O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Bizdagi dastlabki ya’ni birinchi savol:

Yozuvchi Said Ahmad hikoyalaridan birida: “Inson faqat oʻsha paytdagina, oʻzi bilan oʻzi uzoq vaqt qolishi mumkin. Bu shunchalar daxshatli paytki, inson oʻzini-o‘zi yoqtirmay ketadi. Yoshligimda otam ham bu payt haqida juda xunob boʻlib gapirar edilar. Endi esa yoshim oʻtgan sayin bu holat oʻzimni ham boshimga tushyapti”.

Diqqat savol: Yozuvchi insondagi qaysi paytni qalamga olgan?


@NUU_students
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
Birinchi savolning javobi uyqusizlik.
👎25👍5🎉3🔥2
❗️Navbatdagi ikkinchi savolga oʻtamiz:

U shinam va koʻrkam xonadonlarda bir tomonga qiyshaygan, uringansimon boʻladi. Fayzsiz xonadonlardagisi yangi va xushqomat boʻladi.

Diqqat savol: U nima?


@NUU_students
👍19😁2👎1
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
😁20🤩4🔥1
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
Ikkinchi savolimizning javobi supurgi edi.
👍33👎8😁6🤩3😢1
❗️Uchinchi savolimiz quyidagicha:

Birinchi aforizm: “U o‘zgalar tomonidan payhon etilgan yalanglik”. Ikkinchi aforizm: “Unda hayotning eng yorqin izlarini koʻrish mumkin”. Bu ikki aforizm bir holat haqida.

Diqqat savol: Bu mashhur qaydlar nima haqida?


@NUU_students
👍2
❗️Agar ballar teng kelib qolsa, oxirgi 5-savolga javob yuborilgan vaqtga qaraymiz!
🔥4
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
Uchinchi savol javobi yuzdagi ajinlar. Ushbu ta’riflar ajinlar haqida edi.
😢18🤩9👍4🔥3👎2
❗️Diqqat qiling, to‘rtinchi savol:

Qadimgi hind afsonasi “Rigveda”da xo‘rozga quyidagicha ta’rif berilgan:

“Xo‘rozning 4 xususiyatini ibrat qilishimiz mumkin. Birinchisi oilaparvarligini, ikkinchisi mardligini, uchinchisi do‘stlarga sodiqligini.

Diqqat savol: To‘rtinchisini siz toping.


@NUU_students
👍6
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
👍10👎1
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
🔥15🤩3👎2🎉2
Toʻrtinchi savolga javob barvaqt turish. Xo‘rozdan erta uyg‘onishni o‘rganish kerak ekan. 9:00 dagi darsga 8:55 da turish kerak emas, ertaroq tursa ham boʻlaveradi😅
😁23🔥7👍4❤2🤩2🎉1
❗️Beshinchi savolimizni topishga urinib koʻring:

Yapon faylasuflari fikricha, ularning birinchisidan toqqa chiqib qutulish mumkin. Ikkinchisidan daryoga tushib qutilish mumkin. Lekin uchinchidan toqqa chiqib ham, suvga tushib ham qutilish qiyin.

Diqqat savol: Yapon faylasuflari qaysi 3 ta salbiy hodisa haqida fikr bildirishgan?


@NUU_students
👍4👎3🔥3😢2