O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirishda maktab baholari hisobga olinadi 2023-yildan boshlab oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirayotganda ballga maktab attestatidan olingan oxirgi 6 yillik o‘qish baholari qo‘shiladi. Ya’ni, 6-11-sinflar yoki 6-9-sinflar…
❗️Maktabda 5 bahoga o'qigan o'quvchi kirish imtihonlarida qo'shimcha 5 ball egasi bo'lishi mumkin.
✅ 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy o‘quv yurtiga kirish ballariga 11 yillik o‘qishning so‘nggi 6 yilidagi maktabni bitirganlik to‘g‘risidagi guvohnomadan olingan baholar qo‘shiladi.
Maksimal ball 100 foiz deb hisoblanadi va ballar baholash tizimiga quyidagicha tarjima qilinadi:
• 86-100% - 5 ball;
• 71-85% - 4 ball;
• 56-70% - 3 ball;
• 56% gacha - 2 ball.
@NUU_students

👍47😁18👎10🤯3🎉1
❗️Bugun kontrakt toʻlashning so'nggi kuni
2022/2023 oʻquv yilida OTM talabalari uchun kontraktni toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 20-yanvariga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan edi.
Bu uzaytirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:
➖ to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
➖ o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖ va qayta tiklangan talabalar uchun.
Eslatma: kontraktni vaqtida to'lamaslik, talabani talabalar safidan chiqarishga asos bo‘ladi.

👎15👍4😁2👏1
❗️Talaba lug’ati!
▪ Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili”
▪1-avgust – “Asrga tatigulik kun”
▪ Imtihon – “Dahshat”
▪ Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol”
▪ Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor”
▪ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling”
▪ Universitet – “Javohirlar sandig’i”
▪ Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin”
▪ Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr”
▪ Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar”
▪ Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
▪ Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik”
▪ Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni”
▪ Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi”
▪ Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari”
▪ Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni”
▪ Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari”
▪ Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi”…

🤣58👍21❤5👀2
❗️Qishki taʼtil yana uzaytirilishi mumkinmi? Yakuniy nazoratlar onlayn boʻlishi-chi?
Koʻplab Telegram kanallari orqali qishki taʼtil uzaytirilgani, taʼtil 1-fevralgacha davom etishi mazmunidagi postlar aylanib yuribdi. Bu qanchalik haqiqat? Bu kabi xabarlar hozircha haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, sababi hokimliklar tomonidan qishki taʼtil 22-yanvarda tugashi va 23-yanvardan oʻquv mashgʻulotlari an’anaviy tarzda boshlanishi belgilangan.
Yana yakuniy nazorat imtihonlari onlayn tarzda oʻtkaziladi kabi yolgʻon maʼlumotlar ham aylanib yuribdi. Afsuski bu ham haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Qishki taʼtil 22-yanvarda tugab, 23-yanvardan darslar boshlansa, shundan soʻng yakuniy nazoratlar oʻtkaziladi. Ayrim fakultetlar allaqachon yakuniy nazorat imtihoni kunlarini belgilab, eʼlon qilib boʻlishgan.
Yakuniy nazorat imtihonlari onlayn oʻtkaziladi kabi xabar tarqatayotganlar kanal obunachilarini koʻpaytirish maqsadida shu kabi xabarlarni tarqatishmoqda. Har qanaqangi rasmiy xabarlarni ishonchli manbalardan oʻqishga odatlaning! Oʻzbekiston Milliy universitetiga oid yangiliklarni birinchilardan boʻlib, eʼlon qilamiz kanalimizdan uzoqlashmang!

