O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Perevod" imtihonlarida qanday savollar tushadi?

✅DTM direktori "perevod" imtihonlarida qanday savollar tushishini va super-kontrakt qanday qo'llanishini aytdi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
​​​​❗️Rasman! 29-iyuldan boshlab ​​«Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz sayti orqali yuklab olish mumkin!

✅Bu haqda Abituriyentlarga my.dtm.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida eslatib o‘tilgan. (Rasmga qarang)

✅ Abituriyentlar «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan elektron shaklda yuklab olgach, printer orqali oq qog‘ozga chiqartirgan holda imtihonga pasport bilan birga olib kelishlari kerak.

❗️Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

👉 Test savollari soni karantin sabab qisqarishi mumkin!

Barcha tanish abituriyentlarga tarqating!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ozbekiston Milliy universiteti professor-oqituvchilari, izlanuvchilari, yosh olimlari va doktorantlari uchun navbatdagi seminar-treningga taklif etamiz:

📖Mavzu: Universitet reytingini yaxshilash va xalqaro hamkorlikning roli

🎓Xorijiy hamkorlar:

👉Universiti Malaysia Terengganu (UMT) professori Eshquvatov Zayniddin Karimovich

👉Universiti Malaysia Terengganu (UMT) oquv ishlari va xalqaro ishlar boyicha prorektori, Prof. Ts. Dr. Mohd Zamri bin Ibrahim

👉Universiti Malaysia Terengganu (UMT) Okean muhandisligi texnologiyasi va informatika fakulteti dekani Prof. Ts. Dr. Che Mohd Ruzaidi bin G'azzoliy

👉Universiti Malaysia Terengganu (UMT) Xalqaro markazi direktori Prof. Dr. Ahmad Faysal Bin Mohamad Ayob

📆O'tkazilish vaqti: 2021-yil 27-iyul, soat 09:00 dа.

💻O'tkazilish joyi:
ZOOM orqali (masofaviy)
https://zoom.us/j/3854671228?pwd=dTVreXJLQXFzdVNrTUp0aVpZUzdJUT09
Identifikator: 385 467 1228
Kod: 1

▶️O'zMU Xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo`limi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️"Perevod"chilar uchun o'tish bali belgilandi!

✅Yuridik va tibbiyot sohalari uchun o'tish bali 100 ballgacha qolishi mumkin, bu haqida keyinchalik SSV va Adliya vazirligi e'lon qiladi. Boshqa yo'nalishlarda o'tish bali 66.1 etib belgilandi. Bu tartib faqat shu yil uchun amal qiladi, keyingi yillardan boshlab har bir yo'nalishda o'tish bali har xil va bundan yuqori bo'ladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi!

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni tasdiqlandi.

📆 Unga ko‘ra pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021-2022-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

📌 Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Test topshiriqlari soni qisqartirildi!

📌 Davlat komissiyasining 2-son bayoni test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 21 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ball.

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 20 ta savol
.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

2-fan - 20 ta savol.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.

Umumiy holda, 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
ЎзМУ_кайта_тўлов_микдори_2020_2021_Бакалавр_кундузги.pdf
240.2 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetining bakalavriat kunduzgi smenasi talabalari uchun kredit-modul bo'yicha kreditlar qiymati!

📌Eslatma:
Faqat kredit-modul tizimidagi kurs talabalari uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
ЎзМУ_кайта_тўлов_микдори_2020_2021_магистратура.pdf
242.9 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetining magistratura talabalari uchun kredit-modul bo'yicha kreditlar qiymati!

📌Eslatma:
Faqat kredit-modul tizimidagi kurs talabalari uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'qishni ko'chirishda o'tish baliga yetmay qolgan holatlarda to'lanishi mumkin bo'lgan super-kontrakt miqdorlari!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️To'lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

✅ Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Geologiya va geoinformasion tizimlari Geologiya kafedrasi katta o'qituvchisi Ilxamova Go'zal Xusniddinovna olamdan o'tib qolibdilar, ertaga soat 10:00 da chiqarishar ekan. Alloh rahmatiga olsin, oxiratlari obod bo'lsin ustozimizni!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Barcha abituriyentlarga yetkazing: Imtihonoldi abituriyentlarga maslahatlar!

©Muhammadali Eshonqulov

👉 Batafsil:
https://youtu.be/dHd85rhwuyI

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
1.3 MB
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro'yxati!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
👏1
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari (@eduuz).pdf
1.8 MB
❗️Fanlar majmuasi-2020! Xorijdan o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!

Ushbu faylda 2020-2021-o'quv yili uchun fanlar majmuasi ko'rsatilgan. Siz o'qishni ko'chirish imtihonlarida 2 ta fandan va ushbu ro'yxatdan ko'rsatilgan fanlardan imtihon topshirasiz. Qaysi yo'nalish uchun qaysi fanlardan imtihon topshirish mumkin ekanligini bilib olishingiz mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘tkazilishi muhokama qilindi

✔️ 2021-2022-o‘quv yilda respublikaning jami 42 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriatning 140 ta ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

🔰 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligida bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘tkazilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, bosh boshqarma boshliqlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga mas’ul komissiya raisi va a’zolari ishtirok etishdi.

📌 Vazir oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga bu yilgi imtihon jarayonlarini karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda ochiq, shaffof, adolatli va tamomila yangicha formatda tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni oʻqishga qabul qilish haqida:

✅ Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

📑 Roʻyxat bilan tanishish...

✅ Bunda:

👉 vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

👉 vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

👉 suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.

👉 talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

☝️Oliy va oʻrta mahsus taʼlim vazirligi va Davlat test markazi xabarida ham onlayn roʻyxatdan oʻtish boʻyicha hech qanday platforma koʻrsatilmagan. Platforma eʼlon qilinsa kanalda qayta maʼlumot beriladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Fanlar majmuasi, baholash mezonlari.pdf
1.5 MB
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlariga kiritilgan o‘zgartirishlar tasdiqlandi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
ЎзМУ_кайта_тўлов_микдори_кечки.pdf
202.8 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetining bakalavriat kechki smenasi talabalari uchun kredit-modul bo'yicha kreditlar qiymati!

📌Eslatma:
Faqat kredit-modul tizimidagi kurs talabalari uchun!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'zbekiston Milliy universitetida to'lov-kontrakt asosida o'qiyotgan talabalar uchun to'lovni amalga oshirish uchun oxirgi muddat 10-avgust etib belgilandi!

📌To'lovni amalga oshirmagan talabalar kursdan qoldiriladi. Barcha talabalarga yetkazing!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
ЎзМУ_кайта_тўлов_микдори_2020_2021_сиртки.pdf
211.1 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetining sirtqi ta'lim talabalari uchun kredit-modul bo'yicha kreditlar qiymati!

📌Eslatma: Faqat kredit-modul tizimidagi kurs talabalari uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!