O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Yuqoridagi suratda joriy yilgi 5 blokli test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi (Titul) namunasi.
Quyidagilarga eʼtibor qarating:

— Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

— Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

— Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

— Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

— Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

— Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to‘g‘ri to‘ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

@NUU_students
👍23😁4🔥1
❗️Mustaqillik bayrami arafasida oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi:

• 1-sentabr (payshanba, bayram kuni);
• 2-sentabr (juma, qoʻshimcha dam olish kuni);
• 3-sentabr (shanba, qoʻshimcha ishlamaydigan kun, 6 kunlik ish haftasi boʻlgan xodimlar uchun);
• 4-sentabr (yakshanba, taqvim boʻyicha dam olish kuni);

Demak, yangi oʻquv yili 5-sentabr sanasidan boshlanadi.

@NUU_students
👍48🥰21👎7😁6
ko’zi ojizlar uchun oʻtkazilgan imtihon natijalari 2.pdf
216.3 KB
⚡️ O‘zbekiston Milliy universitetida ko'zi ojiz abituriyentlarni o'qishga qabul qilish bo'yicha kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlarning 2-avgust kunida bo'lib o'tgan imtihon natijalari

Axborot xizmati

@NUU_students
👏11👍3🥰1
Jurnalistika natijalari (02.08.2022).pdf
306.9 KB
⚡️ Oʻzbekiston Milliy universitetida 2-avgust kuni boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari. Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha natijalar mavjud:

• Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
• Internet jurnalistikasi
• Bosma ommaviy axborot vositasi jurnalistikasi

@NUU_students
👍2🤯1
#lirik_chekinish

Sevgim mening, men bilmadim, mening sevgim,
Ko'zing shahlomidi sening, xumormidi?
Ertakdagi Layli senday dildormidi,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.

Goh gul bo'lib yashnadi dil, goh so'ldi gul,
Goh yig'latib, goho o'zi qon bo'ldi dil.
Tomog'imda chirqiragan jon bo'ldi dil,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.

Seni faqat olislardan allaladim,
Erkalasam xayolimda erkaladim.
Sochlaringni tushlarimda siypaladim,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.

Sen qush bo'lib uchding-ketding, tutolmadim,
Ohu bo'lib qochding, quvib yetolmadim.
Bir bor ko'rib bir shirin so'z aytolmadim,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.

Soch oqardi yurakdagi shu bir cho'g' deb,
Armondagi, tilakdagi shu bir cho'g' deb,
Yigit umrim zorlanadi sevgi yo'q deb,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.

Ana, ajal ostonamda turar bo'ylab,
Farishtalar chorlar meni o'lan so'ylab,
Jannatlarda zerikarman seni o'ylab,
Ay yuzingni bir koʻrmadim, mening sevgim.

Muhammad Yusuf

@NUU_students
👍13❤7🔥2👎1
❗️Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi — Davlat test markazi.

@NUU_students
🔥18👍7👎3
❗️Bugundan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022/2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

❗️ESLATMA: Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini unutmagan holda ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishni tavsiya etiladi.

📌 Shuningdek, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

@NUU_students
👍11❤5
❗️Sanalarga koʻra, yoʻnalishlar boʻyicha imtihon kunlari

Imtihon sanalari bo'yicha taqsimlash:

• 8-9-10-avgust — Tibbiyot yo'nalishlari, shuningdek kimyo-biologiya ixtisoslashtirilgan fanlar yo'nalishlari bo'yicha

• 11-12-avgust — asosan pedagogika, psixologika yo'nalishlari va maktabgacha ta'lim yo'nalishi.

• 13-avgust — texnik yo'nalishlar uchun boshlanadi va 19-avgustgacha davom etadi

• 14-avgust — yuridik yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar bir kunda topshiriladi.

• 15-avgust — iqtisodchilar uchun boshlanadi va shu kabi yo'nalishlar bo'yicha oxirgi imtihon kunigacha davom etadi.

• 16-17-18-avgust — asosan filologiya yo'nalishlari bo‘yicha imtihonlar bo'lib o'tadi

Bu yil hujjat topshirgan barcha abituriyentlarni xabardor qiling!

@NUU_students
👍23❤3👏3
Oʻzbekiston Milliy universitetida Sport faoliyati: regbi taʼlim yoʻnalishi uchun 3-avgust kuni boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari

@NUU_students
👍10❤1
⚡️ Universitet talabalari oʻrtasidagi 29-xalqaro matematika musobaqasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Jamoa tarkibi:

1. Jahongir Toʻrayev
2. Abdushukur Axadov
3. Jasurbek Imomov,
4. Javohir Iskandarov,
5. Jaxongir Norboyev.

Jamoa rahbari: Farhod Haydarov

@NUU_students
👏33👍13
O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha qabul tugashiga 1 kun qoldi.

