O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Maʼlumotlarga qaraganda, 24-yanvardan boshlab, 1-2-kurslar uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanar ekan, 3-4-kurslar uchun esa, 1 haftalik dars va undan keyin yakuniy nazorat mtihonlari boshlanishi kutilmoqda ekan.

@NUU_students
😢30👍26👎4🔥1
⚡️Hisob 1:1. Hozirgi 3-kurslar tushunadi: 2-kursni 1-semestrini onlayn oʻqib, offlayn topshirishgan. Bu safargisini esa, offlayn oʻqib, onlayn topshirishyapti😅

@NUU_students
😁78👍15🔥6👎4🤩4😢3🎉2❤1
❗️​​Fandan qarzdorligi borlar, qarzlarini qachongacha topshirsa bo‘ladi?

OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

- Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

- Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha
3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

- Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

- Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.

@NUU_students
👍6👎3
#Biroz_kulgu

​​Janonim-a janonim (parodiya)

Visoling dil qumsaydi,
Qaysar yurak koʻnmaydi.
Bundan ogʻir dard boʻlmaydi,
Institutima institut

Daydi dilim, telba dilim,
Oflaynni qumsar koʻnglim.
Takrorlaydi noming tilim,
Institutim-a institutim

Borolmayman imkonim yoʻq,
Uzun yoʻllar boʻldi qisqa.
Onlayn bilan oʻlganim yoʻq
Institutim-a institutim

Oflayn desa kulgandim-a
Onlaynni suygandim-a
Sessiyalardan kuygandim-a
Institutim-a institutim

Stipendiya izlab kim topdi
Kontrakt istab kim topdi
Bizga OTM lar eshik yopdi
Institutim-a institutim

Oflaynga qaytsaydim
Qolmas edi armonim
Oʻqishimga qaytsaydim
Institutim-a institutim

Pulga yopa olmam sira
3-semestrga qolib ketgan
Sessiya nedur? mendan soʻra
Institutim-a institutim

@NUU_students
👍45😁23🔥3👎2
🏆 YUQORI LIGA 🏆 Final bahsi:

Olmos 6:10 Limitless

3-orin uchun bahs:

Everest (Rahmonova Nasiba) 5:3 Of the best

🏆 O‘RTA LIGA 🏆 Final bahsi:

Team-2018 5:3 Turon

3-orin uchun bahs:

Cosmos 4:3 Istiqlol

🏆 QUYI LIGA 🏆 Final bahsi:

OʻzMU United 6:5 Psixospace

3-o‘rin uchun bahs:

Burgutlar 4:2 Armada

@NUU_students
👍4
✅ Demak, 3 ta liga boʻyicha yakuniy natijalar:

🎗“Yuqori liga” natijalari bilan tanishing:

🏆 Chempion: Limitless jamoasi
🥈 2-o‘rin: Olmos jamoasi
🥉 3-o‘rin: Everest jamoasi
🏅 4-o‘rin: Of the best jamoasi

🎗“O‘rta liga” natijalari bilan tanishing:

🏆 Chempion: Team-2018 jamoasi
🥈 2-o‘rin: Turon jamoasi
🥉 3-o‘rin: Cosmos jamoasi
🏅 4-o‘rin: Istiqlol jamoasi

“Quyi liga” natijalari bilan tanishing:

🏆 Chempion: OʻzMU United jamoasi
🥈 2-o‘rin: Psixospace jamoasi
🥉 3-o‘rin: Burgutlar jamoasi
🏅 4-o‘rin: Armada jamoasi

❗️Limitless, Team-2018 va OʻzMU United jamoalarini “Super kubok” bahsiga yoʻllanmani qoʻlga kiritganlari bilan tabriklaymiz!

@NUU_students
👍3
Umumiy natijalar 5-tur.xls
31 KB
🏆 JAMOALAR LIGASI 🏆 jamoalarining yakuniy natijalari!

