O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖10-savol🎖

⁉️Dastavval bu film "Millimetr" laqabli falshivamonetchik haqida bo'lishi kerak edi. Ammo keyinchalik bosh qahramon ancha intelligentlashdi. Yurtimizda ushbu nomdagi QVZ jamoasi ham bor.

‼️Diqqat savol: Gap qaysi film haqida ketmoqda?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
‼️O'yin yakunlandi!

🏆Natijalar tez kunlarda e'lon qilinadi.

✍Jamoa nomidan javob yuborgan shaxs jamoa nomini yozib qoldiring!

✅Bugungi tur o'yinlari haqida fikr-mulohazalar bo'lsa,
@Milliy_universitet_guruhi da suhbatlashishingiz mumkin!
Rimliklar aytishiga qaraganda, "Eng qattiqqo'l qullar bu sobiq qullar ekan". Shundan kelib chiqsak, "Eng qattiqqo'l domlalar..."

📌Javoblaringizni izohlarda qoldiring😁

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
▪️◾️◼️I N F I N I T Y◼️◾️▪️

📌Ancha vaqtlik tanaffusdan so'ng Infinity jamoasi zakovat o'yinlariga qaytdi!

⏰Bundan deyarli 1 yil oldin tashkil topgan jamoa O'zMU nomidan bir nechta zakovat turnirlarida ishtirok etgan va universitet nomini bir necha bor munosib himoya qila olgan!

➡️Hozirda esa jamoa o'z safini bilimdonlar bilan to'ldirmoqchi va o'ziga ishongan, bilimli va O'zMU talabasi bo'lgan yoshlarni o'z safiga chorlab qoladi!

‼️Jamoaga qo'shilish uchun shartlar:
1. Boshqa jamoalar safida bo'lmaslik.
2. O'zMU talabasi bo'lish.
3. Bilimli va faol bo'lish.

🔰Jamoa safiga qo'shilishni istaganlar @Anonymous_profile ga murojaat qiling!

▪️◾️◼️I N F I N I T Y◼️◾️▪️
O‘g‘il 4-5 yoshlarda: ”Mening dadam eng zo‘r dadalar!”.

O‘g‘il 7-8 yoshlarda: ”Katta bo‘lsam, dadamdek bo‘laman”.

O‘g‘il 10-11 yoshlarda: ”Dadamdan xafa bo‘ldim”.

O‘g‘il 13-14 yoshlarda: ”Dadam meni yomon ko‘radilar”.

O‘g‘il 18-19 yoshlarda: ”Bo‘ldi ketaman! Bunaqa ota bilan yashamayman!”.

O‘g‘il 22-23 yoshlarda: ”Aralashaveradilar, aralashaveradilar, biror narsa qilib bo‘ladimi o‘zi?”.

O‘g‘il 25-26 yoshlarda: ”Dadam meni hech tushunmaydilar”.

O‘g‘il 30-32 yoshlarda: ”Dadam haqlaridagi gumonlarimdan uyaldim”.

O‘g‘il 35-36 yoshlarda: ”Dadamni tushunmagan ekanman”.

O‘g‘il 40 yoshda: ”Dadamsiz men hech kim emasman”.

O‘g‘il 42 yoshda: ”Buni men uchun dadamdan boshqasi qilmas edi”.

O‘g‘il 45 yoshda: ”Dadam tuzalib ketishlari uchun jonimni ham berar edim”.

O‘g‘il otasi vafot etgan lahzada: ”Dada! Mendan rozi bo‘ling, men yaxshi o‘g‘il bo‘la olmadim. Siz dunyodagi eng yaxshi otasiz!”.

Ota vafotidan keyin otgan ilk tongda o‘g‘il: ”Sizni qaytarish uchun boru yo‘g‘imni berar edim. Eng aziz kishimdan ayrildim.
Siz menga hamisha yaxshilikni ravo ko‘rar edingiz, dadajon.....”.


🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Forwarded from Narpay zakovat klubi (Maxsiddin Eshmonov)
🔺TURNIR REGLAMENTI🔺

#Tashabbus_CUP

⚡Jamoaviy

⚡ Turnirning har bir turida 8 tadan mualliflik savoli oʻynaladi.


⚡Turnir tashkilotchilari fikriga har bir turda ramziy terma jamoa tuzilib boriladi va turnirimizning final bosqichida eng ko'p ramziy jamoaga kirgan ikki bilimdon Tashabbus jamoasi tomonidan maxsus sovg'asi bilan taqdirlanadi

⚡ Savollar: diniy,mantiq,fakt asosida mualliflik savollari.

⚡Turnir saralash bosqichi 1 turdan turdan iborat. Saralash bahsida savollar soni 10 ta

⚡️ Saralashdan o'tgan jamoalar guruh bosqichi,yarim final va final bosqichlarida kuch sinashadilar


⚡ Ruyhatdan o'tish uchun jamoa logotipi,tarkibini @niddisxaM ga junating.



⚡️ Ruyhatdan o'tish tartibi;

Tashabbus Cup jamoaviy zakovat turniri uchun ruyhatga olish 16.03.2021dan 25.03.2021gacha davom etadi.

⚡️ Ruyhatdan o'tgan jamoalar uzlarining shaxsiy muhokama guruhlari bo'lishi shart.

⚡️
Ruyhatdan utish davomida jamoa sardori o'zining user namesini yozib qoldirishi maqsadga muofiq.Bundan ko'zlangan maqsad turnir davomidagi o'zgarishlardan jamoalarni xabardor qilib borish.

⚡️ Turnirni asosiy qoidalaridan biri qatnashadigan har bir jamoa a'zolari faqatgina shu jamoada qatnashishi talab qilinadi.Bundan kelib chiqadiki ma'lum bir turnirlar uchun yig'ilgan zakovat terma jamoalari turnirga qabul qilinmaydi.

⚡️Jamoa a'zolari cheklanmagan.Bir ishtirokchi faqatgina bir jamoada qatnashishi mumkin.

⚡Roʻyhatdan oʻtish oxirgi muddati 25-mart
🕰20:00 gacha.

⚡ Turnir 25-mart 21:00 da start oladi.
oʻzgarishlarni va to'liq reglamentni kanalda yoritib boramiz.

Manzil: @tashabbus_zakovat_kanali
O'zbekiston - Kelajagi buyuk davlat! Uning tarixi ham buyukdir. "O'rtada biz ortiqchamizmi?" deyman.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
ONANING KUNDALIGIDAN

Jonim bolam! Shunday payt keladiki, men qariyman. O‘shanda sabrli bo‘l va meni tushunishga xarakat qil...

Agar yeyotgan ovqatimni bexosdan to‘kib qo‘ysam, kiyimlarimni sening yordamingsiz egnimga kiyolmasam, «yosh boladan xam battar» deb og‘rinma. Sen shunday qilsang, yuragim og‘risa xam ma’yus jilmayib eslayman: kichikligingda sen xam shunday eding, bularni o‘rgatayotganimda qancha vaqtim ketayotganini xatto xayolimga xam keltirmaganman. Chunki ... axir sen uchun vaqt nima bo‘pti, jonimni xam ayamayman. Xuddi xozirgiday...

Agar sen bilan suxbatlashib o‘tirganimizda, bitta gapni ming marta takrorlasam, ezmalikda ayblama, meni eshit. Kichkinaligingda uxlashing uchun bitta ertakni ming martalab o‘qib berishimga to‘g‘ri kelardi, xar gal jon deb tinglarding. Mening xayot ertagim oxirlab boryapti, qachondir nadomatda qolmasligingni xoxlayman, shuning uchun xozircha meni eshit...

Ro‘zg‘ordagi yangicha buyumlarga tushunmasam, aybga buyurma, tushunib olishimga biroz vaqt ber. Axir senga to‘g‘ri yeyish, chiroyli kiyinish, xayot tashvishlariga qarshi qanday kurashishlarni o‘rgata olgandim, buni xam eplay olishimga ishonaman. Shundan ko‘nglim to‘q, axir sen yonimdasan...

Agar qachondir nimanidir esdan chiqarib qo‘ysam yoki suxbatlashib o‘tirib, nima demoqchiligim esimdan chiqib qolsa, koyima. Agar eslolmasam, qayg‘urma. Axir eng asosiysi, gapirayotganim emas, sen bilan birgaligim... Yodingdami, kichikligingda mendan bir zum xam nari ketishni istamasding...

Agar xorigan oyoqlarim menga xizmat qilishdan, suyanch bo‘lishdan bosh tortsa, qo‘llaringni uzat. Xuddi qachonlardir ilk qadamlaringni tashlayotganingda senga qo‘llarimni uzatganim kabi...

Qariyotganimga qarab xafa bo‘lma, o‘zingni ojiz xis qilma. Yonimda bo‘l, meni tushunishga va menga yordam berishga xarakat qil. Xuddi qachondir endigina xayotingni boshlaganingda men senga yordamlashganim kabi...

