O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#yordam

Bir yigitning kontrakt to‘lovi uchun yordam kerak. Bu yigit madrasada o‘qir ekan. Boquvchisi yo‘q ekan. Yolg‘iz onasi bilan yashaydi. Bir akamiz bu bolani o‘z kafilligiga olib har yili kontrakt to‘lovlarini o‘zi to‘lab berar edi. Lekin bu yil sharoitlarida ozgina kamchilik bo‘lganligi uchun bizga murojaat qildilar. Imkoniyati yetgan do‘stlarimizdan yordam kutamiz. Imkoniyati yo‘qlar bu qori do‘stimizni duolarizda eslab qo‘yselar xursand bo‘lar edik...


9860600401251241
(Plastik karta kafilning nomida)

@NUU_students
👍20😢2
Siz kechagidan yaxshiroq bo'lishingiz kerak, boshqalardan yaxshiroq emas. Garchi bu hayot strategiyasi eng oson bo'lmasa-da, u eng ko'p g'alaba qozonadi.

— Evelina Xromchenko

@NUU_students
🔥20👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍 O’zMU Jurnalistika fakultetida “Dunyo bo’ylab” telekanali bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

👉 Batafsil
nuu.uz saytida

@NUU_students
👍3
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
❗️Diqqat! Diqqat! — Talabalar endi radioda!

Sizda notiqlik va suxandonlik qobiliyatlari bormi? Siz shirali ovoz sohibimisiz? Unda sizni loyihamizga taklif qilamiz!

🎙 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan radioda efirga ketishi kutilayotgan "Talaba radio-eshittirishi" loyihasining KASTING jarayoniga iqtidorli talaba-yoshlarni taklif qilamiz.

☝️ Kastingda qatnashish istagidagi, o'zbek tilini mukammal biladigan hamda ravon so'zlay oladigan yigit-qizlar 17-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
👉 Kastingga ro'yxatdan o'tish

Ro'yxatdan o'tgan talaba-yoshlar Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskaniga taklif etiladi va mutaxassislar bilan kasting, saralash jarayonida ishtirok etadi.

Kastingda eng iqtidorli 30 nafar talaba-yoshlar "Talaba radio-eshittirishi" loyihasi rezidentlari sifatida tanlab olinadi va loyihada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

📌 Loyiha haqidagi yangiliklar @talaba_radio guruhida e'lon qilib boriladi.
👍10👎2
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
❤15👍9🥰3
#tavsiya

Muvaffaqiyatga erishgan talabaning 10 muhim odati

1. Hayotda va o‘qishda aniq maqsadi bo‘ladi.

2. Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiradi.

3. Ishini kichik qismlarga bo’lib, bosqichma-bosqich bajaradi.

4. Har kuni kuzatma va taassurotlarini qayd qilib boradi.

5. Faol va uzluksiz ilm oladi. Passiv bilim olish ta’lim jarayoniga putur yetkazadi. Har kuni yangi ko‘nikmalar egallash kerak.

6. Bilim olish mahsuldorligini oshirish uchun qulay o‘quv (jismoniy va psixologik) muhit yaratadi.

7. Mazmunli savollar beradi. Professor-o‘qituvchi, tyutorlar, bilimli do‘stlariga savollar berib, javoblarini o‘zi uchun xulosa tariqasida qabul qiladi.

8. E’tiborini chalg‘ituvchi barcha narsalardan halos bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarga haddan ziyod berilib ketib, vaqtini behuda ketkazmaydi.

9. O‘z vaqtida dam oladi, jismoniy faoliyat bilan muntazam shug‘ullanadi.

10. Har doim pozitiv fikrlaydi, muvaffaqiyatga ishonadi va maqsadlari sari dadil qadam tashlaydi!

@NUU_students
👍29🔥3
📌 Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

➡️ Ustamalar miqdori bilan yuqoridagi jadval orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

❗️Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qo‘shimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

Do’stlaringizga ulashing
@NUU_students
👍10
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

Эртага, 16 апрель куни соат 15:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида хориждан ва Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда талаб этиладиган ўтиш баллари, имтиҳон тартиби ва бошқа шунга оид масалаларни муҳокама қиламиз.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈
👏6👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Stipendiya_tanlovi

Ilg‘or xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 2022-yilgi 2-stipendiya tanloviga start berildi.

@NUU_students
👍3
❗️"Sening kelajaging pul bilan porloqdir. Ertalab ertaroq turda, galstugingni taqib o'qishga kechikmay bor va kontraktingni qolganini ham to'lab qo'y."

©Hurmat bilan Dekan

P.s: Kontrakt to'lamaganlar bormi?😁

@NUU_students
😁64👍9😱1
❗️​​3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin!

Hukumatning "Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar faqat 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

A.Toshqulovning aytishicha keyingi yillarda 2-kursdan boshlab dars berishlari mumkin bo'ladi.


@NUU_students
👍11
📌 2022-yil may oyi boshidagi dam olish kunlari – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun:

👉 1-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni
👉 3-may, seshanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni
👉 4-may, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni*
👉 5 may, payshanba – qo‘shimcha dam olish kuni*

* Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 2 may yoki 3 may kuni nishonlanadi. Hayit 2-mayga to‘g‘ri kelgan taqdirda, qo‘shimcha dam olish kunlari 3–4 may kunlariga belgilanishi mumkin.

Haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun may oyida qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan. Biroq ular ham 4–5-may kunlari (yoki Hayit sanasiga qarab 3–4-may kunlari) dam olishadi. Aniqrog‘i, 5-kun ishlovchilarning 7-may (shanba) va 14-may (shanba)dagi dam olish kunlari Hayit bayramidan keyingi kunlarga ko‘chiriladi.

2022-yil may oyidagi barcha dam olish kunlari – haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun*:

1-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni
3-may, seshanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni*
4-may, chorshanba – 7-may, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni*
5-may, payshanba – 14-may, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni*

* Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 2-may yoki 3-may kuni nishonlanadi. Hayit 2-mayga to‘g‘ri kelgan taqdirda, ko‘chirilgan dam olish kunlari 3–4 may kunlariga belgilanishi mumkin.

Manba:
Dekabr oyida imzolangan prezident farmoni. Bunda Ramazon hayiti 3-mayga to‘g‘ri kelishi taxmin qilingan.

Do'stlaringizga ulashing
@NUU_students
👍32❤2🥰2👎1🔥1🤔1
"Zulmatni lanatlaguncha bitta bo‘lsa ham chiroq yoqishga harakat qilish kerak"

© Konfutsiy

#comment

@NUU_students
👍49🔥14
SARDOBA TUMANIGA O‘ZMU REKTORINING TAShRIFI ...

⚡ “Umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘qitish tizimini tubdan yaxshilash, o‘quv metodik ishlar bo‘yicha amaliy ko‘mak berish” maqsadida O‘zMU rektori Inom Madjidov Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga tashrif qildi.
⚡Inom Madjidov tuman hokimligi faollar zalida tuman hokimi o‘rinbosari Z.Musurmonqulov, Sardoba tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri R.Berkinov, xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, metodistlari va maktab direktorlari bilan uchrashdi.
⚡Sardoba tumanidagi 12-maktabiga tashrifi amalga oshirildi. Maktab pedagog jamoasi, bitiruvchi va o‘rta hamda kichik sinf o‘quvchilari bilan davra suhbatlar oʼtkazildi.

@NUU_students
👍6🤩1
#Live #perevod2022

❗️O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar abituriyentlar kabi "super kontrakt" to'lab o'qishlari mumkin.

❗️O'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar ham abituriyentlar kabi bazaviy hisoblash miqdorining 50% (135.000 so'm) to'lov qiladi.

O‘qishini xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan ko'chirayotgan talabalarga yetkazib qo‘ying!

@NUU_students
👍11
#kitobxon

☝18-22 aprel kunlari AOKA tomonidan «Kitobsevar millat» shiori ostida «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkaziladi

🔹Haftalik doirasida davra suhbatlari, dolzarb mavzularda muloqotlar, yozuvchi va shoirlar bilan adabiy uchrashuvlar, mahorat saboqlari kabi ko‘plab qiziqarli tadbirlar tashkil etiladi.

🔹Poytaxtimizdagi «Magic city» bog‘ida mamlakatimiz noshirlari chop etgan yangi asarlar taqdimoti, arzonlashtirilgan kitob savdo-yarmarkalari hamda turli aksiyalar bo‘lib o‘tadi.

🔺Batafsil

@NUU_students
👍6🤩3