O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Assalomu Alaykum va rahmatullohu va barakatuh qadri baland qadrli birodarlar!👳🏻‍♂ In Sha Alloh Ramazon oyi munosabati bilan 09.05.2021 kuni soat 21:00 da 🌙RAMAZON MUBORAK🌙 nomli mini turnir bo'lib o'tadi. Mini turnirda 20 ta diniy savol o'ynaladi. Har bir…
Assalomu Alaykum va Rahmatullohu va Barakatuhu ! Turnirda ishtirok etmoxchi bo'lgan ishtirokchilar diqqatiga turnirga qatnashish uchun xech qanday ro'yxatdan o'tilmaydi. 9 may soat 21:00 da @NUU_students kanalida boshlanadigan turnirga vaqtida kelib ishtirok etsangiz bo'ldi.
🇺🇿 "DEVELOPMENT" YOSHLAR KONFERENSIYASI-2021

🗺 May oyining o‘rtasi-chin ma‘nodagi sayohat mavsumi uchun eng qulay va ommabop paytlar hisoblanadi.

📈 Sayohat va yangi do‘stlar orttirish imkoniyatini "Development" Yoshlar Konferensiyasi sizga taqdim etadi.

🗓 Sana: 15-16-may
⛳️ Joy: Shahrisabz
👨‍💼 Ishtirokchilar: 100 nafar delegat
💰 To‘lov badali: 150 ming so‘m
✅ Qabulning so‘ngi kuni: 12-may

🤔 Nega aynan ushbu Konferensiyada ishtirok etishim kerak deb o‘ylayapsizmi?

⭕️ Unda diqqat qiling:

➖QR kodli Sertifikat;
➖Tashakkurnoma:
➖Maxsus bedjik;
➖Maxsus blaknot va ruchka;
➖Maxsus sumka va sovg‘alar;
➖Nonushta,tushlik va kechki ovqat;
➖Bepul Yotoqxona;
➖Shou konsert;
➖Unutilmas sayohat;


❇️ Yo‘nalishlarimiz:
💠Yosh rahbarlar;
💠Badiiy adabiyot;
💠Yoshlar tadbirkorligi;
💠Stipendiatlik;

🧨 Eng asosiysi, bu hali hammasi emas!!!

🚀 Sizni bir biridan ajoyib va kutilmagan sovg‘alar kutib turibdi.

📥 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!!!

@Development_Qabul
@Development_qabul_bot

♻️ Bizning rasmiy kanalimiz:
@Development_2021
📌Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi

Senatga yuboriladigan yangi qonunda aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri – fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi cheklov olib tashlangan va bir qancha yengilliklar berilgan.

👉 https://kun.uz/uz/63790603

Kun.uz Telegram kanallari 👇

O‘zbekcha | Ўзбекча | Русская
📌Koronavirus bo‘yicha antirekord yana yangilandi: kecha 452 nafar kishida kasallanish aniqlandi.

🔺2021-yil 5-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93176 (+452) nafarni tashkil etmoqda.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Matematika fakultetidan barcha talabalar uchun yangilik!

❗️Fakultetning kafedralar kesimida quyidaga havolalar orqali fanlardan telegram kanallari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda!

👉Differentsial tenglamalar va matematik-fizika: https://t.me/dtmfK

👉Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika: https://t.me/ENMS_kafedrasi

👉Geometriya va topologiya: https://t.me/uyda_mathematika

👉Matematik analiz: https://t.me/matematik_analiz

👉Funksional analiz: http://t.me/funksional_analiz_asoslari

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Kimyo fakulteti talabalari uchun tanlov!

❗️Kimyo fakulteti 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan fakultet talabalari o‘rtasida "Xotira muqaddas" deb nomlangan maqola, videorolik, she'rlar tanlovini o‘tkazadi.

⭐️Ijodiy ishlar 8-may kuni 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

⭐️Gʻoliblar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi va maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

👉Ijodiy ishlaringizni +998982618181 telegram raqamiga taqdim etishingiz mumkin.

🔰Eslatma: Faqat kimyo fakulteti talabalari uchun!

📍
@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tilini bilish xalqaro sertifikati talab etiladi.

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazilmoqda.

Selektordan muhim ma’lumotlar:

➖Keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur.

➖ Yuqori ball olgan o‘qituvchilarga o‘qish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

➖ Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun Prezident sovrini ta’sis etiladi. Tuman/shahar g‘olibiga 100 mln, viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktabga 200 mln, respublikada birinchilikni qo‘lga kiritgan maktabga esa 500 million so‘mgacha mukofot beriladi.

➖ Kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Maktab, lisey, kollej va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari kamida ikkita xorijoy tilni mukammal bilishi kerak. Agar iana shunday katta marrani ko‘zlamasak, hech qanday natijaga erisholmaymiz. Bu talab har bir ta’lim muassasalari rahbarlari faoliyatining asosiy me’zoniga aylanishi lozim. Shuning uchun ham joylarda chet tillarini o‘rganishga barcha sharoitlarni yaratish hamda xorijiy tillarni ommalashtirish barcha rahbarlarning asosiy vazifasiga aylanishi shart." - Shavkat Mirziyoyev.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tillari bo‘yicha qabul kvotalari soni 2 baravar ko‘paytirilib, 16 mingtaga yetkaziladi, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi — Prezident.