Menga yashashda davom etishimda, xayot yo‘lim yakuniga mexr-muxabbat va toqat bilan yetishimda yordam ber. Buning uchun seni tabassumim, xech qachon so‘nmagan, oxiri yo‘q mexrim bilan taqdirlayman...

Seni yaxshi ko‘raman, jonim bolam.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆 online zakovat turnirining 2-mavsumini o'tkazilishini kutganlar bormi? Yaqin kunlarda boshlaymiz!
Anonymous Poll
58%
Albatta, biz jamoamiz bilan qatnashamiz va g'alaba qozonamiz!
16%
Qatnasha olmaymiz!
26%
O'ylab ko'ramiz!
Buxgalteriya kasbini o’rganmoqchimisiz?

Bizning kursda atigi 3 oy o'qib Buxgateriya kasbi ustasiga aylanasiz. Darslar online va offline.

3 oylik kurs davomida: 📌Buhgalteriya hisobi. 0 dan balansgacha.
📌Soliq hisobotlarini tuzish va junatish.
📌1c dasturida ish yuritish. 8.3 versiyasi

Buxgalteriyadan dars beruvchi buxgalter 20 yillik tajribaga ega. Va Toshkent Iqtisodiyot, Toshkent Moliya universitetlarida ma’ruza o’qiydilar.

Eng yaxshi bitiruvchilarni ish bilan ta’milaymiz.

+998 93 551 98 28 @quick_fix_admin

🏢Manzil: Chilonzor metrosi, "Integro" savdo markazi 🅱️ - blok, 107-xona.
PAYGʻAMBARIMIZ ﷺ NING KO‘RINISHLARI.

1.O‘rta bo‘y edilar.
2. Ranglari oq-qizil, yuzlari bug‘doyrang edi.
3. Oldinga moyil bo‘lib yurardilar.
4. Ikki yelkalari orasi keng edi.
5. Kaft va qadamlari to‘la, go‘shtli.
6. Boshlari katta, yuzlari dumaloqroq, ko‘zlari qora edi.
7. Suyaklarining qo‘shilgan yeri yo‘g‘on.
8. Kipriklari uzun. Tana a’zolari bir-biriga mutanosib, xushbichim edi.
9. Siynadan kindikkacha uzun va ingichka mo‘y.
10. Badanlari tuksiz.
11. Biror tarafga burilsalar, gavdalari bilan burilar edilar.
12. Peshonalari keng.
13. Qoshlari qo‘shilmagan, egik edi.
14. Burunlari baland, qirrali.
15. Soqollari qalin edi.
16. Tishlari mayda, yaltiroq,
oldingi tishlari bir-biridan alohida ko‘rinar edi.
17. Qorin va siynalari tekis hamda barobar.
18. Ko‘kraklari keng.
19. Bilaklari uzun.
20. Ikki yelkalari o‘rtasida
payg‘ambarlik muhri bor. Bu muhr kaptar tuxumidek
keladigan qizg‘ish go‘sht, usti tuk edi.
21. Yurishlari tez.
22. Barchadan ilgari salom berardilar.
23. Sochlari ikki quloq yarmiga tushadi.
24. Sochlarini tarar, bo‘yar
(qora-qizil rangga) va ba’zida farq ochardilar.
25. O‘ngdan boshlashni
suyardilar. Sochga yog‘ surtardilar. Haj va
umrada oldirganlar.
26. Ko‘zlariga har kecha surma qo‘yardilar.
27. Kiyimni, yirtilguncha kiyar edilar.
28. Uzuklari kumushdan bo‘lib, o‘ng qo‘lga taqqanlar.
29. Salla o‘rardilar (7-12 gaz).
30. Izorlari to‘piqdan pastga tushmagan.
31. Taomni suyanib yemasdilar. Taomni ayblamas, yoqsa yer,
yoqmasa tark etar edilar.
32. Taomdan so‘ng barmoqlarini uch bor yalar edilar.
33. Xontaxta ustida ovqatlanmas edilar.
34. Taomlari tovuq go‘shti, qo‘y go‘shti, to‘rg‘ay go‘shti, sirka, zaytun yog‘i, arpa noni, non to‘g‘ralgan sho‘rva (sarid), xurmo, talqon edi. Shirin va sovuq ichimlikni, sutni, zamzamni suyardilar.
35. Piyolalari yog‘ochdan bo‘lgan edi.
36. Bodringni va qovunni
(yangi) xurmo bilan qo‘shib yer edilar.
37.Suv ichganlarida uch bor to‘xtab-to‘xtab, nafas olib ichardilar.
38. Xushbo‘yliklar uchun maxsus idishlari bor edi.
40. Biror narsaga ishora qilsalar, butun kaftlari
bilan ishora qilar edilar.
41. Yettita qilichlari bo‘lgan.
42. She’r o‘qir va eshitar
edilar. (Shoirlari: Hasan ibn Sobit).
43. Avval ikki rakat yengil namoz o‘qib, so‘ngra tahajjudga kirishardilar.
44. Qiroatni harf-harf, ochiq va ravshan, har bir oyatni alohida o‘qir edilar.
45. Qur’onni o‘zgadan eshitishni suyar edilar.
46. To‘shaklari teridan, ichiga xurmo daraxti po‘stlog‘i solingan edi.
47. Sahobalar u zotni kutib
olish uchun o‘rinlaridan turishmas edi.
48. Qayerga borsalar, bo‘sh o‘ringa o‘tirardilar.
49. Uydagi vaqtlari uchga
bo‘linardi: 1) Ibodat; 2) Uy ishlari; 3) Shaxsiy ishlar.
50. Har bir ishning tadbirini avvaldan qilar edilar.
51. O‘zlariga erta uchun oziq-ovqat olib qo‘ymas edilar.
52. Liboslariga o‘zlari qarar, o‘zlari yamar, jonivorlar sutini o‘zlari sog‘ar edilar.
53. Sariq libosni suymas edilar.
54. Hech kimni urmaganlar.
55. O‘zlari darveshona hayot
kechirsalar-da, ehsonlari
shohlarnikidan a’lo edi.
56. Hadya olib, mukofot
berardilar. Hadyalarni kelgan kuniyoq (muhtojlarga) tarqatar edilar.
57. Uzoqdagi tovushlarni ham eshitar, hech kim ko‘ra
olmaydigan masofani bemalol ko‘rar, qorong‘uda ham kunduzgidek bemalol ko‘raverar edilar.
58. Lo‘nda, qisqa, aniq, takallufdan xoli va ayni
paytda fasohat bilan gapirar edilar.
59. Har kimning aqliga moslab so‘zlar edilar.
60. Hazillariga yolg‘on aralashmas edi.
61. Kulishlari chiroyli tabassum edi.
62. Dastlab ko‘rgan odamni haybatlari bosar, muomala
qilib taniganidan so‘ng, hamma u zotni yaxshi ko‘rib qolar edi.
63. Tuya, ot minganlar.
64. Bir marta haj, to‘rt marta umra qilganlar.
65. Kam ovqat yer, kam uxlar edilar.
66. O‘zlari uchun intiqom
olmasdilar.
67. Vafot etganlarida hazrati Ali (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) g‘usl qildirgan, amakilari Abbos va u zotning o‘g‘illari Fazl (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) yordamberganlar.
68. Qabrni Abu Talha qazigan.
69. Meroslari sadaqa qilib berilgan...

