#diqqat
❗️Vazirlar mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qaroriga koʻra bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatini sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
@NUU_students

👎59👍22🤬8😁4🤣3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ijtimoiy so'rovnoma
Toshkent shahridagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida ayrim OTMlarda dars soatlari oʻzgartirilgandi. Bu boʻyicha esa jurnalistlar talabalar orasida soʻrovnoma oʻtkazdi. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin.

🥱26👍9🔥2
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

👍16🔥2❤1🤔1
❗️OTMda ta’lim olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-23-o‘quv yili boshida respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgan.
Shundan:
🧑🎓Talaba yigitlar – 544,8 ming nafar
👩🏻🎓Talaba qizlar – 495,6 ming nafar
2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

😱29👍19
❗️Tarix fakulteti Tarix yoʻnalishi 3-bosqich 109-2 guruh talabalari Oʻzbekiston tarixi telekanalida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqidagi koʻrsatuvda ishtirok etishdi.
@NUU_students
@NUU_students
👍26👎3🔥2
❗️Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi.
2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.
Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

👍14❤1
👍41
❗️3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin!
Hukumatning “Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

👍33🥰4👎2
❗️RASMAN: Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil oluvchi 2022-2023-o‘quv yilining I yarim yilligi fanlaridan akademik qarzdor boʻlgan kunduzgi va kechki boʻlimning 1-, 2-, va 3-kurs talabalariga va magistratura mutaxassisliklarining 1-2-kurs talabalariga istisno tariqasida bir marta qayta oʻzlashtirish uchun 15-fevraldan 15-martga qadar muddat berildi.
@NUU_students
@NUU_students
👍39🤩9🫡5😭3⚡2🤡2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️RASMAN: Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil oluvchi 2022-2023-o‘quv yilining I yarim yilligi fanlaridan akademik qarzdor boʻlgan kunduzgi va kechki boʻlimning 1-, 2-, va 3-kurs talabalariga va magistratura mutaxassisliklarining 1-2-kurs talabalariga…
❗️Bu nima degani?
Hammani xabari bor, 1-semestr yakuniy nazorat imtihonlari yaqinda yakunlandi. 1-, 2- va 3-kurs talabalari kredit-modul tizimida oʻqishadi. Ular qaysidir fan imtihonidan oʻta olishmasa akademik qarzdor hisoblanishadi.
Kredit-modulga koʻra talaba biror fanni oʻzlashtira olmasa, oʻsha fan boʻyicha belgilangan kreditlarni toʻlaydi va fanni qayta oʻzlashtiradi.
Yuqoridagi yangilik boʻyicha belgilangan muddatda 1 marta bepul imtihon topshirishga imkon berildi. Agar bundan ham oʻta olishmasa, yozda qayta oʻqishga qolishadi.

👍30🤩4🔥1👏1
❗️Oldingi tizim boʻyicha oʻqiyotgan 4-kurs kunduzgi va kechki boʻlim talabalari uchun ham 15-fevraldan 15-martga qadar qayta oʻzlashtirish uchun muddat berildi.
Bunda, talaba 4 ta va undan koʻproq fandan akademik qarzdor boʻlsa, kursdan qoldiriladi.
15-fevraldan 28-fevralgacha birinchi muddatda fanlarni qayta oʻzlashtirishi uchun oʻzlashtira olishmasa 1-martdan 15-martgacha qayta oʻzlashtirish uchun tashkil etilgan komissiyaga topshirish tashkil etiladi.

👍26
#davra_suhbati
❗️Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga qarashli Talabalar turar-joylarida istiqomat qiluvchi talabalar bilan oʻtkaziladigan ochiq davra suhbatlari quyidagi sanalarda boʻlib oʻtadi:
• 1- va 2-sonli talabalar turar-joylari uchun — 16-fevral;
• 3- va 4-sonli talabalar turar-joylari uchun — 17-fevral;
• 5- va 9-sonli talabalar turar-joylari uchun — 18-fevral;
• 12- va 14-sonli talabalar turar-joylari uchun — 20-fevral;
• 16- va 18-sonli talabalar turar-joylari uchun — 21-fevral;
Ochiq davra suhbatlari belgilangan sanalarda 19:00 dan 20:30 gacha Vazirlik huzuridagi Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskani (Ziyoforum)da oʻtkaziladi.

👍20🥱6👎4🔥1
🏆 DIQQAT EʼLON
🥁 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida “Zakovat” intellektual oʻyini 2-tur bahslari boʻlib oʻtadi.
🧩 Ushbu musobaqa 17-fevral kuni soat 16:00 da fakultetning 124-xonasi oldida boʻlib oʻtadi.
🎯 Qatnashmoqchi boʻlgan jamoalardan quyidagi talabnomani toʻldirib, @Oybek_Jorayev Telegram manziliga yuborib qoʻyishlari soʻraladi.
🎗 Qoʻshimcha maʼlumotlar oʻyin oldidan aytib oʻtiladi. Oʻtgan oʻyinda gʻolib boʻlgan jamoalar ham aynan shu kuni oʻyin oldidan taqdirlanadilar!
🏆 Gʻolib boʻlgan jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.
📌 Shuningdek, 2 ta turli fakultetdan mehmon jamoalarni ham taklif qilganmiz:
• Ost End jamoasi (Tarix fakulteti);
• Madrid jamoasi (Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti);
❗️Qoʻshimcha maʼlumotlar @Zakovat_AMIT kanali orqali berib boriladi.

👍7
❗️Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida magistratura bosqichiga 2022-2023-o’quv yilining qishki qabuli bo'yicha tanlov natijalari e'lon qilindi.
@NUU_students
@NUU_students
❗️Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi, boshqa yo‘nalishlar uchun 5 yillik pedstaj talab qilinadi.
Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining quyidagi 14 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:
60110600 — Matematika va informatika
60110700 — Fizika va astronomiya
60110800 — Kimyo
60110900 — Biologiya
60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111400 — O‘zbek tili va adabiyoti
60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60111600 — O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
60111700 — O‘zga tilli guruhlarda rus tili
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60112000 — Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
60112500 — Maktab menejmenti
60112600 — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
Yuqoridagi koʻrsatilmagan pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.
Bunda, pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish istagida boʻlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi maʼlumotlar asosida belgilanadi.

👍29👎3😁3❤1🔥1
❗️DIQQAT QIDIRUV
Musulmonova Surrayoga tegishli plastika karta universitet hududida yoʻqotib qoʻyilgan.
Nogironlik pensiyasini olarkan, topib olganlar boʻlsa, quyidagi telefon raqamiga murojaat qilsin.
📞 +998942759703

👍15🕊8
❗️ASSALOM-U ALAYKUM!
Liga o‘yinlari savollari turdan-turga qiziq va yuqori kayfiyatdagi savollarga aylanib bormoqda. Hozirda birinchilikda ketayotgan jamoalardan biri Uylanmagan bojalar jamoasidan ajoyib savollar paketini kutib qolamiz.
Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Jurayev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Zakovat” ligasining 7-tur o'yini yakshanba kuni (19.02.2023) soat 12:00 da fakultet binosi 311-xonada bo‘lib o‘tadi!
Navbatchi jamoa: Uylanmagan bojalar
Ha aytgancha, shaxsiy o‘yin ham tashkillashtirilgan. 7-turning lotoreya o‘yiniga sovg‘alar O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri A. Xoliqulov va ushbu kafedra o‘qituvchilari tomonidan beriladi.
O'tgan turning sovg‘alar ham shu turda topshiriladi. Ligada ishtirok etmoqchi bo'lgan jamoalar! @baxtishodrashidov'ga murojaat qilishlari so‘raladi!