Ariza topshirish quyidagi saytlar orqali amalga oshiriladi:

• Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o‘qishini ko'chiruvchilar: my.dtm.uz

• Davlat oliygohlari ichida o‘qishini ko'chiruvchilar: transfer.edu.uz

5-avgust kuni oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha arizalar qabuli toʻliq yakunlanadi va yuborilgan arizalar koʻrib chiqiladi.

@NUU_students
👍8
⚡️Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

“Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur. Bu tajribani tizimli yo‘lga qo‘yish uchun har bir vazir va viloyat hokimi bir oy muddatda Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini e’lon qiladi.

Dastur doirasida oliygohlarning bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka o‘taydi va o‘qishni tamomlagach, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Bunda, nafaqat o‘zimizdagi oliygoh talabalari, balki nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz ham qamrab olinadi”, dedi davlat rahbari.

@NUU_students
👍11😁2
​#lirik_chekinish

MAKTUB

Sevgilim,
Sevgilim,
Og‘riydi dilim.
Jonim og‘riyverar sizni o‘ylasam.
Gulday yuzingizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz — yo‘qmi o‘shal dam…

Bulutlar ko‘k kezar kunda piyoda,
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug‘ dunyoda,
Sizni o‘ylamasdan yasharman qanday?

Ko‘nglim ayvonida kuz xushtak chalar,
Ko‘zimdan yosh bo‘lib yog‘adi yaproq.
Do‘stlarim — takabbur shoirvachchalar,
O‘zlarin sevishar yoridan ko‘proq.

Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag‘rimda begunoh bir gul so‘ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag‘anab yotgim keladi!..

Sevgilim,
Sevgilim,
Og‘riydi dilim.
Jonim yomon og‘rir sizni o‘ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi — yo‘qmi o‘shal dam.

Bilmayman.
Bilishni istamayman ham.
Bilganim — menga baxt nasib etmadi.
Yillar o‘taverdi, ko‘zim o‘ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi…

Dunyo omon bo‘lsin,
Siz bo‘ling omon,
Omadli bo‘ling siz.
Baxtli bo‘ling siz.
Lekin,
Bilib qo‘ying,
bilib qo‘ying, hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!

Muhammad Yusuf

@NUU_students
🔥12❤6👍2👎1🥰1
❗️Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga barcha maʼlumotlar joylandi.

Endi roʻyxatdan oʻtmagan holda, qaysi yoʻnalishga nechta abituriyent hujjat topshirganini koʻrib chiqishingiz mumkin.

@NUU_students
👍5❤2
REGBI natijalar O`zbek guruh (03-04.08.2022).pdf
238.4 KB
⚡️O‘zbekiston Milliy universiteti Sport faoliyati: Regbi (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlardagi natijalari

@NUU_students
🌚5👍2
REGBI natijalar Rus guruh (03-04.08.2022).pdf
211 KB
⚡️O‘zbekiston Milliy universiteti Sport faoliyati: Regbi (rus) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlardagi natijalari

@NUU_students
🌭9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Perevodchi"lar diqqatiga

Bugun 5-avgust sanasida o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul qilishning so'nggi kuni.

➖ Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish uchun
my.dtm.uz sayti orqali;

➖ Yurtimiz oliygohlaridan o'qishni ko'chirish va tiklashda esa
transfer.edu.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tiladi.

@NUU_students
👍1
❗️Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida abituriyentlarga berilgan testlarni yechish uchun qancha vaqt beriladi?

➖ Majburiy fanlar 3 ta boʻlib, har biri 10 tadan savol boʻladi, jami 30 ta savol. Har bir toʻgʻri javob uchun esa 1,1 ball. Umumiy 33 ball hisoblanadi. Belgilangan vaqt esa 1 soatni tashkil qiladi.

➖ Asosiy fanlar 2 ta boʻlib, har biri 30 tadan savol. 1-fan savollari uchun 3,1 balldan, jami 93 ball. 2-fan savollari uchun 2,1 balldan, jami 63 ball. Asosiy fanlar blokini ishlash uchun jami 2 soat (har bir fan uchun bir soatdan)

⏱ Demak, abituriyentlarga kirish imtihonlarida jami 3 soat vaqt beriladi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 ball.

@NUU_students
👍12
❗️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari

Yuqoridagi suratda siz oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

Yaʼni, xorijiy yoki nodavlat oliy taʼlim muassasasidan davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirishda imtihon tizimi joriy qilingan. Suratda esa, oʻqishni koʻchiruvchilar oʻqishini davlat oliy taʼlim muassasasiga koʻchirishi uchun toʻplashi kerak boʻlgan minimal ball keltirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, bugun 5-avgust oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabulini soʻnggi kuni.

Xorijiy yoki nodavlat oliy taʼlim muassasasidan oʻqishni koʻchiruvchilar my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Ular ham abituriyentlar singari test topshirishadi.

@NUU_students
👍3👏1🤯1