O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖10-savol🎖

⁉️Bir paytlar Xitoyda ularning soni 24 mingta bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra hozir ular taxminan 4100 ta qolgan. Zamonaviy Xitoyda esa million kishida u bir xil. Futbol muxlislari bilan tanilgan Yevropadagi bir davlatda esa u yo‘q.

‼️Diqqat savol: Gap nima haqida ketayotganini toping.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Familiya.
Izoh: Islandiya davlatida familiyalardan foydalanishmaydi.
‼️O'yin yakunlandi!

🏆Natijalar tez kunlarda e'lon qilinadi.

✍Jamoa nomidan javob yuborgan shaxs jamoa nomini yozib qoldiring!

✅Bugungi tur o'yinlari haqida fikr-mulohazalar bo'lsa,
@Milliy_universitet_guruhi da suhbatlashishingiz mumkin!
➡️Ayni vaqtda O'zbekiston Milliy universiteti Matematika, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar va Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetlari!

🎁8-mart - "Ayollar va qizlar" bayrami nishonlanmoqda.

✅Tashlilotchilik a'lo darajada olib borilmoqda.

🔰Eshikdan kirib kelgan har bir ayol-qiz sovg'a va tabriklar bilan kutib olinmoqda!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
II-bosqich natijalari so'ngisi Toshkent New(1).pdf
68.1 KB
TALABA-QIZLAR O’RTASIDAGI MATEMATIKA FANIDAN O’TKAZIGAN OLIMPIADA NATIJALARI

TOSHKENT SHAHRI VA TOSHKENT viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o’rtasidagi olimpiada - O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA o'tkazildi.
“Ilhom” mukofoti tanloviga hujjat qabul qilish boshlandi!

Shoir va yozuvchilar hayoti va ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi?Tanlovda ishtirok etib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

❇️Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1️⃣-o‘rin – “Spark” avtomobili;
2️⃣-o‘rin – 30 mln. so‘m pul mukofoti;
3️⃣-o‘rin – 15 mln. so‘m pul mukofoti.

⚠️Gʻoliblar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan taqdirlanadi.

✅Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

👉1-bosqich – har yili 20-martga qadar oliy ta’lim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;

👉2-bosqich – har yili 10-mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

❗️“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

⏳Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullariga ariza bilan murojaat qiling!

🔰Bu haqida Oliy va o'rta maxsus vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
2 yigit suhbati:
- 8-martni juda yomon ko'raman!
- Xorijiy tillarda o'qiysanmi?
- Ha.
- Senga sabr tilayman!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Barcha qizlarga bugungi dushanba kuni muborak bo'lsin)
Kelasi dushanbagacha sog'-salomat bo'linglar😁

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
​​Kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar davlat hisobidan o‘qitiladi. Mazkur me’yor “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.
5-mart kuni qabul qilingan qarorga asosan mazkur tartib 2021-2022-o‘quv yilidan joriy etiladi. Muhtoj xotin-qizlarning o‘qish pullarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari to‘lab beradi. Shuningdek, bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, xorijning nufuzli ta’lim muassasalariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari asosida o‘qishga yuboriladigan stipendiatlar orasida xotin-qizlar ulushi kamida 20 foizga ko‘paytiriladi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
O‘zbekiston Milliy universitetida 2021–2022 o‘quv yilidan «Lazer fizikasi», «Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» (tarmoqlar bo‘yicha) hamda «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi» yo‘nalishlarda Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda 2+2 qo‘shma ta’lim dasturiga talabalar qabul qilinadi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Har yili kontraktni 4ga bo'lib to'lash tartibi:

Ma’lum qilinishicha, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📕📗📘📙📔📚📖
Ўзингизга яҳши ўқув маркази қидирмоқдамисиз? Топганларингизни вақти сизга тўғри келмадими?
Унда Finance Education сизга ўз таклифларини беради🔥🔥🔥
-Инглиз тили IELTS +7.5🎗
-Инглиз тили (Beginner)
-Рус тили (сўзлашув + грамматика)
-Ўзбек тили ва адабиёти
-Тарих
-Математика
-Кимё
-Биология
--Бухгалтерия 1С 8.3 предприятие (Диплом + Сертификат)

Нархлари сизни қизиқтирмоқдами? Бизда нархлар анча арзон.

📍Манзил: Олмазор тумани, Талабалар шаҳарчаси, Университет 4
📍 Беруний метро

Биз билан боғланинг👇👇👇
☎️Мурожаат учун:
+998900112099
@Finance_5
🏢Бизнинг телеграм каналимиз:
👉 @Repetitor_Toshkent 👈

Bugun o'qi, ertaga boshqar!
Fanlar majmuasi-2021.pdf
993.4 KB
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi!

🔰O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
⚡️KHISO Xalqaro olimpiada maktabi talabalar uchun moliyaviy savodxonlik chempionatini e'lon qildi. Gʻoliblarni qimmatbaho sovgʻalar kutmoqda

ℹ️ Chempionat oliy ta'lim muassasalarining 1-4 bosqich talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Chempionatda ishtirok etish uchun khiso.uz platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

Chempionatning uch bosqichida gʻalaba qozonish uchun kurashing:

• Saralash bosqichi — www.khiso.uz platformasida 15-mart kuni;
• Yarim final
(saralash bosqichi ishtirokchilaridan eng yaxshi 20 nafari oʻrtasida) — khiso.uz saytida 20-mart kuni;
• Final
(yarimfinal ishtirokchilaridan eng yaxshi 6 nafari oʻrtasida) — Markaziy bankda 26-mart kuni.

❗️Chempionatning saralash bosqichini oʻtkazib yubormang!

Batafsil

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
​​☪Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh. Juma muborak bo'lsin, musulmon ahli!

🤲Bugun ko'p salovat ayting:
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad!


🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
#Talabalar #Zakovat #Turnir

🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

✅Asosiy bosqich, 7-tur!
📅Bugun!
⏰21:00!
❓Savollar soni: 10 ta!

🛎Shakli: Jamoaviy!
⏳O'ylash va javob yuborish uchun: 4 daqiqa!
🔰Ro'yxatdagi jamoalar: 140 dan ortiq!
💠Ishtirok etyapti:
60 ta jamoa!

📌O'tgan tur natijalari bir necha soatdan keyin e'lon qilinadi.

👉Bugungi tur o'yinlaridagi barcha jamoalarga omad tilab qolamiz!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📣 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasida ishtirok eting!

🏆 Innovatsion rivojlanishi vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi, Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi, Mirzo Ulugʻbek maktab internati hamkorligida fan va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek bobomiz tavalludining 627-yilligi munosabati bilan matematika va fizika fanlaridan 3 bosqichli “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasini e'lon qiladi.

🔹 Olimpiadaning 1-bosqichi buyuk mutafakkir tavallud kuni – 22-martda khiso.uz saytida onlayn oʻtkaziladi.

📲 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur!

📍 Barcha ma’lumotlar va savollardan nam’unalar olimpiadaning @mu627 rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.

📌 Olimpiadaning qoidalari va tartibi haqida batafsil ma'lumot.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Umumiy(1).xlsx
14.9 KB
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆 jamoaviy onlayn zakovat turniri "Asosiy" bosqich 6-tur o'yinlaridan keyingi turnir jadvali!

🎖2 tur ketma-ket o'yin o'tkazmagan jamoalar o'yindan chetlatildi. Agar o'yinni davom ettirmoqchi bo'lishsa, noldan boshlashadi.

➡️Yuqori liga. Yuqori ligada Pilgrims ancha ilgarilab ketdi. Andalus, KarSU, Parvoz va Liderlar jamoalari o'zaro jiddiy bahsga kirishgan!

➡️Quyi liga. Quyi liga kuchli uchligida o'zgarish yo'q. Endorphin ham uchlikka kirishga harakat qilmoqda.

🏆Bugungi turda ham barcha jamoalardan faollik kutib qolamiz!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz