❗️DIQQAT EʼLON
Printer va noutbuk ikkalasi birgalikda 400 $. Printer yangi, umuman ishlatilmagan.
Murojaat uchun: +998930065060
Printer va noutbuk ikkalasi birgalikda 400 $. Printer yangi, umuman ishlatilmagan.
Murojaat uchun: +998930065060
👍21👎6
#lirik_chekinish
U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Sho‘xchan she’rlar bitdi sevgi nomidan.
Hammani kuldirdi, qiz esa faqat,
Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.
Abdulla Oripov
@NUU_students
U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Sho‘xchan she’rlar bitdi sevgi nomidan.
Hammani kuldirdi, qiz esa faqat,
Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.
Abdulla Oripov
@NUU_students
❤29👍8👎4👏2😁2🔥1😢1
⚡️“Abituriyent ruxsatnomasi”ni endilikda Telegramda @edu_mandatbot boti orqali ham yuklab olishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, abituriyentlar uchun imtihonlar boshlanishiga 2 kun vaqt qoldi.
@NUU_students
@NUU_students
👍2
⚡️ Oʻzbekiston Milliy universitetiga 2022/2023-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlarni qabul.nuu.uz saytidan olishingiz mumkin. Shuningdek, saytga ijodiy (kasbiy) imtihonlar natijalari ham yuklab borilmoqda.
@NUU_students
@NUU_students
👍2
⚡️Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi va 2 smenada oʻtkaziladi: 1-smena 7:00 dan 10:00 gacha, 2-smena 19:00 dan 22:00 gacha boʻladi. Test sinovlari 10 kundan 13 kungacha davom etib, 20-avgust kuni toʻliq yakunlanadi.
@NUU_students
@NUU_students
👍4
⚡️ Oʻzbekiston Milliy universitetiga 2021/2022-o‘quv yilidagi (o‘tgan yilgi) kirish imtihonlaridagi kirish ballari
@NUU_students
@NUU_students
👍31😢7🥰3🔥1
⚡️ Endilikda oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarga eng muhim matematik formulalar savollar kitobi bilan birgalikda beriladi. Maʼlumot oʻrnida, oldingi yillarda kimyo fanidan test topshirayotganlarga Mendeleyev davriy jadvali, fizika fanidan test topshirayotganlarga fizik kattaliklar roʻyxatini berish yoʻlga qoʻyilgandi.
@NUU_students
@NUU_students
👎18👍12
⚡️ Davlat test markazi tomonidan xorijiy yoki nodavlat oliy taʼlim muassasasidan davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirib, arizasi rad etilgan talabalarga 8-avgustga qadar qayta ariza yuborish imkoniyati yaratildi. Arizalar my.dtm.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.
@NUU_students
@NUU_students
👍11
Arifmetika
O‘tmishlardan ingraydi orzu:
Xusni uning oy tengi edi!
Partamdagi o‘yilgan yozuv
“X qo'shuv M teng sevgi” edi.
Algebradan yaxshi emasdim,
Hisob-kitob qiynardi meni.
Bu fanni-da yaxshi bilmasdim,
Lek bilardim “X qo'shuv M”ni.
Qobilyatim yo'q edi, netay,
Domlamiz ham qiynardi hadeb.
Doskaga ham yozardim atay:
“Sevgi bo‘lar X qo'shuv M” deb.
Tenglamani yechish qayoqda,
Titrar edim hatto nomidan.
Faqatgina yoshlik saboqda,
Besh olgandim “X qo'shuv M”dan!
Umr esa hisob-kitobni
Tan olmadi.
Indamay yiqdi
Javobi-chi “X qo'shuv M ”ni
“Sevgi” emas, “Ayriliq” chiqdi!
Xayrulla Hamidov
@NUU_students
O‘tmishlardan ingraydi orzu:
Xusni uning oy tengi edi!
Partamdagi o‘yilgan yozuv
“X qo'shuv M teng sevgi” edi.
Algebradan yaxshi emasdim,
Hisob-kitob qiynardi meni.
Bu fanni-da yaxshi bilmasdim,
Lek bilardim “X qo'shuv M”ni.
Qobilyatim yo'q edi, netay,
Domlamiz ham qiynardi hadeb.
Doskaga ham yozardim atay:
“Sevgi bo‘lar X qo'shuv M” deb.
Tenglamani yechish qayoqda,
Titrar edim hatto nomidan.
Faqatgina yoshlik saboqda,
Besh olgandim “X qo'shuv M”dan!
Umr esa hisob-kitobni
Tan olmadi.
Indamay yiqdi
Javobi-chi “X qo'shuv M ”ni
“Sevgi” emas, “Ayriliq” chiqdi!
Xayrulla Hamidov
@NUU_students
🔥25👍6👎6😁6😢5👏2
⚡️ O‘qishni (ichki) ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi
🔰 Xabaringiz bor, kuni kecha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlandi.
❎Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.
✅ Shuni inobatga olib, 5-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

👍12👎4
#lirik_chekinish
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Ko‘zlar visol orzusida charaqlab...
— Bolam, choying sovib qoldi, - der onang,
O‘ltirasan uyda kitob varaqlab.
Hali sevgi deb atalgan bastakor
Yuragingda torlar chertib o‘tmagan,
Hali hech kim gullar tutib navbahor
Seni visol bog‘larida kutmagan.
Kechalaring osudadir, bir odam,
Yodi bilan band bo‘lmagan o‘ylaring...
"Yosh Verter"ni o‘qib bir kun meni ham,
Sevarmikan kimdir deya o‘ylading.
Gʻoyibona yo‘llaringga intizor,
Allakimning kutishini bilmaysan.
Derazangni chertib senga ilk bahor,
Bir dasta gul tutishini bilmaysan.
Sen ham uni, u ham seni ko‘rmagan,
Qayerdadir yashar lekin dunyoda.
Bog‘lar kezib hech gulga yuz burmagan,
U sen uchun har kimdan ham ziyoda...
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Qalb orziqib, yor oldiga chopadi...
Qayerdadir seni izlar parvonang,
U albatta seni izlab topadi.
Erkin Vohidov

❤21👍13🥰3🔥1
⚡️ Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Germaniya termasi ustidan 2½:1½ hisobida gʻalaba qozonishdi.
Dastlab Nodirbek Abdusattorov, keyin Javohir Sindorov, soʻng Jahongir Vohidov oʻz raqiblari bilan durang oʻynashdi. Eng soʻnggi hal qiluvchi nuqtani Nodirbek oʻz raqibini magʻlub etish bilan qoʻydi va Oʻzbekiston termasiga navbatdagi gʻalabani olib keldi.
Nodirbek Yakubboyev OʻzMU talabasi boʻlishi bilan birgalikda, kursdoshim hamdir. Nodir va terma jamoaga omad tilab qolaman, olgʻa Oʻzbekiston 🇺🇿

👍49👏9❤8🔥4🥰2👎1😁1🤬1