O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etish sxemasi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Talabalar olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq!

✅2021-yilning 2-7-avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasidagi Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC - International Mathematical Competition) bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi. Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Gemaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

🇺🇿O‘zbekistonlik talabalarning ushbu olimpiadada munosib ishtirokini ta'minlash maqsadida joriy yilning mart - iyul oylarida V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti mutaxassis o‘qituvchilari Behzod Qurbonboyev va Farhod Haydarovlar tomonidan tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichi iyul oyida o‘tkazilib, to‘rt bosqichli saralash natijalariga ko‘ra 17 nafar talaba terma jamoaga qabul qilindi.

🏆Olimpiada natijalariga ko‘ra:

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Abdushukur Ahadov-oltin;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jasurbek Imomov-oltin;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Maftuna Samatboyeva-oltin;

👉Urganch davlat universiteti talabasi Islombek Ismoilov-oltin;

👉Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Kamal Sadikov-oltin;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Shohzod Quroqboev-kumush;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Doniyor Yazdonov-kumush;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir To'rayev-kumush;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir Norboev-kumush;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Davrbek Oltiboyev-kumush;

👉Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Abdumalik Abduqayumov-kumush;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Laziz Abdullayev-bronza;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Nilufar Rajabova-bronza;

👉Guliston davlat universiteti talabasi Olimjon Jalilov- bronza;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir Tursunboyev-bronza;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Iskandarov Javohir-faxriy yorliq;

👉O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Nodirbek G‘afforov- faxriy yorliqqa sazovor bo‘lishdi.

🔰Barchangizni ushbu g'alabalar bilan muborakbod etamiz!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️​​Ko‘pchilik abituriyentlar bir xil ball to‘plasa, lekin kvota soni kam bo‘lsa nima bo‘ladi?

Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan deb hisoblanadi?

✅Javob: Davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o‘rinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball to‘plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo‘shimcha joy ajratiladi. Kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig‘ining oxirida kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga kirgan deb hisoblanadi va qo‘shimcha joy ajratiladi;

Xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'qishni ko'chirish uchun imtihonlar 20-avgustdan keyin boshlanishi mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️Shahar transportidagi #befarosatlar_xit paradi:

1. Umuman yuvinmaydiganlar.
2. Tutqichdan ushlab turish oʻrniga ustinga yiqiladiganlar.
3. Telefonda ovozi boricha baqirib gaplashadiganlar.
4. Qariya yoki yosh bolali yoʻlovchini koʻrishi bilan uxlab qoladiganlar.
5. Oʻzini bekatiga yetib kelmagan boʻlsa ham eshik oldidan ketmaydiganlar.
6. Yuzingga qarab yoʻtaladiganlar.
7. Sochini u yoqdan bu yoqqa silkitib yuzingga tekkizishni yoqtiradiganlar.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yosh rahbarlar, shuningdek tajribasiz mansabdor shaxslar uchun ajoyib maslahatlar. Ayrim dekan va zamdekanlarga tegishli deb o'ylab qoldim. Ba'zi muassasalardan aniq javob ololmaganlar bu so'zlarni juda ko'p eshitishgan :)
❗️Tokio-2020 Olimpiadasining O‘zbekiston delegasiyasi bugun 9-avgust kuni soat 21:00 da aeroportdan kutib olinadi.

🇺🇿 O‘zMU talabalaridan mazkur tantanali marosimda ishtirok etishni istaganlar bugun soat 19:00 da rektorat binosining 6-qavat 65-xonaga karantin qoidalariga rioya qilib kelishlarini so‘raymiz.

Maslahat: Har ehtimolga qarshi madhiyani va Vatan haqidagi she'rlarni ko'proq takrorlab va yodlab boring :)

