O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Javob: Noshirlar.
Izoh: 1-toifa yozuvchilar, 2-toifa kitobxonlar, 3-toifa noshirlar edi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖3-savol🎖

⁉️1973-yili mashhur aktrisa Lyubov Orlovaga Fyodor Shalyapinning qizi murojaat qilib, otasining xotirasiga bag‘ishlangan 100 yillik yubiley kechasida so‘zga chiqishni taklif etadi. Lekin Orlova bir sabab tufayli ushbu taklifni qat’iy rad qiladi. Ushbu sabab haqida Zakovatda ham bir qancha hazil savollar o‘ynalgan.

‼️Diqqat savol: Nima uchun Orlova mazkur taklifni rad qilgan?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Yoshini bilib qolishmasliklari uchun.
Izoh: Agar u Shalyapinni tanigan bo‘lsa, demak uning yoshi ancha katta ekanligini bildirar edi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖4-savol🎖

⁉️O‘rta asrlarda Sharqda karvon uzoq safarga otlangan paytlarda ayrim tuyalarning bo‘yniga siyoh to‘ldirilgan idish osib qo‘yishgan.

‼️Diqqat savol: Bu karvon qayerga yo‘l olgan edi va idishlar nimaga kerak?


✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Makkaga yo‘l olgan va ushbu siyohlar bilan Qur’onning nusxasi ko‘chirilgan.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖5-savol🎖

⁉️Cho‘lpon "Kecha va kunduz" asarida Xga "Suvga aylangandan keyin supada yonboshlashni yaxshi ko‘radi" deya ta’rif bergan. X o‘zbek tilida omonim so‘z hisoblanib, ikkinchi ma’nosi Napoleonga o‘xshashga undasa, uchinchi ma’nosini hech kimga ravo ko‘rib bo‘lmaydi.

‼️Diqqat savol: Xni toping.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: O‘sma.
Izoh: O‘sma – bu harakatni cheklashni ham bildiradi, ya’ni Napaleon kabi kichkina bo‘l. O‘sma – saraton, rak ma’nosida ham ishlatiladi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖6-savol🎖

⁉️Qadimda Bo‘zsuv kanali irmog‘iga to‘g‘on qurilib, balandlikdagi bo‘sh yotgan yerlarda bog‘-rog‘lar yaratilib, ekinzor dalalarga to‘g‘on orqali suv chiqarilgan. Shu munosabat bilan bu joy va uning yaqin atrofidagi yerlar shunday atalgan. Ko‘pchilik bu nomni 2015-yildan beri eshita boshladi.

‼️Diqqat savol: Ushbu joy nomini toping?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Novza
Izoh: suv oqishi uchun ochilgan maxsus o‘zan nov deyiladi. 2015 yilda Toshkent metropolitenidagi “Hamza” bekati “Novza” nomiga o‘zgargan edi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖7-savol🎖

⁉️Toshkent shahri Shota Rustaveli ko‘chasidagi "Pollo city" kafesi mashhur trendni davom ettirgan holda eshigi oldiga ushbu tablichkani qo‘yib qo‘ygan.

‼️Diqqat savol: Biz tablichkada qaysi so‘zlarni bekitganmiz?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator