O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalarga ta'lim krediti berishning yangi tartibi tasdiqlandi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Agar bir oilaning ikki nafar farzandi kontraktda o‘qiydigan bo‘lsa, ular uchun qandaydir imtiyoz bormi?

Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva brifing davomida mazkur savolga batafsil izoh berdi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O‘qishni ko‘chirishga oid test sinovlari 23-25-avgust kunlari bo‘ladi!

Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

Tez orada DTM sayti orqali ruxsatnomani ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada kim qayerda va qachon test topshirishi yozilgan bo‘ladi.

Testlar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi, kim qaysi hududda test topshirishni tanlagan bo‘lsa, o‘sha yerda topshiradi.

O‘qishni ko‘chirishda talaba o‘zi tanlagan yo‘nalishga mos 2 ta mutaxassislik fanidan test topshiradi. Har bir fandan 30 ta, jami 60 ta savol beriladi.

2 ta fanga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️O‘qishni ko‘chirishga oid test sinovlari 23-25-avgust kunlari bo‘ladi! Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi. Tez orada DTM sayti orqali ruxsatnomani ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada kim qayerda va qachon test topshirishi…
❗️Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi.

✅Bunda test sinovlari:


1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏳Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

❕Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Xorijdan o'qishini O'zbekiston Milliy universitetiga ko'chiruvchilar uchun imtihondan o'tish balli - 66,1 ball etib belgilangan.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ota-onasini yo'qotgan talabalar uchun Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 50 foizga oshirilgan miqdorda stipendiya (amaldagi 517 ming so‘mdan 775 ming so‘mga oshiriladi) to‘lanadi — Prezident qarori.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O‘zMU bitiruvchisi "Xalq ta‘limi a‘lochisi" ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldi!

⚡️O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi mutaxassisligi 2020-2021 o`quv yili bitiruvchisi Fayzullo Yaxyoyev barkamol avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligining "O’zbekiston Respublikasining xalq ta‘limi a‘lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Fayzullo Yaxyoyev filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev ilmiy rahbarligida "XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek navoiyshunosligi masalalari (To‘xtasin Jalolov ilmiy merosi misolida)" mavzusida magistrlik dissertatsiyasini 2021-yilda muvaffaqiyatli himoya qildi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
👍1
❗️2021-2022-o‘quv ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi!

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim krediti olishning yangi yengillashtirilgan mezonlari ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, talabalar quyidagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin:

⁃ Milliy bank
⁃ Sanoatqurilishbank
⁃ Agrobank
⁃ Mikrokreditbank
⁃ Xalq bank
⁃ Qishloqqurilishbank
⁃ Turon bank
⁃ Hamkorbank
⁃ Asaka bank
⁃ Ipoteka bank
⁃ Orient Finans bank

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Yangi o'quv yili vaksina olganlar uchun offlayn boshlanishi mumkin.

Vazirlik yangi o'quv yilin offlayn boshlash bo'yicha o'rganish ishlari olib borilayotgani haqida aytib o'tdi. Shu qatorda talabalarni vaksinatsiyada faol qatnashishga chaqirdi.

Xulosa qilib aytsak, yangi o'quv yili barcha uchun offlayn boshlanishi mumkin, faqat vaksinatsiya masshtabini kengaytirish kerak.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
UZMU.zip
17.7 MB
❗️2021-2022-o‘quv yilida O'zbekiston Milliy universiteti magistratura bosqichi bo‘yicha mutaxassislik fanlardan imtihonlar natijalari!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Tabaqalashtirilgan.pdf
106.1 KB
❗️2020-2021-o‘quv yili uchun tabaqlashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari!

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari.

Mazkur miqdorlar kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
UzMU.rar
11.7 MB
❗️2021-2022-o‘quv yilida O'zbekiston Milliy universiteti magistratura bosqichi bo‘yicha mutaxassislik fanlardan imtihonlar natijalari! (2-qism)

1-qismga o'tish

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Endi akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni «sirtqi», «kechki», «onlayn» shakllarga o‘zgartirishi mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi!

📌 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

🔰 Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

🔸Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

🔹Xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta’lim muassasasiga topshirganidan qat’iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi.

🧑‍🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi.

❇️ Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Prezident qaroriga muvofiq, 2021-2022-o‘quv yilidan:

• Ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.

• Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga zamonaviy adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so‘mdan mablag‘lar ajratiladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Savol: Samarqand davlat universitetining sirtqi ta’lim shakliga hujjat topshirib, test sinovlaridan o‘tib chiqdim. O‘qishga kirgan bo‘lsam, menga taʼlim krediti beriladimi?

✅ Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi. Bunda, taʼlimning sirtqi, kechki shakllarida va ikkinchi mutaxassislik boʻyicha tahsil oladigan talabalar yoki xorijiy davlatlar fuqarolari nazarda tutilmagan.

Xulosa: Ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim va magistratura bosqichi talabalari uchun ajratiladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Taʼlim sifatini taʼminlash uchun qaysi jihatlarga eʼtibor qaratish lozim?

❓Dars soatlari O‘zbekistonga qaraganda, kam ajratiladigan Finlyandiya ta’limda yuqori samaradorlikka qanday erishmoqda?


📌 Ushbu savollarga Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odil Qoʻysinov tomonidan “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Munosabat” koʻrsatuvida bildirilgan fikrlarni tinglash orqali javob olishingiz mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Millat fojiasi

Har qadamda "Vino-Vodka",
Bozori rosa chaqqon.
Kimlar minmoqda otga,
Og‘ziga solib talqon.

Har qadamda yemakxona,
Kabob isi taralgan.
Balki, o‘zbek bu jahona
Yemak uchun yaralgan.

Aylanaman, izlanaman,
Topilmas kitob do‘kon.
Balki, bizning miyani ham
Oshqozon qilmish makon!

Har qadamda "Vino-Vodka",
Har qadamda yemakxona...

©Devonayi Haqgo‘y

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!