O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Bizda baʼzi rahbarlar shunaqa ishlashadi😁

Och qornim — tinch qulogʻim

@NUU_students
😁49🔥9👍6👎1🤬1
Arosatda qolgan avlod

1990+ va 2000-yillarda tug'ilgan avlod davlat siyosati va davr o'zgarishi sababli bizda arosatda qolgan avlodday tuyuladi.

Ular dinni yoshligidan oilasida emas aqlini taniganidan keyin o'zlari izlanib o'rganishdi va ko'pchiligi oilasiga diniy qarashlarni birinchilardan bo'lib olib kirishdi.

Ular dinni o'rganib soqol qo'yishga, namoz o'qishga harakat qilishdi lekin na jamiyat na davlat buni qabul qilishga tayyor emasdi. Ularni bu uchun davlat ishlaridan haydashdi jamiyatda "domla" laqabi berildi.

Ular isrof, halol-haromni o'rganishdi. To'ylarini 30 kishilik ichkiliksiz, ortiqcha dabdabasiz o'tkazmoqchi bo'lishdi. Lekin bu safar ularning yo'liga ularning ota-onasi va qavmi qarindoshlari chiqishdi. Ularga bu ilmlarni o'rganishga imkon berishdi lekin amal qilishchun to'siq bo'lishdi.

Ular universitetlarga eng qiynalib kirgan avlod bo'lishdi. Bedor kechalar va mag'lubiyat bilan tugagan yillar. Ular "rektorskiy gruppa" va o'z ta'lim bergan ustozlari bilan 1 ta o'rinni talashishga majbur bo'lishdi.

Endi talaba bo'lib bitirib yaxshi joyda ishlayman deganda zamonaviy kasblar chiqdi va bu avlodni yana 1-2 yil orqaga tashladi. Ular buni tushunib olguncha yana bir necha yillar yo'qotishdi. Hali bu avlodni yangi yo'lda nima "syurprizlar" kutmoqda buni hech kim bilmaydi...

magistrlarofficial

@NUU_students
😢49👍33👎5❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diplomni olish uchun ishga kirganlik haqida maʼlumotnoma kerak.

Ishga kirganlik haqida maʼlumotnoma olish uchun esa diplom kerak.

Mantiq left the Uzbekistan 😁

SUBYEKTIV

@NUU_students
😁42👍15🤬7😢2
❗️Ertadan boshlab o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.

Joriy o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

👉 transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz — respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar;

👉 transfer.dtm.uz — xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar.

Ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun)

@NUU_students
👍11
Magistratura mos va turdosh_2022-signed.pdf
12.1 MB
#magistratura

❗️Respublika davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

▪️Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlarning bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

@NUU_students
👍5👎1
​​#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

🔘 2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

☝️Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

Kerakli hujjatlar
:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
◾️ akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

☝️Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba oʻtish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

➡️ Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍5
❗️«Perevod» bo‘yicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya’ni rasmiy asosga ega.

1️⃣Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik "super-kontrakt" to‘lab ko‘chirishi mumkin.

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Xushnudbek Xudoyberdiyev

@NUU_students
👍10👎2🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha izoh

Xabaringiz bor, bugundan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza qabul qilish boshlandi.

Yuqoridagi video orqali vazirlik departament rahbari Abduvali Xoliqov o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq muhim o‘zgarishlarni izohladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
🤬13👍1
Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 3-son qaroriga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etilgan.

📌 Unga ko‘ra “Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari)” ta’lim yo‘nalishiga faqatgina fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari tavsiyanoma asosida o‘qishga kirishlari mumkin.

✅ Bunda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari belgilangan tartibda talabalikka tavsiya etiladi.

⏳ Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boshqa toifadagi abituriyentlar “Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari)” ta’lim yo‘nalishi uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.

❕ Shu sababli my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari bo‘lmagan abituriyentlarda mazkur ta’lim yo‘nalishi chiqmaydi.

👨🏻‍💻 Qayd etish kerakki, oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)” ta’lim yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib, abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda mazkur ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Davlat test markazi

@NUU_students
👍7
❗️Rasman: Abituriyentlarni roʻyxatga olish 27-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

@NUU_students
👍39👎5😁5👏1
#hazil

Maktab payti: -Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi!

Kollej payti: -Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi, Oʻqishga kirishing kerak!

Universitet payti: -Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi, tugatib ishga kir, muhimi shu!

Ishga kirgach: -Uylansang uylanda endi, shuncha paytdan beri birorta qiz topmagansan, tezroq top!

Humoyun Xudayorov

@NUU_students
😁91👍23🤔2
🏬 TAJRIBALI XODIM KERAK

🏬 O'quv markaz: ENGZONE
📗 Fan(lar): Ingliz tili
Adminstrator
📱 Telegram: @ismoiljonarabboyev
☎️ Aloqa: +998949170034
Ⓜ️ Manzil: 1-filial Chilonzor tuman 2-kvartal, Targoviy sentr
2-filial Qoratosh mediapark 3-qavati
✍️ Mas'ul: Ismoiljon
🕰 Ish vaqti: Kelishiladi
🕰 Murojaat vaqti: 7/24
💰 Maosh: Kelishiladi
📜 Qo'shimcha ma'lumotlar: Ingliz tili òqituvchiligi uchun IELTS sertifikat bo‘lishi kerak
Shu sohada tajribasi bor bo‘lishi kerak

Suhbat asosida ishga qabul qilinadi

#ishJoyi #engzone
👍10❤1
Forwarded from Ta'limda Talaba Fikri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_fikri
#Korrupsiya

✅ Korrupsiyani yo'q qilish mumkin ...

