O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kun.uz'dan “Ongsiz elementlar” deb nomlangan ajoyib multfilm! Koʻring balki siz haqingizdadir...

@NUU_students
👍9🔥3😁3
❗️Barcha fakultet dekanatlariga talabalar tomonidan murojaat, iltimos va taklif:

Ertalabki smenada oʻquvchi talabalar 3 para dars oʻtishsa, darslari soat 13:20 da yakunlanadi. Koʻplab holatlarda, juma kuniga 3 para dars toʻgʻri kelib qoladi. Bu ayniqsa namozxon talabalarning juma namoziga masjidga chiqishiga toʻsqinlik qiladi.

Taklif shundan iboratki, aynan juma kuniga 2 para qilib berishsa, qolgan kunlarga 3 paradan boʻlsa ham, buni zarari yoʻq menimcha. Talabalar ham darsdan qolishmas, dekanat ham ularni izlab ovora boʻlmas edi. Bundan albatta 2 tomon ham yutqazmaydi.

Bu taklifni oʻylab koʻrishsa, yaxshi boʻlardi. Semestr endi boshlanganini hisobga olsak, dars jadvallarini oʻzgartirishning iloji bor.

Sizning bu masalada fikringiz qanaqa?

@NUU_students
👍190👏34❤6🤔3🥰2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Barcha fakultet dekanatlariga talabalar tomonidan murojaat, iltimos va taklif: Ertalabki smenada oʻquvchi talabalar 3 para dars oʻtishsa, darslari soat 13:20 da yakunlanadi. Koʻplab holatlarda, juma kuniga 3 para dars toʻgʻri kelib qoladi. Bu ayniqsa namozxon…
Sizlardan iltimos, faqatgina ushbu xabarni maksimal darajada tarqatib yuborish va dekanatga borib ushbu taklifni bildirish.

Barchamiz harakat qilsak, albatta bunga ham erishamiz. Nasib qilsa, barchasi yaxshi boʻladi.

Ertangi darslarda, umuman bu semestrda barchaga omad tilab qolaman, shuningdek oʻzimga ham :) Ota-onangizni yuzini yorugʻ qiladigan, yurtingiz uchun munosib farzand boʻling!

@NUU_students
👍47
Sessiya, seminar, o'qish tashvishlar
Leksiya yozishlar, darsdan qochishlar
Stipendiya kutib kunlar sanashlar.
Umrning mazmuni ushbu damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Darsga kech qolishlar, gap eshitishlar
Oxirgi partada uxlab qolishlar
Oraliq vaqtida joy talashishlar.
Hayotning zavqidir bunday damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Maruza darsida hazil huzillar
Seminar paytida jim jit turishlar
Lek 4 lik va 5 lik baho sòrashlar.
O'zgacha his berar ushbu damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Darsda kòp yozganda charchab qolishlar
Sessiyadachi 12 varoq daftar tòlishlar
Shunda ham charchoqni bilmay yozishlar.
Esdan chiqmas aslo bunday damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Sesssiya vaqtida zalda yurishlar
Hatto abed ham qilmay qolib ketishlar
Domlo nima desa "xòp" deb turishlar.
Umrbod esda qolar ushbu damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Olti oyda kanspekt yozmay yurishlar
Sessiya kelganda shoshib qolishlar
Talabalar bir-biridan yordam sòrashlar.
Qandaydir zavq berar bunday damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Bayramlarda kursdoshlar banket qilishlar
Ayniqsa, talabalar kuni darvin surishlar
4 yillik bayramdir bunday yurishlar.
Hech narsaga teng kelmas ushbu damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓


Dildora Rajabova

@NUU_students
👍29🥰4👏3😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik
❗️Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi qanday?

Ushbu videorolik orqali hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

@NUU_students
👍3👎1
Hayotiy maslahat: Sumka tanlashda yumshoqroq sumka tanlang. Maʼruzada boshni qoʻyib, uxlash uchun. Qattiq boʻlsa, uxlash qiyin boʻladi...

@NUU_students
😁89👍29🔥5❤3🤔3👎1
#Tavsiya

⚡️O‘zbekiston Milliy universiteti, Matematika fakulteti talabasi Mamatqulova Latofatning shaxsiy telegram kanali. Siz ushbu kanalda hayotiy, motivatsion, maʼnoli, tiniq fikrlari, dunyoqarashingizni o‘zgartiradigan post va videolardan bahramand bo'lishingiz mumkin!

Kanalga ulanish:
➡️
@eylulsozleri
👍9👏6🔥1
❗️Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

☑️ Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

🔄 Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

🔘 Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

✔️ ariza;

✔️ to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

✔️ ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

✔️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

✔️birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.

⏳ Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

📝 Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

🏦 Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

⚠️ Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

✅ Mazkur tartib:

➖ chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;

➖ tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

🚫 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni (super-kontrakt) va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

P.s: Qisqa qilib aytganda, kontrakt toʻlovini amalga oshirishga imkoniyati yoʻq boʻlgan talabalar uchun bu ham bir imkoniyat!

@NUU_students
👏6👍3
❗️Berdikulova Guloyimga tegishli plastik karta Beruniy metrodan chiqib, yotoqxonalar tomonga yurish yoʻlidan topib olingan.

Taniganlar boʻlsa, murojaat qilishlaringiz mumkin. Guruh va kanallarga tarqatib yuborishingizni soʻraymiz!

Murojaat uchun: @Abror_rashidovv
@Mamur_Rahmonov

@NUU_students
👍17
Rostdan ham shunaqami😅

@NUU_students
😁122👎23🤬13👍9
❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

➖harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

➖homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

➖salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

📌 Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

@NUU_students
👍10
Ayrimlarga tegishli. Qaytaraman ayrimlarga😅

Tushunmaganlar uchun:
2-rasmdagi predmet bu gʻisht :)

@NUU_students
😁82👎28🤬24👍5🤯2🔥1🤩1
❗️O‘zbekiston Milliy universitetida 2006-yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, oʻz xizmat vazifasiga sadoqatli, fidoyi xodim, O‘zMU Hisob-kitob bo’limi Bosh hisobchisi Zohid Orolovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Talabalar nomidan marhumning yaqinlari, farzand-u arjumandlariga hamdardlik bildiramiz.

@NUU_students
😢70👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi!

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi. Talaba va ijaraga beruvchi shaxs tomonidan ijara shartnoma E-ijara interaktiv xizmati orqali ijara.soliq.uz saytiga kirib tuziladi.

Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi

@NUU_students
🔥4
Imkonsizdek, ammo bizning yigitlar buni uddalashadi😎😁

@NUU_students
😁77👍23👎11❤2🔥2🤯1
⚡️2022-yil 1-martdan boshlab, professional va oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning to'lov-kontrakt summasining 50 foizigacha bo'lgan qismini “Yoshlar daftari” jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'lab berish yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.

P.s: Bu juda yaxshi yangilik.

@NUU_students
👍33👏1
Shunaqa gaplar😁

@NUU_students
😁58🤬34👍6👎4👏2❤1
❗️Shakharov Khumoyunjonga tegishli plastik karta Tarix fakulteti yaqinidan topib olingan. Taniganlar boʻlsa, quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Guruh va kanallarga tarqatib yuborishingizni soʻraymiz. Egasi qidirib yurgan boʻlishi mumkin.

Murojaat uchun: @National_University2

@NUU_students
🤔5😢2👍1🔥1
⚡️Biologiya fakultetida “DEKAN KUBOGI” zakovat musobaqasiga jamoalarni qabul qilish boshlandi!

🔰 Jamoalar soni cheklanmagan, istalgan ishtirokchilar qatnashishlari mumkin (fakultet ichida, guruhidan qat’iy nazar), qatnashish istagidagilar 6 ta ishtirokchidan iborat jamoa tuzishlari talab etiladi.

🏆 Ushbu turnir ertaga soat 14:30 da Biologiya fakulteti binosida boʻlib oʻtadi.

Roʻyxatdan oʻtish va batafsil maʼlumot olish uchun @shohrux_boboyorov'ga murojaat qilishingiz mumkin.

@NUU_students
👍9🎉3❤2