👆Ushbu ma'lumotlar hadislardan olingan!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Umumiy jadval.xlsx
15.9 KB
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆 jamoaviy onlayn zakovat turniri "Asosiy" bosqich 8-tur o'yinlaridan keyingi turnir jadvali!

🎖2 tur ketma-ket o'yin o'tkazmagan jamoalar o'yindan chetlatildi. Agar o'yinni davom ettirmoqchi bo'lishsa, noldan boshlashadi.

➡️Yuqori liga. Yuqori ligada Pilgrims o'z o'rnini saqlab qoldi. Andalus, KarSU, Parvoz jamoalari o'zaro raqovatda davom etmoqda!

➡️Quyi liga. Online birinchilikda, 103 va Future doctors keyingi pog'onalarni egallab kelmoqda!

🏆2 tur qolganiga qaramay o'yin qoldirmay to'liq ishtirok etib kelayotgan barcha jamoalarga rahmat!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
🏢O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining bir guruh talabalari abituriyentlarga yordam sifatida har OTMdan ajoyib videorolik tayyorlayotgan ekan.

📍Marhamat quyidagi havoladagi video orqali siz O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti haqida bilib olishingiz mumkin:
https://youtu.be/-lS39tJzQ10
#Talabalar #Zakovat #Turnir

🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

✅Asosiy bosqich, 9-tur!
📅Bugun!
⏰21:00!
❓Savollar soni: 10 ta!

🛎Shakli: Jamoaviy!
⏳O'ylash va javob yuborish uchun: 4 daqiqa!
🔰Intrigaga boy bo'lishi kutilmoqda!


👉Bugungi tur o'yinlaridagi barcha jamoalarga omad tilab qolamiz!

⏰O'yin tugaganidan so'ng, sizlarga ajoyib bir yangilikni ma'lum qilamiz, kuzatib boring!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz