O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

2020-2021-o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

@NUU_students
👍15😢5🔥3
⚡️Kun.uz: 2021-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi 734,6 trln so‘mni yoki 69 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan — Davstatqo‘m

Aholi jon boshiga YIM 21 mln so‘m yoki 1983 AQSh dollariga yetgan (dollarning o‘rtacha yillik kursida).

@NUU_students
👍8👎4🔥3😢2
Isming tarix kitoblarida qolmasa ham, tarix xonalaridagi partalarda qolsin. Auf😎

@NUU_students
😁51👍10👎3
Krilcha harflarni qidirib topolmay yurgandan koʻra, oʻzing oʻrgangan lotincha klaviaturangda yoz😅

@NUU_students
😁58👍18🔥6😢2🤩2👎1
Kimdir profiliga “I love the book” deb yozgan boʻlsa, u kitobsevar ekan degan xulosaga kelma, ehtimol u Kitob tumanini yozgandir😁

@NUU_students
😁50👍28👎13🎉6🤩3❤1
❗️Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilingan!

Unga ko‘ra, talabalar rasmdagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin.

@NUU_students
❗️Kasallanishlar soni yana ortdi: kecha yurtimizda 1186 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

🔺2022-yil 27-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 219663 (+1186) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌67 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌33 nafari Andijon viloyatida,
📌43 nafari Buxoro viloyatida,
📌40 nafari Jizzax viloyatida,
📌35 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌24 nafari Navoiy viloyatida,
📌21 nafari Namangan viloyatida,
📌50 nafari Samarqand viloyatida,
📌15 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌46 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌129 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌56 nafari Xorazm viloyatida,
📌124 nafari Toshkent viloyatida,
📌503 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

@NUU_students
😢16👍9🔥3👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sessiyadagi ayrim talabalar yakuniy nazorati vaqtida😅

@NUU_students
😁19👍3🎉1
Ba'zi poraxo'r domlalar uchun "Ex domlalar" taronasi(Ex jo'ralar taronasiga parodiya)

Salom bersam,alik ham yo'q,
Yiqilsam gar ko'nglingiz to'q.
Ex domlalar, ex domlalar.

Bir paytlar bo'ri edim,
Auditoriya to'ri edim,
Darsingizda zo'ri edim,
Ex domlalar, ex domlalar.

Hammadan zo'rsiz deb ko'tarishar may,
G'alabamga hissam deb chaladilar nay,
Gar "Nb" olsam tepkilashga shay,
Ex domlalar, ex domlalar.

Bahoyim qo'ydilar pulim bitguncha,
Ortidan sudraydi kuchim ketguncha,
Oz emas ko'p emas ular bir qancha,
Ex domlalar, ex domlalar.

Kunlari o'tmaydi, olmasa tilxat,
Xudodan so'raydi puldorli cho'ntak,
Qancha pora bermay ortimdan minnat,
Ex domlalar, ex domlalar

Zahringiz oldida lol qolar chayon,
Niyatiz hamyonim etishdir vayron,
Pulxo'rsiz oldizda Ahmadboy hayron,
Ex domlalar, ex domlalar.

@NUU_students
👍18😁11😢3🤩2
❗️2021-yilda O‘zbekistondan bosh olib ketganlar keskin ortdi.

@NUU_students
👍23👎19😢15🔥6😁5🎉3
❗️Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:

👨‍👩‍👧‍👦 Aholi soni – 35,3 mln. kishi
🧍🏻‍♀️Ayollar soni – 17,5 mln. kishi
🧍🏻‍♂️Erkaklar soni – 17,8 mln. kishi

🌇Shaharda yashovchilar – 17,9 mln. kishi
🏘Qishloqda yashovchilar – 17,4 mln. kishi

👼Tug‘ilish soni – 905,2 ming kishi
⚰️ O‘limlar soni – 174,5 ming kishi

👩‍❤️‍👨Nikohlar soni – 305,1 mingta
💫 Ajrimlar soni – 39,2 mingta

Tashqi migratsiya:
🛩Ko‘chib kelgan – 1,9 ming kishi
✈️Ko‘chib ketgan – 20,1 ming kishi

@NUU_students
👍14🔥3👎2
SESSIYA

Yetib keldi o'sha sana,
Yana ko'zlar yoshlandi.
Ustoz shogird jangi mana
SESSIYA ham boshlandi.