O'zMU AMIT fakulteti talabasi Islombek Murodillayevning korrupsiyani yo'q qilish haqidagi fikrlari.

Yaqinlaringizga yuboring:

Kanalni ko'rish: @TTfikri
👎4👍3
#ибрат

2011 йилда 47 ёшли Дэбби Стивенс ўз буйрагини, ҳеч қанақасига донор топилмагани сабабли, раҳбарига берди. Кейинчалик эса Дэбби операциядан тикланишга узоқ вақт сарфлаб юборигани учун ишдан бўшатилди.

P.S.: Раҳбаринг учун ҳар қанча куйиб-пишиб жонингни берма, эртага кези келганда, сендан воз кечиб юборади!

Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi
👍21👏1
Servis menejerlari kerak

📌 Biznes boshqaruviga oid sistemalarni o'rganishni va ularni mijozlarga o'rgatish va o'rnatish orqali amaliyotda qo'llashni hoxlaysizmi?

Unday bo'lsa siz uchun imkoniyat!

— Kompaniya: Unical Solutions
— Ish turi: Offline.Toshkent shahri
— Talablar: IT, sotuvga qiziqishi, kompyuter bilan yaxshi ishlay olishi va mas'uliyatli bo'lishi kerak

— Murojaat uchun: @edutizim_support
👍6
Forwarded from Iskandar
📃 Maqola yozib berish

📃 Maqolani tahrirlash

📃Maqolani tarjima qilish

📃Chetga maqola chiqarish

📃Milliy jurnallarga maqola chiqarish

📃OAK ga kirgan jurnallarga maqola chiqarish

📃 Maqola yozishda kerakli maslahatlar.

Murojaat uchun:
@Iskandar_Ochilov
👍5🔥2
#Ишга_таклиф

OLIY MAKTAB AKADEMIYASI таълим соҳасида бир нечта лойиҳаларни Республика бўйлаб амалга ошириб келмоқда. Ўзингиз яшаётган ҳудудингизда ишлаш имконияти бор.

#талаба
#ўқитувчи ва бошқа #педагог ходимлар ишлаши мумкин.

Қуйидаги лавозимлар учун:
- Вилоят куратори
- Туман куратори
- Ҳудуд куратори

Талаблар:
- Ишга етарлича вақт ажрата олиши керак;
- Бошқарувчанлик;
- Нотиқлик;
- Киришимлилик;
- Иш бошқарувчанлик;
- Масъулиятли;
- Албатта виждонан ишлашлиги керак.

Қуйидаги профилга Резюме жўнатинг ва ўзингиз ҳақингизда албатта аудио шаклда маълумот ҳам ташлаб беринг.

👇👇👇
@OMA_Uz

✅ @oliymaktabakademiyasi
👍4
❗️Bir oliy ta’lim ichida talabalar ta‘lim shaklini va yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi?

✅Javob: Ha. Bir oliy ta’lim doirasida talabalar ta‘lim shaklini o‘zgartirishi va turdosh bo‘lgan boshqa yo‘nalishga o‘qishini perevod qilishi mumkin.

Joriy yildan boshlab o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha belgilangan yangi tartib faqatgina o‘qishini boshqa viloyatga ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun.

Ichki perevod qilmoqchi bo'lgan talabalar transfer.edu.uz sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.

Talabalar kanali

@NUU_students
👍16
❗️Perevod boʻyicha menga murojaat qilmanglar!

Avvalambor barchangizga xayrli kech. Ayni vaqtlarda yurtimiz OTMlarida perevod ishlari boshlangan.

Aynan shu masala boʻyicha menga ham turli xildagi murojaatlar kelib tushmoqda.

— Ichki perevod qilsam boʻladimi?
— Turmushga chiqyapman perevod qila olamanmi?
— Sirtqidan kunduzgiga perevod qila olamanmi?

Shu kabi savollar shular jumlasidandir. Toʻgʻrisi men bu masalada bir narsa deya olmayman. Sababi, qonunan perevod qilsa boʻladigan holat perevod boʻlmay, noqonuniy yoʻl bilan perevod boʻlib ketadigan holatlar ham uchrab turadi.

Shu va boshqa sabablarni inobatga olgan holda, perevod masalada aniq bir soʻz ayta olmayman.

Sizlarga bera oladigan maslahatim yoki tavsiyam, transfer.edu.uz orqali perevod qiling. Aniq sababingizni batafsil va ishonchli tarzda kiriting. Ishchi guruh buni oʻrganib chiqib, perevod qilishingizga ruxsat beradi yoki yoʻq.

Ayni shunday vaqtda universitetimizda perevod bilan shugʻullanadigan va shu sohada ishlayotganlarni sukut saqlayotgani achinarli holat. Ular ham shu soha boʻyicha toʻliqroq maʼlumot berishsa, perevod masalasi boʻyicha aniq va toʻgʻri maʼlumotlarni berib borishsa yaxshi boʻlardi.

Hurmatli abituriyentlar! Oʻqishga topshirishda adashmang. Oʻylab topshiring, keyinchalik perevod qilib olaman degan xayollar bilan yurib sarsongarchilikda qolib ketmang.

@NUU_students
👍13👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Perevodchi"lar diqqatiga

— 2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

👉 my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

— Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar
:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
◾️ akademik ma’lumotnoma.

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

☝️Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi.

Oliygoh.uz

@NUU_students
👍2