O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Bilaman, sening fakultetingda ham auditoriyadagi xonalarni partalarini tagi baklashkalar, ruchkalar, qogʻoz parchalari bilan toʻlib toshgan😅

Qiziqda, oliy taʼlimda oʻquvchilar shu ahvolda boʻlsa, oddiy odamlar qanaqa boʻlarkan?

@NUU_students
😁40😱25😢15👍9👎6❤2🔥1
❗️Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi!

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.

Manba: @Eduuz

@NUU_students
👍8🥰1
❗️RASMAN: Barcha bosqich talabalari uchun qayta topshirish muddatlari belgilandi!

• Kredit-modul tizimida oʻqiyotgan bakalavr taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining 1-2-bosqich akademik qarzdor talabalariga istisno tariqasida 1-martdan 31-martgacha bir marta qayta topshirishga ruxsat berildi.

• Bakalavriat kunduzgi 3-bosqich akademik qarzdor talabalari uchun qayta topshirish muddatlari quyidagicha belgilandi:

- birinchi muddat: 1-martdan 15-martgacha;
- ikkinchi muddat: 16-martdan 31-martgacha;

• Bakalavriat kunduzgi 4-bosqich akademik qarzdor talabalari uchun qayta topshirish yakuniy davlat attestatsiyasiga qadar etib belgilandi.

• Bakalavriat kechki 3-4-bosqich akademik qarzdor talabalari uchun qayta topshirish muddatlari quyidagicha belgilandi:

- birinchi muddat: 1-martdan 15-martgacha;
- ikkinchi muddat: 16-martdan 31-martgacha;

Bakalavriat 3-4-bosqich talabalari uchun 4 ta va undan ortiq fandan akademik qarzdor boʻlgan talabalar kursdan qoldirilmoqda.

@NUU_students
👍21🤔3
❗️Muhim savollar turkumidan: 1-2-bosqich talabasi boʻla turib, qaysidir fandan sessiyadan oʻta olmagan boʻlsa, yozda toʻlov qilib qayta topshiradimi?

Javob:
Yuqorida aytib oʻtilganidek, bir marta qayta topshirishga ruxsat etiladi. Ya’ni, siz yozda toʻlov qilib, qayta topshirmaysiz. Fakultetingiz dekanati tomonidan qayta topshirish kunlari 1-martdan 31-martgacha etib belgilanadi. Siz qayta topshirasiz va shunda ham oʻta olmasangiz, yozda toʻlov qilib, qayta topshirasiz.

@NUU_students
👍13🔥4🥰2👏2
❗️Muhim savollar turkumidan: Yakuniy nazorat imtihonlaridan 4 ta va undan ortiq fandan yiqilgan, 3-4-kurs talabalari avtomatik tarzda kursdan qoldiriladimi?

Javob:
Agar sizda uzrli sabab mavjud boʻlsa, ya’ni siz kasal boʻlib yoki boshqa birorta sabab bilan, biror fanning yakuniy nazorat imtihoniga kira olmagan boʻlsangiz, buni tasdiqlovchi hujjatni dekanatingizga taqdim etsangiz, sizga oʻsha fan uchun qayta topshirishga ruxsat beriladi. Uzrli sababingiz mavjud boʻlmasa, siz kursdan qoldirilasiz.

@NUU_students
👍6
Qachonki, magistr talabasi bakalavr talabasini imtihonda qiyin savol berib qiynasa, shu rasm esimga tushib ketadi😅

@NUU_students
😁58🤔13👍7🤬6🔥4👏2❤1
​​​❓Qaysi toifaga mansub talabalarga kontrakt toʼlab beriladi?

Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini oʼtkazmoqda. Bunda iqtisodiy muammolarga duch kelayotgan talaba-yoshlarning toʼlov-kontrakti miqdori 50 foizgacha toʼlab beriladi.

12 toifa ushbu loyihada qatnashish uchun ariza berishi mumkin, masalan:

— oila “Temir daftar”ga kiritilgan boʼlsa;
— yetim yoki boquvchisini yoʼqotgan boʼlsa;
— ota-onasida yoki oʼzida nogironligi boʼlsa;
— mehribonlik uylari bitiruvchisi boʼlsa;
— yosh oilada er-xotin ham talaba boʼlsa;
— oilada bir nechta farzand kontraktda oʼqisa va h.k.

Batafsil roʼyxat quyidagi rasmda keltirilgan. Loyihada qatnashishning qoʼshimcha shartlari:

• talaba 18 dan 30 yoshgacha boʼlishi kerak;
• bakalavriat hamda magistratura talabasi ham qatnasha oladi;
• kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus-sirtqi taʼlim shakli qatnasha oladi.

