hakamlar hay'atining yakuniy qarorlariga ko'ra faxrli 1-o'rinni "Liderlar" jamoasi, 2-o'rinni "Adrenalin" jamoasi, 3-o'rinni "Renassans" jamoasi egalladilar.

G'olib jamoalar diplom, esdalik sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Tanlovda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari, barcha fakultetlarning dekan o'rinbosarlari va talabalar ishtirok etdilar.

@NUU_students
«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti»

«YIL TАNLOVI-2021»

«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» nominatsiyasi g‘oliblari «YIL TАNLOVI-2021»ning respublika bosqichi tantanasida jurnalist va blogerlar e’tirofi asosida e’lon qilinadi.

Hurmatli talabalar! O'zbekiston Milliy universitetiga ovoz bering!

Hurmatli fakultetlar rahbariyatlari! Ushbu so'rovnomada O'zbekiston Milliy universiteti uchun ovoz yig'ishda ko'maklashing.

@NUU_students
​​⚡️«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021»da yoshlar uchun onlayn ishtirok etish imkoniyati yaratildi

1️⃣ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyat. Tomosha qiling: https://youtu.be/dVaXOlBKM08

2️⃣ Inklyuziv ta’lim. Tomosh qiling: https://youtu.be/uQcAwOqyR6w

3️⃣ Nodavlat ta’lim muassasalari hamda o‘quv markazlari faoliyati. Tomosh qiling: https://youtu.be/6py0LnGK1Uo

4️⃣ Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (IT) va internet. Tomosh qiling: https://www.youtube.com/watch?v=trAL1zfH8Dw

5️⃣ Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyati. Tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=eKSmNFckEg4

@NUU_students
❗️Talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra bahorgi semestrdadan oldin ham amalga oshirilishi mumkin:

👉 respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash ko‘chganda;
👉 turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tganda;
👉 turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
👉 ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Bunda:
➖ o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish – har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvarigacha;
➖ o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish – har yili 25 yanvardan 15 fevralgacha amalga oshiriladi.

Arizalar:
▪️ o‘qishni ko‘chirish bir OTM doirasida bo‘lganda OTMning qabul komissiyasiga topshiriladi;
▪️ boshqa holatlarda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.

@NUU_students
⚡️31-dekabrdan 4-yanvargacha poyezd chiptalariga chegirma e'lon qilindi.

Talabalar uchun 15% chegirma e'lon qilindi.

@NUU_students
⚡️ Rasman: Talaba va oʻquvchilar joriy yil 28-dekabrdan qishki taʼtilga chiqadi.

🗓 Oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) oʻquvchilari uchun 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki taʼtil etib belgilandi.

▶️Dars jarayonlari 2022-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ma'naviyatli yoshlar kelajak bunyodkori

O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti talabalari o'rtasida "Ma'naviyatli yoshlar kelajak bunyodkori" nomli ma'naviy-ma'rifiy ko'rik-tanlov o'tkazildi.

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Hozirgi kunda talabalarda qanday muammolar bor”?

Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnoma Toshkent davlat iqtosodiyot universitetining talabalari o‘rtasida bo‘ldi.

Blits-intervyu orqali o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada ishtirok etgan ko‘plab talaba-yoshlar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

P.s: Bizda ham shunday so'rovnoma o'tkazilsa, nima degan bo'lardingiz?

@NUU_students
❗️2022-yildan nogironligi bor yoshlarning chetda o‘qishiga grant ajratiladi.

▪️"El-yurt umidi" jamg‘armasi har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogironligi bor iqtidorli yoshlarni xorijdagi OTMlarda o‘qishi uchun saralab oladi.

@NUU_students
⚡️ O‘zbekiston Milliy universiteti va Sanoat Qurilish Bank hamkorligidagi innovatsion markaz o‘z faoliyatini boshladi.

@NUU_students
❗️kun.uz: O‘zMUda bahosi
«million dollar» turishi aytilayotgan kitoblar yo‘qolgan.


Batafsil: https://kun.uz/88464035

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kuni kecha Jurnalistika fakultetida "Jahon adabiyoti asarlari" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Bunda Filologiya tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi, kunduzgi 219-guruh talabalari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

G'olib jamoani tabriklab qo'yamiz.

@NUU_students
⚡️ Dam olish kuni yomg'ir qorga aylanishi mumkin — O‘zgidromet

Ayni paytda Qoraqalpog‘istonda qor yog‘gan, antisiklon ertaga respublikaga tarqaladi va yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lishi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Lekin Surxondaryo va vodiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmayapti.

P.s: Uyga ketayotganlar ehtiyot bo'laveramiz.

@NUU_students