KITOB yuzin ko'rmas aslo,
Baxonalar to'qiydi.
Talaba shu BESH OY YALLO,
IKKI HAFTA o'qiydi.

Ichida bir qayd yo'q daftar,
To'ldirilar tongacha.
Fakultetda itdek kezar,
Ertalabdan shomgacha.

Domla so'zi qonun bilgil,
Buni boshqa atash yo'q.
So'zin ikki qilish tugul,
Hatto yomon qarash yo'q.

Uztoz haqdir bu jang aro,
Yarashadi g'alaba.
Baxo kerak, yo'qdir chora,
Bosh egadi talaba.

To'lib ketar KUTUBXONA,
Hayron stul, partalar.
KITOBJAVON changlari ham,
Besh oyda bir artilar.

Mustaqil ish, referatlar,
Narxi osmon bo'ladi.
Kanstavarchi u okalar,
Kissasi liq to'ladi.

G'am bilmagan yigit-qizlar,
Besh oydir-ki beboshdir.
Kecha AJDAR talabalar,
Bugun QO'Ydek yuvvoshdir.

UCHchilar-ku shukr aytar,
Ularga baxt o'tgani.
HAYDALGANlar yig'lab qaytar,
- Peshonaga bitgani.

TO'RT ham judaa yaxshi baxo,
Bilimi bor chopadi.
Lek domlalar bilmay goxo,
Oyog'idan tortadi.

BESHni orzu qilar ko'ngil,
Achkini taq, shimar yeng.
HARAJATsiz HARAKAT bil,
Albatta-ki NOLga teng.

Dallol bo'lar uch xil molga,
Gapchan gurux sardori.
O'zi tekin yopar shunga,
Bermas hamma qatori.

Ko'z yumadi ba'zi domla
Tiyolmasdan nafsini.
To'lab olar shu bahona,
Olti oylik qarzini.

Domlada hech ayb yo'q inim,
Bilim berdi, o'tdi dars,
Balki bunga bordir haqqi,
TALABALAR AQLI PAST.

So'zing yolg'on dema aslo,
Jonni vijdon cho'qiydi.
Talaba shu BESH OY YALLO,
IKKI HAFTA o'qiydi.

Yilda ikki bora bo'lgay,
Ikki hafta bunday jang.
Kimdir arang omon qolgay,
Yana kimning holi tang.

,,Uch yil'' ,,Besh yil'' ,, Yetti yil''mas,
Bu ,,Yuz yillik urush''dir.
Talabaga chiniqish va,
Kelajakni qurishdir.

O'tib ketar bu damlar ham,
Qolar yillar ortida.
Bir o'yindir bular bari,
HAYOT JANGIN oldida.

Haq so'zini sevar dilning,
Oqqa bitdim dil so'zin.
Ranjib yurmang ushbu she'rim,
Yarmi hazil yarmi chin.

So'ngi gapim og'ir botar,
Haq gap og'ir albatta.
STUDENTni narxlar bozor.
HO'KIZ o'qir Toshkentda.

@NUU_students
👍30❤5🔥4
⚡️Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi doktoranti, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Allayarova Soliha Narzullayevna rahbarligidagi “Uzluksiz ta’limda ilmiy tadqiqot faoliyatini ommalashtirish” ilmiy g‘oyasi “Bo‘lajak olim” tanlovida g‘olib bo‘lgani uchun 98 327 000 so‘m mablag‘i bilan mukofotlandi.