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
#Masalanda

11 yil maktabda ona tili darsi davomida chiroyli yozish o'rgatiladi va bolalar katta bo'lib baribir klaviaturada yozishadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Rasmiy manbalar xabar berishicha, Tokio-2020 sovrindorlari Tahoe va Trailblazer avtomashinalari bilan taqdirlanishar ekan. To'g'ri sportchilarimiz yuksak marralarni zabt etishdi. Shu o'rinda bir savol: Kechagina Xalqaro Matematika Musobaqasida g'olib bo'lgan yurtdoshlarimiz ham taqdirlanisharmikan? Axir ular ham jahon miqyosida g'oliblikni qo'lga kiritishdi-ku? Ha albatta taqdirlanishadi, bazaviy miqdorning nechadir baravari miqdorida. Taqqoslab ko'rsak, yuqoridagi mashina narxlari bundan bir necha barobar qimmatroq. Mamlakatimizda ilm-fandan ko'ra sportga e'tibor kuchli. Bizning sportchilarga adovatimiz yo'q. Ammo ikki sohani birdek taqdirlash tarafdorimiz. Ilm-fanga bo'lgan homiylik va qo'llab-quvvatlash susayib borar ekan, zamonaviy sohada ortda qolganimizcha qolib ketaveramiz. Bir haqiqatni anglab yetaylik: "Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r mingni". Ilm-fan sportdan yuqori martabani egallamas ekan, biz zo'r kadrlarni chet elga "eksport" qilishdan boshqasiga yaramaymiz. Fikrlab ko'raylik, ozroq
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Rasmiy manbalar xabar berishicha, Tokio-2020 sovrindorlari Tahoe va Trailblazer avtomashinalari bilan taqdirlanishar ekan. To'g'ri sportchilarimiz yuksak marralarni zabt etishdi. Shu o'rinda bir savol: Kechagina Xalqaro Matematika Musobaqasida g'olib bo'lgan…
Tahoe va Trailblazer'lardan tashqari uy kalitlari ham topshirilishi kutilmoqda ekan.

Fan sovrindorlari esa Toshkentda ijarada yoki yotoqxonada turishsa kerak. Uy berilmaydi harqalay.

Sizningcha, shu adolatmi? Buni ko'rgan yoshlar albatta chet elga ketishadi. Bizning "ayrim" rahbarlar yoshlardan yana nimani kutishsin O'zbekistonda qolishnimi? Mantiqsiz...
Alisher Sadullayevni ilmli yoshlarni qo'llab-quvvatlovchi yaxshi kishi deb aytishgandi, aldashibdi...
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Voice message
Yaponiyadan uzoqlashmaymiz. Ko'zim tushib qolgani uchun sizlarga ham ulashmoqchiman: https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/&ved=2ahUKEwict-im1qTyAhVCpYsKHaLzDQwQFnoECAUQAg&usg=AOvVaw1wAViWwyIPlUN-v4SO6O8u&cshid=1628537348033

Bizda birorta OTM shu narsani yo'lga qo'ydimi? Bu birgina davlatdagi e'tibor. Ana endi sizlarga dunyoda 200dan ortiq davlatlar borligini ma'lum qilaman. Qisqasi xulosa o'zingizdan...
❗️To'lov kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar, Universitet tomonidan kontrakt to'lashning oxirgi muddati so'nggi marta 15-avgustgacha etib uzaytirildi. Muddatida to'lamaganlar kursdan kursga o'tkazilmaydi va talabalar safidan chiqariladi (VM 393-sonli qarori). To'lov kontrakt summasini o'z vaqtida amalga oshirishingizni so'raymiz.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Forwarded from SSV matbuot kotibi
⚡️Тезкор хабар

​ССВ: МАСЖИДЛАРДА ЖУМА НАМОЗЛАРИНИ ЎҚИШ БЎЙИЧА КАРАНТИН ЧЕКЛОВЛАРИ БЕКОР ҚИЛИНДИ

Ўзбекистон Республикасида ҳам хорижий давлатлардаги сингари коронавирус инфекциясидан эмлаш бўйича тизимли ишлар ташкил этилмоқда.

Бу борада жаҳон тажрибаси коронавирус инфекциясига қарши эмланиш даражасидан келиб чиқиб, айрим фаолият турларига рухсат берилаётганлиги ҳамда эмланган фуқаролар учун карантин чекловлари босқичма-босқич юмшатаётганлигини кўрсатмоқда.

Шу муносабат билан Республика махсус комиссиясининг 2021 йил 8 августдаги қарори билан умумий овқатланиш объектлари билан боғлиқ карантин чекловлари юмшатилди.

Юқоридагилар асосида Республика махсус комиссиясининг навбатдаги йиғилишида аҳолини оммавий эмлаш ишларини жадаллаштириш, шунингдек, аҳолига диний ибодатларни амалга ошириш учун қулай шарт-шароит яратиш бўйича Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳамда Дин ишлари бўйича қўмита томонидан киритилган таклифлар ҳар томонлама муҳокама қилинди.

