O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Vaksina oldim, endi nima bo'larkan-a?🤔

Haligi hazil esimga tushib ketdi: "Hozirgi kishilar 2 turga bo'linadi: 1. Vaksina olib nima bo'lishini kutayotganlar; 2. Vaksina olganlarni nima bo'lishini kutayotganlar;".

❓Siz vaksina oldingizmi? Kommentariyada qaysi vaksinadan olganingizni yozib qoldiring!
❗️Taʼlim krediti boʻyicha asosiy masalalar! (2-qism)

❓Taʼlim krediti olishda kimlardan garov va kafillik talab etilmaydi?

✅ «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlaridan taʼlim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi. Mazkur reyestrni koʻrishga tijorat banklariga ruxsat beriladi.

❓Taʼlim kreditlari kimlarga ajratilmaydi?

✅ Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan taʼlim kreditlari ajratilmaydi.

❓Taʼlim kreditlari hujjatlari necha yilga, necha marta tayyorlanadi? Har yili qayta tayyorlanadimi?

✅ Yoʻq, har yili qayta tayyorlanmaydi. Barcha tegishli hujjatlar bir marta taqdim etiladi. Kredit shartnoma dastlab bir yillik toʻlov-kontrakt summasiga tuziladi va keyingi yillarda kredit shartnomaga qoʻshimcha bitim tuziladi xolos.

❓Toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgarsa nima boʻladi?

✅ Oliy taʼlim tashkilotlari oʻquv yili davomida toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.

❓Taʼlim krediti olish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

✅ Javob:
1. Ariza + Pasport (ID karta);
2. Toʻlov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilingan fakturasi;
3. Bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq taʼminot;
4. «Ijtimoiy himoya yagona reyesti»ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (Shunday oilalar farzandlari uchun).

❓Taʼlim krediti soʻrab yozilgan arizani banklar qancha muddatda koʻrib chiqadi?

✅ Bankka taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqishi va taʼlim kreditini shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni (yozma ravishda) rad etishi lozim.

❓Vazirlar Mahkamasining «Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisida» 2001-yil 26-iyulda 318-son qarori boʻyicha ham kredit ajratiladimi?

✅ Yoʻq. U qaror (eski tartib) VM-527-sonli (18.08.2021y.) qarori tasdiqlangach, oʻz kuchini yoʻqotgan.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️OTMda qog‘oz ko‘rinishida yuritiladigan hujjatlar bekor qilinishi hisobiga bir o‘quv yilida o‘rtacha 90 mln. so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ tejab qolinadi.

2021-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasasi strukturasi, talabalar kontingenti va ularning harakati, professor-o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda hisobotlarni tayyorlash ham raqamlashtiriladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'qishni ko'chirishda super-kontrakt miqdori haqida!

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

• Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
• Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
• Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
• Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

• Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi.

✅ 56.6 ball va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super-kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6 balldan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

Izoh: Yuqoridagi miqdorlar stipendiyasiz bir yillik kontrakt miqdoriga nisbatan hisonlanadi. Masalan 6 mln kontrakt bo'lsa, shuning 1,5 barobari va hokazo tarzida. Super kontrakt asosida o'qishni ko'chirishga rozi bo'lgan talabalar OTM tomonidan imtihondan o'tgan talabalar kelishlari so'ralgan vaqtda ular ham borishlari mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Turar-joy muammosini hal etish maqsadida yangi guruh ochdik!

Ushbu guruhda siz o'zingiz uchun Toshkent shahri yoki viloyatlardan ijaraga kvartira topishingiz mumkin.

Maqsad: Talabalarga ijaraga turar-joy topishga ko'maklashish!

Yaqinlaringizni taklif eting va guruh rivoji uchun birgalikda harakat qiling!

