O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️2021-yilda O‘zbekistondan bosh olib ketganlar keskin ortdi.

@NUU_students
👍23👎19😢15🔥6😁5🎉3
❗️Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:

👨‍👩‍👧‍👦 Aholi soni – 35,3 mln. kishi
🧍🏻‍♀️Ayollar soni – 17,5 mln. kishi
🧍🏻‍♂️Erkaklar soni – 17,8 mln. kishi

🌇Shaharda yashovchilar – 17,9 mln. kishi
🏘Qishloqda yashovchilar – 17,4 mln. kishi

👼Tug‘ilish soni – 905,2 ming kishi
⚰️ O‘limlar soni – 174,5 ming kishi

👩‍❤️‍👨Nikohlar soni – 305,1 mingta
💫 Ajrimlar soni – 39,2 mingta

Tashqi migratsiya:
🛩Ko‘chib kelgan – 1,9 ming kishi
✈️Ko‘chib ketgan – 20,1 ming kishi

@NUU_students
👍14🔥3👎2
SESSIYA

Yetib keldi o'sha sana,
Yana ko'zlar yoshlandi.
Ustoz shogird jangi mana
SESSIYA ham boshlandi.

KITOB yuzin ko'rmas aslo,
Baxonalar to'qiydi.
Talaba shu BESH OY YALLO,
IKKI HAFTA o'qiydi.

Ichida bir qayd yo'q daftar,
To'ldirilar tongacha.
Fakultetda itdek kezar,
Ertalabdan shomgacha.

Domla so'zi qonun bilgil,
Buni boshqa atash yo'q.
So'zin ikki qilish tugul,
Hatto yomon qarash yo'q.

Uztoz haqdir bu jang aro,
Yarashadi g'alaba.
Baxo kerak, yo'qdir chora,
Bosh egadi talaba.

To'lib ketar KUTUBXONA,
Hayron stul, partalar.
KITOBJAVON changlari ham,
Besh oyda bir artilar.

Mustaqil ish, referatlar,
Narxi osmon bo'ladi.
Kanstavarchi u okalar,
Kissasi liq to'ladi.

G'am bilmagan yigit-qizlar,
Besh oydir-ki beboshdir.
Kecha AJDAR talabalar,
Bugun QO'Ydek yuvvoshdir.

UCHchilar-ku shukr aytar,
Ularga baxt o'tgani.
HAYDALGANlar yig'lab qaytar,
- Peshonaga bitgani.

TO'RT ham judaa yaxshi baxo,
Bilimi bor chopadi.
Lek domlalar bilmay goxo,
Oyog'idan tortadi.

BESHni orzu qilar ko'ngil,
Achkini taq, shimar yeng.
HARAJATsiz HARAKAT bil,
Albatta-ki NOLga teng.

Dallol bo'lar uch xil molga,
Gapchan gurux sardori.
O'zi tekin yopar shunga,
Bermas hamma qatori.

Ko'z yumadi ba'zi domla
Tiyolmasdan nafsini.
To'lab olar shu bahona,
Olti oylik qarzini.

Domlada hech ayb yo'q inim,
Bilim berdi, o'tdi dars,
Balki bunga bordir haqqi,
TALABALAR AQLI PAST.

So'zing yolg'on dema aslo,
Jonni vijdon cho'qiydi.
Talaba shu BESH OY YALLO,
IKKI HAFTA o'qiydi.

Yilda ikki bora bo'lgay,
Ikki hafta bunday jang.
Kimdir arang omon qolgay,
Yana kimning holi tang.

,,Uch yil'' ,,Besh yil'' ,, Yetti yil''mas,
Bu ,,Yuz yillik urush''dir.
Talabaga chiniqish va,
Kelajakni qurishdir.

O'tib ketar bu damlar ham,
Qolar yillar ortida.
Bir o'yindir bular bari,
HAYOT JANGIN oldida.

Haq so'zini sevar dilning,
Oqqa bitdim dil so'zin.
Ranjib yurmang ushbu she'rim,
Yarmi hazil yarmi chin.

So'ngi gapim og'ir botar,
Haq gap og'ir albatta.
STUDENTni narxlar bozor.
HO'KIZ o'qir Toshkentda.

