O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Ayni vaqtda siz qaysi turdagi ta'lim turini qo'llab-quvvatlaysiz?
(Kommentariya qismida o'z fikringizni qoldirishingiz ham mumkin!)
Anonymous Poll
62%
Online
38%
Offline
📌 Rasman: Ijarada turuvchi talabalarning ijara puli miqdorining 50 foizini to'lash tartibi e'lon qilindi.

2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda:

‼️Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (245 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.

‼️Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
​​#Bu_muhim

⚡️Prezident mamlakat yoshlariga yana qator imkoniyatlar berdilar!

✅ Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev
yoshlarga oid navbatdagi farmon va qarorni imzoladilar. Ularga koʼra yoshlar uchun yana qoʼshimcha imtiyoz va imkoniyatlar berildi.

📌 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʼliq qaytarib beriladi.

📌 “Yoshlar daftari”dagi ishsiz yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi boʼyicha imtiyozlar beriladi.

📌 1-iyundan boshlab “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga
✅ urugʼlik va koʼchat xaridi uchun 2 mln soʼmgacha subsidiya beriladi
✅tadbirkorlik uchun olingan binolarning ijara xarajatlarining 30 foizi kompensatsiya qilinadi
✅professional taʼlim tashkilotlari oʼquvchilariga korxonalarda amaliyot oʼtgan vaqti uchun 6 oy davomida 490 ming soʼmdan subsidiya toʼlanadi.

📌 Yoshlar ishlari agentligi qoshida Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tashkil etilmoqda va Davlat byudjetidan jamgʼarmaga 100 mlrd soʼm ajratiladi.

📌 Davlat byudjetidan toʼlanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishda oshkoralikni taʼminlash, byurokratik toʼsiq va korrupsiyaning oldini olish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan 2 oy muddatda maxsus elektron platforma ishga tushuriladi.

📌 respublikaning 200 ta tuman va shaharlarida 219 ta Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi.

📌 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yosh tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tashkil etiladi va uning faoliyatini yoʼlga qoʼyish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan $100 mln ajratilmoqda.

☝️Doʼstlaringizga ham ulashishni unutmang.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌Yoshlarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak hajmi oshiriladi — Prezident farmoni

🔹1 maydan boshlab ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi. «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali davlat budjetidan qoplanadi.

🔹Ijarada yashayotgan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi budjetdan qoplab beriladi. Tibbiyot muassasalaridagi samarasiz lavozimlar o‘rniga «tibbiyot brigadalari» tashkil qilinadi.

🔹«Yuz ming tadbirkor xotin-qizlar» loyihasi amalga oshiriladi. Qiymati 33 mln so‘mgacha bo‘lgan tayyor biznes-rejalar banki yaratiladi. Yoshlar ishlari agentligiga budjetdan qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratiladi.

🔹Dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘liklar va ko‘chatlar xaridi subsidiya beriladi. Davlat oliy ta’lim muassasalariga 10tagacha mahalla fuqarolar yig‘inlari biriktiriladi.

©Kun.uz

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Forwarded from QAYERDA?
Saharlik va iftorlik uchun oziq-ovqatdan qiynalayotganlarga oziq-ovqat yetkazib beriladi. Bog’lanish uchun raqamlar: +998942389909, +998995640101

Iftorlik va saharlik vaqtida bepul osh ehson qilinadi. Borib tanovvul qilish yoki olib ketish mumkin. Bog’lanish uchun raqamlar: +998998811414 (Xasan oshpaz)

P.S. Muhtojlarga yetkazib qo’ysangiz xursand bo’lamiz.
✅Yurtimizga muborak Ramazon oyi kirib keldi. Mana shunday muborak kunlarda "Biz hammamiz insonmiz " erkin volontyorlik harakati "Ramazon oyi tuhfalari" loyihasiga start beradi. 🕌

⏭Loyiha doirasida quyidagilar o'tkaziladi:
- Masjidlarga, qariyalar uylariga va xalqimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga Qur'on kitoblarini ulashish;
- Hududlarda iftorlik marosimlarini o'tkazish;
- Qabristonlarni obod qilish;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalarga yordam ko'rsatish;
- Imkoniyati cheklangan yoshlarga nogironlik aravachalarini sovg'a qilish;
- Qariyalar uylarida konsert dasturlarini tashkil etish va sovg'alar ulashish.