📍
@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌O'zbekiston Milliy Universitetida karantin muddati 17-mayga qadar uzaytirildi.

26-apreldan kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotganlar uchun O'zMU 14 kunlik karantinga yopilgan edi. Ya'ni 10-maydan ochilishi kerak edi.

P.s: Menimcha o'quv yili yakuniga qadar onlayn o'qish davom etadi.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Matematika, kimyo va biologiya fanlaridan Fan olimpiadasining respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.

⏳ 2021-yil 7-may kuni Buxoro viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida Fan olimpiadasining IV (respublika) bosqichi doirasida test sinovi qismi o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda matematika, kimyo va biologiya fanlaridan 101 nafar talabgor ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

✅ Talabgorlarga 30 ta test topshirig‘i va test topshiriqlarini bajarish uchun 1 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratildi.

📌 Test topshiriqlari 20 ta yopiq va 10 ta ochiq testlardan iborat bo‘lib, yopiq testlarning har biriga 1,5 balldan, ochiq testlarga esa 2 balldan beriladi. Umumiy to‘plash mumkin bo‘lgan ball 50 ballni tashkil etadi.

❕ Qolgan umumta’lim fanlaridan Fan olimpiadasining IV (respublika) bosqichi may oyi yakuniga qadar Navoiy, Namangan va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

🔖 Ma’lumot uchun, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1-3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi.

👆Bu haqida davlat test markazi xabar berdi.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌 OTMlarda ijara summasi birinchi navbatda kimlarga to'lab beriladi?

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga;
2. Nogironligi bor talabalarga;
3. Qizil hududda yashayotgan talabalarga;
4. Sariq hududda yashayotgan talabalarga;
5. Universitetda va fakultetda o'rnak ko'rsatgan faol talabalarga.

Har bir OTM ma'muriyati o'z adolat doirasidan kelib chiqib yuqorida sanab o'tilgan kategoriyalar bo'yicha ro'yxat shakllantirmoqda.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ramazon hayiti 13-may kuni nishonlanadi.

O‘zbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni joriy yilning 13-mayida (haftaning payshanba kuni) nishonlanadi. Bu haqda bugun, 7-may kuni Juma namozi vaqtida ham e’lon qilindi.

🕋Barcha musulmonlarga yetkazing!

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Talaba farzandli bo'lganida unga OTM tomonidan bir martalik nafaqa puli beriladi.

Buning uchun talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etishi kerak bo'ladi.

Unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi.

Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori 490.000 so'mni tashkil etadi. Bunda kerakli hujjatlar:
👉 OTM rektori nomiga ariza
👉 Pasport nusxasi
👉 Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi

Huquqiy asos:
"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomning 6-paragrafiga ko‘ra, quyidagi qoidalar belgilangan.

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
12-may kuni O'zbekiston Milliy universiteti tashkil topganligi 103 yilligi shuningdek, kanal muhokama guruhining ham tashkil topganiga 1 yil to'lgani munosabati bilan tanlov e'lon qilmoqchimiz. Qatnashadigan talabalar bormi?
Anonymous Poll
52%
Ha, biz qatnashamiz
16%
Ishtirok etishim mumkin
22%
Qatnashishga harakat qilaman
10%
Aniq qatnashaman
#Ифторлик_вақти
РАМАЗОННИНГ 25 КУНИ, 7 МАЙ

Тошкент вақти билан: 19:28 ⏰
Оғиз очиш вақти ва дуоси:

«Аллоҳумма лака сумту ва бика аманту ва аълайка таваккалту ва аълаа ризқика афторту, фағфирлий йа қоддамту ва маа аххорту».
Маъноси: Ё Аллоҳ! Сенга иймон келтириб, Сенга таваккал қилиб, Сен учун рўза тутдим. Сен берган ризқ билан ифтор қилдим. Эй гуноҳларни кечиргувчи Зот! Олдинги ва кейинги гуноҳларимни кечир. Омин!

Қуёшнинг чиқиш ва ботиш вақтидаги фарқлари: (дақиқа ҳисобида)

➖ТОШКЕНТДАН аввал:
Хонабод -13/-15; Андижон -10/-13; Наманган -8/-10; Фарғона -7/-10; Хўжаобод -11/-13; Чортоқ -09/-11; Чуст -7/-8; Риштон -5/-8; Қува -9/-11; Қўқон -4/-8.

➖ТОШКЕНТДАН кейин:
Гулистон +5/+2; Жиззах +9/+5; Денов +13/+3; Термиз +18/+7;
Самарқанд +14/+8; Каттақўрғон +16/+12; Қарши +20/+13;
Нурота +17/+14; Навоий +19/+15; Учқудуқ +20/+23; Бухоро +24/+19; Урганч +34/+35; Нукус +36/+39.

♻️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ ЭСЛАТИНГ!
Аллоҳ рози бўлсин сиздан!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ЛАЙЛАТУЛ ҚАДР КЕЧАСИ ҲАҚИДА

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

Дўстларингизга ҳам эслатинг!
Бугун Рамазоннинг 27-кечаси бўлади иншааллоҳ. ЛАЙЛАТУЛ ҚАДР ЙИГИРМА ЕТТИНЧИ КЕЧАДАДИР.
Дўстларингизга ҳам эслатинг!