O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

@NUU_students
👍2
Xotin-qizlarga 500 ta kvota.pdf
158.8 KB
❗️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari taqsimoti

Jami 500 ta qo‘shimcha kvota ajratiladi.

@NUU_students
👍1
❗️O'qishni ko'chirish jarayonlari yakunlanishiga 2 kun qoldi

15-iyul kunidan o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlangan bo'lib, 5-avgust kuniga qadar davom etadi.

✅ Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Kerakli hujjatlar:
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish uchun:
• Pasport
• Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
• Telefon raqam

Davlat OTMlari ichida o'qishini ko'chirish uchun:
• Pasport
• Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
Uzrli sababga ko'ra,
1) Nikoh guvohnomasi, turmush o'rtog'ingiz pasporti
2) Ota-onangiz ish joyidan maʼlumotnoma
• Telefon raqam


@NUU_students
👍3
❗️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!

Talabalar arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Arizalar reglamentga muvofiq imtiyozlar va ustuvorliklar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi. Ushbu ma’lumotlar bilan ariza to‘ldirish jarayonida tanishish mumkin.

my.gov.uz yoki kontrakt.edu.uz portali orqali yotoqxonaga joylashish uchun yo‘llanma va shartnoma olgan talabalar mobil to‘lov tizimlari orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

Video yo‘riqnomani ko‘rish

@NUU_students
👍2
❗️Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogiron, yetim, ijtimoiy himoya reyestridagi talabalar 20-avgustdan boshlab yotoqxonaga joylashtiriladi

Bu haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida 2-avgust kuni Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha yigʻilishda ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, 15-avgustdan boshlab, har bir oliygohda Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga koʻmaklashish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish lozimligi ta’kidlangan.

@NUU_students
👍3❤2
❗️Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi

Abituriyentlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.

Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.

Bunda abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi:

Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib bo‘yicha to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Ya’ni, abituriyentning bali avval davlat granti bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.

10-avgustga qadar abituriyentlar tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.

@NUU_students
Reyting 2024-yil uchun (TOP-1000).pdf
1.3 MB
❗️Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarini tanlash bosqichi, talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash, onlayn ariza berish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova.

Matnli o‘qish: https://gov.uz/edu/news/view/17745

@NUU_students
👍1
❗️Ayrim toifadagi talabalar 20-avgustdan boshlab yotoqxonaga joylashtiriladi

Shuningdek, 15-avgustdan boshlab, har bir oliygohda Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga koʻmaklashish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi.


@NUU_students
👍5
❗️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin.

@NUU_students
❗️2-mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

@NUU_students
👍4
❗️Yangi o'quv yili 4-sentabrdan boshlanadi. Mustaqillik bayramida Oʻzbekistonliklar 4 kun dam olishadi.

31-avgust
- shanba prezident farmoni bilan qo'shimcha dam olish kuni;

1-sentabr – yakshanba Mustaqillik kuni;

2-sentabr – dushanba, 1-sentabr Mustaqillik kuni dam olish kuni munosabati bilan ko'chirilgan dam olish kuni;

3-sentabr – seshanba prezident farmoni bilan qo'shimcha dam olish kuni.

@NUU_students
👍10❤1
❗️Talabalarning shartnoma pullarini to‘layotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozlari qo‘llanishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasida talabalarning shartnoma pullarini to‘layotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozini qo‘llash ya’ni ularning daromadlariga soliq solmaslik nazarda tutilmoqda.

Hozirgi paytda bunday imtiyoz faqatgina talabalarning ota-onalariga nisbatan qo‘llanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilingan edi.

@NUU_students
👍2
🇬🇧 Buyuk Britaniyaning Chevening stipendiya dasturiga arizalar qabuli endi ochiq!

Stipendiya yetakchilik qobiliyatiga ega nomzodlarga Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida magistrlik darajasini olish imkoniyatini, shuningdek, butun dunyo boʻylab 50 000dan ortiq bitiruvchilardan iborat global tarmoqni taqdim etadi!

🎓 Grant olish huquqiga ega bo'lish uchun nomzod:
- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi,
- bakalavr darajasiga ega bo'lishi,
- kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi,
- Britaniyaning uchta universitetiga hujjat topshirib, 2025-yil iyul o'rtasigacha kamida bittasiga to'liq (unconditional offer) qabul qilinishi,
- o‘qishni tamomlagandan keyin kamida 2 yilga O‘zbekistonga qaytishi kerak.