✨Ushbu savobli ishlarda o'z xissasini qo'shishni istaganlar quyidagi karta raqamiga xayriya qilishlari mumkin:

💳8600042945066420
👨‍💼Kamoliddin Xudoyberdiyev
Murojaat uchun -
@KamoliddinXudoyberdiyev2929
@UralTojiyev

👋Birlashib, biz katta kuchmiz! Qancha ko'p mablag' yig'olsak, shuncha ko'p savobli ishlarni amalga oshiramiz!
Kanalimiz ⬇️⬇️⬇️
@biz_hammamiz_insonmiz
Guruhimiz⬇️⬇️⬇️
@Surxon_yoshlari_volontyorlari
Assalomu alaykum xayrli kun hammaga
Barcha talabalarni bugun soat 18:00 da OʻzMU va TDTUning old tomoni ( Arkani oldi) da kechki bayram "Yoshlar Party" shousiga taklif qilamiz! Tadbirda mashhur sanʼatkorlar, soʻz ustalari tashrif buyuradi, haya sovgʻalari ham bor. Bir soʻz bilan aytganda haqiqiy "Talabalik davrining" eng esda qolarli kechasi boʻladi! ⚡️⚡️⚡️💥💥💥🚀🚀🚀
✨⚡️🔥 Tadbir Olmazor tumani hokimligi va Yoshlik shaharchasi hokimligi tomonidan tashkil etilyapti.
Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar
Assalomu alaykum xayrli kun hammaga Barcha talabalarni bugun soat 18:00 da OʻzMU va TDTUning old tomoni ( Arkani oldi) da kechki bayram "Yoshlar Party" shousiga taklif qilamiz! Tadbirda mashhur sanʼatkorlar, soʻz ustalari tashrif buyuradi, haya sovgʻalari…
Karantin qoidalariga rioya qilinglar deb shuncha ta'kidlashdi, ana endi esa o'zlari shou tashkil qilishibdi. Mantiqsizlik? Menimcha O'zMUdan virus kam chiqayotgani uchun bo'lsa kerak. Virus chiqsa o'qish ma'lum muddat onlayn bo'ladi. Yaxshi o'ylashgan. O'lganni ustiga tepgan qilib zo'r qilishibdi.
Oʻqish bepul universitetlar: Martin Luther University of Halle-Wittenberg (Germaniya)

🔸 Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) haqida maʼlumot beramiz.

🔹 1502-yil tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 19 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2021-yil aprel oyi holatida, MLU QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 470-oʻrinni egallab turibdi.

👉 Batafsil

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Mo‘minning qalbi

Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhodan xursand bo‘lib:
- “Ey Oisha, mendan xohlagan narsangni so‘ra” - dedilar. Oisha roziyallohu anho juda ham ziyrak ayol edilar, bu fursatni qo‘ldan boy bermaslik uchun eng yaxshi narsani so‘rashni qasd qildilar va:
- “Bu borada otam bilan maslahatlashsam” - dedilar. Chunonchi Abu Bakr roziyallohu anhuning huzurlariga borib voqe’ani bayon qildilar. Abu Bakr roziyallohu anhu:
- “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo u zotga sirlarni aytgan. O‘shalardan birini aytib berishlarini so‘ra” - dedilar. Oisha onamiz roziyallohu anho o‘sha narsani so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- “Robbim menga me’roj kechasida “Mening nazdimda mo‘minning darajasi shu darajada yuqoriki, qaysi bir mo‘min boshqa bir mo‘minning qalbiga xursandchilik solsa, albatta jannatiy bo‘ladi” – dedi, dedilar. Oisha roziyallohu anho xursand bo‘lib Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga bu gapni yetkazgan edilar Abu Bakr qattiq yig‘ladilar. Oisha roziyallohu anho:
- “Nega yig‘laysiz, axir bu xursandchilik xabar emasmi” - deganlarida, “Bu, mo‘minning qalbi Alloh taoloning nazdida shu darajada qadrliki, kim unga ozor yetkazsa, do‘zaxiydir” - degani bo‘ladi, dedilar.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
😢1
#bilasizmi

- O'tgan yilgi (2020-yil) davlat imtihonlarida qancha abituriyent maksimal ball olgan edi?

▪️2020-yilgi davlat imtihonlarida 930ga yaqin abituriyent 189 ball to‘plagan.