Guruh manzili: https://t.me/Talabalar_kvartira
❗️Bizga yetib kelgan xabarlarga qaraganda, mandat bugun e'lon qilinadi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Aytishlariga qaraganda, mandat tayyor va kirish ballari o'tgan yilgiga nisbatan ancha pastlagan.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️DTM mandat tayyor bo'lgan fayllar joylangan fleshkani yo'qotib qo'yibdi. Tugadi :)
⚡️O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi barchangizga muborak bo'lsin. O'zMU talabalari kanali administratsiyasi sizlarni bugungi kun bilan muborakbod etadi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️Mandat chiqmaydi. 6-sentabrdan abituriyentlar o'zlari topshirgan 5 ta yo'nalishdan yoqqaniga borib o'qishlari mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ayollar erkaklardan ko'ra ilmga chanqoq!

©Muhammadali Eshonqulov

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Magistraturaning mandati bakalavrning mandatidan keyin chiqadi — Sardor Rajabov.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️"O'zMU talabalari" kanali administratsiyasi tomonidan ochilgan guruhlar va ularning vazifalari. Siz uchun foydali bo'lishi mumkin:

• @Talabalar_kvartira - Talabalarga ijaraga turar-joy topishga ko'maklashish!

• @Talabalarbirdamligi - Har qanday muammoni birgalikda hal etish va jamoaviy ishlash. Ushbu guruhda siz YN, ON, Kurs ishi, amaliyot ishi, diplom ishi va hokazolar haqida yordam so'rashingiz mumkin.

• @Milliy_universitet_guruhi - Kanal uchun biriktirilgan guruh, chat va savollar uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️Sizlar uchun ajoyib bir kulgu kanalini tavsiya etaman!

Ushbu kanalda siz dunyo g'am-tashvishlarini biroz bo'lsa-da unutishingiz va kayfiyatingizni oshirishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
➡️
@yangisi_yaxshisi
❗️O'tgan semestrda fanlardan akademik qarzdor bo'lgan talabalar diqqatiga!

Hurmatli talabalar, universitet rektorining 2021-yil 31-avgustdagi 01-350 sonli buyrug'iga ko'ra, 2020-2021-o'quv yilining 2-semestri bo'yicha fanlardan akademik qarzdor talabalar (2-3-kurs) uchun qayta topshirish muddati shu yilning 6-sentabridan 30-sentabrigacha etib belgilandi. Bunda birinchi marta qayta topshirish 18-sentabrgacha muddatda, ikkinchi marta qayta topshirish (komissiyaga) 30-sentabrgacha bo'lgan muddatda amalga oshiriladi. Belgilangan muddatlarda akademik qarzdorlikni bartaraf eta olmagan talabalar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018 sonli buyrug'i bilan amalga kiritilgan nizomga muvofiq kursdan qoldirilishini eslatib o'tamiz.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Mandat chiqqandan so'ng ko'pchilikda super-kontrakt narxlariga qiziqish boshlanadi. Hozir super-kontraktni kimlar va qanday to'lashi haqida tushuntirib o'tamiz.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

⁉️ Ariza qayerga beriladi?

Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

⁉️ Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?

O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida o‘qishga ruxsat berilsa kerak.

⁉️ Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

✅ 1-toifa
Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo‘lgan deylik. 139 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 10 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 15 mln so‘m to‘lasa kifoya.

138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 20 mln so‘m. Va h.k.

✅ 2-toifa

56,7 balldan
ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

Masalan, yana o‘sha kirish 140 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari belgilashadi.

✅ 3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar
(masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 30 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

⁉️ Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

⁉️ Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

⁉️ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

‼️ Eslatma: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 7 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📣 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni 15:00 da e’lon qilinadi.

✅ Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

👉 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

👉 16:00 dan – Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari;

👉 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️Talaba bo'lgan abituriyentlarni kanalimiz nomidan tabriklaymiz. Ularga endilikdagi o'qishlarida zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Talaba bo'a olmaganlarga esa, tavsiyamiz ilm olishdan to'xtamang!
❗️Rasman oʼqish 1-kurslarga ham 6-sentabrdan boshlanadi!

Oliy ta'lim muassasalarida oʼqish 1-kurs talabalari uchun ham 6-sentyabrdan anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!