❗️O‘zbekiston OTMlariga o‘rtacha kirish ballari (2020-2021)
📌O‘zbekistonda 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, respublika OTMlari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilingan. Bu 2019-2020-qabul yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p.
👉Shundan:
davlat granti asosida — 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1 foizi) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);
to‘lov-kontrakt asosida — 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9 foizi) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etilgan.
👉Tanlov natijalariga ko‘ra:
davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali — 133,3 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali — 110,6 ballni tashkil etdi.
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!

❗️ transfer.edu.uz sayti ishga tushdi. O‘qishingizni ko‘chirish va tiklash uchun arizalarni jo‘natish imkoniyati mavjud.
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
Forwarded from Xushnudbek.uz
Бугун, 14 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— тест ўтказиладиган ҳудуд ва саналар;
— Миллий тест тизимига оид масалалар;
— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.
❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, унда ёки ушбу постга изоҳ қолдиринг, ёки @abituriyentguruh гуруҳида #savol хештеги билан саволингизни ёзинг (хештег эсдан чиқмасин).
👉 @xushnudbek 👈

❗️2-mutaxassislik uchun qabul 20-iyuldan boshlanadi — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
▪️Amaldagi tartib bo‘yicha, 2-oliy ma’lumot olish uchun hujjatlar 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi, deb xabar berdi.
Hujjatlar OTMning qabul komissiyasiga topshiriladi. Abituriyent:
▫️Rektor nomiga ariza;
▫️Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom asl nusxasi va ilovasini taqdim etishi kerak.
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
▪️Amaldagi tartib bo‘yicha, 2-oliy ma’lumot olish uchun hujjatlar 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi, deb xabar berdi.
Hujjatlar OTMning qabul komissiyasiga topshiriladi. Abituriyent:
▫️Rektor nomiga ariza;
▫️Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom asl nusxasi va ilovasini taqdim etishi kerak.
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Nima uchun siz shu holatda, shu vaziyatda, aynan O'zbekistonda tug'ilgansiz?
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
❗️O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) muvofiq, oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotni olish huquqiga ega.
Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga kimlar topshirishi mumkin?
👉 o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha;
👉 bakalavr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha;
👉 magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va turdosh magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish mumkin bo‘lgan turdosh magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qanday hujjatlar kerak bo'ladi?
👉 ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
👉 oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish uchun hujjatlar 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Perevod" uchun ariza topshirish bugun, 15-iyuldan boshlanadi
▪️"O'qishni ko'chirish uchun arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali 15-iyuldan 5-avgustgacha olinadi", deb ma'lum qilgandi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
▪️"O'qishni ko'chirish uchun arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali 15-iyuldan 5-avgustgacha olinadi", deb ma'lum qilgandi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov
📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
❗️So'nggi yangiliklar turkumidan:
• O‘zMU "World’s Universities with Real Impact" (WURI) xalqaro reytingining eng yaxshi innovasion universitetlari qatoridan joy oldi.
• O‘zbekiston Milliy Universiteti WURI global umumiy reytingida 101-200 o‘rin bilan O‘zbekiston Respublikasidan mazkur reytingga kirgan yagona universitet bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi o‘rinlarni egalladi:
- Sanoat dasturlari innovasion loyihalari – 51-100 o‘rin
- Talabalarning harakatchanligi va faolligi – 52-100 o‘rin
- Axloqiy qadriyatlar bo‘yicha innovasion loyiha – 51-100 o‘rin
- WURI global umumiy reytingida – 101-200 o‘rin.
P.s: Vahimani kattaligini, yaxshiyam 1-o'rin emas ekan, bo'lmasa biror kun belgilanib osh berilarmidi xalqqa :)
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!

❗️Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi!
Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.
Xorijiy davlatlardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari 25-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

❗️"Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning farzandlari OTMga kirsa, 1-kurs uchun kontrakt puli to‘lab beriladi!
▪️Prezident farmoniga ko‘ra, "Temir daftar"dagi ota-onalarning talaba farzandlariga 2021/22-o‘quv yili uchun kontrakt to‘lab beriladi.
Avgust oyida "Temir daftar" oilalarining 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandiga 500 ming so‘mdan 1 martalik yordam puli ham beriladi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
▪️Prezident farmoniga ko‘ra, "Temir daftar"dagi ota-onalarning talaba farzandlariga 2021/22-o‘quv yili uchun kontrakt to‘lab beriladi.
Avgust oyida "Temir daftar" oilalarining 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandiga 500 ming so‘mdan 1 martalik yordam puli ham beriladi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Kirish imtihonlari karantin sabab sentabr oyiga qoldiriladi!
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishining toʻxtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni oʻtkazish vaqti maʼlum bir muddatga surildi.
Bu haqda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.
📅 Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining oʻtkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarimida rejalashtirilmoqda.

