YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
298.6 KB
❗️Kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021-2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.
Bunda, oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021-2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Temir daftarga kiritilgan oilalarning barcha farzandlariga 2021-2022-o‘quv yilidagi kontraktlari davlat tomonidan to‘lab beriladi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️O'zi issiqqina uyida dam olib, talabalarni sarson qilayotgan rahbarlar, turar-joy ijara narxlarini oshirgan makler va uy egalaridan boshqa hammaga xayrli kun!
❗️Ichki perevodda ro'yxatida chiqqaningiz bilan OTMlar rad etishi ham mumkin!
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
O'tish ballari - 2021.xlsx
69.4 KB
❗️Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishlariga 2021-yil talabalarni qabul qilish uchun o'tkazilgan test sinovlarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'tish ballari.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Talabalar oʻqishini Oʻzbekiston respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy taʼlim muassasasiga mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishda — oʻqishni mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga uzrli sabablar mavjud boʻlganda ruxsat etiladi.
Bunda, oʻqishni koʻchirish soʻralayotgan hududda mos va turdosh taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlmaganda, oʻqishni mazkur hududdagi oliy taʼlim muassasasining boshqa taʼlim yoʻnalishiga koʻchirishga ruxsat etiladi.
Uzrli sabablar etib quyidagilar tan olinadi:
• talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi;
• turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi;
• nikoh tuzgandan keyin turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tishi.
Bunda, hududlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida belgilanadi.
Talabalarning oʻqishini uzrli sabablar mavjud boʻlmagan holatlarda koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Izoh: Talaba tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.
(Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori)

❗️Magistr talabasini ishlashini ta'qiqlovchi qoida mavjudmi?
✅ Huquqiy yechim:
Magistratura talabasining ishlashini taqiqlovchi qoida yoʻq.
U bemalol asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin. Mehnat kodeksi 81-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat № 402, 29.01.1998 y.)ga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar boʻlimida yoki shunga masʼul etilgan shaxsda saqlanadi. Oʻrindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Agar magistrant boshqa joyda ishlamasa korxona uni asosiy xodim sifatida ishga qabul qilishi va uning mehnat daftarchasini yuritishi kerak.
Mehnat kodeksi 115-moddasiga muvofiq xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Shuningdek, normaning ikkinchi qismiga asosan olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Endi qarang! Magistrantning asosiy vazifasi taʼlim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan boʻsh vaqtlaridagina ishlashga haqli. Anʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʻqishning ahamiyati yoʻq. Har ikki holatda ham asosiy vazifa oʻqish.
Mehnat kodeksi 118-moddasiga koʻra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zoʻriqish, asab tangligi bilan bogʻliq, yaʼni alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, oʻqituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi oʻqituvchilarni nazarda tutgan.
⚡️Shunga koʻra magistrant OTMdagi darslari qoʻyilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Biroq oʻqish soatlari va ish yuklamasi bir biriga halal bermasa, 1 stavkada ishlash mumkin. Bunga MK 118-moddasi asos boʻladi.

O'zMU rahbariyatining ish faoliyatidan rozimisiz? Qanday kamchiliklar mavjud bo'lsa kommentariyada yozib qoldiring!
(Barcha talabalarga yetkazing, xolis baho bering)

Anonymous Poll
29%
Yaxshi ishlashmoqda
40%
Umuman noroziman
31%
Betarafman
❗️Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan:
• xususiy oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarga ham 7 yillik ta’lim kreditini olish tartibi joriy etiladi;
• talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;
• oliy ta’limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi;
• doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablagʻlari hisobidan toʻlov-grant asosida joriy etiladi;
• 11 ta tibbiyot oliygohi transformatsiya qilinib, ularning qoshida klinikalar tashkil etiladi;
• ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun oliy taʼlim grantlari yildan yilga oshirib boriladi va 2026-yilda 6 mingga yetkaziladi.

❗️Talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️2021-yil 1-sentabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” (kurator) instituti bekor qilindi hamda o‘rniga 1–3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Har 120–150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi — hukumat qarori.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Perevod - O'zMU.pdf
1.2 MB
❗️Respublika OTMlaridan O'zbekiston Milliy universitetiga o'qishni ko'chirish va tiklash bo'yicha tavsiya etilganlar ro'yxati.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Talabalarni ijaraga qo‘yganlarni daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda!
Hukumat qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Hukumat qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
⚡️Farmonga koʻra, 2021-2022-oʻquv yilidan:
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:
• tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;
• bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;
• Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.
• Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.
✅ Shunga koʻra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

❗️Sirtqi ta’limda o‘qiydigan talabalarga vaksina olsa ham, kontraktdan chegirma berilmaydi.
Shuningdek, sog‘ligi sabab koronavirusga qarshi vaksina olish taqiqlangan talabalarga ham kontrakt pulidan chegirmalar bo‘lmaydi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Shuningdek, sog‘ligi sabab koronavirusga qarshi vaksina olish taqiqlangan talabalarga ham kontrakt pulidan chegirmalar bo‘lmaydi.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Hukumat qarori bilan talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan edi.
Ipoteka banki talabalarga imtiyozli taʼlim kreditini ajratish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilmoqda.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Hukumat qarori bilan talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan edi.
Ipoteka banki talabalarga imtiyozli taʼlim kreditini ajratish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilmoqda.
📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️2021-2022-o‘quv yilidan akademik ta’til berishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
➖ akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;
➖ oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi;
➖ talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;
➖ akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi.

❗️Perevod muammosi bo'yicha ayrim ma'lumotlar!
• Noturdosh yo'nalishdagi perevod javoblari 15-sentabrga qadar chiqishi belgilangan.
• Ichki perevodda ism-familiyasi chiqqanlar 13-sentabrdan boshlab ko'chirgan OTMga borib, aloqa xatini olib, oldingi OTMga olib borib beradi va ulardan hujjatlarini olib perevod qilgan OTMga olib borib beradi.
• Perevod ro'yxatida ism-familiyasi chiqqanlar arizasi rad etilishi yoki super-kontrakt asosida o'qishi mumkin, sababi OTMdagi aynan shu fakultet doirasida qandaydir sabab bo'ladi. Masalan, moddiy texnik bazasi yetishmasligi.

❗️So'raganlar uchun: Super kontrakt narxlari bugun-erta tasdiqlanishi kerak!
Super kontrakt narxlari shu hafta oxirida eʼlon qilinadi. Jarayon boʻyicha barcha hujjatlar tayyor boʻlgan, deya Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan tashkil etilgan ovozli chatda maʼlum qilgandi.
Boshqarma boshligʻining qoʻshimcha qilishicha, oʻqishga kirolmagan abituriyentlar super kontrakt narxlarini bilish uchun ayni vaqtda oliy taʼlim muassasasiga borishlari shart emas.
Chunki birinchi navbatda talabalikka tavsiya etilganlar, keyin oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish balli va undan yuqorisini olgan toifadagi talabalar bilan ishlanadi. Oʻqishini koʻchirgan talabalar masalasi toʻliq yakunlangandan keyin tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super kontrakt) asosida oʻqimoqchi boʻlganlar oʻzlari hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.
Oʻqishni koʻchirishda yetarli ball toʻplay olmaganlar toifasi bilan ishlash esa 15-sentabrdan keyin boshlanadi.