O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
​​⚡️7 kunda 7 ta Iphone 13 PRO. Bunaqasi hali bo‘lmagan! Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi onlayn olimpiadalar haftaligini ochiq deb e’lon qiladi!

Aziz talabalar! Ta’tilda zerikdingizmi? Yap-yangi Iphone 13 PRO sohibi bo‘lishni istaysizmi? Unda o‘z bilimingizni sinab ko‘ring va tengdoshlaringiz havasini keltiring!

@jonlitestbot'dan ro‘yxatdan o‘ting va quyidagi mavzularda test yeching! Eng yuqori ball sohibi Iphone 13 PRO ni qo‘lga kiritadi:

7-yanvar – aniq fanlar (matematika, fizika)
8-yanvar – o‘zbek tili va adabiyoti
9-yanvar – O‘zbekiston va jahon tarixi
10-yanvar – ingliz tili
11-yanvar – mantiqiy savollar va psixologiya
12-yanvar – IT bilimdoni
13-yanvar – dunyo xaritasi

Eslatma: Olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi OTMlar talabalari g‘olib deb topiladi. Ya'ni testlarni istalgan shaxs yechishi va turli ballarni toplashi mumkin, faqat bosh sovrinni ayni paytda talaba bo'lganlargina qo'lga kiritadi (talabalik guvohnomasi asosida sovrin topshiriladi).

Har kuni soat 09:00 da bitta yo‘nalishda 50 ta test savoli beriladi va 23:59 da yakunlanadi. Ballar teng bo‘lib qolganda takroriy test o‘tkaziladi. Bir kishi faqat bitta yo‘nalishda bosh sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.

❗️Ishtirok etish mutlaqo bepul!

@NUU_students
👍11👎4🤩1
❗️“El-yurt umidi” jamg‘armasi 420 o‘ringa mo‘ljallangan 2022 yil uchun 1-stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi eng ustuvor sohalar uchun 420 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

Jumladan, 2022-2023-o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

- bakalavriat ta’lim dasturi uchun — 120 ta,
- magistratura ta’lim dasturi uchun — 180 ta,
- doktorantura ta’lim dasturi uchun — 120 ta stipendiya ajratishini ma’lum qiladi.

Barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha nogironligi bo‘lganlar uchun ham kamida 20 ta o‘rin ajratilib, ularga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 10-yanvardan 10-fevralga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2022-yil 10-fevraldan 10-martga qadar davom etadi.

Batafsil maʼlumot: https://eyuf.uz/site/view?id=630

@NUU_students
👍13🎉3❤1😁1
⚡️Talabalarga stipendiya to‘lashda ularni qobiliyat va iqtidorlarini baholash mezonlari belgilanmoqda!

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan Hukumat qarori bilan talabalarni alohida qobiliyat va iqtidorlari uchun stipendiyalarga qo‘shimcha ravishda 50 foizgacha miqdorda rag‘batlantirish uchun saralab olish mezonlari tasdiqlanishi kutilmoqda.

Unga ko‘ra, talabalarning iqtidor va qobiliyatlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
▪️ respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda yakka mualliflikda maqolalar chop etganligi;
▪️ yaratgan innovatsion ishlanmalari turli grantlarga nomzod sifatida taqdim etilganligi va unga loyiq topilganligi uchun;
▪️ taklif qilayotgan startap loyihalari uchun;
▪️ intellektual mulk ob’yektlari, jumladan sanoat mulki ob’yektlarini yaratishdagi ishtiroki uchun;
▪️ xalqaro va respublika sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalaridagi ishtiroki va sovrinli o‘rinlardan birini egallaganligi uchun;
▪️ AKT sohasidagi erishgan yutuqlari, jumladan dasturiy ta’minot mahsulotlari, veb-ilovalar va boshqalarni ishlab chiqayotganligi uchun;
▪️ o‘zi ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasini respublika miqyosida tanilishida qo‘shayotgan hissasi uchun.

💬 “Moddiy rag‘batlantirishga tavsiya etilgan talabalarning ko‘rsatkichlari ushbu mezonlarning istalgan biriga to‘g‘ri kelgan taqdirda ularga nisbatan rag‘batlantirish berilishi mumkin”, deyiladi, hujjat loyihasida.

Qayd etish lozim, amaldagi tartibga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi bo‘lgan bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga bazaviy stipendiyaning besh baravari miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Shuningdek, quyidagi toifalarga bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi:
▪️to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar;
▪️ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim olish va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar.

@NUU_students
👍13🔥1
❗️Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – har yili 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi.

Arizalar 25-yanvardan 15-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Talabalar safidan chetlashtirilganlar o‘qishini boshqa OTMga mos taʼlim yo‘nalishiga ko‘chirish uchun ariza berishi mumkin.

O‘qishni qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

➖ yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
➖ muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytganlar;
➖ davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

@NUU_students
👍8🔥5🎉1
⚡️Talabalar yotoqxonasiga talabalar yanvar oyi uchun to'lov qilgan bo'lsa, ularning ijara puli talabaning arizasiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinib, keyingi oy uchun o'tkaziladi yoki talabaning o'ziga qaytariladi — Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

@NUU_students
🔥4👍2
⚡️Talabalarning qishki ta'til davrida (24-yanvargacha) talabalardan oraliq, yakuniy nazorat kabi imtihonlar olinmaydi. Imtihonlar 24-yanvardan keyin, oliy ta'lim muassasalarida o'qish boshlangach olinadi — Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

@NUU_students
👎26🤩16🔥12😁6🎉6👍3❤2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
​❗️Onlayn Zakovat turniri uchun qisqacha reglament! Ushbu turnirda ishtirok etish uchun, quyidagi talablar mavjud: - 6 kishilik jamoa tuzing; - Jamoa uchun telegramda guruh oching; - Jamoaga nom tanlang; - Jamoani turnir uchun ro‘yxatdan o‘tkazish uchun…
⚡️ Hozirga qadar roʻyxatdan o‘tgan jamoalar ro‘yxati:

1. Imperia
2. Everest
3. Optimist
4. Of the best
5. Olimlar
6. Alfraganus
7. Tulg‘ama
8. Gumanitar
9. Olmos
10. Darkweb
11. Afsona
12. Yuksalish
13. History
14. Politologlar
15. Milenniya
16. Oscar 2022
17. Ko'hinur
18. Fazogirlar
19. MI
20. Everest-2
21. Fath
22. Rare diamond
23. Al-kimyo
24. Liderlar
25. Xumo
26. Milliy

Jamoalarni ro‘yxatga olish davom etmoqda. Jamoaga a’zo yig‘ayotganlar yoki biror-bir jamoaga qo‘shilish istagida bo‘lganlar @Milliy_universitetimiz guruhi orqali jamoa topishingiz yoki jamoangizga bilimdonlari yig‘ishingiz mumkin.
👍8🤩1
❗️Kredit-modul tizimi: kelib chiqishi, mohiyati va xalqaro tajriba!

O’zbekiston Milliy universitetining barcha fakultet professor-o’qituvchilari uchun kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha qisqa muddatli seminar-trening tashkil etildi.

@NUU_students
👍5🎉3
❗️Qishki ta’tilning uzaytirilishi 1-2-kurs talabalarining o‘quv rejasiga ta’sir etmaydi — Oliy ta’lim vazirligi

Qishki ta’tilning uzaytirilgani 1-2-kurs talabalari uchun o‘quv yili davomiyligiga deyarli ta’sir qilmasligi aytildi. Shuningdek, OTMlar o‘qituvchi va rektorlarini kimlar o‘qitishi ma’lum qilindi.

Batafsil ma’lumot: http://dy.uz/hcZPh

Ya’ni 1-2-kurslar kredit-modul tizimida bo‘lgani uchun ularda o‘quv jarayonlari dekabr so‘nggiga qadar tugab bo‘lgan, faqatgina yakuniy nazoratlar qolgan edi. 3-4-kurslarda esa bunday emas. Yozgi taʼtil shuning uchun ham yuqori kurslar uchun 14 kun kechikishi mumkin.

@NUU_students
👍11👎5
Forwarded from Shaxzodbek Turobov
Bilish vs tushunish

Bilamizmi? Yoki tushunamizmi?

1. Kasalni ko‘rganda kasallik nimaligini bilasiz, kasal bo‘lganingizda esa tushunasiz.

2. O‘lim haqligini bilasiz, doktor bir oy umringiz qolganini aytsa tushunasiz.

3. O‘qish kerakligini bilasiz, hayotda bilim sabab qiynalmaguningizcha tushunmaysiz.

4. Ota-onamiz g'animatligini bilasiz, ularni xizmatini qilib duolarini olish kabi buyuk ish yo'qligini ham bilasiz (huddi hozirgiday), lekin ular hayotligida tushunmaysiz.

5. Vaqtdan unumli foydalanishingiz kerakligini bilasiz, lekin vaqt o'tib ketgandan keyingina tushunasiz (albatta tafakkur qilsangiz).

6. Yoshlik doimiy emasligini bilasiz. Qaraganingizda tushunasiz (Qarish nasib qilsa albatta).

7. Hayot saboqlarini muvaffaqiyatli insonlar (ota-ona va @osmondagibolalarr ishtirokchilari) dan eshitib bila boshlaysiz, o‘zingiz hayot qiyinchiliklari bilan yuzlashmaguningizcha tushunmaysiz.

8. Qiyinchiliklar bizni bilishdan tushunishga yetaklaydi.

P.S. Siz @Rustam_Tursunov ning kanalida qo'yilgan postga qo'shimcha fikrlar bilan to'ldirilgan postni o'qidingiz. Ya'ni hamkorlikda qilindi bu post.

@Shaxzodbek_Turobov
👍13❤3🤩1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
​❗️Onlayn Zakovat turniri uchun qisqacha reglament! Ushbu turnirda ishtirok etish uchun, quyidagi talablar mavjud: - 6 kishilik jamoa tuzing; - Jamoa uchun telegramda guruh oching; - Jamoaga nom tanlang; - Jamoani turnir uchun ro‘yxatdan o‘tkazish uchun…
Hozirga qadar roʻyxatdan o‘tgan jamoalar ro‘yxati:

1. Imperia
2. Everest
3. Optimist
4. Of the best
5. Olimlar
6. Alfraganus
7. Tulg‘ama
8. Gumanitar
9. Olmos
10. Darkweb
11. Afsona
12. Yuksalish
13. History
14. Politologlar
15. Milenniya
16. Oscar 2022
17. Ko'hinur
18. Fazogirlar
19. MI
20. Everest-2
21. Fath
22. Rare diamond
23. Al-kimyo
24. Liderlar
25. Xumo
26. Milliy
27. Stiv Jobs
28. Everest Number 1
29. Chemists
30. Idealistlar
31. Islom Karimov
32. Siyosat
33. Perfect
34. Kosmonavtlar
35. Burgutlar
36. Osmondagi bolalar
37. Geologlar
38. Parvoz
39. O‘zMU Team
40. Al-Xorazmiy
41. Zukkolar
42. Erudit
43. Intelligent
44. Victory
45. Limitless

Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish davom etmoqda. Shoshiling! Ro‘yxatga olish 11-yanvar 23:59 da tugaydi.

@NUU_students
🤩10🔥7👍4🎉2
❗️Akademik mustaqillik har qanday oliy ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy tamal toshi sanaladi. Chunki usiz oliy ta’lim muassasasida yangi g‘oya, innovasiya, yangicha ilmiy tadqiqotlar bo‘lmaydi.

Batafsil:
https://yuz.uz/news/oliy-talim-yuksalish-yolidagi-muhim-qadamlar

@NUU_students
⚡️ Xalqaro press-klubning qishki taʼtil muddatining uzaytirilishi, rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish masalalariga bagʻishlangan navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

✅ Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Transport vazirliklari, «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» va «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatlari mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

👀Koʻrishni tavsiya etamiz.

📹 HD formatda koʻrish:👇
👉https://www.youtube.com/watch?v=Dp-RehaJfu4

@NUU_students
👍11
❗️O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi.

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 498 ming so‘m deb belgilandi. Mazkur miqdor pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilashga asos bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/36935402

P.s: Demak 517 ming so‘m stipendiya yashashga yetarkan😅

@NUU_students
👍9😁9👎4😢3
​❗️Hurmatli talaba-yoshlar!
Sizda, universitetdagi faoliyatingiz yuzasidan biror g‘oya va takliflar yoki muammoli holatlar mavjud bo‘lsa, quyidagi bo‘limlarga murojaat etishingiz mumkinligi haqida eslatib o‘tamiz
:

1. O‘zMU O‘quv-uslubiy boshqarma.
(Rektorat binosi 8-qavat 84-xona)
2. O‘zMU Jismoniy hamda yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan
ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi.
(Rektorat binosi 7-qavat 75-xona)
3. O‘zMU Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.
(Rektorat binosi 6-qavat 62-xona)
4. O‘zMU Iqtidorli talabalar
bilan ishlash bo‘limi.
(Rektorat binosi 10-qavat 104-xona)
5. O‘zMU Hisob-kitob bo‘limi.
(Xorijiy filologiya
fakulteti binosida)
6. O‘zMU Xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha maslahat kengashi.
(Rektorat binosi 6-qavat 60-xona)
7. O‘zMU Yoshlar ittifoqi
boshlang‘ich tashkiloti.
(Rektorat binosi 6-qavat 61-xona)

Shuningdek, yuqoridagi holatlarda eng avvalo fakultetingizdagi mavjud tyutorlar yoki Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga uchrashib, o‘zaro maslahatlashib olishingiz ham tavsiya etiladi.

@NUU_students
👍16