O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
📌 Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlar borligini bilasizmi?

✔️Yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.


@NUU_students
👍17
🇺🇿❓SAVOL:
Talaba qanday holatlarda
akademik taʼtil olishi mumkin?

✅JAVOB:
➖harbiy xizmatni oʻtash uchun;
➖salomatligini tiklash uchun;
➖homiladorlik va tugʻish uchun;
➖bolalarni parvarish qilish uchun;
➖oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun.


@NUU_students
👍15
#yordam

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Balandchayla mahallasi yoʻllarining taʼmiriga moddiy yordam zarur. Sizlardan iltimos, quyidagi havolaga kirib, ovoz bering yuboring!

Ovoz berish uchun:
https://openbudget.uz/boards/5/114197/
👍5🔥1
#obunachimizdan
📌 Ishoning bu faqat TTJda turuvchi talabalarning qo'lidan keladi.

Yotoqxonadagilarga yuborib qo‘yamiz:)

@NUU_students
😁36👍6🔥2😱1
#tafakkur

Hozirgi ishingizdan va yotoq joyingizdan noligan paytingizda shu go‘dakni eslamoqlik ham sizni "uyg‘otmasa" qalbingizni bir taftish qilib qo‘ying...

@NUU_students
😢56👍6
Forwarded from Shohruxbek Alibek
Ro‘mol o‘ragan va soqol qo‘yganlarni kamsitish qonun buzilishidir

Bizga Termiz davlat universitetida talaba va o‘qituvchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat audiosi kelib tushdi. Mavzu vijdon erkinligi haqida ekanligi bilan e’tiborga molik.

Munozara davomida o‘qituvchi ham vijdoni borligini, milliy mafkurasi butunligini o‘zining so‘zlarida isbotlayapti. Hatto Rossiya Federatsiyasi, Chechenistonda qizlar ro‘mol bilan darsga qatnayotganligiga hech qanday to‘sqinlik yo‘qligini va havas qilishini aytyapti. Lekin, bu yerda qaysidir rahbar yoki aynan yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifat ishlar bo‘yicha prorektorning shu masalalar bo‘yicha  biriktirilganligini, xalqni maʼnaviyat va maʼrifatdan uzoq tutish uchun aslimizga tegishli bo‘lgan ro‘mol yoki bobolarimiz yuziga ko‘rk bag‘ishlagan soqolga qarshi kurashgancha amaliy ish sifatida taʼlimdagi korrupsiya jarayonlariga, darslarning sifatiga, talabalarning maʼnaviyatini boyitishga sarflasa, davlat rahbari aytayotgan 3-renesans qurilishiga asos vazifasini o‘tagan bo‘lar edi.

Taʼbir joiz bo‘lsa, o‘sha yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifat ishlar bo‘yicha prorektor shu masalalar bo‘yicha prorektor qaysi universitetda qaysi talabaning muammolari bilan qiziqdi? Kunday ravshan bo‘lib turgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalari qolib, bugun 10-darajali ham bo‘lmagan, ta’lim sifariga umuman ahamiyati yo‘q ro‘mol va soqol masalasi kun tartibidan sira ham tushmayapti.

Gapning indallosini oladigan bo‘lsak, hech qaysi tashkilotning ichki tartib qoidasi u joylashgan davlatning Konstitutsiyasi tomonidan belgilangan fuqarolarning huquq va erkinliklarni cheklashga haqli emas.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi belgilangan. 31-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonuni talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy taʼlim olish huquqi ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qatʼi nazar taʼmin etiladi.

O‘quvchi va talabalarning ro‘mol o‘rashini taqiqlash O‘zbekistonning Taʼlim to‘g‘risidagi qonuniga zid hisoblanadi. Chunki “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi Taʼlim olish huquqi deb nomlanadi. Unga ko‘ra, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, har kimga taʼlim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.

Ayol va qizlarning hijob o‘rashi yoki yigitlarning soqol qo‘yishi ularning taʼlim olishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak, ular ham boshqalar bilan bir xil bilim olish huquqiga ega.

Yuqorida turgan baʼzi mansabdorlar uchun eslatma: vijdon erkinligi barcha uchun kafolatlangan davlatda insonning tashqi ko‘rinishini har qanday ko‘rinishda tahqirlash qonun buzilishidir.

https://youtu.be/7ZjYLPTITdc
👍25👎4🔥3🥰2
#imtiyoz
❗️“Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyat joriy etiladi - Prezident.


2022-yil 1-iyundan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.


@NUU_students
👍13
📌 Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi


@NUU_students
👍11
#Rasman

❗️2021/2022 o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi — XTV.

O‘zbekiston maktablarida 9- va 11-sinf o‘quvchilarini yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.


P.s: Maktabdagi ukalaringizga yuborib qo‘ying. Eng yaxshi ehson tabassum ulashishdir😁

@NUU_students
😁13👎7👍4
📌 Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

➖harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

➖homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

➖salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

❗️Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.


@NUU_students
👍1
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIGA FRANSIYALIK PROFESSOR-O’QITUVCHILAR VA TALABALAR TASHRIF BUYURDI.

Batafsil nuu.uz saytida

P.s Unversitetimiz ham borgan sari kuchaymoqda...


@NUU_students
👍15🔥11😁9❤2
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
❤27👏9👍7
❗️Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

@NUU_students
👍5👏2
#yordam

Sahovatpesha insonlardan yordam kutamiz...

8600061056254666
👍9😢4
🏛Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar hamda Matematika fakultetlarining talabalari tomonidan tayyorlangan "Talabalik bahori - 2022" konsert dasturiga taklif qilamiz.

⚡️Ushbu tadbir 5 ta muhim tashabbus va mazmunli 7 kun doirasida tayyorlangan bo'lib, maqsad talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va turli millat vakillari ortasida do'stlik aloqalarini yanadana mustahkamlashdan iborat.

⌛️O'tkazilish vaqti: 23.04.2022 yil soat 14:00

📍Manzil: O'zMU, Yoshlar markazi binosi

Bizdan uzoqlashmang:
@uzmuamit
👏9👍4👎2