❗️Bakalavrga, magistraturaga kirishda maksimal ball – IELTS sertifikatidan qanday foydalanish kerak?
IELTS – The International English Language Testing System imtihoni ingliz tilida so'zlashiluvchi yoki boshqa xorij davlatlarida ishlash, o'qish, migratsiya qilish imkonini beruvchi imtihon.
IELTS 4 ta qobiliyatni baholaydi: o'qish, eshitish, yozish va gapirish.
Talabgor 1 dan 9 ballgacha baholanadi. Imtihonni British Council, IDP IELTS va Cambridge University Press & Assessment orqali topshirish mumkin.
IELTSni bepul o'rganish ham mumkin. Buning uchun bepul manbalar bor:
➖British Council website;
➖Cambridge English;
➖ English-exam.org;
➖idp.com
➖IELTSbuddy.com
➖ ielts.org.
@NUU_students

IELTS
About IELTS
Originally launched in 1980, IELTS is the International English Language Testing System, trusted by governments, employers, and thousands of universities…
👍18
❗️2-oktyabr — dushanba kuni ham dam olish kuni bo‘ladi
Yangi Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Ilgari bunaqa qoida yo‘q edi, masalan, Navro‘z bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda 2 ta dam olish kuni bittada o‘tib ketardi. Endi bunday bo‘lmaydi va dam olish kuni bayramga to‘g‘ri kelsa, unda ko‘chiriladi.
O‘zbekistondagi birinchi ana shunday amaliyot 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Yaʼni ushbu bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun, 2-oktabr — dushanba kuni ham dam olish kuni sifatida belgilandi.
Maʼlumot uchun: 2024-yilda 2 ta bayram dam olish kuniga to‘g‘ri keladi, bular: 1-sentabr — Mustaqillik kuni hamda 8-dekabr — Konstitutsiya kuni. Demak, mana shu ikkala bayramda ham 2-sentyabr hamda 9-dekabr dushanba kunlari dam olish kuni bo‘ladi.

👍31👏6❤2😁2🥰1
❗️Talabalar qancha stipendiya oladi?
Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.
🔴Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
🔴Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.
✅ Nomdor stipendiyalar:
🔵Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
🔵Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.

👍15😢7
❗️"Yoshlar daftari"ga kirganlarning o‘quv markazida o‘qish pullari to‘lab beriladi.
Bunda daftarga kirgan yoshning ilm-fan, sport, madaniyat yo'nalishlarida o‘qishi uchun uzog‘i 6 oygacha, har oy 1 BHM — 330 ming so‘m to‘lab beriladi. Bunda mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha, har oy 4 BHM — 1,3 mln so‘mgacha pul ajratiladi.
Kursda o‘qimoqchi bo‘lgan yosh o‘zi va o‘quv markazi o‘rtasidagi shartnomani taqdim etishi kerak.
Respublika bo‘yicha "Yoshlar daftari"ga kirganlar o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘quv markazlari ro‘yxatlari mavjud. Undan hamma o‘z hududiga yaqinini topib tanishishi mumkin.
Ro‘yxat
Eslatma: 6 oygacha pul ajratilgach, bu muddatda subsidiya olayotgan shaxs o‘quv kursida o‘qishi kerak. Buni yoshlar yetakchisi tekshirib turadi.

👍10
❗️Endi o‘qituvchilarning farzandlariga ham imtiyoz beriladi
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli ro‘yxatga asosan qabul qilinishi belgilanmoqda.
Bu haqda bugun, 29-sentabr kuni Oliy majlis Senatining qirq beshinchi yalpi majlisi kun tartibidan o‘rin olgan va senatorlar tomonidan ma’qullangan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

👍22👎19❤1
❗️Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz beriladi?
Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
✅ yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi:
• ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
• chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
• mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
• hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
✅ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
• umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
• vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

❤7👍5🥰1
❗️"Yoshlar daftari"ga kirganlarning "prava"ga o‘qish puli to‘lab beriladi
Qonunchilikka ko‘ra, daftardagi yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplanadi. Bu miqdor — BHMning 4 baravarigacha, 1 mln 320 ming so‘mgachani tashkil qiladi.
Buning uchun avtomaktabda o‘qishni istagan yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.
Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, STIR, o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va umumiy muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
O‘qish pulini qoplab berish-bermaslik haqida o‘rtacha 8 kun ichida javob beriladi.

👍14
❗️Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo'llash mumkinmi?
Sinov muddati uzog'i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.
✅ Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 84-modda):
👉 homilador ayollar;
👉 uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
👉 korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
👉 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.
Bundan ko'rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo'l qo'yilmaydi.