Imkoniyatdan foydalanish uchun https://yoshlardaftari.uz/#/help-student/create linki orqali tizimdan roʼyxatdan oʼtish lozim.

@NUU_students
👍15🎉3❤1
Natijalar bu - odatlarning qay darajada yaxshi ekanini koʻrsatuvchi kechikkan mezondir. Shunday ekan boylik - bu moliyaviy odatlarning, vazn - ovqatlanish odatlarining, bilim - oʻqib-o‘rganish odatlarining, xonangizning ozoda yoki tartibsiz ekani esa saranjomlik odatingizning kechikkan timsolidir. Nimani doimiy takrorlasangiz, shunga erishasiz.

📚 Jeyms Klir, “Atom odatlar”

@NUU_students
👍19🔥1👏1
❗️DIQQAT MUHIM E’LON!!!

⚡️Hurmatli talabalar! Zudlik bilan bir talabaning kontrakt toʻloviga moddiy yordam kerak!

Koʻngillilar ixtiyoriy ravishda quyida koʻrsatilgan karta raqamiga koʻngildan chiqarib pul oʻtkazishingiz mumkin. Qancha tashlashingizdan qatʼiy nazar, bu savob!

Iltimos, bir talabaning oʻqishdan chetlashtirilishiga jim qarab turmaylik, qoʻlimizdan kelganicha yordam qilaylik.

Karta raqami: 8600060451627898 (Ziyayev Maksim nomida)

✅ Ushbu eʼlonni imkon qadar tarqatishingizni soʻrab qolamiz!

@NUU_students
👍12👎3😢2
Kursdoshing senga “Men kafedradaman” desa, har doim ham u domlasidan mavzu yuzasidan savol yoki qoʻshimcha adabiyot soʻrayotgan boʻlmaydi, ehtimol u bu kafedradadir😅

@NUU_students
😁68👍8🔥3😱2👏1🤯1
❗️3-kurs talabalari ham maktablarda dars bera oladi!

Hukumat qaroriga koʻra, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-kursida oʻqiyotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi beriladi.

Bungacha talabalar faqat 4 kursdan maktabda dars berishlari mumkin edi. Endilikda siz 3-kurs talabasi boʻlsangiz, maktablardan ish soʻrashingiz va ishga joylashishingiz mumkin.

@NUU_students
👍30❤2🔥2
#obunachimizdan

Izoh-1: Hatto itlar kelib oʻqiyapti, sen hali ham bir ishni eplay olmayapsan😅

Izoh-2: Milliyga “itam-bitam” topshiryapti deganlarga ishonmagan edim, rasmdan keyin bunga amin boʻldim😅

@NUU_students
😁48👍25👎21😢1
8-mart bayramida qizlar uchun eng yaxshi sovgʻa bu nima?

Menimcha, kitob boʻlsa kerak, siz nima deb oʻylaysiz?

@NUU_students
👍160👎31😁27❤12👏11🔥5🤩2
Qiz bolani oldin qoʻlidagi kitobini soʻra, qoʻlini soʻrash qochib ketmaydi. Auf :)

Qayerdadir oʻqigandim, maʼnoli gapdek tuyilgandi

@NUU_students
😁49👍21👎5❤3
Barcha buyuk ishlar kichik qadamlardan boshlanadi. Har bir odat esa mittigina qarordan kelib chiqadi. Ammo bu qarorlar takrorlangani sayin odat ildiz otib, kuchayib boradi. Ildizlar qanchalik chuqur kirib borgani sari poya oʻsib shoxlanadi. Yomon odatni yoʻqotish xuddi ildizlari baquvvat daraxtni qoʻporishga oʻxshaydi. Yaxshi odatni shakllantirishni esa aksincha, nozik gulni har kuni parvarishlashga qiyoslash mumkin.

📚 Jeyms Klir, “Atom odatlar”

@NUU_students
👍28❤5👎1🔥1👏1
Shunaqami?

@NUU_students
😁84👎15👍5🔥5🤬5😢2🤩2❤1
Toʻgʻrimi?

@NUU_students
😁57👍21👎5❤4😱3🥰1😢1
Bugun bir ajoyib kanal topib oldim.

Ushbu kanalda tarixga oid manba va adabiyotlar ko'p ekan. Marhamat, kiring va o'z bilimingizni oshiring!

https://t.me/MuarrixKutubxonasi
👍6👎1