❗️Magistratura bo'yicha O'zbekiston Milliy universiteti chiqargan fan dasturlarini ko'chirib olishingiz uchun quyidagi linkga bosing:
https://nuu.uz/index.php?lang=uzl&act=info&s1=magplanes
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
https://nuu.uz/index.php?lang=uzl&act=info&s1=magplanes
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tavsiyanomaga ega boʻlgan fuqarolarga OTMga oʼqishga kirishda qanday imtiyozlar bor?
Qonunchilikka ko‘ra, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagilarga:
👉 respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;
👉 respublikaning OTM (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

❗️Bu yil qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?
Adliya vazirligi bu yil qaysi oliy ta’lim muassasalari filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
▪️ BATAFSIL: https://oliygoh.uz/abituriyent/yangi-yonalishlar
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Adliya vazirligi bu yil qaysi oliy ta’lim muassasalari filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
▪️ BATAFSIL: https://oliygoh.uz/abituriyent/yangi-yonalishlar
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi!
PEREVOD SUPER-KONTRAKT @YQQUZB_KANAL.pdf
170.4 KB
❗️Noturdosh yo'nalishlarga yoki sababsiz perevod qilmoqchi bo'lganlar uchun super-kontrakt narxlari qancha?
Ushbu ro'yxatda o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorlari belgilangan.
Masalan, siz tarixdan matematikaga perevod qilmoqchisiz, siz stipendiyasiz kontakt miqdorining 8 barobarini to'laysiz, chunki ro'yxatga qarasangiz 8 barobar deyilgan.
Yoki iqtisodiyotdan mobil aloqa tizimlari yo'nalishiga ko'chirmoqchisiz, unda siz stipendiyasiz kontrakt miqdorining 10 barobarini to'laysiz. Chunki ro'yxatda mobil aloqa tizimlari yo'nalishiga 10 barobar deyilgan.

❗️Siz onlayn ravishda ariza to'ldirganingizdan so'ng arizangiz qabul qilindi degani emas, ishchi guruh tomonidan arizangiz tekshiriladi, xato va kamchiligi bo'lsa rad etiladi hamda qanday kamchilik mavjud ekanligi saytda ko'rsatiladi.
👉Yuborilgan arizalar ketma-ketlik asosida tegishli ishchi guruh tomonidan o'rganilib, kamchiliklari mavjudlar rad etiladi, kamchiligi mavjud bo'lmagan arizalar esa "Qabul qilindi" statusida turadi.
👉Jarayon bir necha kunni o'z ichiga olishi sababli shaxsiy kabinetigizni tekshirib turishingizni maslahat beramiz.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
👉Yuborilgan arizalar ketma-ketlik asosida tegishli ishchi guruh tomonidan o'rganilib, kamchiliklari mavjudlar rad etiladi, kamchiligi mavjud bo'lmagan arizalar esa "Qabul qilindi" statusida turadi.
👉Jarayon bir necha kunni o'z ichiga olishi sababli shaxsiy kabinetigizni tekshirib turishingizni maslahat beramiz.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oldinga yurish uchun, bir qadam orqaga tashlab oling.
Muhammadali Eshonqulov'dan ajoyib so'zlar, chuqur xulosa qilishga undaydi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Muhammadali Eshonqulov'dan ajoyib so'zlar, chuqur xulosa qilishga undaydi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari
📌 2021-yil 16-iyul kuni (soat 18:04 da) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surilganligi va epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilayotganligi e’lon qilindi.
⏳ Lekin ayrim telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur xabar “Kirish imtihonlari karantin sabab sentabr oyiga qoldiriladigan bo‘ldi” sarlavhasi ostida berilishi natijasida ko‘plab fuqarolar xabarni to‘liq o‘qimasdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sentabr oyiga qoldirildi degan xulosaga kelishmoqda.
☎️ Shu sababli ko‘pchilik tomonidan Davlat test markaziga “Imtihonlar haqiqatdan ham sentabr oyiga qoldirildimi?”, “Nima uchun sentabr oyida qoldirildi?” kabi mazmundagi murojaatlar kelib tushmoqda.
✅ Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

❗️Abituriyentning pasport ma’lumotlari faqat bitta telefon raqamiga biriktiriladi.
Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Davlat test markazi tomonidan my.dtm.uz sayti 2020-yilning oxirida ishga tushganidan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalariga qabul boshlanguniga qadar Davlat test markazining ko‘plab xizmatlaridan mazkur sayt orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan edi.
Mazkur davr davomida yuz minglab abituriyentlar my.dtm.uz sayti orqali turli xizmatlardan foydalanib keldi.
Hozirda ayrim abituriyentlar my.dtm.uz saytida oldin ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsalarda yangidan ro‘yxatdan o‘tishga harakat qilmoqda.
Abituriyentlarning pasport ma’lumotlari faqat bitta telefon raqamiga biriktirilganligi uchun oldin ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga uning pasport ma’lumotlari qaysi telefon raqamiga biriktirilgani ko‘rsatiladi.
Mazkur abituriyentlar my.dtm.uz saytida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari shart emas va ular oldin ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami orqali tizimga kirib foydalanishlari mumkin.
Agar abituriyent telefon raqamini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsa va telefon raqamini tiklash imkoni mavjud bo‘lmasa, Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilsa, uning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.
👆Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi!