O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hududi

@NUU_students
👍47❤8😱5👎2🤩2
#hazil

— Baland poshnali tufligingiz bormi?
— Topiladi.
— Cho‘ntagimdagi “Talabalik guvohnomasi”ni olib oyogʻingizni tagiga tashlayman. Poshnangiz bilan yanching.
— Nimaga?
— Buni deb na bir yaxshiroq joyga ishga olishadi, na bir kvartira berishadi. Hattoki, odam oʻrnida koʻrishmaydi.

@NUU_students
😁99👍18👎14🤯6😢4🤩3👏2
TILLA BALIQCHA

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha,
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!


Abdulla Oripov

@NUU_students
👍44👏8🤔2🔥1
Biologiya fakulteti 2-kurs talabasi Boborahimov Otabek ijodidan

@NUU_students
👍62👏11❤7👎1😁1
#abituriyentlar #qabul2022

❗️Qabul boshlandi!

Bugundan DTMning
my.dtm.uz sayti orqali yo’nalishlarni tanlash imkoniyati ochildi.

Abituriyentlar 5 tagacha yo’nalish tanlashi mumkin.

Joriy yildan boshlab bir paytning o’zida bir nechta ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa bo’ladi.

Abituriyentlarga omad!

@NUU_students
👍18👏4❤1
#hazil

Milliy universitet hali men kabi talabani koʻrmagan))

@NUU_students
😁140👍10🤬6👎5🔥3🤯3🤔2
2021-yil Milliy universitetda juda koʻp islohotlar olib borildi. Chet el OTMlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Xalqaro reytinglarga kirish uchun juda koʻp ishlar amalga oshirildi.

Talabalar xalqaro musobaqalarda faxrli oʻrinlarni qayd etishdi. Oʻzbekiston miqyosida ham yaxshi natijalar qayd etildi.

Islohotlar natijasi oʻlaroq Oʻzbekiston Milliy universiteti reytingda 1-o‘rindan 2-o‘ringa tushdi :)

@NUU_students
😁113😢16👍13👎8😱6🤯5
Forwarded from Ideal EDU
Yangi Markaz,Yangi Reja Veb dasturlash (online)kursiga qabul boshlandi

"Ideal EDU" markazida ko'pchilik tomonidan o'rganish uchun qiziqish bildirilayotgan veb dasturlash kursiga qabul boshlanganligini e'lon qilamiz.
📅 30.06.2022 sana ⏳21:00 da Ochiq dars bo'lib o'tadi va kurs haqida hamda web dasturlash haqida barcha savollaringizga javob olasiz, ochiqdars havolasi
📹 https://t.me/ideal_edu?livestream

🎯 Kurs Frontend (online) tarzida bo'lib, HTML, CSS JavaScript va ReactJs (Git, GitHub) bo'limlaridan iborat Darslar davomiyligi 6 oy bo'lib, haftada 2 kun 2 soatdan, darslar nazariy va amaliyot shaklida o'tkaziladi

📌 Darslar markazimiz rasmiy kanalida videochat ko'rinishida olib boriladi

🔗Ma'lumot
Markazimiz yangi ochilganligi tufayli o'quvchilarni jalb qilish va qiziqtirish maqsadida kurslar bepul yoki arzon narxlarda taqdim etiladi

Siz ham veb dasturlash kursimizda qatnashish uchun
ro'yxatdan o'ting
👨‍💻@idealedu_callcenter

👩‍💻 Bog'lanish uchun
📞 +998940051147
👍6👎1
Assalomu alaykum!!! Bugun 30.06.2022- sanada " YOSHLAR KUNI " da Ta'limda Talaba Fikri kanali o'z faoliyatini boshladi.

Ushbu kanalda Ta'limga oid yangiliklar, foydali ma'lumotlar va eng asosiysi Ta'limni rivojlantirish uchun qilinishi kerak bo'lgan islohatlar haqida talabalarning fikrlari berib boriladi. Iltimos kanal linkini yaqinlaringizga ham yuboring.

Kanalimiz: @TTfikri
👍8👎4👏3
Sizlarni ham shu kun bilan tabrikleyshin va qutleyshin!

@NUU_students
👍42😁16👎2🔥1
#Qabul2022
Tanlov ustuvorligini belgilash

✅ Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❕ Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Davlat test markazi

@NUU_students
👍6❤1
❗️ESLATMA

— O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bob 28-bandiga ko'ra talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo'yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan-kursga qoldiriladi.

Bundan tashqari, semestr yakuni bo'yicha malakaviy amaliyot hujjatlarini topshirmagan talabalarga ham 2 baho qo'yiladi va kursda qoladi
.

Shuningdek, ushbu Nizomning 3-bob 25-bandiga muvofiq fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko'p bo'lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug'i bilan kursdan qoldiriladi.

@NUU_students
👍10👎1
❗️Oliy ta’lim muassasalarida «Karera markazlari» tashkil etiladi.

