O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.07K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat! Diqqat! Talabalar quloq soling!

🎉Siz uchun super yangilik!

📌 25-sentabr kuni poytaxtimizdagi Tashkent Index majmuasida "Talabalar party" talabalar oqshomi bo'lib o'tadi.

🎤"Talabalar party" talabalar oqshomi doirasida zakovat, mantiq, intuitsiya talab etiladigan super intellektual o‘yin ❓UzQuiz o'tkazildi.

😀Intellektual o'yinda g'olib bo'lib 💻noutbuklar,😀 planshetlar va 📘brendbuklar yutib olish imkoniga ega bo'ling.

🇺🇿 Intellektual o'yinda ishtirok etish uchun o'z oliy ta'lim muassasangizdagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiling!

🎊Bu hali hammasi emas. U yerda sizni mashxur san'atkorlar ijrosidagi qo'shiqlar va sahnaviy chiqishlarni o'z ichiga jamlagan "Talabalar party" gala-konserti, shuningdek, ko'plab 🎁syurprizlar kutmoqda.

#talabalarparty2022

❗️Shoshiling! Faol talabalar safida biz bilan birga bo'ling!

Yoshlar ishlari agentligi

@NUU_students
👍12😁6❤1
#yordam

❗️DIQQAT MUHIM E’LON

⚡️Hurmatli talabalar! Zudlik bilan bir talabaga moddiy yordam kerak!

Koʻngillilar ixtiyoriy ravishda quyida koʻrsatilgan karta raqamiga koʻngildan chiqarib pul oʻtkazishingiz mumkin. Qancha tashlashingizdan qatʼiy nazar, bu savob!

✅ Ushbu eʼlonni imkon qadar tarqatishingizni soʻrab qolamiz!

Karta raqami:
9860080388087613

@NUU_students
👍11👎4🤡2❤1🤯1🕊1
#E’lon

Navbatdagi sayyor qabul O‘zMUda o‘tkaziladi

Ma’lumki, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, ta’lim sohasida yechimini kutayotgan masalalarni o‘rgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari, vazirlik, idora hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.

Mazkur turdagi navbatdagi fuqarolar qabuli 27-sentabr kuni soat 10:00dan O‘zbekiston Milliy universiteti hududida boshlanadi.

Unda Vazirlar Mahkamasi hamda ta’lim tizimiga doir qator vazirlik va tashkilotlar mutasaddi vakillari, shu jumladan Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

📍Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍7
❗️Diqqat e’lon! Ibratli yoshlar qidirilmoqda!

Hurmatli talabalar, Siz ta’lim olayotgan oliygohda (kursdoshlaringiz orasida) o'qishdan tashqari vaqtlarida ishlab, oilasi va ota-onasiga ko'maklashayotgan, o'z kontraktini o'zi to'lab, hozirdan kelajagi uchun zamin yaratayotgan ibratga loyiq talabalar bormi? Unda quyidagi so'rovnomani to'ldirib, ular haqida bizga ma'lum qilishingizni so'raymiz (o'zingiz shundan talabalar safida bo'lsangiz, o'z nomzodingizni ham berishingiz mumkin).

Yaqin kunlarda yuqorida ta'kidlagan xislatlarga ega, boshqalarga namuna bo'la oladigan yoshlar haqida ko'rsatuv tayyorlanadi. Siz bergan nomzodlar aynan shu ko'rsatuv qahramonlariga aylanishi mumkin.

👉 So'rovnomani to'ldirish: https://forms.gle/L7rjkYfNorup2smB9t.me/manaviyateduuz

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi

@NUU_students
👍22🤔1
Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:

🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti
🔹 Toshkent moliya instituti
🔹 Samarqand davlat universiteti
🔹 Navoiy davlat konchilik instituti

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:

♦️Termiz muhandislik texnologiya instituti
♦️Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti
♦️Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
♦️Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
♦️Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍9❤1
#Milliy_reyting
#Live

5 354 ta tashkilot respondenti OTM bitiruvchilariga baho berdi

Unga ko‘ra ish beruvchilar tomonidan bitiruvchilar sifati bo‘yicha eng koʻp ijobiy baho berilgan OTMlar:

🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti;
🔹 Toshkent tibbiyot akademiyasi;
🔹 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
🔹 Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti;
🔹 Samarqand davlat universiteti;
🔹Toshkent moliya instituti.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍23❤6🏆1
❗️Ijtimoiy-gumanitar soha bo‘yicha OTMlar reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMLar:


🔹O‘zbekiston milliy universiteti
🔹Toshkent moliya instituti
🔹Samarqand davlat universiteti
🔹O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
🔹Toshkent davlat yuridik universiteti

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:

♦️ Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti
♦️ Termiz davlat universitetining pedagogika instituti
♦️Qo‘qon davlat pedagogika instituti
♦️Guliston davlat universiteti
♦️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

@NUU_students
👍10⚡2
❗️Eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan OTMlar:

🔹 Toshkent davlat texnika universiteti
🔹 O‘zbekiston milliy universiteti
🔹 Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

Eng kam mablag‘ ishlab topgan OTMlar:

🔻 O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
🔻 Qarshi pedagogika instituti;
🔻 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.

@NUU_students
👍10🏆1
❗️Nufuzli xorijiy oliygohlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilar eng ko‘p bo‘lgan milliy OTMlar:

🔹 O‘zbekiston milliy universiteti
🔹 Samarqand davlat universiteti
🔹 Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
🔹 "Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti
🔹 Toshkent davlat texnika universiteti

@NUU_students
👍31🏆19🍌5👏3🤡1
Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan bogʻliq bugungi yangiliklar:

— Umumiy reytingda 2-o‘rinni egalladik;
— Tashkilot respondentlari tomonidan berilgan baho boʻyicha 1-o‘rindamiz;
— Ijtimoiy-gumanitar soha boʻyicha 1-o‘rinni qoʻlga kiritdik;
— Eng koʻp mablagʻ ishlab topgan OTMlar qatorida 2-o‘rin;
— Nufuzli xorijiy oliygohlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilar soni boʻyicha 1-o‘rin;

@NUU_students
👍112❤14👏14🤬14🌭8🔥3💯3⚡2🥰2🐳1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Telegram kanallarida OʻzMU wi-figa ulanish uchun kerakli hujjatlar roʻyxatini koʻrsatishmoqda. Wi-figa ulanish uchun bu kabi hujjatlar bu yildan qabul qilinayotgan emas, bu oʻtgan yili ham bor tartib edi aslida. Bu kabi hujjatlar xavfsizlikni taʼminlash…
❗️OʻzMU wi-fi haqida!

Universitet internet tarmog‘idan foydalanish uchun anketa to‘ldirib, murojaat qilgan har bir professor-o‘qituvchi, xodim va talabalarga universitet raqamli ta’lim texnologiyalari markazi (RTTM) mas’ul xodimi tomonidan “Kerio Control” tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazib login va parol taqdim etiladi.

“Kerio Control” tizimida har bir foydalanuvchi harakatlari yozib boriladi. Kerio Control tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi yo‘riqnomada belgilab qo’yilgan tartib va qonun-qoidalarga rozi hisoblanib internet tarmog‘ida bajargan harakatlari uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan hisoblanadi. Foydalanuvchi “Kerio Control” tizimi orqali universitet internet tarmog’ida bajarilgan har qanday harakat uchun universitet ma’muriyati, RTTM boshlig‘i va internet administrator javobgar emas.

Universitet internet tarmog‘ida ta’limga oid bo‘lmagan ma’lumotlar ustida amallar bajarish va ularni kompyuterga, mobil qurilmalarga yuklash axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik hisoblanadi. Bu vaziyat aniqlanganda foydalanuvchiga nisbatan ogohlantirish berilishi, trafik cheklovi qo‘yilishi, tezlik cheklovi, saytlarga yoki ma’lum ip adresslarga nisbatan ta’qiq qo‘yilishi yoki sizni internetdan foydalanishingizni to’xtatib qo‘yishga RTTM mas’ullari haqlidir.

