O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
💥 Eng yaxshi kitob doʻkonlaridan yana biri bu Azon kitoblari!

Kitob olmasangiz ham kelib turishni tavsiya qilaman.

@NUU_students
👍17❤2
“Kep qolinglar, ob qolinglar” ruknidan😁

@NUU_students
👍31😁5❤3
✨ Bir haftada bitta kitob oʻqish kerak!

“Atom odatlar” kitobini oʻqib boshlaganimdan keyin, oʻzimda yaxshi odatlar shakllantirishga qaror qildim. Shunday odatlardan biri bu bir haftada bitta kitob sotib olish va uni oʻqib tugatish.

Bir haftada bitta kitob oʻqish aslida eng minimal miqdordir. Istalgancha kitob oʻqishingiz va ilmingizni oshirish aslo zarar qilmaydi!

Toʻgʻri ayrimlarda bunga nisbatan imkoniyati mavjud emasdir, ular uchun kutubxonalar yoki elektron kitoblar bisyor. Faqatgina, bunga sabr kerak.

“Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobida ham haftada hech boʻlmaganda bir marta kitob doʻkonlariga borish va kitob sotib olish, agar imkoniyat darajasida boʻlmasa, hech boʻlmaganda kitoblardagi eng asosiy mohiyatni anglab olishga targʻib qilingandi.

Sizlarga ham maslahatim haftalik rejangizga buni kiritib qoʻying. Bundan hech nima yutqazmaysiz.

Ilmga tikilgan sarmoya hamisha oʻzini oqlaydi!

@NUU_students
❤17👍13🥰1
Forwarded from Step By Step Education (Oybek Jo‘rayev)
✨ Oʻquv markazimizda ingliz tili darslaridan lavhalar!

Sizda ham ingliz tiliga qiziqish bormi? IELTS sertifikatini qoʻlga kiritishni istaysizmi? Unda biz sizga yordam beramiz.

📲 Murojaat uchun: @StepByStep_manager
📞 Telefon: +99897-133-09-98

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling:
Telegram | Instagram
👍10
#mutolaa

Baʼzilar kiyim-boshni faxr va gʻurur vositasi, ikkinchilari uni hayotdagi asosiy maqsad qilib oldi. Qadr-qiymatni ham kiyim-bosh bilan oʻlchay boshlashdi. Uchinchilari kiyimni tor va yupqa qilib, undan koʻzlangan asosiy maqsadni suisteʼmol qilishga kirishdi. Xususan, tarbiyasiz ayollar libosni ayni avratni boʻrttirib koʻrsatish uchungina kiydilar. Bu hol yuksak insoniy sharafni yerga urdi.

📚 “Ijtimoiy odoblar”
✍ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

@NUU_students
👍25❤3
Onamni sogʻinsam

Gohida yiqilib goho turaman,
Gohida o'zimni baxtsiz bilaman.
O'zimdan o'tganin o'zim bilaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Xayollarim cheksiz ummonni ko'zlar,
Ko'zlarim paridek bir yorni izlar.
Ba'zida o'lishga maqsad tuzaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Qorong'u jarlikka otilgim kelar
Gohida pastlarga yiqilgim kelar.
Shunday pastkashlarla birga yuraman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Ko'kdagi yulduzlar xolimga guvoh,
Dardlarimga yo'qmi bir dona giyoh.
Bir soniya yashashga urnab ko'raman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Yonimda qolmadi men tanigan do'st,
Ortimda mish-mishlar turar royu ro'st,
Shuncha yolg'onlarga qah-qah kulaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Qalbimham aylanib qolmoqda toshga,
Onam mehr qo'ygan men bag'ritoshga.
Men yomon yo yaxshi o'zim bilaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Ko'zlarim yumildi qorong'u tunda,
Nelarni ko‘ribman axir tushimda.
Onamsiz dunyoda qanday yuraman,
Jannatim sog'insam yig'lab turaman!
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

O'zing ehtiyot qil Alloh onamni
Yo'limda to'tiyo ko'ziqoramni.
Onamni bir kun men baxtli qilaman.
Volidam bir kun men rozi qilaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman...

Toʻrayev Shaxzod

@NUU_students
❤32👍15😢11🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍22👎6🤬1
#tavsiya

✨ Diniy kitoblar borasida eng yaxshi kitob doʻkoni va nashri bu Hilol nashr!

Bugun ushbu doʻkondan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Mo‘minning qalqoni” (Mufassal roʻza kitobi)ni sotib oldim.

Roʻza boshlanishi oldidan roʻzaga oid bilimlarni oshirish yaxshi boʻladi deb oʻylayman va sizlarga ham shuni tavsiya qilaman. Kitob narxi 15 ming soʻm ekan. Siz ham albatta olib oʻqib chiqing!

