O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖6-savol🎖

⁉️Ingliz faylasufi Frensis Bekon nimaga quyidagicha ta’rif bergan: "Ba’zilar mazasini ta’tib ko‘radi, ba’zilar butunlay yutib yuborishadi. Kamdan-kam insonlar esa o‘zlari yaratadi yoki o‘zlashtirishadi". Yaqindagina ko'plab talabalar undan qutilishdi yozga qadar)

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Kitob.
Izoh: Kitobga har kim har xil qaraydi. Ba'zilar ishi bitgunicha ba'zilar doimiy, ayrimlar esa kitob ham yozadi. Talabalar esa sessiyalar o'tib kitob varaqlamay qo'yishdi, kutubxonalar bo'shab qoldi)
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖7-savol🎖

⁉️Bir hakim uylanish quduqqa tushib ketish demakdir, debdi.
"Quduqdan chiqishning iloji bormi?”, deb so‘rashsa, hakim: quduqning og‘ziga harsangtosh bostirishmasa qutilsa bo‘ladi, debdi. Harsangtosh nimasi? - deb so‘rashganda, hakim shunday javob beribdi: Harsangtosh bu ….?

‼️Diqqat savol: Hakim nima deb javob bergan?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Har bir tug‘ilgan farzand.
Albatta hazil)
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖8-savol🎖

⁉️XIX asrning 2-yarmida Ozarbayjonda yashagan boylardan biri Hoji Zeynalabdin Tagiyev biror titul yoki medal olish orzusida bo‘lgan. Aleksandr III Bakuga tashrif buyurishidan oldin, rus garnizonining kazarmasini o‘z hisobidan kapital ta’mirlab beradi. Shoh boyvachchaning hamrohligida kazarmaga tashrif buyuradi hamda unga ta’mirlash ishlari juda ma’qul bo‘ladi. Lekin Tegiyev kutilgan mukofotga erisha olmaydi. Shu voqeadan so‘ng bakuliklar hazillashib Tegiyevga bir laqab qo‘yishgan.

‼️Diqqat savol: O‘sha laqabni bir so‘z bilan yozib bering.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Rahmat.
Izoh: Imperatorga hammasi yoqqanu, lekin u shunchanki “rahmat” deyish bilan cheklangan. Bunga kinoya qilib butun xalq o‘sha boyni "rahmat" deb chaqirgan.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖9-savol🎖

⁉️“Ramayana”ni o‘qiganmisiz? Bu eposning davomi borligini bilasizmi? Unga ko‘ra Ram Sitaning hali ham pokligini isbotlashni talab qiladi. Shunda bundan jahli chiqqan Sita: Ey Ona Yer, men shuncha yil erimga vafodor va nomusimni saqlagan bo‘lsam, meni o‘z bag‘ringga ol” deydi. Yer yorilib Sitani o‘z bag‘riga tortib ketayotganida Ram uni ushlab qolishga urinadi, biroq eplay olmaydi, Sita qo‘lidan chiqib ketadi. Buning natijasida odamlarda Ular paydo bo‘lgan deyishadi.

‼️Diqqat savol: ularni 2 ta so‘z bilan ayting.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Kaftdagi chiziqlar
Izoh: Ram Sitaning sochlaridan tutib qolishga intiladi. Shu darjada qattiq ushlaydiki sochlari kaftida iz qoldiradi.
Navbatdagi savol blits.
O'ylash va javob yuborish uchun 5 daqiqa vaqt!
Javoblar bir postda raqamlangan bo'lsin.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖10-savol🎖

⁉️1. Keng tarqalgan versiyalardan biriga ko‘ra, uning nomlanishi lotincha Sequana so‘zidan kelib chiqgan. Uni ayting.

2. 2000-yilda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari bo‘yicha u vatandoshlari tomonidan tarixdagi eng buyuk braziliyalik deb topilgan va hattoki Peledan o‘zib ketgan. Uning familiyasini yozib bering.

3. Ushbu maydon o‘z nomini o‘sha yerda sotiladigan bir mahsulot nomidan XVIII asr oxirida olgan. Shunisi qiziqki, ushbu maydonning oldingi nomlaridan biri Konnaya bo‘lgan. Maydonning bugungi kundagi nomini ayting.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator