O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Javob: Makkaga yo‘l olgan va ushbu siyohlar bilan Qur’onning nusxasi ko‘chirilgan.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖5-savol🎖

⁉️Cho‘lpon "Kecha va kunduz" asarida Xga "Suvga aylangandan keyin supada yonboshlashni yaxshi ko‘radi" deya ta’rif bergan. X o‘zbek tilida omonim so‘z hisoblanib, ikkinchi ma’nosi Napoleonga o‘xshashga undasa, uchinchi ma’nosini hech kimga ravo ko‘rib bo‘lmaydi.

‼️Diqqat savol: Xni toping.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: O‘sma.
Izoh: O‘sma – bu harakatni cheklashni ham bildiradi, ya’ni Napaleon kabi kichkina bo‘l. O‘sma – saraton, rak ma’nosida ham ishlatiladi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖6-savol🎖

⁉️Qadimda Bo‘zsuv kanali irmog‘iga to‘g‘on qurilib, balandlikdagi bo‘sh yotgan yerlarda bog‘-rog‘lar yaratilib, ekinzor dalalarga to‘g‘on orqali suv chiqarilgan. Shu munosabat bilan bu joy va uning yaqin atrofidagi yerlar shunday atalgan. Ko‘pchilik bu nomni 2015-yildan beri eshita boshladi.

‼️Diqqat savol: Ushbu joy nomini toping?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Novza
Izoh: suv oqishi uchun ochilgan maxsus o‘zan nov deyiladi. 2015 yilda Toshkent metropolitenidagi “Hamza” bekati “Novza” nomiga o‘zgargan edi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖7-savol🎖

⁉️Toshkent shahri Shota Rustaveli ko‘chasidagi "Pollo city" kafesi mashhur trendni davom ettirgan holda eshigi oldiga ushbu tablichkani qo‘yib qo‘ygan.

‼️Diqqat savol: Biz tablichkada qaysi so‘zlarni bekitganmiz?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Qaysi biri oldin paydo bo‘lgan
Izoh: Tovuq oldin paydo bo‘lganmi yoki tuxummi, degan mashhur dilemmani takrorlashgan.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖8-savol🎖

⁉️Birinchi ALFAlar XIX asrda Germaniyada paydo bo‘lib, dastavval ularni tayyorlashda g‘oz patlaridan foydalanishgan ekan. Hozirda ALFAlarni ishlab chiqarishda polivinil xloriddan foydalaniladi. “Qiziqarli faktlar” kanalida yozilishicha, 1930-yilda ALFAning hozirgi ko‘rinishdagisini ishlab chiqargan kompaniya hojatxona yorshik (yumaloq simchotka) larini ham ishlab chiqargan ekan.

‼️Diqqat savol: ALFAni ikki so‘z bilan yozib bering!

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖9-savol🎖

⁉️Versiyalardan biriga ko‘ra, bu nom araukan tilidan kelib chiqqan bo‘lib "Chuqurlik" degan ma’noni beradi. Boshqa bir versiyaga ko‘ra, kechua tilida "dunyoning oxiri" degan ma’noni beradi.

‼️Diqqat savol: Bu qaysi so‘z?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator