O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
8-mart bayramida qizlar uchun eng yaxshi sovgʻa bu nima?

Menimcha, kitob boʻlsa kerak, siz nima deb oʻylaysiz?

@NUU_students
👍160👎31😁27❤12👏11🔥5🤩2
Qiz bolani oldin qoʻlidagi kitobini soʻra, qoʻlini soʻrash qochib ketmaydi. Auf :)

Qayerdadir oʻqigandim, maʼnoli gapdek tuyilgandi

@NUU_students
😁49👍21👎5❤3
Barcha buyuk ishlar kichik qadamlardan boshlanadi. Har bir odat esa mittigina qarordan kelib chiqadi. Ammo bu qarorlar takrorlangani sayin odat ildiz otib, kuchayib boradi. Ildizlar qanchalik chuqur kirib borgani sari poya oʻsib shoxlanadi. Yomon odatni yoʻqotish xuddi ildizlari baquvvat daraxtni qoʻporishga oʻxshaydi. Yaxshi odatni shakllantirishni esa aksincha, nozik gulni har kuni parvarishlashga qiyoslash mumkin.

📚 Jeyms Klir, “Atom odatlar”

@NUU_students
👍28❤5👎1🔥1👏1
Shunaqami?

@NUU_students
😁84👎15👍5🔥5🤬5😢2🤩2❤1
Toʻgʻrimi?

@NUU_students
😁57👍21👎5❤4😱3🥰1😢1
Bugun bir ajoyib kanal topib oldim.

Ushbu kanalda tarixga oid manba va adabiyotlar ko'p ekan. Marhamat, kiring va o'z bilimingizni oshiring!

https://t.me/MuarrixKutubxonasi
👍6👎1
KITOBXON TALABA DOIRASIDA TADBIR VA KITOB YARMARKASI TASHKIL ETILADI.

O'zMU XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETIda sizlar kutgan eng eng eng kitoblar yarmarkasi😁

-Zamonaviy😇
-Badiiy🥰
-Psixologik🙃
-Jahon☺️
-Adabiyotlari faqat sizlar uchun🥳

Ingliz🇨🇰Rus🇷🇺Uzbek🇸🇱tillarda

TADBIR DAVOMIDA O'ZINGIZNI QIZIQTIRGAN ADABIYOTLARNI SOTIB OLISH IMKONIYATI HAM BOR.
Albatta, Eng hamyonbop narxlarda😋

Batafsil ma'lumot uchun:
@Shahri_zada
@Feruzjanovna

Manzil: Xorijiy filologiya fakulteti 1-qavat
2022-yil 28-fevral kuni soat 10:00dan 17:00gacha
BARCHANGIZNI KUTAMIZ🥰
👍1👎1
Hurmatli bachalar! Ertalabkida oʻqiykonlar ertachi boringlar, kech qolib kelib, eshikni oldida domillaga elanmanglar.

@NUU_students
😁18👍15🤔5
KARASHMA

Qiz bolaning rost gapi ozdir,
Yolg‘onlari bisyor, adashma.
"Tegmang menga", - degani - nozdir,
"Nari turing", - desa - karashma.

Ishva bilan "Qurib keting", - der,
Ko‘ngilga hech qattiq olmagin.
"O‘ling", - desa, yashnab yuraver,
"Qoching", - desa, qochib qolmagin.

Hech gul bormi axir tikansiz,
Tikaniga fido qilgin jon.
Bir kun aytar: - "Yomon ekansiz",
Ma’nosi: - Siz eng yaxshi inson!

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov

@NUU_students
👍65🥰10😁8👎6🔥5❤4
❗️​​Buni bilarmidingiz?

my.gov.uz portali orqali bir zumda o‘qish joyidan ma’lumotnoma (spravka) olish mumkin!

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo‘l kassalariga, mudofaa bo‘limiga, bankka va yana boshqa joylarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Ushbu ma’lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati mavjud.

"O'qish joyidan ma'lumotnoma olish" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ to‘liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ ma’lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo‘yish imkoniyati bor.

❗️Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qat’iyan man etiladi.

@NUU_students
👍13👎1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Photo
Hozirgina Xorijiy filologiya fakultetida boʻlib oʻtayotgan kitob yarmarkasidan mana shu kitobni sotib oldim.

Sizlarga ham kitob sotib olishni maslahat beraman.

@NUU_students
👍46👏3👎1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Photo
❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatgandan soʻng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatganidan soʻng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari boʻlgan magistratura bosqichi talabalari oliy taʼlim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga qabul qilinadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarori

@NUU_students
👍8🔥5👎1