O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oldinga yurish uchun, bir qadam orqaga tashlab oling.

Muhammadali Eshonqulov'dan ajoyib so'zlar, chuqur xulosa qilishga undaydi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari

📌 2021-yil 16-iyul kuni (soat 18:04 da) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surilganligi va epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilayotganligi e’lon qilindi.

⏳ Lekin ayrim telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur xabar “Kirish imtihonlari karantin sabab sentabr oyiga qoldiriladigan bo‘ldi” sarlavhasi ostida berilishi natijasida ko‘plab fuqarolar xabarni to‘liq o‘qimasdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sentabr oyiga qoldirildi degan xulosaga kelishmoqda.

☎️ Shu sababli ko‘pchilik tomonidan Davlat test markaziga “Imtihonlar haqiqatdan ham sentabr oyiga qoldirildimi?”, “Nima uchun sentabr oyida qoldirildi?” kabi mazmundagi murojaatlar kelib tushmoqda.

✅ Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentning pasport ma’lumotlari faqat bitta telefon raqamiga biriktiriladi.

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Davlat test markazi tomonidan my.dtm.uz sayti 2020-yilning oxirida ishga tushganidan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalariga qabul boshlanguniga qadar Davlat test markazining ko‘plab xizmatlaridan mazkur sayt orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan edi.

Mazkur davr davomida yuz minglab abituriyentlar my.dtm.uz sayti orqali turli xizmatlardan foydalanib keldi.

Hozirda ayrim abituriyentlar my.dtm.uz saytida oldin ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsalarda yangidan ro‘yxatdan o‘tishga harakat qilmoqda.

Abituriyentlarning pasport ma’lumotlari faqat bitta telefon raqamiga biriktirilganligi uchun oldin ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga uning pasport ma’lumotlari qaysi telefon raqamiga biriktirilgani ko‘rsatiladi.

Mazkur abituriyentlar my.dtm.uz saytida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari shart emas va ular oldin ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami orqali tizimga kirib foydalanishlari mumkin.

Agar abituriyent telefon raqamini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsa va telefon raqamini tiklash imkoni mavjud bo‘lmasa, Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilsa, uning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

👆Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қандай чеклов бўлса биринчи бўлиб масжидларга осилаверишлари домламизнинг ҳам анчагина ғашларига тегибди.

Ҳукуматнинг мантиғи бўйича касалланиш ўғил-қиз бир-бири билан ит каби суркалиб ўйнайдиган фестивалларда эмас, тартиб билан ибодат қилинадиган жойларда урчийди, чамамда!

@adolat_kuychisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish

📈 Ayni vaqtda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 700 mingga yaqinlashib qoldi. Lekin juda ko‘plab abituriyentlar to‘lovni hali amalga oshirganlari yo‘q. Bunga sabab sifatida to‘lov bo‘yicha yetarli darajada ma’lumotga ega emasliklarini aytish mumkin.

DTM tomonidan yaratilgan test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

To‘lov qilishga tushunmayotgan abituriyentlarga yuboring!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ilmga homiylik qilishni trendga chiqarishimiz kerak!

©Muhammadali Eshonqulov

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
☪Arafa muborak bo'lsin, dindosh musulmonlar!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️OTMda oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini olish!

“Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini olish” davlat xizmati my.gov.uz va Davlat xizmatlari markazlari orqali olish imkoniyati mavjud.

👉https://my.gov.uz/ru/service/view/369

Soʻrovlar my.archive.uz - tizimiga avtomatik tarzda kelib tushadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
👍1
Forwarded from Azon Global | Tezkor
Мусулмонлар Европадан ортда эмас

Ўзбекистон байроғини космосга олиб чиққан йигит билан суҳбат.

https://azon.uz/content/views/40353

Муҳим хабарларни қуйидаги бот орқали бизга юборинг: @azon24bot

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Телеграм каналимизга аъзо бўлинг: 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAER1go61S5CTyWoStQ
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021-yil 19-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 741 963 nafar.

✅ Ta’lim shakllari bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 403 812 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 313 323 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 24 828 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 631 122 nafar;
👉 Rus tili – 85 223 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 23 135 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 483 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 25 947 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti – 24 190 nafar;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 23 696 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 23 591 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 23 539 nafar.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

©huquqiy axborot

P.s: Shu qolgandi o'zi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
🎊🎈🎉ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH🎊🎈🎉

🌙☪Barcha musulmon ahliga hayit ayyomi muborak bo'lsin. Alloh qilgan ibodatlarimizni o'zi qabul aylasin, barchamizni jannat bilan siylasin! Adashganlarga hidoyat bersin, adashsak to'g'ri yo'l ko'rsatsin. Ilmimiz ziyoda bo'lib, barcha musulmon ahliga va yaqinlarimizga nafimiz tegadigan bo'lib yetishaylik. Qurbon hayiti bayramingiz muborak bo'lsin, birodarlar!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oliy maqsadimiz nima? Hech o'ylab ko'rganmisiz?

© Muhammadali Eshonqulov

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

📆 2021-yil 22-iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni bo’lib, 22-iyul kuni (ertaga) soat 23:59 da abituriyentlarni onlayn ro’yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to’lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

📌 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so’nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro’yxatdan o’tishlarini hamda ta’lim yo’nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo’lishlarini tavsiya qilamiz.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlari to‘g‘risida ma’lumot!

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida), ya’ni 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini o‘tkazish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda 4 (to‘rt) bo‘lib, quyidagi muddatlarda amalga oshirishlari mumkin:

➖ belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

➖ belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;

➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Forwarded from PRESSUZ
​​Saida Mirziyoyeva: «Bizning yoshlarimiz shunaqa! Ularni munosib baholamaganlar oqibatda uyalib qoladi!»

