O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Javob: Xushtak chalish va esnash.
👎9👍2😢2
❗️Shunday qilib, bugungi zakovat turnirimizning 5-turi oʻz nihoyasiga yetdi.

⚡️ Barcha ishtirok etgan jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz, jamoa nomini yozib qoldirish esdan chiqmasin.

💬 O‘yin va savollar haqida fikrlar, shuningdek, taklif va murojaatlaringiz boʻlsa, @Milliy_universitetimiz guruhida o‘zaro hurmat saqlagan holda yozib qoldirishingiz mumkin!

📌 Eng muhim eslatma, siz topa olmagan savollar qiyin yoki tushunarsiz degani emas!

✅ Natijalarni imkon qadar tezroq va xatosiz hisoblashga harakat qilamiz, bizdan uzoqlashmang!

@NUU_students
👍2🔥1
❗️Agar talaba yakuniy nazoratlarida 4 ta va undan ko'p fanlarni o'zlashtira olmasa avtomatik tarzda kursdan kursga qoldiriladi.

Agar 4 tagacha bo'lgan fanlarni o'zlashtira olmagan bo'lsa tegishli tartibda qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Kredit tizimidagilarga esa belgilangan to'lovni amalga oshirgandan so'ng qayta topshirishga ruxsat beriladi.

Shu sababli 1-kursga qabul qilinganlar hozirdan fanlarni yaxshi o'zlashtirib oraliq ballarini yig'ib boring. Oraliqdan baho olmaslik ham yakuniy nazoratga kiritilmaslikka sabab bo'ladi.

Davlat grantida o'qiyotgan talabalar umumiy fanlarining 30 foizi va undan ortig'i 3 baho bo'lsa 1 semestr stipendiya olmaydi.

@NUU_students
😢7👍4🎉3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bir yilda 100 ta kitob o'qish uchun!

Muhammadali Eshonqulov

@NUU_students
🔥6👍5❤1
❗️Qonunchilikka ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

@NUU_students
👍8❤1🔥1
❗️Kecha yurtimizda qariyb 1480 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, kasallikdan 1125 nafardan ziyod bemor sog‘aydi.

🔺2022-yil 22-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 213767 (+1478) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌61 nafari Andijon viloyatida,
📌64 nafari Buxoro viloyatida,
📌49 nafari Jizzax viloyatida,
📌29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌20 nafari Navoiy viloyatida,
📌55 nafari Namangan viloyatida,
📌37 nafari Samarqand viloyatida,
📌21 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌73 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌182 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌38 nafari Xorazm viloyatida,
📌192 nafari Toshkent viloyatida,
📌598 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

@NUU_students
👍8🔥5😁5
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Kecha yurtimizda qariyb 1480 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, kasallikdan 1125 nafardan ziyod bemor sog‘aydi. 🔺2022-yil 22-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 213767 (+1478) nafarni tashkil etmoqda.…
❗️Yaxshi yangiliklar ham bor, kecha kun davomida:
🔹Andijon viloyatida 75 nafar,
🔹 Buxoro viloyatida 22 nafar,
🔹 Jizzax viloyatida 85 nafar,
🔹Qashqadaryo viloyatida 53 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 29 nafar,
🔹 Namangan viloyatida 47 nafar,
🔹 Samarqand viloyatida 78 nafar,
🔹Sirdaryo viloyatida 57 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 58 nafar,
🔹 Farg‘ona viloyatida 173 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 81 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 116 nafar,
🔹Toshkent shahrida 252 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 203275 (+1126) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

⚫️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1540 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 296 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

@NUU_students
👍10🔥6👎1
❗️“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi!

@NUU_students
👍10🔥1🎉1
#Tavsiya

⚡️ O'zbekiston Milliy universiteti, Biologiya fakulteti, 3-kurs talabasi Ibragimova Madinaning shaxsiy telegram kanali, siz ushbu kanalda yosh shoiraning she’rlari va audiolaridan bahramand bo'lishingiz mumkin!

