O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

@NUU_students
👍15🤗3
2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdori

💾 PDF shaklida yuklash


2023/2024-o‘quv yili uchun ham ushbu qiymat oʻzgarishsiz qoldirilmoqda.

@NUU_students
👍3❤1😁1🤗1
#Super_kontrakt

2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori

💾 PDF shaklida yuklash

@NUU_students
👍9👌2🤗2
Koʻpchilik oliy taʼlimda oʻsish bor deydi. Menimcha, ular faqat diplomdagi oʻsishni aytishsa kerak. Imkoniyatlari emas, hajmi oʻsmoqda))

@NUU_students
😁67👍12😢11🤗2❤1🤣1
❗️Oʻzbekiston Milliy universiteti magistraturasiga toʻlov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar devonxona*ga oʻz kontrakt miqdorini budjetdan qoplab berish xususida ariza yozishlari mumkin. Prezident qaroriga muvofiq magistratura boʻlimida tahsil oluvchi barcha xotin-qizlarning kontrakt pullari toʻlab beriladi.

*Devonxona rektorat binosida joylashgan.

@NUU_students
👍20😁6👎2🤗2
❗️Kontrakt qog‘ozi berilishi boshlandi.

kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

❗️Quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

• magistraturaga kirganlar;
• super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
• “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
• “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.


@NUU_students
👎7👍1
❗️RASMAN: Stipendiyalar miqdori oshirildi.

Qozogʻistonda 1-sentabrdan boshlab stipendiyalar miqdori oshirildi.

@NUU_students
🤣196😁19🥴7👎4👍3🤩1🤡1🤗1
#to‘lov_kontrakt

Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍9
❗️Hurmatli talabalar!

Quyidagi link orqali ovoz berib maktab taʼmiri uchun oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin. Ushbu rasmda koʻrsatilgan maktab uzoq muddatdan beri ta'mirtalab boʻlib qolmoqda.

Ushbu savobli ishda ishtirok eting: https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/474c26f2-e95f-49bc-9f69-33bd03bdd23d

@NUU_students
🥴18🤔5👍4👎2😁2❤1💔1
❗️Superkontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi.

Abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali superkontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin.

Amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga superkontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud.

Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Eslatma: Superkontraktlar uchun imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

Tijorat banklari oʻz imkoniyatlariga koʻra tijoriy taʼlim kreditlari berishi mumkin.

@NUU_students
👍4❤2
Tugʻilgan kunim barchangizga muborak boʻlsin :)

@NUU_students
🎉135😁40🤣31👎6🤡5❤3👏3🔥2😱2🌭2🥰1
❗️Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.

2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

➖ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);

➖ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).

❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.

3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:

➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.

@NUU_students
👍14
❗️Super-kontraktda 2-3-4-5-yoʻnalishlardan birini tanlasa bo‘ladimi?

✅ Hozirgi
vaqtda faqat tanlangan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun imkoniyat berilgan.

Biroq o‘tgan yili Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beril super kontraktda oʻqishiga ruxsat berilgan edi.

Joriy yilda ham ruxsat berilsa, kanalimiz orqali xabar beriladi.

@NUU_students
👍9
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil oluvchi SIRTQI TAʼLIM YOʻNALISHI talabalari uchun oʻquv jarayonlari yil davomida quyidagi vaqt oraliqlarida boʻlib oʻtadi:

1-kurs talabalari uchun:
— Tanishtiruv mashgʻulotlari: 9-oktabrdan 19-oktabrgacha;
— 1-semestr: 8-yanvardan 31-yanvargacha;
— 2-semestr: 1-maydan 31-maygacha;

2-kurs talabalari uchun:
— 1-semestr: 1-dekabrdan 26-dekabrgacha;
— 2-semestr: 1-apreldan 31-aprelgacha;

3-kurs talabalari uchun:
— 1-semestr: 1-noyabrdan 30-noyabrgacha;
— 2-semestr: 1-martdan 31-martgacha;

4-kurs talabalari uchun:
— 1-semestr: 2-oktabrdan 31-oktabrgacha;
— 2-semestr: 1-fevraldan 29-fevralgacha;

5-kurs talabalari uchun:
— 1-semestr: 4-sentabrdan 30-sentabrgacha;
— DAK: 1-maydan 11-maygacha;

@NUU_students
👍18🔥1👏1
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil oluvchi MASOFAVIY TAʼLIM YOʻNALISHI talabalari uchun oʻquv jarayonlari yil davomida quyidagi vaqt oraliqlarida boʻlib oʻtadi:

1-kurs talabalari uchun:
— Tanishtiruv mashgʻulotlari: 4-sentabrdan 9-sentabrgacha;
— 1-semestr: 11-sentabrdan 23-dekabrgacha;
— 2-semestr: 22-yanvardan 4-maygacha;

2-kurs talabalari uchun:
— 1-semestr: 11-sentabrdan 23-dekabrgacha;
— 2-semestr: 22-yanvardan 4-maygacha;

@NUU_students
👍15❤2
❗️Olingan xabarlarga ko’ra, tez orada super-kontrakt bo’yicha ayrim tartiblar tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bunda beshta yo’nalishga ham kira olmaganlarga istalgan yo’nalishni tanlash huquqi (hozirda faqat birinchi yo’nalishga mumkin), shuningdek ikkinchi yoki undan keyingi yo’nalishlarga kirganlar uchun birinchi yo’nalishda super-kontraktda o’qish huquqi berilishi mumkin.

@NUU_students
👍8
Toshkent shahri havoning ifloslanishi bo'yicha 7-o'rinda

@NUU_students
😱35😢5👎2❤1
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil oluvchi MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI talabalari uchun oʻquv jarayonlari yil davomida quyidagi vaqt oraliqlarida boʻlib oʻtadi:

1-kurs talabalari uchun:
— 1-semestr: 4-sentabrdan 23-dekabrgacha;
— 2-semestr: 22-yanvardan 11-maygacha;

2-kurs talabalari uchun:
— 1-semestr: 4-sentabrdan 23-dekabrgacha;
— 2-semestr: 22-yanvardan 11-maygacha;
— DAK: 27-maydan 15-iyungacha;

1-kurs (2022/2023-o‘quv yili qishki qabul) talabalari uchun:
— 1-semestr: 4-sentabrdan 23-dekabrgacha;

2-kurs (2022/2023-o‘quv yili qishki qabul) talabalari uchun:
— 2-semestr: 22-yanvardan 11-maygacha;
— DAK: 27-maydan 15-iyungacha;

Yuqoridagilarning barchasi uchun 1-yarim yillik yakuniy nazoratlari 8-yanvardan 20-yanvargacha, 2-yarim yillik yakuniy nazoratlari esa 13-maydan 25-maygacha boʻlgan oraliqlarda boʻlib oʻtadi.

@NUU_students
👍11
❗️Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda.

2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:

➖talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

➖ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👎22👍9