O‘zbekistonlik 16 yashar Nodirbek Abdusattorov o'zidan 10 yosh katta bo'lgan gollandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri ustidan 3:1 hisobi bilan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.

«Eng qizig‘i, Nodirbek xalqaro reytingda 127-o‘rinni egallagan bo‘lsa, uning raqibi, FIDE Jahon kubogi turnirining asosiy favoritlaridan biri Anish bu reytingda naq 8-o‘rinda edi.

Ushbu g‘alaba 2018-yili Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatini eslatib yubordi. O‘sha paytda sportchimiz Shamsiddin Vohidov norvegiyalik grossmeyster, jahon chempioni Magnus Karlsendan ustun kelgan.

Boshida Karlsen ro‘parasidagi 16 yoshli o‘spirin Shamsiddinni nazariga ilmagan bo‘lsa, o‘yin oxirida mag‘lub bo‘lib zaldan asabiy holda otilib chiqib ketgan edi. Bu o‘yin katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Bizning yoshlarimiz shunaqa! Ularni munosib baholamaganlar oqibatda uyalib qoladi.

Iqtidorli sportchilarimizga, umuman yigit-qizlarimizga ozgina imkon, turtki berilsa bo‘ldi. Uyog‘ini eplab ketishadi», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
​​❗️DTM ga jiddiy taklifimiz bor: Istasangiz OLIYGOH.UZ platformasi onlayn qabulni mukammal darajada tashkil qilishga yordam beradi! Bepulga!

Bu yilgi qabul jarayonlari o'tgan yilgidan ham ko'ra sifati ancha past tashkil etildi! Buni anglash uchun atrofga bir nazar tashlash kifoya. Juda ko'pchilikda bu yilgi DTM ishlab chiqqan tizimda nimadir muammo chiqdi. Yo tizim serverlari ishlamay qoladi, yoki to'lov tizimlarida, yoki boshqa masalada!

Buning asosiy kaliti qayerda?

Asosiy kalit tizimda! Onlayn qabul tizimi mukammal to'g'ri ishlab chiqilmagan. Serverda bo'layotgan kuchli yuklanishlar sabab emas, bu shunchaki "yosh bolalarni aldagandek aytiladigan" bahona!

Davlat test markazi uchun OLIYGOH.UZ platformasidan o'ta jiddiy taklif bor!

Onlayn qabul tizimini to'g'ri yo'lga qo'yishda va serverlarda qilinayotgan xatoliklarni to'g'irlay olmasangiz, keyingi yillardan onlayn qabul tizimini biz tashkil qilib berishimiz mumkin. Taklifimiz shunchaki quruq gap emas. Butun boshli tashkilot qila olmagan yechimni bizning platforma va serverlarimiz amalga oshirishga kuchi hamda qurbi yetadi. Platforma xavfsizlik tizimi anchagina mukammal va foydalanuvchilar kabineti sodda shaklda yaratilgan. Biz uni yanada optimallashtirgan holda onlayn qabul tizimiga moslay olamiz.

☝️Eng asosiysi bu ishni BEPULga qilib berishga tayyormiz!

🎓 OLIYGOH.UZ jamoasi ushbu taklif bo'yicha har taraflama kelishuvga tayyor. Eng muhimi xalqdan yig'ib olingan milliardlar hisobiga emas, hech qanday haq olmasdan BEPUL'ga ushbu tizimni tashkil qilib berishga tayyorligini bildiradi!

❗️Davlat test markazi xalqdan yig'ib olgan milliardlarga va uddalay olmagan har bir ishga javobgar! Qila olmadingizmi tan oling va qila olishga qurbi yetganlarga yo'l bering. DTM ning bir necha yillik tarixi davomida xatolarsiz yil bo'lganmi? Xatolaringizni hech tan olasizmi? Yoki aybni yana sistemaga yuklaysizmi yoki boshqa narsaga? Tizimni tashkilot qurgan va tashkilot bunga javobgar hisoblanadi.

👉 https://oliygoh.uz/post/dtm-ga-jiddiy-taklifimiz-bor
❓Savol: Imtihonga formada borishi kerakmi?

✅Javob: Imtihonga aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o'ziga qulay kiyimda borishi mumkin.

❓Savol: Eng koʻp berilayotgan savollar biri yani ro'mol masalasi, qizlar ro'molda imtihonga kiritiladimi?

✅Javob: Imtihonga qizlar ro'molda borishiga hech qanday to'sqinlik yoki cheklovlar mavjud emas! Qo'shimcha qilib shuni aytishimiz kerakki, test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etilayotganligi sababli, abituriyentlar xohishiga ko‘ra, test sinovlariga bosh kiyim (kepka) bilan kelishlari mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
​❗️Rasman: Test topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat 30 daqiqa beriladi!

⏰Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

⏰Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Shunday qilib test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi. Umumiy 105 ta test topshiriqlarini bajarish va javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 210 daqiqa (3 soat 30 daqiqa) ajratiladi.

Asos: O‘z. Res. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Magistraturaga onlayn qabul jarayoni magistr.edu.uz veb-sayti orqali 31-iyul kuniga qadar amalga oshiriladi.

Qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib boʻyicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test sinovlari oʻtkaziladi.

▪️1-bosqich: mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib boʻyicha 3-15-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

▪️2-bosqich: chet tili fanidan test sinovlari DTM tomonidan belgilangan tartib avgust oyining ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!