Jahon darajasidagi ta’lim olish va Buyuk Britaniya madaniyati bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📆 Arizalar qabuli 2024-yil 6-avgustdan 5-noyabrgacha ochiq. Arizangizni quyidagi havola orqali topshiring:

https://www.chevening.org/apply/
👍5👎2
🇩🇪 NEMIS TILIDAN BEPUL DARSLAR

● 1-Dars " Kishilik olmoshlari"
● 2-Dars "Das Präsens"
● 3-Dars "Haben, Sein, Möchten"
● 4-Dars "Hozirgi zamon fe'lini yasashda unli tovushlarning o'zgarishi"
● 5-Dars "Modal fellarning qo'llanilishi"
● 6-Dars "Modal fe'llarning gapdagi o'rni"
● 7-Dars "Ajraladigan old qo'shimchali fe'llarning gapda qo'llanilishi"
● 8-Dars "Imperativ (Buyruq shaklining yasalishi)"
● 9-Dars "So'roq Gaplar"
● 10-Dars "So'roq so'zsiz so'roq gaplar"
● 11-Dars "Gap tartibi"
● 12-Dars "Gaplarda so'zlarning joyalshuv o'rni"
● 13-Dars "Ko'plik shaklining yasalishi"
● 14-Dars "Aniq va noaniq artikllarning gaplarda qo'llanilishi"
● 15-Dars "Kein va nicht inkor so'zlari"
● 16-Dars "Gaplarda Akkusativ (tushum) kelishigining qo'llanilish tartibi"
● 17-Dars "Dativ (jo'nalish) kelishigining qo'llanilish tartibi"
● 18-Dars "Egalik olmoshlari"
● 19-Dars "So'roq va ko'rsatish olmoshlari"
● 20-Dars "Kishilik olmoshlarining Dativ va Akkusativ kelishiklarida qo'llanilishi"
● 21-Dars "Fe'llarning Dativ va Akkusativ kelishiklari bilan moslashuvi"
● 22-Dars "Dativ bilan boshqariladigan fe'llar"
● 23-Dars "Präteritum (o'tkan zamon) zamon shaklida haben va sein yordamchi fe'llari"
● 24-Dars "Perfekt zamon shaklini haben yordamchi fe'li orqali yasash"
● 25-Dars "Perfekt zamon shaklini sein yordamchi fe'li orqali yasash"
● 26-Dars "Partizip Perfekt"
● 27-Dars "Modal fe'llarning Präteritum zamon shaklida qo'llanilishi"
● 28-Dars "Fe'llarning hozirgi va o'tkan zamonda qo'llanilishi"
● 29-Dars "O'zlik olmoshlari. (Die Reflexivpronomen)"
● 30-Dars "Temporale Präposition. (Payt predloglari)"
● 30-Dars(davomi) "Temporale Präposition. (Payt predloglari)"
● 31-Dars "Dativ kelishigi predloglari"
● 32-Dars "Akkusativ kelishigi predloglari"
● 33-Dars "Dativ kelishigida oʻzgaradigan predloglar"

Darslar davom etmoqda...⏳

📲@Nemistili_bot -Germaniya haqidagi Eng katta va  kerakli baza

🔎
@Nemis_Tili_Kanal - Nemis tilidan BEPUL darslar va Germaniya Grantlari kanali
👍5
❗️Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

👉 «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
👉 «Ijtimoiy himoya yagona reyestri», «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»da turadigan talabalar;
👉 I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
👉 bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
👉 xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
👉 «Yil talabasi» va «Talabalar teatr studiyalari» ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;
👉 oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Zakovat» intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
👉 talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.

@NUU_students
👍12
❗️my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.

@NUU_students
👍2
#Kayfiyat

Bugun metroga tushgandim, bironta ham chiroyli qiz yoʻq! Hammasi viloyatga ketib qolgan shekilli-a?😅

P/s: Post kayfiyat uchun, hazil tariqasida yozildi!☝️

@NUU_students
😁59🤣15❤6🥰4❤‍🔥3👍3👎1🔥1🤨1🗿1
#Mulohaza

Magistratura bosqichidagi talabalarga ham ijara shartnomasi tuzilib va universitet tomonidan maʼlum bir qism summa toʻlab beriladimi? Xabari borlar bormi?

@NUU_students
👍3
Reyting.pdf
423.7 KB
❗️Abituriyentlarni eng ko'p qiziqtirayotgan Top 10ta davlat oliygohi ma'lum bo'ldi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi saytidagi ma'lumotlarga ko'ra, abituriyentlar eng ko'p qiziqish bildirayotgan oliygohlar statistikasi ma'lum bo'ldi:

1. O‘zbekiston Milliy universiteti 1 513 850 marta ko'rilgan
2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 659 999 marta ko'rilgan
3. Toshkent davlat pedagogika universiteti 524 410 marta ko'rilgan
4. Qoraqalpoq davlat universiteti 461 840 marta ko'rilgan
5. Toshkent davlat transport universiteti 435 109 marta ko'rilgan
6. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 411 462 marta ko'rilgan
7. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 350 892 marta ko'rilgan
8. Toshkent davlat texnika universiteti 336 217 marta ko'rilgan
9. Urganch davlat universiteti 317 933 marta ko'rilgan
10. Farg‘ona davlat universiteti 293 066 marta ko'rilgan

@NUU_students
😎19👍8👎1🔥1