@NUU_students
👍30❤5🔥4
⚡️Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi doktoranti, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Allayarova Soliha Narzullayevna rahbarligidagi “Uzluksiz ta’limda ilmiy tadqiqot faoliyatini ommalashtirish” ilmiy g‘oyasi “Bo‘lajak olim” tanlovida g‘olib bo‘lgani uchun 98 327 000 so‘m mablag‘i bilan mukofotlandi.

@NUU_students
👍34🔥15❤9🎉4
​STUDENT BO'LDINGMI?

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q!
Eng avval ko'chirish san'atin o'rgan!
Axir oson emas domlani aldash -
U ham sendaylardan mingtasin ko'rgan!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Majbursan qo'lingga kitob olishga.
Yoqmasligi mumkin ma'ruzalar sal,
Faqat o'rganmagin uxlab qolishga!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Kamgap, kamsuqumlik bunda ketmaydi.
Hech yo'q domladan hol-ahvol so'rab tur,
Yo'qsa oxirida baling yetmaydi!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Internet kafega navbatga yozil.
Besh o'nta referat, taqdimot qilish,
Bilib qo'ygin, senga emasdir hazil!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Sessiya bir kunlik imtihon emaaaas.
Domla: “Falonchiyev, zachyotkangni ber,
Ayt, senga necha bal qo'yayin?” demas!

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Shularni o'ylaymiz, bedor tunimiz.
Ilohim, bizlarga havas qilganning,
Boshlariga tushsin bizning kunimiz!...

Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q…

@NUU_students
👍33🔥2
“Nb” sog'inchi (hazil she'r)

Domla yotar uyida,
Darslarni sog'ingancha.
Kechiksa talabalar,
"Nb" qo'yardi qancha...

Sog'in sigirni sog'gan
Kabi mamnun qaytardi.
Haftalikni hisoblab,
Starista aytardi.

Mashinaga yetmas pul.
Chala qoldi imorat.
Oz qolgandi sessiya,
Shumi endi haqiqat?!

Pichog'ing moyga yetdi
Deganda, bu o'tirish.
Ko'chaga chiqib bo'lmas,
Mumkinmas "nb" qo'yish.

Olib o'rgangan domla,
Childolmadi uch kunga.
Tun-u kun, o'ylab-o'ylab,
Zo'r chora topdi bunga.

Yap-yangi jurnal tutib,
Yozdi qizlarin ismin.
Xotiniga yukladi
Starista ishlarin.

Nonushtada yo'qlama,
Ma'ruza tushlikkacha.
Uxlab qolgan qiziga,
"Nb" qo'yar kechgacha.

Bu usulda lek cho'ntak
To'lishi biroz mushkul.
Chunki "nb"ga qizlar
Domladan so'raydi pul.

@NUU_students
😁24👎8👍7😢3🎉2
Domlalar ikki toifaga bo‘linadi:

1. Semestr davomida senga qattiqqo‘llik qilib, qo‘rqitib, NBlarni bosib tashlab sessiya kelganda “ol, ana baho senga” deb ko‘ngli yumshab ketadigan!

2. Semestr davomida senga shirin gapirib, kulib, “sizniki ma’qul” deb indamay yurib sessiyada “enangni ko`rsatadigan!”

@NUU_students
👍57😁45😢12👎2
#Arxiv
❗️Davlat granti asosida ta'lim olgan talabalar 3 yillik majburiy mehnat faoliyatini kambag'allik yuqori bo'lgan hududlarda amalga oshiradilar.

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o'tkazilgan yig‘ilishda aytgan.

Unda davlatimiz rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirish taklifi bildirildi.

Gap faqat o'qituvchilik haqida ketmayapti, ushbu hududlarga davlat grantida ta'lim olgan barcha sohalardagi bitiruvchilar jalb qilinadi.

@NUU_students
👍7😢2
Baʼzi talabalarning sessiyagacha, sessiyada va sessiyadan keyingi holatlari😅

@NUU_students
😁46😢9👍6🎉4👎1🔥1🤩1
“Hali kitob o'qib, dars qilib hech kim o'lmagan!” degan gapni eshitardik-u, lekin biologiya xonasidagi skelet shubhali ko'rinaverardi...

