O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Ramazon Keldi Ramazon [www.XMuzon.Com]
All Stars
😊Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin birodarlar!

🤲Ro'za tutganlarga og'iz ochishgacha sabr-qanoat tilaymiz!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
🇹🇷 Turkiya: Magistratura va doktorantura bosqichlarida ta'lim olish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oylik stipendiya

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/turkey-scholarships

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
🔰⚜TALABALAR UCHUN⚜🔰

♻️Sizlarga quyidagi xizmatlarimizni taqdim etamiz:

1. Referat
2. Mustaqil ish
3. Prezentatsiya(Slayd)
4. Kurs ishi


✅Eng muhimi xizmatlarimiz:

1. Tez;
2. Sifatli;
3. Hamyonbop;
4. Kafolatlangan;


📌Xizmatlarimiz pullik, kelishilgan narxlarda tayyorlab beramiz. Muhimi ishonch!

💬Murojaat uchun: @Professional_administrator
📌1-maydan ijarada turadigan talabalarning ijara toʻlovidan 50 foizi davlat tomonidan toʻlab beriladi — Prezident.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
📌1-maydan ijarada turadigan talabalarning ijara toʻlovidan 50 foizi davlat tomonidan toʻlab beriladi — Prezident. 🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling: https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Taxmin qilib ko'raman: 1 oydan keyin falonchi universitet rektori talabalarga ijara pulini to'lab bermadi, falonchi universitet rektori pullarni yeb yuborgan, falonchi universitet rektori va fakultet dekanlari pulni to'lab bermagan. Ehh, afsuski shunday ham bo'lishi mumkin...
"Hilol Nashr" dan Ramazon CHEGIRMALARI!🌙

Hilol e-Book dasturidagi barcha elektron kitoblar 2000 so'mdan

Batafsil:👉 bu yerda

Dasturni yuklab olish:👉bu yerda

Barcha chegirmalar/aksiyalar kanali:
👉@chegirmachi | xalqni o'ylovchi
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆 jamoaviy onlayn zakovat turnirining natijalari bugun chiqariladi.
Yakuniy jadval.xlsx
15.2 KB
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆 jamoaviy onlayn zakovat turnirining yakuniy natijalari!

🔺Yuqori liga natijalari:

🥇-o'rin Andalus(QarDU)
🥈-o'rin Pilgrims(SamDTI)
🥈-o'rin Parvoz(TDTU Olmaliq filiali)
🥉-o'rin KarSU(QDU)
🥉-o'rin Geokimyo(BuxDU)

🔻Quyi liga natijalari:

🥇-o'rin Online (TATU Farg'ona filiali)
🥈-o'rin Galaxy of stars(SamISI)
🥉-o'rin Cosmos(BuxDTI)

🏆G'oliblarni tabriklaymiz. Shuningdek barcha jamoalarga ishtirok etishganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!

🥁G'oliblar ertaga 22:00da @Winners_2021 kanalida taqdirlanishadi!

⏳Shu bilan uch oydan uzoqroq vaqt davom etgan zakovat turnirimiz yakuniga yetdi.

🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆 jamoaviy onlayn zakovat turniri 2-mavsum o'yinlari yangicha reglament bilan tez kunda @Milliy_zakovat kanalida davom etadi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
⚡️O‘zbekistonda xorijiy ta’lim muassasasi hujjatininig tan olinishi qanday tartibda amalga oshiriladi?

Mutaxassisning so‘zlariga qo‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi qaroriga muvofiq, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilish mumkin.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

-xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi;

-xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

-Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.

Xorijiy davlatlarda ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Shuningdek, AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditasiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

©Ta'limga oid

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
18-apreldan karantin qoidalarini buzganlar qat'iy javobgarlikka tortiladi

▪️Asosiy cheklovlar:

▫️Tavoreh namozlari ochiq havoda ado etiladi, iftorlik imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holda o‘tkaziladi.

▫️1-maydan konsert tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroyida o‘tkazish taqiqlanadi.

▫️Umumiy ovqatlanish muassasalarida o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi, lekin 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi.

▫️Avtobuslarda o‘rindiqlarning soni 50 foizgacha cheklanib, avtobuslar soni ko‘paytiriladi.

