O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Perevod - O'zMU.pdf
1.2 MB
❗️Respublika OTMlaridan O'zbekiston Milliy universitetiga o'qishni ko'chirish va tiklash bo'yicha tavsiya etilganlar ro'yxati.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Talabalarni ijaraga qo‘yganlarni daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda!

Hukumat qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

⚡️Farmonga koʻra, 2021-2022-oʻquv yilidan:

Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

• tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

• bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

• Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

✅ Shunga koʻra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Sirtqi ta’limda o‘qiydigan talabalarga vaksina olsa ham, kontraktdan chegirma berilmaydi.

Shuningdek, sog‘ligi sabab koronavirusga qarshi vaksina olish taqiqlangan talabalarga ham kontrakt pulidan chegirmalar bo‘lmaydi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Sarkazm: Monovini qaranglar bo'lalar. Rasmdagi bachcha Eshmat. U milliyga 1-kurs bo'gan. U bir haftadan beri sarson, ko'chada qogan. Darslargayam ertachi kelomayapti.

Eshmat ortga qaytma biz sen bilan bo'la!
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Hukumat qarori bilan talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan edi.

Ipoteka banki talabalarga imtiyozli taʼlim kreditini ajratish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilmoqda.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️2021-2022-o‘quv yilidan akademik ta’til berishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:

➖ akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;

➖ oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi;

➖ talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;

➖ akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Perevod muammosi bo'yicha ayrim ma'lumotlar!

• Noturdosh yo'nalishdagi perevod javoblari 15-sentabrga qadar chiqishi belgilangan.

• Ichki perevodda ism-familiyasi chiqqanlar 13-sentabrdan boshlab ko'chirgan OTMga borib, aloqa xatini olib, oldingi OTMga olib borib beradi va ulardan hujjatlarini olib perevod qilgan OTMga olib borib beradi.

• Perevod ro'yxatida ism-familiyasi chiqqanlar arizasi rad etilishi yoki super-kontrakt asosida o'qishi mumkin, sababi OTMdagi aynan shu fakultet doirasida qandaydir sabab bo'ladi. Masalan, moddiy texnik bazasi yetishmasligi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
​​❗️So'raganlar uchun: Super kontrakt narxlari bugun-erta tasdiqlanishi kerak!

Super kontrakt narxlari shu hafta oxirida eʼlon qilinadi. Jarayon boʻyicha barcha hujjatlar tayyor boʻlgan, deya Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan tashkil etilgan ovozli chatda maʼlum qilgandi.

Boshqarma boshligʻining qoʻshimcha qilishicha, oʻqishga kirolmagan abituriyentlar super kontrakt narxlarini bilish uchun ayni vaqtda oliy taʼlim muassasasiga borishlari shart emas.

Chunki birinchi navbatda talabalikka tavsiya etilganlar, keyin oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish balli va undan yuqorisini olgan toifadagi talabalar bilan ishlanadi. Oʻqishini koʻchirgan talabalar masalasi toʻliq yakunlangandan keyin tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super kontrakt) asosida oʻqimoqchi boʻlganlar oʻzlari hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.

Oʻqishni koʻchirishda yetarli ball toʻplay olmaganlar toifasi bilan ishlash esa 15-sentabrdan keyin boshlanadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️​​​​Xorijdan o'qishini ko'chirayotganlarning mandati e'lon qilinmaydi!

✅ Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig'i Abduvali Xoliqovga ko'ra, bu yil xorijdan o'qishini ko'chirgan talabalar uchun har yilgidek mandat e'lon qilinmaydi.

Mandat OTMning o'ziga yuboriladi ommaga OTM oʻzining rasmiy sahifalari orqali e'lon qiladi. Kimning shaxsiy kabinetida "Talab bajarildi" statusi turgan bo'lsa, o'qishi ko'chirilgan hisoblanadi.

Talabalar qachondan OTMga borishlari haqida vazirlik va oliygohlar rasmiy sahifalarida e'lon beriladi. Super kontraktka esa 15-sentabrdan keyin arizalar qabul qilinadi. E'lon berilmaguncha OTMga borganingizni foydasi yo'q, shunchaki kuting....

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Hurmatli ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurs talabalari!

To'lov-shartnomalarni to'lash uchun http://hstudent.nuu.uz/student/contract ushbu saytdan yuklab olib to'lashlaringiz mumkinligi haqida ma'lum qilamiz. Har bir talabaning ID lari guruh sardorlari va guruh murabbiylariga berilgan. Parolga talabaning passport seriya va raqamni kiritadi. Kimni IDsi berilgan ro'yxatda yo'q bo'sa, boshqa hemis bilan bog'liq muammolar bo'yicha +998900059690 ga telegram(@Aslbekf) murojaat qiling.

👉 Sayt manzili: http://hstudent.nuu.uz/

Eslatma: Ushbu e'lon faqat ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurslari uchun!

P.s: Boshqa fakultetlar ham tez orada xuddi shu kabi e'lon qilishadi. Faqat ozroq kuting!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'zMU talabasi "Yilning eng yaxshi talabasi-2021" tanlovining faxrli 1-oʻrin sohibi boʻldi!