👍64👎21🤔3🤯1
❗️Rasman: O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi.
“Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanadi” — deya xabar qilmoqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati

🤬110👍27👎16👏8🤡4😢3🥴2🔥1😁1💔1🗿1
Yangi tartibga koʻra, ertalabki smenada tahsil oluvchi talabalarga dars mashgʻulotlari 8:00 da boshlanadigan boʻldi, 2-smenadagilar uchun soat nechada boshlangani maʼqul?
Anonymous Poll
43%
13:00. Erta boshlanib, erta tugagani yaxshi
32%
14:00. Oldingi vaqt biz uchun qulay
11%
13:30. Biz uchun qulay vaqt
13%
Istalgan vaqt biz uchun qulay
👎61👍18
SESSIYA
Yetib keldi o'sha sana,
Yana ko'zlar yoshlandi.
Ustoz shogird jangi mana
SESSIYA ham boshlandi.
KITOB yuzin ko'rmas aslo,
Baxonalar to'qiydi.
Talaba shu BESH OY YALLO,
IKKI HAFTA o'qiydi.
Ichida bir qayd yo'q daftar,
To'ldirilar tongacha.
Fakultetda itdek kezar,
Ertalabdan shomgacha.
Domla so'zi qonun bilgil,
Buni boshqa atash yo'q.
So'zin ikki qilish tugul,
Hatto yomon qarash yo'q.
Uztoz haqdir bu jang aro,
Yarashadi g'alaba.
Baxo kerak, yo'qdir chora,
Bosh egadi talaba.
To'lib ketar KUTUBXONA,
Hayron stul, partalar.
KITOBJAVON changlari ham,
Besh oyda bir artilar.
Mustaqil ish, referatlar,
Narxi osmon bo'ladi.
Kanstavarchi u okalar,
Kissasi liq to'ladi.
G'am bilmagan yigit-qizlar,
Besh oydir-ki beboshdir.
Kecha AJDAR talabalar,
Bugun QO'Ydek yuvvoshdir.
UCHchilar-ku shukr aytar,
Ularga baxt o'tgani.
HAYDALGANlar yig'lab qaytar,
- Peshonaga bitgani.
TO'RT ham judaa yaxshi baxo,
Bilimi bor chopadi.
Lek domlalar bilmay goxo,
Oyog'idan tortadi.
BESHni orzu qilar ko'ngil,
Achkini taq, shimar yeng.
HARAJATsiz HARAKAT bil,
Albatta-ki NOLga teng.
Dallol bo'lar uch xil molga,
Gapchan gurux sardori.
O'zi tekin yopar shunga,
Bermas hamma qatori.
Ko'z yumadi ba'zi domla
Tiyolmasdan nafsini.
To'lab olar shu bahona,
Olti oylik qarzini.
Domlada hech ayb yo'q inim,
Bilim berdi, o'tdi dars,
Balki bunga bordir haqqi,
TALABALAR AQLI PAST.
So'zing yolg'on dema aslo,
Jonni vijdon cho'qiydi.
Talaba shu BESH OY YALLO,
IKKI HAFTA o'qiydi.
Yilda ikki bora bo'lgay,
Ikki hafta bunday jang.
Kimdir arang omon qolgay,
Yana kimning holi tang.
,,Uch yil'' ,,Besh yil'' ,, Yetti yil''mas,
Bu ,,Yuz yillik urush''dir.
Talabaga chiniqish va,
Kelajakni qurishdir.
O'tib ketar bu damlar ham,
Qolar yillar ortida.
Bir o'yindir bular bari,
HAYOT JANGIN oldida.
Haq so'zini sevar dilning,
Oqqa bitdim dil so'zin.
Ranjib yurmang ushbu she'rim,
Yarmi hazil yarmi chin.
So'ngi gapim og'ir botar,
Haq gap og'ir albatta.
STUDENTni narxlar bozor.
HO'KIZ o'qir Toshkentda.