▫️Yirik savdo majmualarida, bozor, do‘konlarda karantinga amal qilish qat’iy nazorat qilinadi, kasallik aniqlanganda vaqtincha yopiladi.

▫️OTMlar, maktab va bog‘chalar kasallik aniqlansa, 2 haftalik onlayn ta’limga o‘tkaziladi.

▫️Karantin qoidabuzarlariga nisbatan qat’iy javobgarlik qo‘lanadi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Yakuniy jadval.xlsx
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆 jamoaviy onlayn zakovat turniri g'oliblari bugun kun davomida @Winners_2021 kanalida taqdirlanadi. Bizdan uzoqlashmang. Yaqin kunlarda ushbu turnir 2-mavsumi @Milliy_zakovat kanalida bo'lib o'tadi!
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Toshqulov Abduqodir Hamidovich Samarqand iqtisodiyot va servis institutida viloyatdagi barcha OTMlar rektorlari bilan majlis o'tkazdi.

Majlisda kuni kecha muxtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan viloyat faollari bilan bo'lgan uchrashuvda ilgari surilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan har bir rektorga alohida topshiriqlar berildi. Muassasalarda ta'lim sifatini oshirish, mahallalardagi yoshlar bilan ishlash tizimini yo'lga qo'yish, yoshlarning bandligini ta'minlashda institutlarning rolini oshirish kabi masalalarga alohida to'xtalib o'tildi.
Bundan tashqari ta'lim muassasalarida Covid-19 pandemiyasi sharoitidan kelib chiqqan holda kechiktirib bo'lmas vazifalar berildi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
👍1
📌 Abituriyentlarga oid yangiliklar:

👉 Bu yil abituriyentlarga cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoni berilishi mumkin. Hozirda bu taklifni O‘zbekiston respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish davlat komissiyasi ko‘rib chiqyapti.

👉 Bu yilgi test sinovlari ham stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin

Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning aytishicha, ayni paytda Davlat test markazi tomonidan testlarni o‘tkazish bo‘yicha ikki xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda;

▫️test sinovlarini an’anaviy shaklda katta sig‘imli binolarda o‘tkazish;

▫️pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020-yildagi kabi ochiq maydonlarda o‘tkazish.

👉 2021/2022-o‘quv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent ishtirok etishi kutilyapti. Hujjatlar onlayn qabul qilinadi

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
IT yo‘nalishida o‘qish uchun to‘liq grant

🔥 Ushbu dastur uchun o'quv to'lovi yiliga taxminan 17 346 AQSh dollariga teng.

🇦🇺 Avstraliya: Sidney Texnologiya Universiteti

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/australian-scholarship

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
ЎзР Солиқ кодекси.docx
520 KB
📌 Talabalar kontraktini to‘laganda daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun o‘tkazilgan ish haqlaridan daromad solig‘i ushlanmaydi:

1. Fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
2. Ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
3. Er yoki xotin turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 163-son qarori (29.03.2021 y.)ga sharh.

©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
⚡️Saidkarim Tursunboyev 68 ta OTMga muvaffaqiyatli imtihon topshirdi.

✅ Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 43- umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidkarim Tursunboyev xorijning 68 oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi.

☝️ E’tiborlisi, eng yuqori ball to‘plab, ulardan bir nechtasi grantlari sohibiga aylandi. OTMlar orasida AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlarning nomdor universitetlari bor.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi

“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (132-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.

📋 Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, jumladan, quyidagilarga yo‘naltiriladi:

➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
➖ yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
➖ mamlakatimizdagi OTMda o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;
➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.

📝 Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.

➡️ Vasiylik kengashi raisi har chorakda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.

🏢 Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.

🚫 Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo‘yilmaydi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Fanlar majmuasi-2021.pdf
854.9 KB
📌Abituriyentlar diqqatiga!

⚠️ Bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 280,5

❗️Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (maksimal ball – 94,5 ball):

1. Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball.

2. Matematika – 15 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball.

3. O‘zbekiston tarixi – 15 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball.

‼️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan bo‘yicha (maksimal ball – 186 ball):

👉 1-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 3,1 ball.

👉 2-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 3,1 ball.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz