O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Hozirgi kunda talabalarda qanday muammolar bor”?

Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnoma Toshkent davlat iqtosodiyot universitetining talabalari o‘rtasida bo‘ldi.

Blits-intervyu orqali o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada ishtirok etgan ko‘plab talaba-yoshlar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

P.s: Bizda ham shunday so'rovnoma o'tkazilsa, nima degan bo'lardingiz?

@NUU_students
❗️2022-yildan nogironligi bor yoshlarning chetda o‘qishiga grant ajratiladi.

▪️"El-yurt umidi" jamg‘armasi har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogironligi bor iqtidorli yoshlarni xorijdagi OTMlarda o‘qishi uchun saralab oladi.

@NUU_students
⚡️ O‘zbekiston Milliy universiteti va Sanoat Qurilish Bank hamkorligidagi innovatsion markaz o‘z faoliyatini boshladi.

@NUU_students
❗️kun.uz: O‘zMUda bahosi
«million dollar» turishi aytilayotgan kitoblar yo‘qolgan.


Batafsil: https://kun.uz/88464035

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kuni kecha Jurnalistika fakultetida "Jahon adabiyoti asarlari" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Bunda Filologiya tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi, kunduzgi 219-guruh talabalari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

G'olib jamoani tabriklab qo'yamiz.

@NUU_students
⚡️ Dam olish kuni yomg'ir qorga aylanishi mumkin — O‘zgidromet

Ayni paytda Qoraqalpog‘istonda qor yog‘gan, antisiklon ertaga respublikaga tarqaladi va yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lishi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Lekin Surxondaryo va vodiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmayapti.

P.s: Uyga ketayotganlar ehtiyot bo'laveramiz.

@NUU_students
❗️ Oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik beriladi — Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

2022-yil 1-yanvardan boshlab 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga quyidagi vakolatlar bo‘yicha moliyaviy mustaqillik berildi.

➖ ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;

➖ talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

➖ o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish.

@NUU_students
“Talabalar festivali – 2021”da "Eng yaxshi bloger" tanlovi bo'yicha 1-o'rinni O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Sultonov Javoxir egalladi.

Shaxsan o‘zim ishtirok etmagan bo‘lsam-da, O‘zMU talabalari ushbu tanlov g‘olibligini ham boy berishmabdi. Tabriklab qolamiz!

@NUU_students
“Talabalar festivali – 2021”da “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida maqolalar tanlovida O'zbekiston Milliy universiteti talabasi Saloxov Sirojiddin 1-o‘rinni egalladi, shuningdek, “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi infografika” tanlovida 1-o‘rinni O'zbekiston Milliy universiteti talabasi O‘raqova Asila qo'lga kiritdi.

G‘olib talabalarimizni muborakbod etamiz!

@NUU_students
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️kun.uz: O‘zMUda bahosi «million dollar» turishi aytilayotgan kitoblar yo‘qolgan. Batafsil: https://kun.uz/88464035 @NUU_students
Kecha kun.uz saytida “O‘zMUda bahosi “million dollar” turishi aytilayotgan kitoblar yo'qolgan. Rektorat izoh berishdan qochyapti”- sarlavhali maqolada keltirilgan holatlar bo‘yicha O‘zMUda universitet rahbariyati ishtirokida kun.uz sayti, shuningdek, “Yoshlar” va “Sevimli” telekanallari muhbirlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida kun.uz sayti tomonidan eʼlon qilingan ayrim maʼlumotlar asosga ega emasligi bildirildi. Universitet rasman tasdiqlamagan mazkur maʼlumotlarni ishga masʼul bo‘lmagan shaxslardan olingani, axborot manbasi ham mutaxassis manbashunos emas, balki kimyogar ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek, maqolada keltirilgan va “yo'qolgan” deb iddao qilingan “manbalar”ning borligi va o‘zi asl birinchi nusxa emas, balki qo‘lyozmaning ko‘chirma nusxalar bo‘lib, ayni vaqtda tadqiqotchilarning izlanish manbasi sifatida ochiq fondda saqlangan adabiyotlar ekanligi taklif etilgan mutaxassis ekspertlar tomonidan tasdiqlangani maʼlum qilindi.

O‘zMU ilmiy jamoasi va professor-o‘qituvchilari bunday isbotlanmagan, tasdiqlanmagan, ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari yakunlanmagan oraliq mavzularni trendga chiqarilishi universitetning keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat eʼtiboridagi nufuziga putur yetkazishi mumkin deb qabul qiladi. Shu bilan birga, Universitetga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblaydi.

O‘zMU Axborot xizmati va rahbariyati doimo har qanday masalada ochiq, konstruktiv muloqot olib borishga va hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildiradi.

O‘zMU Axborot xizmati

@NUU_students
⚡️1-yanvardan 35ta OTM moliyaviy mustaqil bo‘ladi.

Moliyaviy mustaqil OTMlar kontrakt narxini o‘zlari belgilashi, kontrakt to‘lovi muddatini belgilash va uzaytirish haqida ham o‘zlari qaror qilishi mumkin bo‘ladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, moliyaviy mustaqil bo‘lgan OTMlarda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.

Moliyaviy mustaqil bo‘luvchi OTMlar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan. Bunda O‘zbekiston Milliy universiteti ham bor.

@NUU_students
TTA va NamDU o‘z talabalariga rag‘bat puli ajratibdi. O‘zMUda ham ajratiladimi? Bu haligacha noma’lumligicha qolmoqda.

@NUU_students
Xayr Toshkent. Men ham uyga ketdim. Yo‘ldagilar va yo‘lga chiqqanlar, eson-omon uyga yetib oling. Uydagilarga “Salom” deyish esdan chiqmasin. “O‘zi “qishki ta’til 28-dekbardan boshlanadi” deb 25-dekbardan surib yubordi” deyayotganlar uchun: “Bizdayam uy bor”😅

@NUU_students
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universitetining
2021-yil yakunlari: natijalar va istiqbol rejalari
(xalqaro reytinglardagi yutuqlar,
xalqaro hamkorlik aloqalari va
horijiy talabalar bilan olib borilgan ishlar misolida)

@NUU_students
⚡️TEZKOR! MUHIM YANGILIK!!!

📌 Qishki ta’tilning boshlanish sanasi o‘zgardi

🔰 Talaba va o‘quvchilarga qo‘shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo‘l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan e’tiboran qo‘llanishi belgilandi.

✔️Shu munosabat bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga ko‘chirilganligi ma’lum qilinadi.

Sizga qishki ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazishingizni tilab qolamiz!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
⚡️ Oʻzbekiston Milliy universitetining joriy yildagi yutuqlari eʼtirof etildi!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Oʻzbekiston Milliy universitetining “2021-yil yakunlari: natijalar va istiqboldagi rejalar” nomli yil yakunlariga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdi.

💬– Oliy ta'limda bo‘lib turib, bu qarorlarning ichiga kirib, ijrosiga men ham hissa qo‘shaman demagan odam, u bizning sohamizga begona.

– Hamma oliy taʼlim muassasalarida ham uchramagan natija, xususan, ilmiy salohiyat 58% dan yuqori, 2021-yilda 8 nafar fan doktori (DSc), 62 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari boʻyicha dissertatsiyalar himoyalari amalga oshirilgan. Eng qizigʻi, juda katta xarajatlarsiz qariyb 1500 oʻrinli talabalar uchun turar-joylar barpo etilgani ayni haqiqat, – dedi vazir.

Batafsil: https://edu.uz/3355

@NUU_students
⚡️ Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan batafsil tanishib chiqing!

@NUU_students
27-dekabrdan "Yosh kitobxon" tanloviga start beriladi!

"Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o'z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi
• Andijon viloyati
• Buxoro viloyati
• Jizzax viloyati
• Qashqadaryo viloyati
• Navoiy viloyati
• Namangan viloyati
• Samarqand viloyati
• Sirdaryo viloyati
• Surxondaryo viloyati
• Toshkent viloyati
• Farg‘ona viloyati
• Xorazm viloyati
• Toshkent shahar

❗️Eslatib o‘tamiz, "Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichi:

27-dekabr - 10-14 yosh toifasi (2007-2011 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;
28-dekabr - 15-19 yosh toifasi (2002-2006 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;
29-dekabr - 20-30 yosh toifasi (1991-2001 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun bo‘lib o‘tadi.

⏰ Tanlov soat 10:00dan 17:00ga qadar o‘tkaziladi.

@NUU_students
⚡️ O‘ylab qarasam, ta’til tugashiga 15 kun bor ekan, bu yarim oy vaqt degani. Zerikmaslik uchun, kanalda nima o‘tkazganimiz ma’qul?
Taklif beringlar:
@Oybek_Jorayev

To‘g‘ridan-to‘g‘ri shu post kommentariya qismiga yozib qoldirsangiz ham boʻladi.


@NUU_students