O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti (foiz hisobida).

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'qishni ko'chirish imtihonlari haqida!

✅Xorijdan o'qishni ko'chirish imtihonlari o'tgan yilgi fanlar majmuasi asosida 2 ta fandan bo'ladi:

1-blok uchun 3,2 ball
2-blok uchun 3,1 ball beriladi

✅Imtihonlar bakalavr va magistratura imtihonlari yakunlaganidan so'ng o'tkaziladi.

Imtihon natijalari, test sinovlari yakunlanganidan so'ng 1 hafta muddatda e'lon qilinadi. Test sinovlari avgust oyi oxirlarida bo'lishi kutilmoqda.

✅Imtihonlar avvalgi yillarda kompyuter orqali olingan, endilikda huddi abituriyentlar singari xiyobonlarda olinadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Koronavirusga chalingan abituriyentlar imtihonsiz qolib ketmaydi” — DTM vakili

▪️Koronavirusga chalingani sabab imtihonda qatnasha olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon tashkil etiladi, deb ma’lum qildi Davlat test markazi bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov Xpress.uz'ga bergan intervyusida.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Davlat oliy ta’lim muassasalariga fanlardan qarzi bor talaba o‘qishini ko‘chira oladimi?

Faqatgina birinchi kursning birinchi semestridan qarzdor bo‘lgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. Boshqa semestrdagi fandan qarzdor bo‘lgan talaba o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi ruxsat etilgan talabani kursini belgilashda mutaxassislik fanlari farqi solishtiriladi va bunda, talaba qarzdor bo‘lgan fan ham inobatga olinadi. Fanlar farqi 4 tadan ortiq bo‘lgan holatda talabaning o‘qishi muayyan kursga tavsiya etilmaydi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant, joy – 37 ta!

Kanadada joylashgan University of Toronto 2022-yil sentabrda boshlanadigan bakalavr kurslari uchun Lester B. Pearson International Scholarship Program grant dasturini taklif etadi.

Grant dasturi a'lo akademik yutuqlarni qayd etgan, kreativ va o'z ta'lim muassasasida yetakchi sifatida tan olingan xalqaro talabalar uchun mo'ljallangan.

Ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar ro'yxatida 18-o'rinni egallab turibdi.

Grant bakalavrda o'qishni xohlovchilar uchun.

👉 Batafsil

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish 1-avgustdan boshlanadi!

2021-2022-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 2021-yil 1-avgust sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini birinchi TOP-500 talik oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kirish bo'yicha infografikasi!

▶️O'zMU xalqaro aloqalar bo'limi

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Fanlar majmuasi - 2021 (471 ta).pdf
642.2 KB
❗️Davlat test markazi test topshiriladigan fanlar majmuasini e’lon qildi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Tegishli qarorga muvofiq, 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab:

➖ Tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasida (14%) ta’lim krediti ajratadi. Resurs Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladi.
➖ Talaba kreditni o‘qishni rasman tamomlagach, yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytaradi.
➖ Kreditni rasmiylashtirishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari birgalikdagi qarz oluvchi sifatida qatnashishishga ruxsat beriladi.
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan kredit uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.
➖ Ta’lim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tuziladi (yuridik shaxs bo‘lmaydi). Jamg‘armaga 2021 yilda kamida 1 trln so‘m, keyingi yillardan haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘ ajratiladi.
➖ Jamg‘arma tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4% bandga past bo‘lgan stavkada resurslar ajratadi. Asosiy stavka pasaysa, kredit va resurs stavkasi ham pasayadi, agar oshsa, o‘zgarishsiz qoladi.

‼️Eslatma: Endilikda nafaqat ikki va undan ortiq farzandi to'lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga, balki to'lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan barcha talabalarga birdek imtiyozli ta'lim krediti berilishi nazarda tutilmoqda.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim bilan kelishlari mumkin!

📌Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

✅Test sinovlari kuniga ikki smenada:

1️⃣-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❇️ Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
📌Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlangan!

👨🏻‍💻 2021-2022-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

📥 Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

✅ Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

📆 Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

❕ Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️ Kelasi yildan magistratura imtihonlarini DTM o‘tkazadi. Hujjat topshirish uchun jiddiy talab qo‘yiladi!

Kelasi o‘quv yilidan magistraturaga kirish uchun mutaxassislik fanidan imtihonlar Davlat test markazi tomonidan olinadi. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Xalqaro press klubning OTMlarga qabul mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasida aytib o‘tdi.

“Magistraturaga qabul jarayonida adolatsizliklarning oldini olish uchun bir qadam qo‘yildi. Magistraturaga qabulning bosqichlari bor. Birinchisi, to‘rt yil o‘qilgan bakalavr diplomining o‘rtacha bali olinadi. Ikkinchisi, barcha mutaxassisliklar bo‘yicha chet tilidan imtihon bor. Ana shu imtihon oliy ta’lim muassasasining o‘zida olinar edi, Davlat test markaziga o‘tkazildi. Endi ular ham DTM orqali test topshiradi”, deydi Toshqulov.

Vazir so‘zida davom etib, mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni ham DTMga o‘tkazish uchun tashkilotning imkoniyatlarini ham inobatga olish kerakligini ta’kidladi.

“Mutaxassislikka kelganda DTM imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Vaqt qisqaligi uchun mutaxassislik fanlarini o‘tkazishga ulgurmadik. Kelasi o‘quv yilida, mana bu yil bitiruvchi bakalavrlarimiz buni bilishi kerak, mutaxassislik fanlaridan imtihonlar ham DTMga o‘tkaziladi”, dedi vazir Toshqulov.

Vazir kelasi o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lishi majburiy etib belgilanishini aytdi. Shunday sertifikat olmasa, xorijdagidek hujjat topshira olmaydi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugundan vaksina olish majburiy bo‘lmoqda.

👉Agar fuqaro vaksina olishni rad qilsa, oyoq-qo‘lini bog‘lab, milisiya yuborib, tibbiyot muassasasiga oborilmaydi. Faqat boshqa huquqlari, masalan: mehnat huquqlari cheklanishi mumkin.

👉Ish beruvchi emlanmagan xodimni ishdan haydamaydi, ishdan chetlatadi. Ishdan chetlatilsa, bu vaqtinchalik bo‘ladi, oylik to‘lanmaydi.

© Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha!

👨🏻‍💻 Ma’lumki, 15-iyuldan transfer.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

📌 Hozirda onlayn ariza topshirgan talabalarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

ℹ️ Onlayn ariza berilganda – “Yangi”.

✅ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelsa – “Qabul qilindi”.

❌ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa – “Rad qilindi”.

🖥 Ariza rad etilgan taqdirda, buning sababi ham ko‘rsatiladi va talabalar qayta onlayn ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.

☎️ Agar arizaning rad etilganlik holati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ⓜ️ Davlat test markazi

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul boshlandi!

✅
2021-yil 1-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Onlayn ro‘yxatga olish Davlat test markazining texnikum.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar 20-avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim!

❌ Pasport (ID karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Sessiyadan qanday omon chiqish mumkin.

Haqiqiy mustahkam guruhlargina videoda ko'rsatilgan taktikadan foydalangan holda sessiyadan butun guruh bo'lib omon qolishlari mumkin. Aytgancha hazil :)


📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'zbekiston Milliy universitetida magistraturaga kirish imtihonlari test shaklida bo'lishi katta ehtimol bilan kutilmoqda.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!