@NUU_students
👍34🔥15❤9🎉4
​STUDENT BO'LDINGMI?

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q!
Eng avval ko'chirish san'atin o'rgan!
Axir oson emas domlani aldash -
U ham sendaylardan mingtasin ko'rgan!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Majbursan qo'lingga kitob olishga.
Yoqmasligi mumkin ma'ruzalar sal,
Faqat o'rganmagin uxlab qolishga!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Kamgap, kamsuqumlik bunda ketmaydi.
Hech yo'q domladan hol-ahvol so'rab tur,
Yo'qsa oxirida baling yetmaydi!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Internet kafega navbatga yozil.
Besh o'nta referat, taqdimot qilish,
Bilib qo'ygin, senga emasdir hazil!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Sessiya bir kunlik imtihon emaaaas.
Domla: “Falonchiyev, zachyotkangni ber,
Ayt, senga necha bal qo'yayin?” demas!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Shularni o'ylaymiz, bedor tunimiz.
Ilohim, bizlarga havas qilganning,
Boshlariga tushsin bizning kunimiz!...

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q…

@NUU_students
👍33🔥2
“Nb” sog'inchi (hazil she'r)

Domla yotar uyida,
Darslarni sog'ingancha.
Kechiksa talabalar,
"Nb" qo'yardi qancha...

Sog'in sigirni sog'gan
Kabi mamnun qaytardi.
Haftalikni hisoblab,
Starista aytardi.

Mashinaga yetmas pul.
Chala qoldi imorat.
Oz qolgandi sessiya,
Shumi endi haqiqat?!

Pichog'ing moyga yetdi
Deganda, bu o'tirish.
Ko'chaga chiqib bo'lmas,
Mumkinmas "nb" qo'yish.

Olib o'rgangan domla,
Childolmadi uch kunga.
Tun-u kun, o'ylab-o'ylab,
Zo'r chora topdi bunga.

Yap-yangi jurnal tutib,
Yozdi qizlarin ismin.
Xotiniga yukladi
Starista ishlarin.

Nonushtada yo'qlama,
Ma'ruza tushlikkacha.
Uxlab qolgan qiziga,
"Nb" qo'yar kechgacha.

Bu usulda lek cho'ntak
To'lishi biroz mushkul.
Chunki "nb"ga qizlar
Domladan so'raydi pul.

@NUU_students
😁24👎8👍7😢3🎉2
Domlalar ikki toifaga bo‘linadi:

1. Semestr davomida senga qattiqqo‘llik qilib, qo‘rqitib, NBlarni bosib tashlab sessiya kelganda “ol, ana baho senga” deb ko‘ngli yumshab ketadigan!

2. Semestr davomida senga shirin gapirib, kulib, “sizniki ma’qul” deb indamay yurib sessiyada “enangni ko`rsatadigan!”

@NUU_students
👍57😁45😢12👎2
#Arxiv
❗️Davlat granti asosida ta'lim olgan talabalar 3 yillik majburiy mehnat faoliyatini kambag'allik yuqori bo'lgan hududlarda amalga oshiradilar.

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o'tkazilgan yig‘ilishda aytgan.

Unda davlatimiz rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirish taklifi bildirildi.

Gap faqat o'qituvchilik haqida ketmayapti, ushbu hududlarga davlat grantida ta'lim olgan barcha sohalardagi bitiruvchilar jalb qilinadi.

@NUU_students
👍7😢2
Baʼzi talabalarning sessiyagacha, sessiyada va sessiyadan keyingi holatlari😅

@NUU_students
😁46😢9👍6🎉4👎1🔥1🤩1
“Hali kitob o'qib, dars qilib hech kim o'lmagan!” degan gapni eshitardik-u, lekin biologiya xonasidagi skelet shubhali ko'rinaverardi...

@NUU_students
😁64🔥3👍2😢2❤1👎1