Prezidentning “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

@NUU_students
👍17👎1
Forwarded from Ta'limda Talaba Fikri
#Talaba_fikri

YURAGIMNI OG'RITGAN VOQEA
( O'ylaymanki butun O'zbekiston yoshlarining yuragini og'ritadi.)
Ming shukrki, xalq manfaaatlari, inson qadr-qimmati himoya qilinadigan mamlakatda yashayapmiz. Ming shukrki, u xoh rahbar bolsin xoh imkooniyati cheklangan qiz bolsin Olloh taolo oldida barchasi teng – bandayi ojiz ekanini anglab yetadigan hukumat va aholi orasida yashayapmiz. Shuning uchun ham menga qilinayotgan “Gayrio’zbekona” munosabatni aytishga jur’at etayapman.
Bir oy avval viloyatimiz Yoshlar Ishlari Agentligidan qo'ng'iroq qilib, hujjatlarimni va erishgan yutuqlarim haqida ma’lumotlarimni so'rashdi, agar ma’qul korilsa, poytaxtimizda 30-iyun kuni bo'ladigan yoshlar festivaliga taklif qilinasiz deyishdi. Ochig'i xursand bo'ldim: xayolan yurtboshimiz suhbatlarida bo'ldim, festivalda shaxsan Prezidentimiz huzurida aytish uchun she’r ham yozdim.
Yaqinda Yoshlar festivaliga taklif qilingan tanishlairmga xabar qilishdi. Men viloyatimiz Yoshlar ishlari agentligi xodimlarining bir nechtasidan surishtirsam bari men mas’ul emas deyishdi. Bugun Buxoro viloyati Yoshlar ishlari agentligi rahbari Shavkat Rahmonovga qo'ng'iroq qilib, “Yosh kitobxon” tanlovida ikki marta 2-orin sohibi, yosh ijodkorlar o'rtasida otkazilgan “Duel” tanlovi hamda Zomin seminarida taqdirlanganimniva yaqinda “Mushoira” tanlovida Respublika bosqichiga chiqqanligimni, otgan yili ham Respublikadagi 2-,3-o'rin sovrindorlari taklif qilinganini, men sorasam,: “Xatolik bolibdi, uzr” – deyishganini aytdim. Yana bir narsa, viloyatimizdan "yosh kitobxon"da 1-va 8- o'rin olgan ishtirokchilar taklif qilinibdi.Suhbatdoshimning” “O'zi bor-yo'g'i 20kishi aytilgan” degan gapiga , men 50kishi deb eshitdim , kocha-kuyda emas rahbar bilan gaplashayotganim, ma’daniyatdan yiroq ekanligim eslatildi. Bizning Agentlik rahbari yoshlar festivaliga borishga nomunosib ekanimni ,unaqa joylarga jismoniy nuqsoni bolmagan, sog'ligi to'g'ri keladigan, yurganda o'zini boshqaradigan, sog'lom yoshlarni yuboramiz, u yerda ikki ming kishini orasida mustaqil yura olish kerak, O'zbekiston yoshlariga o'rnak bola olish kerak dedilar. Ikki million soglom yoshlar orasida Respublikada 2-o'rin olgan qiz ikki ming kishilik tadbirda borib o'tirishi uchun sog'ligi – imkoniyati cheklanganligi ularning “mezon”lariga to'g'ri kelmas emish.
Xullas, yagona sabab shu emish. Qoyilmisiz? Bu haqoratmi, kamsitishmi yoki Xudodan ham ustun kelishga urinishmi… har holda men fahmlay olmayapman. Yoki men o'zimga sotib olibmanmi shunday qismatni?! Aybim soglom yoshlar qatori kurashganim, intilganimmi, maqsadim yo'lida chekinmaganim, sutkasiga yigirma soatlab dars qilganimmi . Qaniydi aybim shularda bolsa bu aybimni tuzata olardim, ammo bugun menga tushuntirishlaricha aybim” ko'zlarimning nuri ularnikidan kam ekanligida ekan, rangin dunyoni va gulgun chehralarni kora olmasligimda ekan,
To'satdan hazrat Navoiyning besh asrga tengdosh baytlari esimga tushdi:
Kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borki, Kaba vayron bolsa obod aylagay.
Bugun dilim ogridi. Yoq, kamsitishgani uchun emas, vayron “Kaba”larni obod etish u yogda tursin, aksincha, yosh qalblar “Kaba”sini oqqa tutib yakson etayotganlari uchun.
(Bugungi kungacha eng katta maqsadim – O'zbekistonimizga “Nobel” mukofotini olib keltirish va Prezident qolidan “Ozbekiston qahramoni” unvonini olish edi. Bugun esa agar “Nobel” yutadigan bolsam ham taqdirlanishga haqqim yoqmikan deb oylab qoldim Har holda “Nobel yutganim bilan kozim tuzalmagan bo'lardi... Axir qalbimiz ham qadrimiz uchun yiglaydi.
Hamdamova Shamshoda. Buxoro viloyatidan.

Yaqinlaringizga yuboring.

Kanalimiz: @TTfikri
😢74👍19🔥2👎1🥰1