O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Javob: Otining taqasidan.
Izoh: Taqalanmagan otda yurish noqulay va sharmandalik hisoblangan. Jazo tariqasidan otning taqalari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan.
#Tórtinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

Lilliputiyaliklar bu narsani Gulliverda birinchi marta ko‘rishganlarida uni sirli mavjudot deb o‘ylashgan. Gulliver ularga bu narsa bilan hisoblashmay birorta ham ishni qilmasligini aytganidan keyin, bu Gulliver uchun muqaddas iloh, deb o‘ylashgan.

Diqqat savol: Lilliputiyaliklar nimaga bunday ta’rif berishgan?

📬Javoblar uchun: @OybekJorayev

🛑Stop vaqti: 20:49:00
Javob: Soat.
Izoh: Gulliver cho‘ntagidan soat topib olishganida, uning ovozidan uni tirik deb o‘ylashadi.
#Beshinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

Bitta karikaturada bir jonzodni DAN xodimi ushlagan holati tasvirlangan. Haydovchi esa guvoxnomasini tekshirayotgan DAN xodimiga qarab u yerda eski rasmim deb o‘zini oqlayapti. Agar haydovchini hozirgi holati va guvohnomasidagi rasm bir xil bo‘lmasa, karikaturada qaysi jonzod tasvirlangan?

📬Javoblar uchun: @OybekJorayev

🛑Stop vaqti: 20:54:00
#Oltinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

XIX asr rasmida bolalar jar yoqasida o'ynayotgani tasvirlanadi. Rasmda esa yana alfalar chizilgani ko'ngilni xotirjam qiladi. Alfalar qandayligini ko'rmaganmiz, ammo taniqli bir filmda tabib ularni kichkinaligini aytib o'tadi.

Diqqat savol: Alfa o'rnida qaysi so'z yashiringan?


📬Javoblar uchun: @OybekJorayev

🛑Stop vaqti: 20:59:00
#Yettinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

Bir kuni Sherlok Holms va doktor Vatson o'zaro tortishib qolishadi, tortishuvning sababi Holms uni bo'sh shkafga o'xshatadi. Ta'rifiga ko'ra, unga nima solsangiz ham to'lib boraveradi.

Diqqat savol: Holms shkaf deganda nimani ta'riflagan?


📬Javoblar uchun: @OybekJorayev

🛑Stop vaqti: 21:04:00
#Sakkizinchi_savol

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

Ba'zida oqni qora, qorani oq degan gapni eshitib qolamiz. O'tgan asrda bu qoidaga mos tushadigan holatni kuzatish mumkin edi. Odamlar Xni rangiga qarab emas, bajaradigan ishiga qarab shunday nomlashgandir.

Diqqat savol: Xni ikki so'z bilan ayting!


📬Javoblar uchun: @OybekJorayev

🛑Stop vaqti: 21:09:00