O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo'llash mumkinmi?

Sinov muddati uzog'i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.

✅ Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 84-modda):
👉 homilador ayollar;
👉 uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
👉 korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
👉 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.

Bundan ko'rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo'l qo'yilmaydi.

@NUU_students
👍15👎2🔥1
Ijtimoiy tarmoqlarda OʻzMU prorektori Muhammadiyev Jabbor domla va murojaatchi ayol bilan bogʻliq vaziyat aks etgan video tarqaldi.

Ushbu vaziyat uchun bir tomonni ayblash umuman nooʻrin. Sababi vaziyatni aslida qanday boʻlganini hech kim bilmaydi. Ehtimol, bu atayin uyushtirilgandir, hozircha esa hech nima nomaʼlum.

Domla haqidagi fikrim ijobiy. 2-kursda oʻqib yurganimda “Kompyuter grafikasi” fanidan dars bergan. Barcha talabalar bilan yaxshi chiqishgan va biror marta asabiy holatga tushmagan. Domlani yaqindan tanigan insonlar u kishining aslida qanchalik bosiq inson ekanligini bilishadi.

Shuni aytishim mumkinki, bu video toʻliq emas. Vaziyat toʻliq aks etmagan. Maslahatim esa, rasmiy munosabat berilmaganiga qadar turli xil fikrlarni toʻgʻri deb qabul qilmaslik kerak. Umid qilamizki, barchasiga adolatli hukm chiqariladi.

@NUU_students
👍67👏5🌭5😁4👎3❤2🤯2
❗️Ikkinchi oliy ta'limga qo'shimcha yoki tabaqalashtirilgan kontrakt shartnomasini berish tartibi

1 👉 Fakultet masʼullari talabani HEMIS tizimiga talaba toifasini "ikkinchi oliy (superkontrakt)" ni tanlash orqali kiritadi.
2 👉 Talaba kontrakt.edu.uz tizimida toʻlov-kontrakt shartnomasiga ariza yuborishda HEMIS bazasi orqali yuborish tugmasini tanlaydi.
3 👉 Universitet buxgalteri shartnomani shakllantirayotganda kontrakt miqdorini tahrirlash imkoniyati mavjud.

Ma'lumot uchun ikkinchi oliy ta'limda bazaviy kontrakt shartnoma summasini berish uchun HEMIS tizimiga kiritishda talaba toifasini "Oddiy" ni tanlash orqali kiritiladi.

@NUU_students
👍4
❗️Bu yilgi qishda ayrim OTMlar ko‘mir bilan isitiladi.

Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, jami 115 ta davlat OTMining 51 tasi ko‘mir bilan isitishga moslashtirildi. Bu qishda ular ko‘mir bilan ham isitilishi mumkin.

Kollej, texnikumlar uchun esa 31,7 ming tonna ko‘mir sotib olingan.

@NUU_students
😁29😱14👍5🕊1
🤣129😁45👍6🔥3🌚2✍1😨1
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida “Men donorman” deb nomlangan qon topshirish xayriya aksiyasi boʻlib oʻtadi.

Ushbu xayriya 12-oktabr kuni soat 10:00 da universitet hovlisida boshlanadi.

@NUU_students
🔥18👍5😁5
❗️Bugun — super-kontrakt uchun chegirmaning oxirgi kuni

Oliy ta'lim vazirligi 15-oktyabrgacha super-kontraktni to‘laganlarga 10 foizlik chegirma berilishini ma'lum qilgandi.

Super-kontraktning qanday turlari bor?

1⃣ talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 5 ta yo'nalishdan istalgan birida o'qish;

2⃣ ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o'qish imkoni bor.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

3⃣ 56,7 balldan kam to'plaganlarga belgilangan super-kontraktning 2 baravarini to'lab o'qish imkoni ham berilgan.

@NUU_students
👍4
❗️OʻzMU talabasi “MDH yetakchilari” xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovida ishtirok etdi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi Saidjonova Sumbula “Scientific Publication” ilmiy matbuot markazi, “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazi va “Scientific Academy” tomonidan tashkil etilgan “MDH yetakchilari” xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida qatnashib esdalik ko‘krak nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi.

@NUU_students
👍40👏14👎3
❗️2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22-oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.

2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilgan.

@NUU_students
👍6👏2
Dunyoning 32-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Manchester universiteti buxgalteriya va moliya hamda biznes va boshqaruvga oid 15 ta magistrlik kurslarida oʻqish uchun Alliance MBS grantini taqdim etadi.

Bu grant har yili kuzgi semestrdan oʻqish uchun taklif etiladi va tegishli magistrlik kurslariga ariza topshirganlar avtomatik tarzda ushbu grantda talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Navbatdagi eng yaqin qabul 2024-yil mart-aprel oylarida boshlanadi (2024-yil kuzidan boshlab oʻqish uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-manchester-magistratura-uchun-toliq-grant/

@NUU_students
👍18
#doktorantura

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.

Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19–23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

@NUU_students
👍4👎1
❗️O‘zMU ilmiy maqolalar soni bo'yicha O'zbekiston OTMlari orasida 1-o'rinni egalladi.

@NUU_students
👍74🏆18🤔4❤3🌭3
❗️O‘ZMU JAHON REYTINGI YO‘NALISHLARIDA TOP 500 UNIVERSITETLAR QATORIDA

O‘zbekiston Milliy universiteti oxirgi uch yilda Quacquarelli Symonds va Times Higer Education hamda boshqa xalqaro reyting agentliklarining yo‘nalishlar kesimidagi reytinglarida ishtirok etib eng kuchli Top-500 universitetlar qatoridan joy olmoqda.

🌐 2022-yilda QS World University Rankings Asia reytingida 351-o‘rin;

🌐 2023-yil QS World University by Subject Rankings-2023:

- Zamonaviy tillar - 151-200;
- Matematika - 351-400;
- Fizika va astronomiya - 501-550.

🌐 THE Impact Rankingsning BRM indikatorlarida:

- BRM 2 – 201-300;
- BRM-13 – 301-400;
- BRM-10 – 401-600.

🌐 WURI 2023 – Innovatsion universitetlarning dunyo reytingi natijalariga ko‘ra O‘zMU to‘rtinchi sanoat inqilobi kategoriyasi bo‘yicha kuchli TOP-50 oliygohlar qatorida 43-o‘rinda.

🌐 RUR taʼlim, tadqiqot, xalqaro hamkorlik va moliyaviy barqaror universitetlar reytingida 689-o‘rinni egalladi.

@NUU_students
👏14👍7
❗️Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:

◀️ TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
◀️ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
◀️ Namangan muhandislik-texnologiya instituti
◀️ Buxoro davlat tibbiyot instituti
◀️ Farg‘ona politexnika instituti
◀️ Namangan muhandislik-qurilish instituti
◀️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
◀️Toshkent tibbiyot akademiyasi
◀️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
◀️ Toshkent moliya instituti

Eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:

♦️ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
♦️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
♦️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
♦️ Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
♦️Andijon davlat chet tillari instituti*

*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari

Oʻzbekiston Milliy universiteti reytingda 24-o‘rinni egalladi.

@NUU_students
👎31😐7🗿6👍3😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirtqi taʼlimda oʻqiydiganlar tushunadi :)

@NUU_students
🤣47👍6😍6😁5❤4
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 000 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2023-yil dekabr yoki 2024-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@NUU_students
👍12👏2❤1