O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
📌 Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

➖harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

➖homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

➖salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

❗️Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.


@NUU_students
👍1
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIGA FRANSIYALIK PROFESSOR-O’QITUVCHILAR VA TALABALAR TASHRIF BUYURDI.

Batafsil nuu.uz saytida

P.s Unversitetimiz ham borgan sari kuchaymoqda...


@NUU_students
👍15🔥11😁9❤2
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
❤27👏9👍7
❗️Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

@NUU_students
👍5👏2
#yordam

Sahovatpesha insonlardan yordam kutamiz...

8600061056254666
👍9😢4
🏛Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar hamda Matematika fakultetlarining talabalari tomonidan tayyorlangan "Talabalik bahori - 2022" konsert dasturiga taklif qilamiz.

⚡️Ushbu tadbir 5 ta muhim tashabbus va mazmunli 7 kun doirasida tayyorlangan bo'lib, maqsad talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va turli millat vakillari ortasida do'stlik aloqalarini yanadana mustahkamlashdan iborat.

⌛️O'tkazilish vaqti: 23.04.2022 yil soat 14:00

📍Manzil: O'zMU, Yoshlar markazi binosi

Bizdan uzoqlashmang:
@uzmuamit
👏9👍4👎2
Ramazon hayiti va Xotira kuni munosabati bilan may oyi boshida dam olish kunlari necha kun bòlishini istaysiz?
Anonymous Poll
27%
15 kun
39%
10 kun
16%
5 kun
4%
3 kun
3%
2 kun
11%
Menga farqi yòq
👍44😁28🤔1
O’ZMUDA TALABALIK BAHORI – 2022 FESTIVALI O’TKAZILDI
 
O’zMU Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar hamda Matematika fakultetlari talaba-yoshlari tashabbusi bilan “Talabalik bahori – 2022” festivali bo’lib o’tdi.

👉 Batafsil nuu.uz saytida
 
@NUU_students
👍5
​❗️Oliy ta’lim vaziri: “Magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibi ko‘rib chiqilmoqda”


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qarshi davlat universitetining iqtidorli talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Abduqodir Toshqulov tizimda o‘z yechimini kutayotgan muammolarga to‘xtalib, oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida batafsil so‘z yuritdi.

Tadbirda talabalarning magistratura mutaxassisligiga o‘qishga kirish uchun chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati majburiy qilinganligi to‘g‘risidagi savolga oliy ta’lim vazirining bergan javobi barchani xursand qildi.  

– Shu savolga javob berish asnosida sizni yangi o‘zgarishdan xabardor qilmoqchiman, – dedi A.Toshqulov. –

Joriy yilda magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibini ko‘rib chiqyapmiz.

O‘zi shunday ham talaba 8 semestr davomida mutaxassislik fanlaridan kerakli ko‘nikma va bilimni egallaydi. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha bali hisobga olinadi. Hozirda ushbu taklif o‘rganilyapti.  
 
O‘z navbatida A.Toshqulov bildirilgan taklif va tashabbuslarni o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.  

@NUU_students
👍8❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OʻzMUda “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida II-Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi

@NUU_students
#kayfiyat

Ertaga hammani kvartiramga iftorlikka taklif qilaman.
421-uy 28-kv. yashil deraza
(bemalol kelaversizlar hammaga joy yetadi...)
😁60🤩8👍4🎉3🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Arxiv

❗️“Biz ta’limdan islomni sug‘urib oldik, islom ma’rifatini faqat imomlar gapirsin, dedik. Poraxo‘rlik rivojlanib ketdi” - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov.

❗️Hijob va ro'molni gapirib talabalarni qiynayotgan o'qituvchi va mutasaddilarga Vazirning shu gaplarini yetkazib qo'ying.✅

P.s: Shu postni maksimal darajada tarqataylik. Mutasaddilarga yetib borsin...

@NUU_students


@NUU_students
👍37🔥3👎2
Matematika fakulteti xonalarining biridan ushbu telefon topib olingan. Guruh va kanallarga tarqatib yuborishingizni soʻraymiz!

Murojaat uchun:
@alijono_07

@NUU_students
#kayfiyat

Odam tanasini institutga oʻxshatganimizda qanday boʻlar edi!

Talabalar - eritrotsitlar (juda koʻp ular)😁😁😁

Zam Dekanlar - qon (hamma ishni ular bitiradi...)😉😉😉

Dekanlar - Jigar (hech kim bilan ishi yoʻq, doim tepaga qonni toza qilib yetkazadi)😎

Oʻqituvchilar - Qoʻl-oyoq (ular boʻlmasa bilim olinmaydi)😘

Prorektorlar - Koʻr ichak (borligi nima yoʻqligi nima)😄

Starstalar - ovoz paychalari (ular bo‘lmasa qolganlar nima deyishni bilmaydi)🗣

Rektor - " " (oʻzingiz tushundingiza) 😉


@NUU_students
😁42👍8🤔6👎1