🇺🇿 OLIYOH.UZ ta'lim portali orqali barcha oliygohlarning kirish ballari, qabul kvotalari, yo'nalishlar ro'yxati, ularning joylashgan manzillari, aloqa qilish uchun kontaktlar haqida ma'lumotlarni doimiy olib boring!

©Oliygoh.uz

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
MAGISTRATURA KVOTA @YQQUZB_KANAL.pdf
1.6 MB
📌 2021-2022-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisligiga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌 Rasman: 26-apreldan boshlab O'zbekiston Milliy Universiteti to'liq masofaviy ta'limga o'tadi.

Bu haqida O'zMUning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallabayev Bugun.uz ga xabar berdi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
📌 Rasman: 26-apreldan boshlab O'zbekiston Milliy Universiteti to'liq masofaviy ta'limga o'tadi. Bu haqida O'zMUning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallabayev Bugun.uz ga xabar berdi. 🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:…
⚡️Ertaga, 24-aprel kuni O'zbekiston Milliy universitetida rahbariyat yig'ilishi bo'lib o'tadi. O'zbekiston Milliy universitetining onlayn ta'limga o'tish masalasi ertaga ushbu yig'ilishida aniq bo'ladi. Demak hali umid bor, menimcha baribir 26-apreldan kamida 14 kunga karantin e'lon qilib, masofaviy ta'limga o'tkazishadi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
#Rasman

📌Ijtimoiy fanlar fakultetda barcha kurslar uchun o'quv jarayoni 26-apreldan 10-mayga qadar masofaviy ta'limga o'tkazildi. 10-maydan an'anaviy darslar boshlanadi.

🔰Masofaviy tarzda o'quv jarayoni webdars.nuu.uz platformasida tashkil etiladi. (1-kurs talabalari uchun ham). Login va parollar guruh sardorlariga berilgan.
4-kurs talabalari uchun yakuniy nazoratlar 10-maydan boshlanadi.

👆Bu haqida Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanati xabar berdi.

📍Boshqa fakultetlar ham asta-sekin bu haqida xabar berishsa kerak.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌Matematika fakultetida bakalavr 1-2- va 3-kurs hamda magistr 1-kurs kunduzgi ta'limda tahsil oluvchi talabalar diqqatiga!

👆Yuqorida keltirib o'tilgan kursda tahsil oluvchi barcha talabalar 2021-yil 26-apreldan 2021-yil 10-mayga qadar 14 kunlik onlayn ta'limda o'qishlarni davom ettiradilar!

❗️Bu haqida Matematika fakulteti axborot xizmati xabar berdi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
📌Matematika fakultetida bakalavr 1-2- va 3-kurs hamda magistr 1-kurs kunduzgi ta'limda tahsil oluvchi talabalar diqqatiga! 👆Yuqorida keltirib o'tilgan kursda tahsil oluvchi barcha talabalar 2021-yil 26-apreldan 2021-yil 10-mayga qadar 14 kunlik onlayn ta'limda…
📌Matematika fakulteti kechki ta'limda tahsil oluvchi talabalar diqqatiga!

📍Kechki ta'limda tahsil olayotgan barcha talabalar o'quv semestri boshida tasdiqlangan dars jadvali asosida oflayn rejimda o'qishlarni davom ettiradilar.

❗️Bu haqida Matematika fakulteti axborot xizmati xabar berdi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌Kimyo fakulteti talabalari diqqatiga!

📍26-apreldan 10-mayga qadar darslar onlayn tarzda bo‘ladi. Kechki bo‘lim talabalari va 2-kurs magistrantlari an’anaviy tarzda (offlayn) o‘qishni davom ettiradi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌Matematika fakulteti kunduzgi ta'lim mexanika va matematika yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi bosqich talabalari dushanba kuni soat 14:00da fakultetga kelishlari so‘raladi.

❗️Ular uchun yakuniy nazoratlar offline tarzda tashkil etiladi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida kechki ta'limda tahsil oluvchi talabalar diqqatiga!

❗️Kechki ta'limda tahsil olayotgan barcha talabalar o'quv semestri boshida tasdiqlangan dars jadvali asosida an'anaviy (offline) rejimda o'qishlarni davom ettiradilar.

📍Kunduzgi ta'lim yo'nalishi haqida hozircha yangiliklar yo'q, kutamiz!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz