O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar to'plagan ballidan qati'y nazar chet tili imtihonida qatnashishi mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'zbekiston paralimpia jamoasi hozirda 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda 12-o'rinni egallab turishibdi. Yaxshi natija!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ta’lim kreditining yangi tartibi haqida ma’lumotlar!

✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021 y.)

✔️Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida

✔️Muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga

✔️Foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14%).

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (ya’ni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi: ta’lim krediti

• kunduzgi ta’lim shakliga
• bakalavr yoki magistrga
• to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

❌ super-kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari uchun ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: ta’lim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat, xorijiy OTMlar yoki ularning filiallari, qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

✔️Fuqarolik: ta’lim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda ta’lim krediti berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Ariza;
2. Talaba va OTM o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
3. Kredit qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
4. "Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (agar bo‘lsa);
5. Bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi ta’lim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bugun soat 23:00 ga yaqin magistratura bo'yicha ingliz tili test sinovlarida qatnashganlarning javoblari chiqadi.

Javoblarni mandat.dtm.uz orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Tokio-2020 olimpia o'yinlari g'olibi O'zMU talabasi Ulug'bek Rashitov Prezident sovg'asi hisoblanmish avtomashinasiga "zolotoy" raqam taqdi!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Yangi 2021-2022-o'quv yiliga tayyormisiz?
Eslatma: Yangi o'quv yili 6-sentabrdan an'anaviy tarzda boshlanadi
Anonymous Poll
62%
Ha, albatta
23%
Yo'q, tayyor emasman
15%
Qisman tayyorman
👍1
❗️Taʼlim krediti boʻyicha asosiy masalalar! (1-qism)

❓Taʼlim krediti necha yilga beriladi?

✅ Talabaning toʻliq oʻqish davri yakunlangach, yettinchi oydan boshlab yetti yil ichida toʻlanadi (6 oy + 7 yil). Yaʼni, yangi oʻqishga kirgan talaba (bakalavr 4+7yil 6 oy) 11 yilu 6 oyga kredit ajratiladi. Bunda 4 yilu 6 oy davomida kreditning foizlari toʻlanadi. Undan keyingi oydan boshlab kreditning asosiy qarz qismi toʻlovi boshlanadi.

❓Kredit necha foizdan beriladi?

✅ Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi. Ayni kunda 14%.

(Agar talabaning oʻqish davrida Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilsa, kredit foizi ham pastlatiladi, oshirilsa oshirilmaydi).

❓Kredit foizlari qachondan boshlab toʻlanadi?

✅ Foiz toʻlovlari kredit ajratilgan oydan boshlab toʻlab boriladi. Oʻqish tugagunga qadar faqat foiz toʻlovlari toʻlanadi.

❓Kredit kimning nomiga ajratiladi?

✅ Taʼlim krediti talabaning oʻzining nomiga ajratiladi. Bunda ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, er-xotin hamda vasiylari birgalikda qarz oluvchi (kafil) sifatida ishtirok etadi.

❓Qaysi muddatlarda taʼlim krediti toʻlab beriladi?

✅ Oʻqish uchun yillik toʻlovning toʻliq miqdorini belgilagan tartibda, teng ulushlarda toʻrt qismga boʻlib quyidagicha toʻlab beriladi:

25% - 1-kurslar uchun 15 sentabrgacha, 2 va undan yuqori kurslar uchun 1 oktabrgacha;

50% - 1 yanvargacha;
75% - 1 aprelgacha;
100% - 1 iyulgacha.

(Talaba tijorat bankiga ushbu sanalarga qadar murojaat qilishi lozim!)

❓Qaysi oʻqishga beriladi, qaysilarga berilmaydi?

✅ Kunduzgi bakalavriat va magistratura talabalariga taʼlim krediti ajratiladi.

Superkontrakt (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga, jumladan perevod toʻlovlariga ham ajratilmaydi.

❓Taʼlim kreditini qaysi banklardan olish mumkin?

✅ Quyidagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilishlari mumkin:

Milliy bank, Oʻzanoatqurilishbank, Agrobank, Mikrokreditbank, Xalq bank, Qishloqqurilishbank, Turon bank, Hamkorbank, Asaka bank, Ipoteka bank, Oriyent Finans bank.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Vaksina oldim, endi nima bo'larkan-a?🤔

Haligi hazil esimga tushib ketdi: "Hozirgi kishilar 2 turga bo'linadi: 1. Vaksina olib nima bo'lishini kutayotganlar; 2. Vaksina olganlarni nima bo'lishini kutayotganlar;".

❓Siz vaksina oldingizmi? Kommentariyada qaysi vaksinadan olganingizni yozib qoldiring!
❗️Taʼlim krediti boʻyicha asosiy masalalar! (2-qism)

❓Taʼlim krediti olishda kimlardan garov va kafillik talab etilmaydi?

✅ «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlaridan taʼlim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi. Mazkur reyestrni koʻrishga tijorat banklariga ruxsat beriladi.

❓Taʼlim kreditlari kimlarga ajratilmaydi?

✅ Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan taʼlim kreditlari ajratilmaydi.

❓Taʼlim kreditlari hujjatlari necha yilga, necha marta tayyorlanadi? Har yili qayta tayyorlanadimi?

✅ Yoʻq, har yili qayta tayyorlanmaydi. Barcha tegishli hujjatlar bir marta taqdim etiladi. Kredit shartnoma dastlab bir yillik toʻlov-kontrakt summasiga tuziladi va keyingi yillarda kredit shartnomaga qoʻshimcha bitim tuziladi xolos.

❓Toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgarsa nima boʻladi?

✅ Oliy taʼlim tashkilotlari oʻquv yili davomida toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.

❓Taʼlim krediti olish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

✅ Javob:
1. Ariza + Pasport (ID karta);
2. Toʻlov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilingan fakturasi;
3. Bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq taʼminot;
4. «Ijtimoiy himoya yagona reyesti»ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (Shunday oilalar farzandlari uchun).

❓Taʼlim krediti soʻrab yozilgan arizani banklar qancha muddatda koʻrib chiqadi?

✅ Bankka taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqishi va taʼlim kreditini shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni (yozma ravishda) rad etishi lozim.

❓Vazirlar Mahkamasining «Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisida» 2001-yil 26-iyulda 318-son qarori boʻyicha ham kredit ajratiladimi?

✅ Yoʻq. U qaror (eski tartib) VM-527-sonli (18.08.2021y.) qarori tasdiqlangach, oʻz kuchini yoʻqotgan.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️OTMda qog‘oz ko‘rinishida yuritiladigan hujjatlar bekor qilinishi hisobiga bir o‘quv yilida o‘rtacha 90 mln. so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ tejab qolinadi.

2021-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasasi strukturasi, talabalar kontingenti va ularning harakati, professor-o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda hisobotlarni tayyorlash ham raqamlashtiriladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'qishni ko'chirishda super-kontrakt miqdori haqida!

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

• Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
• Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
• Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
• Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

• Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi.

✅ 56.6 ball va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super-kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6 balldan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

Izoh: Yuqoridagi miqdorlar stipendiyasiz bir yillik kontrakt miqdoriga nisbatan hisonlanadi. Masalan 6 mln kontrakt bo'lsa, shuning 1,5 barobari va hokazo tarzida. Super kontrakt asosida o'qishni ko'chirishga rozi bo'lgan talabalar OTM tomonidan imtihondan o'tgan talabalar kelishlari so'ralgan vaqtda ular ham borishlari mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Turar-joy muammosini hal etish maqsadida yangi guruh ochdik!

Ushbu guruhda siz o'zingiz uchun Toshkent shahri yoki viloyatlardan ijaraga kvartira topishingiz mumkin.

Maqsad: Talabalarga ijaraga turar-joy topishga ko'maklashish!

Yaqinlaringizni taklif eting va guruh rivoji uchun birgalikda harakat qiling!

Guruh manzili: https://t.me/Talabalar_kvartira
❗️Bizga yetib kelgan xabarlarga qaraganda, mandat bugun e'lon qilinadi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Aytishlariga qaraganda, mandat tayyor va kirish ballari o'tgan yilgiga nisbatan ancha pastlagan.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️DTM mandat tayyor bo'lgan fayllar joylangan fleshkani yo'qotib qo'yibdi. Tugadi :)
⚡️O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi barchangizga muborak bo'lsin. O'zMU talabalari kanali administratsiyasi sizlarni bugungi kun bilan muborakbod etadi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️Mandat chiqmaydi. 6-sentabrdan abituriyentlar o'zlari topshirgan 5 ta yo'nalishdan yoqqaniga borib o'qishlari mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ayollar erkaklardan ko'ra ilmga chanqoq!

©Muhammadali Eshonqulov

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Magistraturaning mandati bakalavrning mandatidan keyin chiqadi — Sardor Rajabov.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!