👍57😢21👎4🔥3🤣2💔2❤1
❗️Nima deb oʻylaysizlar, ayni vaziyatdan kelib chiqib, 1-2 haftaga taʼlim shaklini onlayn koʻrinishga oʻtkazish kerakmi yoki an’anaviy boshlash kerakmi?
@NUU_students
@NUU_students
👍574👎60🤬33👌6⚡4❤3🤔3
❓Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?
✅ Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.
Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.
Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.
Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
❓Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?
Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

👍35🥴7👎2🤡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍36😁24😐14🤣3🤩2🔥1
❗️ESLATMA: Ertadan universitetimizda dars mashgʻulotlari an’anaviy tarzda boshlanadi.
Ertalabki smenadagi darslar boshlanish vaqti 8:00 ga koʻchirilgani esingizdan chiqmasin.
@NUU_students
Ertalabki smenadagi darslar boshlanish vaqti 8:00 ga koʻchirilgani esingizdan chiqmasin.
@NUU_students
👎121👍25😢15🥱12🥴8🫡5😁3❤1🔥1
❗️O‘zbekistonda 23-yanvar kuni harorat 19 darajagacha soviydi
«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, 23-yanvar kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 19 daraja sovuq, kunduzi esa 7 darajagacha sovishi kutilmoqda.
P.s: Menimcha, taʼlim shaklini 1-2 haftaga onlayn koʻrinishga oʻtkazishni oʻylab koʻrish kerak.

👍238😁27👎23🤣3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁59🤣51👎4👍3🔥3❤2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat
Auditoriyaga kirib hamma oʻtirishi shart degan topshiriq yoʻq — Vazirlik mas’uli
Bugun, 23-yanvardan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini boshlashga ruxsat berildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament rahbari A.Xoliqov ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzasidan munosabat bildirdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

👍25🤬7🤪4👎1
❗️O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida respublikada davom etayotgan anomal sovuq davri tugagunga qadar o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha quyidagi yengilliklar taqdim etilgan:
— Yаkuniy nazorat topshiruvchi talabalar uchun shaxsiy reja asosida anomal sovuq davri tugagandan (1-fevraldan) keyin universitetga kelib imtihonlarni topshirish imkoniyati berilgan;
— Talabalar xohishlari bo‘yicha yakuniy nazoratlarni universitetga kelmasdan masofaviy shaklda o'tkazilishi uchun sharoit yaratilgan.
Izoh: Yakuniy nazoratlarning tasdiqlangan grafik bo‘yicha topshirishni xohlovchi talabalar uchun 23-yanvardan imtihonlarni topshirish jadvali saqlanib qolinadi.

👍80🤬24👎6🔥2🤯2😱2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida respublikada davom etayotgan anomal sovuq davri tugagunga qadar o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha quyidagi yengilliklar taqdim etilgan: — Yаkuniy nazorat topshiruvchi talabalar…
“Talabalar xohishlari bo‘yicha yakuniy nazoratlarni universitetga kelmasdan masofaviy shaklda o'tkazilishi uchun sharoit yaratilgan” degan joyini hisobga olsak, xohishimizga koʻra, sessiyani onlayn topshirishimiz mumkin :)
@NUU_students
@NUU_students
👍169🤬17❤8👎4🤯4👏3😱3😁2🎉2🤩2🤔1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida respublikada davom etayotgan anomal sovuq davri tugagunga qadar o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha quyidagi yengilliklar taqdim etilgan: — Yаkuniy nazorat topshiruvchi talabalar…
❓Qay birini tanlagan boʻlardingiz?
Anonymous Poll
18%
1-fevraldan keyin yakuniy nazoratlarni topshirishni
71%
Yakuniy nazoratlarni oʻz vaqtida masofaviy topshirishni
12%
Hech birini
👍101😁22👎7🔥5🤯4✍2🏆1
❗️O‘zbekistonda havo harorati yana sovib ketishi kutilmoqda
23-yanvar kuni bosh vazir yig‘ilishida Gidrometeorologiya xizmati tomonidan 23-27-yanvar kunlari respublikaning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi va havo harorati joylarda kechasi -5...-18 daraja sovushi prognoz qilinayotgani aytilgan.

🤯84😱24😁12🤬11🎉4👍3🥰3🤡1