Муҳокама натижалари бўйича Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳамда Дин ишлари бўйича қўмитанинг 2021 йил
13 августдан эътиборан:


📌масжидларнинг барча ишчи ва ходимлари (саломатлиги бўйича қарши кўрсатма бўлган ходимлари бундан мустасно) коронавирусга қарши вакцинанинг (туридан қатъи назар) камида 2 та дозаси билан эмланганлиги тўғрисидаги сертификатига эга бўлган тақдирда ушбу масжидларда жума намозини ўтказишга рухсат бериш;

📌масжидларга жума намозини ўқиш учун коронавирусга қарши вакцина билан эмланганлиги тўғрисидаги QR-коди ёки сертификати мавжуд бўлган ташриф буюрувчиларни киритиш (саломатлиги бўйича қарши кўрсатма бўлганлар бундан мустасно) тўғрисидаги таклифлари
Республика махсус комиссияси томонидан маъқулланди.

Республикада фаолият юритаётган бошқа диний конфессияларга мансуб диний ташкилотларга ҳам мазкур тартибни татбиқ этишни тавсия қилинди.

Шу билан бирга диний ибодатларни адо этиш жараёнида ташриф буюрувчилар томонидан тиббий ниқобда бўлиш ҳамда ижтимоий масофани сақлаш бўйича карантин чекловларига қатъий риоя этилиши лозимлиги кўрсатиб ўтилди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

▶️
@ssvuz
▶️@ssvmatbuotkotibi
Koronavirusga chalinganlar uchun ariza shakli.pdf
103.1 KB
❗️Koronavirusga chalingan abituriiyentlar diqqatiga!

⏳ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida koronavirusga chalinib, to‘liq sog‘aygan abituriyentlarga qayta test sinovi tashkil etiladi.

📧 Mazkur test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar yoki ularning vakillari yuqoridagi ariza shaklini to‘ldirib, 16-avgustga qadar covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.

🔖 Bunda ariza bilan birga pasport nusxasi, “Abituriyent ruxsatnomasi” va abituriyent koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.

📌 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etishning to‘liq tartibi bilan ushbu sxema orqali tanishishingiz mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Forwarded from Muxbir Daliev
#Фикрнома

"Куни кеча олимпиада ўйинларида ғолибликни қўлга киритган спортчиларимизга 2-3 хонали уй, қиймати 800 млн сўм деб бахоланган автомабил ҳамда бронза медал учун 50 минг АҚШ доллари, олтин медал учун 200 минг АҚШ доллари пул мукофотлари берилди.

Мукофотлар спортчиларимизга муборак бўлсин!

Лекин мени бир нарса ўйлантиради, юқорида расмлари келтирилган йигитлар ҳам Ўзбекистон фарзанди, улар ҳам ҳалқаро олимпиада ғолиблари, 15 та медалга сазовор бўлганлар ва улар орасида 5 та олтин медал соҳиблари бор.

Қизиқ уларга ҳам шундай қимматбахо автомабил, 3 хонали уй, 200 минг АҚШ доллари пул мукофоти каби рағбатлантириш бўлдимикин?

Агар мукофотланган бўлса, нега уларниям Ўзбекистонга танитмайдилар? Нега ОАВ улар ҳақида ҳам жар солмайдилар?

Ёки бизга билимли ёшлар керак эмасми?

Улар олган олтин медалнинг бизга заррача қизиғи ҳам фойдаси ҳам йўқми? Саволлар бисёр, аммо жавоби эса..."

Каналга уланинг: http://t.me/muxbir1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Muhammad Sodiq bo‘l yoki Muhammadga sodiq bo‘l...

Oʻzbekistondagi SAT boʻyicha mutaxassis va ekspert — Hasanxoʻja Muhammad Sodiq o'g'li

©Osmondagi bolalar

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Photo
❗️Yangi 2021-2022-o'quv yili qay tarzda bo'lishi hozircha noma'lum. Ammo ko'plab manbalarning xabarlariga tayanadigan bo'lsak, o'quv jarayonlari an'anaviy tarzda bo'lishi kutilmoqda. Ammo bu faqat vaksina bilan emlangan talaba va professor-o'qituvchilar uchungina tegishli. Biroq ikkinchi tomondan yurtimizda koronavirus bilan kasallanishlar soni ortishi ham bor. Ehtimol an'anaviy bo'lar yoki onlayn. Hozircha aniq qarorga kelinmagan. Vaziyatni kuzatamiz va shunga qarab ish tutamiz. Hurmatli talabalar! Har qanday vaziyat uchun tayyor turing va boshqalarni ham ogohlantiring!
📌 Sizningcha yangi o'quv yilini qay tartibda boshlash kerak?

(Barchaning fikri muhim, barchaga ulashing)
Anonymous Poll
47%
Online
53%
Offline