👍15👎2🔥1
Ijtimoiy tarmoqlarda OʻzMU prorektori Muhammadiyev Jabbor domla va murojaatchi ayol bilan bogʻliq vaziyat aks etgan video tarqaldi.
Ushbu vaziyat uchun bir tomonni ayblash umuman nooʻrin. Sababi vaziyatni aslida qanday boʻlganini hech kim bilmaydi. Ehtimol, bu atayin uyushtirilgandir, hozircha esa hech nima nomaʼlum.
Domla haqidagi fikrim ijobiy. 2-kursda oʻqib yurganimda “Kompyuter grafikasi” fanidan dars bergan. Barcha talabalar bilan yaxshi chiqishgan va biror marta asabiy holatga tushmagan. Domlani yaqindan tanigan insonlar u kishining aslida qanchalik bosiq inson ekanligini bilishadi.
Shuni aytishim mumkinki, bu video toʻliq emas. Vaziyat toʻliq aks etmagan. Maslahatim esa, rasmiy munosabat berilmaganiga qadar turli xil fikrlarni toʻgʻri deb qabul qilmaslik kerak. Umid qilamizki, barchasiga adolatli hukm chiqariladi.

👍67👏5🌭5😁4👎3❤2🤯2
❗️Ikkinchi oliy ta'limga qo'shimcha yoki tabaqalashtirilgan kontrakt shartnomasini berish tartibi
1 👉 Fakultet masʼullari talabani HEMIS tizimiga talaba toifasini "ikkinchi oliy (superkontrakt)" ni tanlash orqali kiritadi.
2 👉 Talaba kontrakt.edu.uz tizimida toʻlov-kontrakt shartnomasiga ariza yuborishda HEMIS bazasi orqali yuborish tugmasini tanlaydi.
3 👉 Universitet buxgalteri shartnomani shakllantirayotganda kontrakt miqdorini tahrirlash imkoniyati mavjud.
Ma'lumot uchun ikkinchi oliy ta'limda bazaviy kontrakt shartnoma summasini berish uchun HEMIS tizimiga kiritishda talaba toifasini "Oddiy" ni tanlash orqali kiritiladi.

👍4
❗️Bu yilgi qishda ayrim OTMlar ko‘mir bilan isitiladi.
Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, jami 115 ta davlat OTMining 51 tasi ko‘mir bilan isitishga moslashtirildi. Bu qishda ular ko‘mir bilan ham isitilishi mumkin.
Kollej, texnikumlar uchun esa 31,7 ming tonna ko‘mir sotib olingan.

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
😁29😱14👍5🕊1
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida “Men donorman” deb nomlangan qon topshirish xayriya aksiyasi boʻlib oʻtadi.
Ushbu xayriya 12-oktabr kuni soat 10:00 da universitet hovlisida boshlanadi.
@NUU_students
Ushbu xayriya 12-oktabr kuni soat 10:00 da universitet hovlisida boshlanadi.
@NUU_students
🔥18👍5😁5
❗️Bugun — super-kontrakt uchun chegirmaning oxirgi kuni
Oliy ta'lim vazirligi 15-oktyabrgacha super-kontraktni to‘laganlarga 10 foizlik chegirma berilishini ma'lum qilgandi.
Super-kontraktning qanday turlari bor?
1⃣ talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 5 ta yo'nalishdan istalgan birida o'qish;
2⃣ ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o'qish imkoni bor.
Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.
3⃣ 56,7 balldan kam to'plaganlarga belgilangan super-kontraktning 2 baravarini to'lab o'qish imkoni ham berilgan.

❗️OʻzMU talabasi “MDH yetakchilari” xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovida ishtirok etdi.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi Saidjonova Sumbula “Scientific Publication” ilmiy matbuot markazi, “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazi va “Scientific Academy” tomonidan tashkil etilgan “MDH yetakchilari” xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida qatnashib esdalik ko‘krak nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi.

👍40👏14👎3
❗️2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22-oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.
2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilgan.

👍6👏2
Dunyoning 32-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!
Britaniyadagi Manchester universiteti buxgalteriya va moliya hamda biznes va boshqaruvga oid 15 ta magistrlik kurslarida oʻqish uchun Alliance MBS grantini taqdim etadi.
Bu grant har yili kuzgi semestrdan oʻqish uchun taklif etiladi va tegishli magistrlik kurslariga ariza topshirganlar avtomatik tarzda ushbu grantda talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.
Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.
Navbatdagi eng yaqin qabul 2024-yil mart-aprel oylarida boshlanadi (2024-yil kuzidan boshlab oʻqish uchun).
Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-manchester-magistratura-uchun-toliq-grant/

#doktorantura
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.
Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19–23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

👍4👎1
👍74🏆18🤔4❤3🌭3