Kanalga ulanish:
➡️ @sokinsherlar
👍11🔥1🤩1
❗️Maʼlumotlarga qaraganda, 24-yanvardan boshlab, 1-2-kurslar uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanar ekan, 3-4-kurslar uchun esa, 1 haftalik dars va undan keyin yakuniy nazorat mtihonlari boshlanishi kutilmoqda ekan.

@NUU_students
😢30👍26👎4🔥1
⚡️Hisob 1:1. Hozirgi 3-kurslar tushunadi: 2-kursni 1-semestrini onlayn oʻqib, offlayn topshirishgan. Bu safargisini esa, offlayn oʻqib, onlayn topshirishyapti😅

@NUU_students
😁78👍15🔥6👎4🤩4😢3🎉2❤1
❗️​​Fandan qarzdorligi borlar, qarzlarini qachongacha topshirsa bo‘ladi?

OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

- Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

- Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha
3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

- Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

- Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.

@NUU_students
👍6👎3
#Biroz_kulgu

​​Janonim-a janonim (parodiya)

Visoling dil qumsaydi,
Qaysar yurak koʻnmaydi.
Bundan ogʻir dard boʻlmaydi,
Institutima institut

Daydi dilim, telba dilim,
Oflaynni qumsar koʻnglim.
Takrorlaydi noming tilim,
Institutim-a institutim

Borolmayman imkonim yoʻq,
Uzun yoʻllar boʻldi qisqa.
Onlayn bilan oʻlganim yoʻq
Institutim-a institutim

Oflayn desa kulgandim-a
Onlaynni suygandim-a
Sessiyalardan kuygandim-a
Institutim-a institutim

Stipendiya izlab kim topdi
Kontrakt istab kim topdi
Bizga OTM lar eshik yopdi
Institutim-a institutim

Oflaynga qaytsaydim
Qolmas edi armonim
Oʻqishimga qaytsaydim
Institutim-a institutim

Pulga yopa olmam sira
3-semestrga qolib ketgan
Sessiya nedur? mendan soʻra
Institutim-a institutim

@NUU_students
👍45😁23🔥3👎2
🏆 YUQORI LIGA 🏆 Final bahsi:

Olmos 6:10 Limitless

3-orin uchun bahs:

Everest (Rahmonova Nasiba) 5:3 Of the best

🏆 O‘RTA LIGA 🏆 Final bahsi:

Team-2018 5:3 Turon

3-orin uchun bahs:

Cosmos 4:3 Istiqlol

🏆 QUYI LIGA 🏆 Final bahsi:

OʻzMU United 6:5 Psixospace

3-o‘rin uchun bahs:

Burgutlar 4:2 Armada

@NUU_students
👍4
✅ Demak, 3 ta liga boʻyicha yakuniy natijalar:

🎗“Yuqori liga” natijalari bilan tanishing:

🏆 Chempion: Limitless jamoasi
🥈 2-o‘rin: Olmos jamoasi
🥉 3-o‘rin: Everest jamoasi
🏅 4-o‘rin: Of the best jamoasi

🎗“O‘rta liga” natijalari bilan tanishing:

🏆 Chempion: Team-2018 jamoasi
🥈 2-o‘rin: Turon jamoasi
🥉 3-o‘rin: Cosmos jamoasi
🏅 4-o‘rin: Istiqlol jamoasi

“Quyi liga” natijalari bilan tanishing:

🏆 Chempion: OʻzMU United jamoasi
🥈 2-o‘rin: Psixospace jamoasi
🥉 3-o‘rin: Burgutlar jamoasi
🏅 4-o‘rin: Armada jamoasi

❗️Limitless, Team-2018 va OʻzMU United jamoalarini “Super kubok” bahsiga yoʻllanmani qoʻlga kiritganlari bilan tabriklaymiz!