@NUU_students
🥴13👍9👎4🤯3
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️OʻzMU wi-fi haqida! Universitet internet tarmog‘idan foydalanish uchun anketa to‘ldirib, murojaat qilgan har bir professor-o‘qituvchi, xodim va talabalarga universitet raqamli ta’lim texnologiyalari markazi (RTTM) mas’ul xodimi tomonidan “Kerio Control”…
❗️OʻzMU wi-filariga login va parollarni onlayn olish haqida!

Telegramda @wifi_nuu_bot boti orqali universitet wi-figa anketani onlayn tarzda toʻldirishingiz va login-parollarni olishingiz mumkin. Endi rektoratga chiqishning hech qanday hojati yoʻq)

@NUU_students
👍11🕊6🤯2🤔1🌚1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Tekshirib koʻrdim, login va parol berildi. Sinab koʻringlar) @NUU_students
❗️Sizga berilgan login va parollarni hech kimga bermang! Kutubxonadagi kompyuterlarda internet uchun login va parollarni ishlatganingizdan soʻng oʻchirib ketishni unutmang!

Sizning nomingizdan boshqalar internetdagi ta’qiqlangan saytlar yoki manbalarga kirishsa tepada aytilgandek siz javobgar boʻlasiz.

@NUU_students
👍13
❗️Eng taniqli oʻquv markazlardan biri Everest oʻz safini rus tili oʻqituvchilari bilan toʻldirmoqchi. Markazga 3 nafar rus tili oʻqituvchisi kerak. Eng muhim talab qilinadigan jihat oʻz sohasini sevuvchi, oʻz ishining professionali va shu sohada uzoq muddat ishlaydigan boʻlishidir!

👉 Batafsil

@NUU_students
👍17🥰2
#yordam

❗️DIQQAT MUHIM E’LON

⚡️Hurmatli talabalar! Zudlik bilan bir talabaga moddiy yordam kerak!

Koʻngillilar ixtiyoriy ravishda quyida koʻrsatilgan karta raqamiga koʻngildan chiqarib pul oʻtkazishingiz mumkin. Qancha tashlashingizdan qatʼiy nazar, bu savob!

✅ Ushbu eʼlonni imkon qadar tarqatishingizni soʻrab qolamiz!

Karta raqami:
9860080388087613

@NUU_students
👎16🕊13👍11🤔2🥴1
Yil talabasi nizomi.pdf
1003 KB
❗️“Yil talabasi – 2022” tanlovining buyrug'i va nizomi

@NUU_students
👍12🤣1
Ish izlayotgan talabalar diqqatiga!

❓O‘qishdan bo‘sh vaqtlaringizda foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lib, malaka oshirish hamda yaxshi daromad istagingiz bormi? Bitiruvchi kurs sifatida ish faoliyatingizni qayerda boshlash haqida o'ylab yuribsizmi?

☝️ Unda sizni Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilayotgan "Bo‘sh ish o‘rinlari" yarmarkasi taklif qilamiz.

📌 Yarmarka 2022-yilning 29-sentabr kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar Talabalar shaharchasidagi Beruniy xiyobonida bo'lib o'tadi.

Barcha talaba-yoshlarni, ayniqsa, bitiruvchi kurs talabalari va magistrlarni ushbu yarmarkaga taklif qilamiz. Siz o'zingizga munosib ish o'rnini topishingizga ishonamiz. Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

👉 Manzilni lokatsiyasini ko'rish

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi

@NUU_students
👍25
⚡️Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi professori Formanov Shakir Kasimovich «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

@NUU_students
👏67🏆35🎉7👍5🕊5🍌2😁1
#metrodagi_bitiklar

Ilmi tolib ustozi piri Komildan soʻradi:
— Ustoz, “Aqlli yo‘lak”ning aqli qayerda?
Ustoz javob qildi:
— Nomida))

@NUU_students
🤣78😁57👍7🕊3🐳1