👍16🔥2
❗️Pomodoro texnikasi: Ishni samarali tashkil etishning sinalgan metodikasi.
1980-yillarda Francesco Cirillo tomonidan yaratilgan «Pomodoro Technique» bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metodni sizning ish yoki o’qish faoliyatingizga to’g’ri kelish-kelmasligini ushbu maqolamizni
o’qigach bilib olasiz.
Pomodoro Texnikasi nima o’zi?
Pomodoro Technique yoki Pomidor Texnikasi – vaqtdan samarali foydalanish metodi bo’lib, belgilangan vazifaga maksimum diqqat e’tibor bilan, ortiqcha ruhiy bosimlarsiz erishish uchun ishlab chiqilgan. Agar siz qisqa vaqt ichida ma’lum bir belgilangan maqsadga ortiqcha aqliy va jismoniy zo’riqishlarsiz erishmoqchi bo’lsangiz, unda bu metod aynan siz
uchun.
Jarayon juda sodda: belgilangan loyihaga sarflamoqchi bo’lgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik «davr»larga bo’lib olasiz va xar bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Xar bir 25 daqiqa «pomodoro» deb ataladi. Bu so’z italyanchasiga pomidor degani bo’lib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan. Keyinchalik bu butun jarayon nomiga aylanib ketgan. Xar 4 ta «pomodoro» keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.
Samaradorlik qayerda?
— Tadqiqotlarga ko’ra, biror bir loyihani amalga oshirishda eng katta to’siq bu o’z-o’zini nazorat qila olmaslik hisoblanadi. Yuqoridagi metod orqali siz qisqa vaqt ichida kichik vazifalarni bajarishingiz kerak. Bu esa odatdagi zo’r berib ishlashdan ancha osonroq va nazorat qilishga qulay.
— Ish jarayonida sizga xalal beruvchi va chalg’ituvchi mayda detallar aslida siz o’ylaganizdan ko’proq vaqt va diqqatingizni olib qo’yadi. Pomidor texnikasi orqali siz tashqi chalg’ishlarni ham nazorat qilishingiz mumkin. Timerni 25 daqiqaga qo’yib ishga kirishganizda o’zi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa tashqi omillarga chalg’imaslik kerakligini eslatib turadi. Xar bir *«pomodoro»* dan keyin qilinadigan 5 daqiqalik tanaffus esa, diqqatingizni yana ishga jamlab olish uchun sharoit yaratib beradi.
— Bu metod sizni vaqtni qadrlashga o’rgatadi. Shuningdek, bu jarayon orqali siz o’z imkoniyatlaringiz haqida chuqurroq bilib olasiz. Bir necha kunlik mashg’ulotlar natijasida ma’lum bir ishni udallash uchun sizga nechta *«pomodoro»* kerak bo’lishini aniq bilib olasiz.
— Pomidor texnikasi-sizni mukammallikka o’rgatadi. Bunda har bir *«pomodoro»* yangi bir imkoniyat, avvalgisida qilgan kamchilik va xatolarni keyingisida to’g’irlab, samaradorlikni yanada oshirib borishingiz mumkin.
Yuqoridagi metod sizning ish uslubingizga yoki ish jarayonni o’ziga mos kelmasligi mumkin. Lekin ko’p holatlarda bu sizga kundalik vazifalarni bajarishda va to do-listingizni yengillashtirishda qo’l kelishi mumkin. Eng asosiysi esa, bu mutlaqo tekin! Albatta, agar siz pomidor shaklidagi oshxona soatini sotib olishga pul sarflamoqchi bo’lsangiz bemalol. Lekin, timer uchun smartfoningiz yoki istalgan turdagi vaqtni ko’rsatuvchi qurilma to’g’ri keladi.

👍20🔥3🥱1😐1
❗️Navroʻz ayyomida Oʻzbekistonda 5 kun dam berilishi kutimoqda!
• 18-mart (shanba) - dam olish kuni
• 19-mart (yakshanba) - dam olish kuni
• 20-mart (dushanba) - qoʻshimcha dam olish kuni
• 21-mart (seshanba) - bayram
• 22-mart (chorshanba) - qoʻshimcha dam olish kuni

👍112👎12🔥6👏4😁3😭2🎉1