O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#Birinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

Apple Stiv Jobs ketganidan keyin, muammolar girdobiga g’arq bo'lgan. “Stiv Jobs” kinosida kompaniyaning bir vakili Jobsdan ish joyiga qaytishini so’raydi. Stiv unga rad javobini beradi va uni “Kompaniyaga qaytishini so’rash, go’yoki odamni ikkinchi bor "Bu ish"ni qilishga undashdir” deb aytadi. O’tgan asr boshida "Bu ish"ni qilish uchun 32 dollardan 3100 dollargacha mablag’ kerak bo’lgan.

Diqqat savol: "Bu ish"ni qilish deganda nima nazarda tutilgan?

📬Javoblar uchun: @Universal_shovvoz

🛑Stop vaqti: 20:34:00
Javob: Titanik kemasiga chiqish.
Izoh: Sizga savolda aytib o’tilgan “g’arq bo’ladi” so’zlari biroz yo’nalish berishi kerak edi. Chipta narxlari 1-klass yo’lovchilar uchun 3100 dollar (hozirda 124 ming dollar), 3-klass yo’lovchilar uchun esa 32 dollar (hozirda 1300 dollar) bo’lgan ekan.
#Ikkinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

"G'aroyib olam" kitobining bir sahifasida italiyalik Jovani Viliotto haqida so'z boradi. Bu inson 35 yil davomida bir ishni 105 marta qilgan. Shu vaqt davomida 50 marta ismini ham o'gartirgan.

Diqqat savol: Shu sahifada eslab o'tilgan òzbekni toping?


📬Javoblar uchun:
@Universal_shovvoz

🛑Stop vaqti: 20:39:00
Javob: O'tkuriy.
Izoh: Jovani Viliotto 35 yil davomida 105 marta uylangan, 50 marta ismini ham ôzgartirgan. Bu ishlari bilan mashhur o'zbek esa Uyg'unning "Parvona" spektakli qahramoni O'tkuriydir.
#Uchinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

Yapon mafiasi bo'lmish yakudzaga a’zolikka qabul qilishning oziga xos marosimi bor. Bunda a’zolikka qabul qilinayotgan inson o'zi qo’shilayotgan klan rahbari bilan sintoizm ibodatxonasida "Bu ish"ni qilishadi. Olimlarning aytishicha, "Bu ish"ni har kun qilgan insonning IQsi "Bu ish"ni doimo qilmaganlardan ko'ra 3 punkt yuqori turarkan.

Diqqat savol: "Bu ish"ni ayting?

📬Javoblar uchun: @Universal_shovvoz

🛑Stop vaqti: 20:44:00
#Tòrtinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

Chingiz Aytmatov o’z xotiralarida: "Bolalik paytlarim, kattaroq yig’ilish bo’lib qolsa, oqsoqollar o’yinqaroq bolalarning g’ururini qo’zg’atish uchun ushbu o’yinni o’ynatar edi", deb yozadi. Bolalar birpasda jiddiy bo’lib qolishar va adashmaslikka harakat qilishar ekan. Hozirgi kunda bu o’yinda afsuski ko’pchilik yaxshi natijaga erisha olmaydi!

Diqqat savol: Bu qanday "O'yin" ekanligini aniq ayting.


📬Javoblar uchun: @Universal_shovvoz

🛑Stop vaqti: 20:49:00
Javob: Yetti (avlodi) ota-bobosining nomini aytib berish o’yini.
#Beshinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

Turli mamlakatlar bayroqlarida turli xil predmetlarni uchratish mumkin. Masalan, Mozambik davlat bayrog‘ida Kalashnikov avtomati tasvirlangani barchamizga ma’lum.

Diqqat savol: Qaysi Yevropa davlati bayrog‘ida astronomik qurilma tasviri tushirilgan.


📬Javoblar uchun: @Universal_shovvoz

🛑Stop vaqti: 20:54:00
Javob: Portugaliya
Izoh: Portugaliya bayrog‘ida armillyar sfera – muhim astronomik va navigasion qurilma tasvirlangan, undan dengizchilar noma’lum dengizlarda buyuk geografik kashfiyotlar davrida keng foydalanishgan. Sfera milliy g‘urur ramziga aylangan va Manuel 1 Portugaliya qiroli uni o‘z bayrog‘iga qo‘shgan.