Bu jadvalga finalda oʻz raqibiga magʻlub boʻlgan jamoalar ham kiritildi.

🎉 Oldin aytganimizdek, “Super kubok”ka ushbu ligadan 3 ta jamoa chiqadi. Dastlabki uchta oʻrin sohiblari esa, Logika, Olmos va Psixospace jamoalaridir.

✅ Shunday qilib, “Super kubok”da quyidagi jamoalar oʻzaro bahs olib borishadi:

1. Limitless
2. Team-2018
3. OʻzMU United
4. Logika
5. Olmos
6. Psixospace


⚡️ Barcha jamoalarga ishtirok uchun rahmat deb qolamiz, yakuniy oʻyin (Super kubok bahsi) ertaga 21:00da kanalimizda boʻlib oʻtadi.

@NUU_students
👍4
Ertadan onlayn darslar boshlanmoqda😅

Muallif: Habikatura

@NUU_students
😁17🤩6👍5❤1👎1
🧐 ​​Nima uchun studentlar sessiyadan o’tisha olmaydi?

Keling bunga matematik yondashamiz. Bir yilda 365 kun bor. Ulardan 52 kuni yakshanba. 313 kun ilm olish uchun. Yozgi tatil o'rtacha 85 kun. Bizda 228 kun dars tayyorlashga qoldi. Har kunlik 8 soatlik uyqu 122 kun degani. Bizda 106 kun qoldi. Har bir kishi 1 kunda kamida 1 soat dam olishi kerak va bu 15 kunni anglatadi. 91 kun qoldi. 2 soat ovqatlanish uchun ajratishga majbursiz va bu bir yilning 30 kunini egallaydi. Bizda 61 kun qoldi. Gaplashish insonga xos tushuncha va bu bir kunda bir kishidan kamida 1 soatni talab qilsa, 1 yilda 15 kun demak. Atiga 46 kun ilm uchun. Bayramlar, kutilmagan xursandchiliklar va ko’ngilsizliklar 40 kunni har bir kishidan band qilar ekan. 6 kun qoldi. Issiq jonni istimasi bor deyishganidek, hammamiz bir yilda kamida 3 kun kasal bo'lsak. Nahotki kinoga tushish, instagramda o’tirish, uchrashuvlarga bir yilda 2 kun ajratmasak qanaqa odammiz. Ha atiga 1 kun qoldi. O’sha bir kun men tug'ilgan kun-ku.

🥳 Tug‘ilgan kunimda dars qilishga balo bormi!?

Kursdoshlar guruhiga tashlab qo'yamiz!

@NUU_students
👍38😁21🎉8😢5🔥4❤2🤩1
Parodiyaga parodiya.

Omikron ham keldi mana,
Armon bo'ldi offlayn.
Taqdir ekan o'qish yana,
Onlayn-a onlayn.

Kunlar botib tonglar otar,
Zoomga kirsam netim qotar,
Tomda jonim sovuq qotar,
Onlayn-a onlayn.

Borolmayman imkonim yo'q,
Uzun darslar bo'ldi qisqa,
Tomda o'lib qolganim yo'q,
Onlayn-a onlayn.

O'qi desa kulgandim-a,
Karidorda yurgamdim-a,
Nahot buni bilgandim-a,
Onlayn-a onlayn.

Bo'r qidirib kim topdi,
Daftar izlab kim topdi,
Fakultet eshik yopdi,
Onlayn-a onlayn.

Pulga yopa olmam sira,
Mb lar ham to'lib ketgan.
Axvolmni bir bor so'ra,
Onlayn-a onlayn.

Bitta orzu qoldi yana,
Faqat beshga yopsaydim,
Balki imkon bo'ldi mana,
Onlayn-a onlayn.

Onlayn-a onlayn.

© Muhammad G‘aniy

@NUU_students
👍23🤩4
🔥 Ko'pchilik kutgan turnirning soʻnggi oʻyini!