@NUU_students
😁64🔥3👍2😢2❤1👎1
Telegram profillaridagi statuslarni (aqlli gaplar) koʻp oʻqiydigan talabalar falsafadan sessiyani beshga yoparkan...

@NUU_students
😁37🤩19👍9👎3🔥3
Dallollik qilib yurgan kishilar, starstalikni qoyilmaqom qilib bajarar ekan...

@NUU_students
😁40👎18👍7🔥4
Har sessiya shu boʻlar takror: Bu safargi sessiyalardan yiqilib-yiqilib zoʻrgʻa oʻtdim, keyingi semestr qattiq oʻqiyman.

Haqiqat: Keyingi semestr ham baribir oʻzgarish boʻlmaydi.

@NUU_students
😁53👍17🔥6🤩6👎2
Onlayn sessiya topshirish bilan hech nima oʻzgarmadi: Sessiyada shpargalkani yashirib foydalanayotgan talabalar, endi undan bemalol foydalana olishadi. Afzal jihati esa, yonida birdan kuzatuvchi domla paydo boʻlib qolmaydi...

@NUU_students
😁87👍16👎5🔥5
❗️“O‘zbekistonda tez orada maktab o‘quvchilari va talabalar oflayn o‘qishga qaytishi mumkin” Telegram kanallari orqali shu kabi xabarlar tarqalmoqda.

@NUU_students
👍45👎40🎉10😁5
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️“O‘zbekistonda tez orada maktab o‘quvchilari va talabalar oflayn o‘qishga qaytishi mumkin” Telegram kanallari orqali shu kabi xabarlar tarqalmoqda. @NUU_students
❗️24-yanvardan boshlab 1 oy taʼlim jarayonlari onlayn tarzda olib borilishi belgilangan edi. Hozirda talabalar va oʻquvchilar anʼanaviy taʼlimga qaytishi ehtimoli juda past, agar taʼlim anʼanaviyga qaytadigan boʻlsa ham, 24-fevraldan boʻlishi mumkin.

@NUU_students
👍83👎17😁7
❗️Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a)
o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

@NUU_students
👍13👎3
Sessiya haqida she’r

Sessiya. Bir yilda ikki imtihon,
Guruhdoshlarimga qarayman bir bir.
Yoqam tishlangancha beraman savol:
Bizlar...bizlar..bizlar do'st edik axir

Kibor nigoh bilan qaragancha so'ng,
Dilga o'q qadaysiz nechun qadrdon?
Ishoning mana shu so'zimga qasam:
Yordam so'ramayman sizdan hech qachon.

Ertaga o'tadi navbatdagisi,
O'ylasam yuragim titilib borar.
Qo'rqaman, kimlarning niqobi tushib,
Kimlarning vijdoni sotilib borar.

Dahshat. Bir chekkada yig'laydi ko'nglim,
Odamlar odamday boqmas muloym.
E vohki, imtihon shu qadar bo'lsa,
Qiyomating qanday bo'lar Xudoyim?

Yo'q, yashab bo'lmaydi bunday havoda,
Xonani tutadi o'tli bir ovoz:
Mening bahoyimni “bebaholar” ga,
Tengdan bo'lib bering, roziman ustoz!

Shunda yo'qolgaymi orada nifoq?
Shunda qaytgaymikan, o'rtaga mehr?
Shunda ko'rinarmi, bor samimiyat?
Paydo bo'ladimi, so'zlarda sehr?

So'ng, chiqib ketaman, ko'ksimni ushlab,
Aytmayman, qancha dil tig'laganimni.
Bilaman, bilmaysiz o'sha kuni men,
Qiyomatni o'ylab yig'laganimni.


Shohsanam Nishonova

@NUU_students
👍22😢6🔥3
#Tavsiya

⚡️O'zbekiston Milliy universiteti, Gidrometreologiya fakulteti 1-kurs talabasi O'lmasboyev Najmiddinning shaxsiy telegram kanali, siz ushbu kanalda o'zingizga kerakli bo'lgan maslahatlarni ajoyib yozuvchilar tomonidan olishingiz mumkin. Bu kanalda kitobdan iqtiboslar yoki muaffaqiyatli insonlarning maslahatlarini yetkazib beramiz.

Kanalga ulanish:
🔜
@Biz_Millat_Umidimiz
👍3🔥3