@NUU_students
👍3
Umumiy natijalar 5-tur.xls
31 KB
🏆 JAMOALAR LIGASI 🏆 jamoalarining yakuniy natijalari!

Bu jadvalga finalda oʻz raqibiga magʻlub boʻlgan jamoalar ham kiritildi.

🎉 Oldin aytganimizdek, “Super kubok”ka ushbu ligadan 3 ta jamoa chiqadi. Dastlabki uchta oʻrin sohiblari esa, Logika, Olmos va Psixospace jamoalaridir.

✅ Shunday qilib, “Super kubok”da quyidagi jamoalar oʻzaro bahs olib borishadi:

1. Limitless
2. Team-2018
3. OʻzMU United
4. Logika
5. Olmos
6. Psixospace


⚡️ Barcha jamoalarga ishtirok uchun rahmat deb qolamiz, yakuniy oʻyin (Super kubok bahsi) ertaga 21:00da kanalimizda boʻlib oʻtadi.

@NUU_students
👍4
Ertadan onlayn darslar boshlanmoqda😅

Muallif: Habikatura

@NUU_students
😁17🤩6👍5❤1👎1
🧐 ​​Nima uchun studentlar sessiyadan o’tisha olmaydi?

Keling bunga matematik yondashamiz. Bir yilda 365 kun bor. Ulardan 52 kuni yakshanba. 313 kun ilm olish uchun. Yozgi tatil o'rtacha 85 kun. Bizda 228 kun dars tayyorlashga qoldi. Har kunlik 8 soatlik uyqu 122 kun degani. Bizda 106 kun qoldi. Har bir kishi 1 kunda kamida 1 soat dam olishi kerak va bu 15 kunni anglatadi. 91 kun qoldi. 2 soat ovqatlanish uchun ajratishga majbursiz va bu bir yilning 30 kunini egallaydi. Bizda 61 kun qoldi. Gaplashish insonga xos tushuncha va bu bir kunda bir kishidan kamida 1 soatni talab qilsa, 1 yilda 15 kun demak. Atiga 46 kun ilm uchun. Bayramlar, kutilmagan xursandchiliklar va ko’ngilsizliklar 40 kunni har bir kishidan band qilar ekan. 6 kun qoldi. Issiq jonni istimasi bor deyishganidek, hammamiz bir yilda kamida 3 kun kasal bo'lsak. Nahotki kinoga tushish, instagramda o’tirish, uchrashuvlarga bir yilda 2 kun ajratmasak qanaqa odammiz. Ha atiga 1 kun qoldi. O’sha bir kun men tug'ilgan kun-ku.

🥳 Tug‘ilgan kunimda dars qilishga balo bormi!?

Kursdoshlar guruhiga tashlab qo'yamiz!

@NUU_students
👍38😁21🎉8😢5🔥4❤2🤩1
Parodiyaga parodiya.

Omikron ham keldi mana,
Armon bo'ldi offlayn.
Taqdir ekan o'qish yana,
Onlayn-a onlayn.

Kunlar botib tonglar otar,
Zoomga kirsam netim qotar,
Tomda jonim sovuq qotar,
Onlayn-a onlayn.

Borolmayman imkonim yo'q,
Uzun darslar bo'ldi qisqa,
Tomda o'lib qolganim yo'q,
Onlayn-a onlayn.

O'qi desa kulgandim-a,
Karidorda yurgamdim-a,
Nahot buni bilgandim-a,
Onlayn-a onlayn.

Bo'r qidirib kim topdi,
Daftar izlab kim topdi,
Fakultet eshik yopdi,
Onlayn-a onlayn.

Pulga yopa olmam sira,
Mb lar ham to'lib ketgan.
Axvolmni bir bor so'ra,
Onlayn-a onlayn.

Bitta orzu qoldi yana,
Faqat beshga yopsaydim,
Balki imkon bo'ldi mana,
Onlayn-a onlayn.

Onlayn-a onlayn.

© Muhammad G‘aniy

@NUU_students
👍23🤩4