✅ “Super kubok” bahsi!
📅 Bugun!
⏰ 21:00!
❓ Savollar soni: 12 ta!

🛎 Shakli: Jamoaviy!
⏳ O'ylash va javob yuborish uchun: 3 daqiqa!

🎗Bugungi oʻyin quyidagi jamoalar uchun:

1. Limitless
2. Team-2018
3. OʻzMU United
4. Logika
5. Olmos
6. Psixospace


❗️Shu vaqtgacha toʻplangan ballar nollashtiriladi. Ya’ni bugungi oʻyinda eng koʻp toʻgʻri javob yuborgan jamoa asosiy sovrin “Super kubok”ni qoʻlga kiritadi.

@NUU_students
🔥3
❗️Oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi shakllantiriladi!

Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish rejalashtirilmoqda.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, 2022 yilda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, 2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026-yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi.

@NUU_students
🔥2👍1
​❗️Kasallanishlar biroz pasaydi: kecha yurtimizda qariyb 1300 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

🔺2022-yil 23-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 215063 (+1296) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌63 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌55 nafari Andijon viloyatida,
📌70 nafari Buxoro viloyatida,
📌41 nafari Jizzax viloyatida,
📌30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌20 nafari Navoiy viloyatida,
📌57 nafari Namangan viloyatida,
📌35 nafari Samarqand viloyatida,
📌23 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌41 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌178 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌38 nafari Xorazm viloyatida,
📌152 nafari Toshkent viloyatida,
📌493 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

@NUU_students
🔥7👍4❤1
Onlayn taʼlimning eng katta kamchiligi bu internet muammosi😅

@NUU_students
👍37😁13🔥7🎉3🤩3😢1
- OTMlarda an’anaviy ta’lim boshlansa-yu, talabalar orasida Covid-19 ko‘payib ketsa nima qilamiz?

- “Sendan qo‘rqmaymiz koronavirus” nomli insholar, rasmlar va videoroliklar tanlovini o‘tkazamiz!

@NUU_students
😁112👍20👎18😢11🎉4🔥2❤1
“Bizning davrimizda oʻqish qiyin edi, juda qattiq oʻqiganmiz. Katta-katta yutuqlarga erishganmiz” deydigan domlalar istalgancha bunday gaplarni gapirishlaringiz mumkin. Baribir biz buni rost yoki yolgʻonligini bilmaymiz😅

@NUU_students
😁33👍9🔥3
#Hazil

Qaysidir dekanatdan aksiya: Endilikda siz 3 ta fanni biz belgilagan narxda yopsangiz, sizga bitta fanni tekinga yopishingiz uchun bonus beriladi. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

@NUU_students
😁58🤩14👍10🔥6🎉4👎3
U yakuniy nazoratlarni barchasidan oʻta olmagandi, oʻqishdan haydalgandi va oʻzini-o‘zi quyidagicha ovutardi: “Siqilma, Bill Geyts o‘qishni tashlab ketib, milliarder boʻlgan”😁

Sen ham shunday demaslik uchun barcha fanlardan o‘t!

@NUU_students
👍24😁9
Agar biror fan uchun ochilgan telegram guruhingizga domlangiz plastik karta raqamini tashlab yuborsa, 2 ta xulosa paydo boʻladi:

1. Domla adashib tashlab yuborgan;
2. Domla yakuniy nazoratdan oʻtish yoʻlini koʻrsatgan;

Eslatib oʻtaman, domlalar juda kam adashadi, tushundingiz-a?😅

@NUU_students
😁38👍8👎2🤩2
- Qunduz amakim yangi qissa oʻqib beradilar.
- Amakijon, amakijon bizga bitta qissa oʻqib bering.
- Ikkita boʻlsa, yana yaxshi.
- Haligi barcha fanlarni beshga yopaman degan bola haqidagisi boru😅

@NUU_students
😁22🔥13👍3