👉 Doʻkon manzili

@NUU_students
👍15
#hazil

Maktab payti: -Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi!

Kollej payti: -Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi, Oʻqishga kirishing kerak!

Universitet payti: -Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi, tugatib ishga kir, muhimi shu!

Ishga kirgach: -Uylansang uylanda endi, shuncha paytdan beri birorta qiz topmagansan, tezroq top!

Humoyun Xudayorov

@NUU_students
😁97👍21
Harvard universiteti tomonidan mutlaqo bepul bo'lgan online kurslar tashkil qilinibdi. Kurslarda har xil sohalar mavjud bo'lib, o'zingizga ma'qul kelganiga qatnashib, bilim olishingiz mumkin.

Kimyo sohasiga oid kurslar ham bor. Men "MicroBachelors® Program in University Chemistry" dasturini tanladim.

Gumanitar fanlar, tibbiyot, biznes, IT sohlari, kompyuter fanlari, ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar va hullas 100 ga yaqin yo'nalishlar bor.

P.S. Yaqinlaringizga ulashishni unutmang.

©Shaxzodbek Turobov

https://pll.harvard.edu/catalog/free
👍5
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Hamyon egasi aytishicha, hamyon va 2 ta plastik topilgan emish, ammo pulni topa olishmabdi. Odamlarga nima boʻlyapti? Nahot birovning haqqi buyurmasligini bilishmas? Insofli boʻlaylik, azizlar!
Hamyon egasi aytishiga qaraganda, hamyon, plastik kartalar va pullar toʻliq qaytarib olingan.

Bunda oʻzining yordamini ayamagan Oʻzbekiston Milliy universiteti profilaktika katta inspektori podpolkovnik Abdulhaqov Alisher akaga minnatdorchilik bildirgan. Sizda ham shunday muammolar yuzaga kelsa, murojaat qilishingizni maslahat bermoqda.

@NUU_students
👍8
🔥 Ramazon oyi boshlanishiga ham 5 kun vaqt qoldi.

Ramazon oyida bajarish uchun nimalarni reja qildingiz? Yoki yangi oydan qanday ishlarni amalga oshirmoqchisiz yohud hayotingizda qanaqa oʻzgarishlar qilishni niyat qilgansiz?

@NUU_students
👍12🔥2🥰1🤔1
Bugun — Xalqaro tarixchilar kuni!

28-mart — Xalqaro tarixchilar kuni. Shu munosabat bilan tarix sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan barcha mutaxassislar, olim va pedagoglarni chin yurakdan qutlaymiz. Tarix fakultetidagi barcha talabalarni ham bugungi kun bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Jahongir Jabborqulov

👉 Kanal

@NUU_students
👍11🎉4
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Maʼlumotlarga qaraganda, universitetimizda Navroʻz bayrami 29-martda nishonlanar ekan. @NUU_students
❗️pogoda.uz'ning xabar berishicha, ertaga 100 foizlik ehtimol bilan yogʻingarchilik kutilmoqda ekan.

Menimcha, Navroʻz bayrami tadbirini yopiq zalda, masalan, Yoshlar markazi zalida oʻz vaqtida (18-mart kuni) oʻtkazib qoʻyaverish kerak edi. Sport oʻyinlari esa OʻzMU sport zalida oʻtkazish kerak edi.

Bu mening shaxsiy taklifim. Provakatsiya yasab olmaysizlar “hurmatli”lar degan umiddaman!

@NUU_students
👍14🤬6
❗️DIQQAT EʼLON

⚡️ Hurmatli ustozlar va talabalar! Sizlarni barchangizni bugun soat 10:00 da boshlanadigan Navroʻz umumxalq bayramimizga lutfan taklif etamiz.

✅ Navroʻz bayrami, O'zMU Kimyo fakultetiga qarashli 18-TTJ old tarafida bo'lib o'tadi. Bayramda, xalq laparlari, sahna chiqishlari, sport musobaqalari va kuy qo'shiqlar bo'lib o'tadi.

😉 Ha, yana bir gap. Bizning bayramda mashhur va xalq tanigan insonlar ham tashrif buyurishadi. Jumladan so'z ustasi, Zokir Ochildiyev, O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat Institutidan taniqli xushovoz san'atkor Rahmonova Dinara va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist xushovoz xonanda Gulnoza Karimovalar tashrif buyurushadi.

⏰ Boshlanish vaqti: 10:00

Sizlarni, barcha ustoz va talabalarni ushbu bayramga lutfan taklif etib qolamiz.

Kimyo fakulteti

@NUU_students
👍8