O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foydali
#videoyo’riqnoma

⚡️Talabalar kontrakti uchun qilingan to’lovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
🔹kontrakt;
🔸nodavlat bog’cha va maktablar;
🔹ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍7
❗️Oʻzbekiston Milliy universiteti Round University Ranking 2023-yilgi natijalari boʻyicha dunyo reytingida 689-o‘rinni (o‘tgan yilgiga nisbatan 95 oʻringa yuqoriladi), taʼlim sifati boʻyicha 249-o‘rinni egalladi.

@NUU_students
👍71🤣23❤5👎4❤‍🔥3👨‍💻3🔥2😁2🥱2🥰1👌1
❗️B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolarga xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–162-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi

@NUU_students
👍12🔥4
🏆 U-20 Jahon chempionati

3-tur uchrashuvlaridan keyin “A” guruhining jadvali.

🇦🇷 Argentina va 🇺🇿 Oʻzbekiston 1/8 finalga yoʻl oldi

@NUU_students
👍27
​#Qabul_2023

Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutmoqda?

✅ Bu yilgi test sinovlariga 30 mingga yaqin testlar tayyorlandi.

✅ Yengil va qiyin darajadagi savollar bitta variantda 15% dan 25% gacha bo‘lishi mumkin. O‘rta qiyinlikdagi savollar esa bitta variantda 50% dan 70% gachani tashkil qiladi.

✅ Test sinovlari 92 ta yopiq binoda o‘tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta’minlanadi.

✅ 1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

✅ Har bir abituriyentning natijasi 24 soatda e’lon qilinadi. Buni shaxsiy kabinet orqali bilib olishi mumkin.

✅ Bugun 48 ta imtiyoz turlari mavjud. Sayt orqali bu haqda ma’lumot olishingiz mumkin.

✅ Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchilar 10-iyulgacha hujjat topshirishlari kerak.

✅ Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50%ga kamaytirilgan. Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

@NUU_students
👍24😁5😢4❤2🔥1
🔵 Talabalar o'rtasidagi Xalqaro matematika musoboqasi (IMC) oltin medal sovrindori

🔵 Ulug'bek nomidagi davlat stipendiyasi sohibi va yana bir qancha stipendiyalar sovrindori

🔵 "Bilim uchun 100 million" megatanlovi g'olibi o'zimni qadrdon o'rtog'im Jahongir To'rayev telegramda shaxsiy blog ochibdi, barchaga tavsiya qilaman:

✅@jahongirturayev
👍6👏3
Ertaga 29-may kuni soat 9:00da OʻzMU asosiy binosi old tarafida “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida “Milliy universitet — keng imkoniyatlar maskani” deb nomlangan festival boʻlib oʻtadi. Qiziquvchilarni taklif qilamiz!

@NUU_students
👍22🤔5🥱3👏1
❗️O'qishni ko'chirish uchun endilikda my.uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tiladi

Davlat test markazining nomi va huquqiy maqomi o'zgartirilgani sababli barcha rasmiy sahiflari nomini ham o'zgartirmoqda.

Shu sababli endilikda test sinovlari uchun abituriyent va "perevodchi"larni ro‘yxatga olish, ruxsatnomalarni tarqatish, natijalarni e’lon qilish kabi xizmatlar my.dtm.uz sayti orqali emas, balki my.uzbmb.uz sayti orqali ko‘rsatiladi.

@NUU_students
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍27👎11🥱7🔥1🤯1
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

➖to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).

❗️Ma’lumot o‘rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

@NUU_students
👍15👏2😁2
“O‘zbekiston Milliy universiteti — keng imkoniyatlar maskani” degan yozuvni oʻqib, “Yakuniyni qayta topshirishga imkoniyat berisharmikan?” deb oʻtiribsizlarmi?

@NUU_students
😁118👍18🌚5🤣4💯3🤯1
​​❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

✅ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb tushuniladi;

✅ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

✅ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

✅ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

✅ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

✅ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

❗️ Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kishiga beriladi, deb xato o‘ylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi.

🔥 Tavsiyanomalar soniga cheklov yo‘q, necha kishi to‘g‘ri kelsa, barchasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota, xolos. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo‘lsa, shularning orasidan 2 ming kishi qo‘shimcha kvotada talabalikka qabul qilinadi.

‼️ Tavsiyonoma berildi degani, o‘qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi.

@NUU_students
👍4
Yakuniyni shunaqa yozish kerak :)

@NUU_students
🤣165😁6👍3👎3⚡1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

❓ Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkin?

✅ Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

👉 Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5️⃣ tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

👉 Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

👉 Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, 1️⃣-sini kunduzgi, 2️⃣-sini kechki, 3️⃣-sini sirtqi, 4️⃣-masofaviy.

👉 Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

@NUU_students
👍7👎1
🤣92👍5😁4👎2🥱1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❔ Ta’lim yo’nalishini o‘zgartirmasdan ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi?

Talaba bir OTM doirasida ta’lim shaklini o’zgartirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza qoldirishi mumkin.

Ariza OTMning qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

✅ Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida ma’lumot berildi.

@NUU_students
👍9
❗️Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi — vazir

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qabulga oid jonli efirda ma’lum qilishicha, 2023-yil magistraturaga faqat bir marta yozda qabul bo‘ladi.

"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi", dedi vazir.

Ma'lumot uchun: o'tgan yili magistraturaga qishki va yozgi qabul o'tkazilgandi.

@NUU_students
👍18👎5
❗️Uzbekistan Airways yoshlar oyligi munosabati bilan 14-30 yoshdagi yoshlar uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga 9-30-iyun kunlari 15% chegirma taqdim etmoqda.

@NUU_students
👍18
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
“O‘zbekiston Milliy universiteti — keng imkoniyatlar maskani” degan yozuvni oʻqib, “Yakuniyni qayta topshirishga imkoniyat berisharmikan?” deb oʻtiribsizlarmi? @NUU_students
❗️2022/2023-o‘quv yilining II semestridan akademik qarzdor boʻlgan kunduzgi va kechki bo‘limlarning 1-, 2- va 3-kurs talabalariga, magistratura mutaxassisliklarining 1-kurs talabalariga, shuningdek, kechki va sirtqi boʻlimlarning 4- va 5-kurs talabalariga istisno tariqasida bir marta qayta oʻzlashtirishlari uchun 12-iyundan 30-iyungacha boʻlgan muddat berildi.

@NUU_students
👍44🥴11👎3😱2