❗️Uzbekistan Airways’dan talabalar uchun chegirmalar!
Qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mahaliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma e’lon qilamiz. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.
@NUU_students

👍7
❗️Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!
➖«Ta’lim» bo‘limidan «Stipendiya haqida maʼlumot» xizmatini tanlang.
➖Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.
Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.
Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.

👍3
❗️Konstitutsiya bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar 3 kun (juma, shanba, yakshanba), haftada 6 kun ishlovchilar esa 2 kun (juma va yakshanba) dam oladi. Bu yil ushbu sana munosabati bilan qo‘shimcha dam olishlarini belgilash yoki dam olish kunlarini ko‘chirish nazarda tutilmagan.

😁25👍6
❗️O'zbekiston ta'lim sifati bo'yicha 80-o'rinda, qatnashgan davlatlar esa 81 ta...
O’zbekiston ilk bor PISA - ta’lim sifatini o’lchashda ishtirok etdi. Ushbu xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashabbusi boʻlib, butun dunyo boʻylab 15 yoshli oʻquvchilarning bilim olish darajasini oʻlchashga qaratilgan.
81 ta davlat qatnashgan tadqiqotlarda Oʻzbekistonning 15 yoshli o‘quvchilari:
➖matematikadan 364 ball bilan 71-o‘rin;
➖oʻqish savodxonligidan 336 ball bilan 80-o‘rin;
➖tabiiy fanlar bo‘yicha 355 ball bilan 80-o‘rinni egallashdi.

😁37😐8👍7😭4🤔2💔2🤷♂1👎1
O'zbekiston_Respublikasi_Prezidenti_va_nomli_davlat_stipendiyalari.pdf
3.9 MB
❗️Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi
2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

👍7❤2🔥2🐳2👏1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasi:
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❤9👍2🤔1
❗️Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini “PayMe” to‘lov tizimi orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi
Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring.
1. “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.
2. JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.
Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.
PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi.
Shuningdek shartnoma to‘lovini
🔸my.gov.uz portali orqali hamda
🔸“Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin.

👍6🔥1
❗️E’LON
7-dekabr kuni OʻzMU hududida Fayzullayeva Gulchehraga tegishli ID karta yoʻqotib qoʻyilgan.
Topib olganlar +998975752012 yoki +998938419911 raqamlariga qoʻngʻiroq qilishlarini iltimos qilamiz.

😨19🤔2👍1🔥1
❗️Ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar beriladi:
➖ Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m);
➖ har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;
➖ har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;
➖ yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;
➖ doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

👍13❤1🔥1
Forwarded from Quvonchbek M.
#E'lon
XORAZM GURUCH OPTOM NARXLARDA
Alanga va Lazer 🌾🌾
O‘zbekiston Respubliksining barcha hududlari bo‘ylab yetkazib berish xizmatlari majud 🚛 🚍 🚘
To‘lov siz xoxlagan usulda....
Murujaat uchun tel 📲
+99 897 900 50 80
+99 897 414 18 14
👤Masharipov Quvonchbek ✅

🤣18😁11👍10
❄️ 9-14-dekabr kunlari O‘zbekistonda -22° gacha bo‘lgan g‘ayritabiiy sovuqlar kutilmoqda: sovuq havo kunlari bo‘yicha foydali maslahatlar
⏰ Sovuqda 30 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan joyda turing;
🍜 Ovqatlanish. Issiq tutadigan taomlar iste’mol qilish
🕺 Ko‘proq harakat qiling va statik holatda bir soatdan ortiq turmang;
🧥 Qalinroq issiqroq tutadigan kiyimlar kiying, yaxshisi paxta, jun va h.k
🧣 Sovuqda ko‘chaga bosh kiyimsiz va sharfsiz chiqmang;
😋 Lablaringizni yalamang va tashqarida teringizni namlamang.

👍17❤2
🖨🖨🖨 📚📚📚
CHOP ETISH XIZMATI
Распечатка
Ko'pchilikka ma'qul kelayotgan xizmatimizni sizga tavsiya qilishdan mamnunmiz.😊
Istalgan kitobni hamyonbop va sifatli tarzda chop etamiz.
Qog'oz turini o'zingiz tanlaysiz:
1. Gazeta qog'ozi :
Narxi :
A5- 50 so'm
A4- 100 so'm
2. Sifatli sariq qog'oz, ECO:
Narxi :
A5- 80 so'm
A4- 160 so'm
3. Odatiy oq qog'oz,
Narxi :
A5- 100 so'm
A4- 200 so'm
🤩Ajoyib imkoniyat🤩
Bir nechta kitob buyurtma qilmoqchi bo'lsangiz sizni -10% chegirma kutmoqda .
Telefon:
+998949188882
Telegram:
@Leader_8882
Ko'zlaringiz uchun foydali kitoblarga HAMYONBOP narxda ega bo'ling!!!
CHOP ETISH XIZMATI
Распечатка
Ko'pchilikka ma'qul kelayotgan xizmatimizni sizga tavsiya qilishdan mamnunmiz.😊
Istalgan kitobni hamyonbop va sifatli tarzda chop etamiz.
Qog'oz turini o'zingiz tanlaysiz:
1. Gazeta qog'ozi :
Narxi :
A5- 50 so'm
A4- 100 so'm
2. Sifatli sariq qog'oz, ECO:
Narxi :
A5- 80 so'm
A4- 160 so'm
3. Odatiy oq qog'oz,
Narxi :
A5- 100 so'm
A4- 200 so'm
🤩Ajoyib imkoniyat🤩
Telefon:
+998949188882
Telegram:
@Leader_8882
Ko'zlaringiz uchun foydali kitoblarga HAMYONBOP narxda ega bo'ling!!!
👍3🔥2❤1
❗️Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi bu haqida Kun.uz ga intervyu berdi:
"Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.
Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Yoki teskari holat ham bo‘lishi mumkin. O‘zim abituriyent bo‘lgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball to‘plagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi.
Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin."

👎9👍5