Oʻrolova Oʻgʻiloy Bahodirovna 2001-yil 1-mayda Fargʻona viloyati Beshariq tumanida tugʻilgan. 2021-yil sentabr oyida Qozogʻiston Respublikasi Nursulton shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari ilmiy va oʻquv muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Yilning eng yaxshi talabasi-2021" tanlovining faxrli 1-oʻrin sohibi boʻldi.

2019-2021-yillarda 20dan ortiq Respublika va xalqaro tanlov, forum konferensiyalarda va loyihalarda munosib ishtirok etib kelmoqda.

Shuningdek, Yoshlar ittifoqi aʼzosi, Ziyo nomidagi 181-sonli maktabgacha ta'lim muasasasi rahbari, XDP aʼzosi hisoblanadi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘qish va darslar – ikkinchi darajali, hozir muhimi – yashashga joy topish!

Kontrakt to‘lash va boshpana topish. OTMlarda yangi o‘quv yili boshlanishini Toshkentdagi ko‘plab talabalar ana shu ikkita katta tashvish bilan qarshi oladi. Xpress bu borada ota-onalar, maklerlar va talabalar fikri bilan qiziqdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha qabul qilingan hukumat qarori asosida, keyingi 4 yilda 85 ta OTMda jami 228 ta talabalar turar joyi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu jarayonga tadbirkorlar davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etiladi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi talabalar ijara shartnomasini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz rasmiylashtirishi mumkin!

Olmazor tumani Davlat soliq inspeksiyasi va “Yoshlik” shaharchasi hokimiyati hamkorligida talabalarga qulaylik yaratish, uy-joy ijarasini rasmiylashtirishda koʻmaklashuvchi ishchi guruh shtabi tashkil etildi.

Ijara shartnomasini tuzish uchun kerakli hujjatlar:

1. Ijarachi (uy egasi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va uy kadastri;
2. Ijara oluvchi (talaba)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va talabalik guvohnomasi yoki (1-kurslar uchun) talabalikka qabul qilinganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

Maʼlumot uchun, talabalar turar-joyi bilan qamrab olinmagan talabalarga ijara haqining 50 foizi miqdorida Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
​​Uch yilcha oldin Facebook’da yozgan ekanman…
...Akam va katta opam shartnoma asosida o'qir edi. Kichkina opam esa abituriyent. Men esa shahar markazidagi litseyda o'qir edim. Bizning yolg'iz ta'minotchimiz dadam edilar. Yaxshi ishda ishlar edi-yu, aynan o'sha yillari zavodda boshliq almashib mansablaridan tushirib oddiy ishchi qilib qo'ygan edi. Shuning uchun uydagi ba’zi narsalarni sotib akam va opamni kontraktini to'lar edilar.

Esimda, hatto gugurtga ham pulimiz qolmagan edi. Uy xarajatlarining bir qismi esa sigirimizning "bo'yniga" tushgan edi go'yo. Ya’ni onam sut sotib mayda-chuyda kamchiliklarga ishlatar edilar.

...Xudoga shukur, keyin kichkina opam grant asosida o'qishga kirdi. Demak, oilada 3 ta talaba va bir abituriyent - men.

Onamning bir gaplari hech esimdan chiqmaydi va chiqmasa ham kerak. Toshkentga o'qishga boraman deganimda (va undan keyin chetga chiqaman degan orzularim bor edi-da), dadam moddiy tomondan qiyinchiliklarni o'ylab (va bunga haqiqatdan asos bor edi!) qarshilik qilgan edilar. Yig'lamsirab uyga kirsam oyim... soddagina oyijonim qo'llarida ozgina g'ijimlangan pul bilan "Xafa bo'lma o'g'lim... O'zim senga sut sotib pul qilib beraman. Toshkentga hujjat topshiraver..." degan edilar. Yig'lagilarim kelib ketgan edi (hozir esa eslasam rostdan ham ko'zimga yosh keladi)... "Eh onajon, Toshkentga sizning sut sotib yiqqan pullaringiz nima ham bo'lar edi?!" degan xayol o'tgan edi. Lekin, o’sha so’zlarning rag’bati katta bo’lgan edi.

...Shukur ota-onamning duolari bilan Milliy Universitet Iqtisodiyot fakultetiga grant asosida qabul qilindim. Bu orada akam ham o'qishni bitirib dadamning "yonlariga kirib qolgan" edi. Shunday, qilib Toshkentda moddiy qiyinchiliklar bilan bo'lsa ham "stipendiya" hisobiga o'qigan edim. Bir-ikki marta Xasanboy tomonlarga mardikorga ham chiqqan edik. Ingliz tili qo’shimcha darslari uchun homiyim akam bo’lgan. Akam meni yutuqlarimdan xuddi o’zining yutuqlaridek faxrlanadigan inson. 2010-yili yozda "Work and Travel" dasturi orqali Amerikaga boradigan bo’lganimda ham akam pasportdagi vizamni hammaga maqtanib ko’rsatib chiqqan edi! Ularning oldida hali qarzim ko’pgina… Rahmat, aka… hammasi uchun!

2011-yilda Milliy Universitetni bitirganimda onam "Seni biron marta ko'rgani ham bormabmiz. Toshkentga o'zing borib, o'zing bitirib kelding-a" degan mazmunda so'z aytgandilar.

2012-yilda Koreyaga magistraturaga qabul qilindim. Koreyaga ketish kunimiz amamning o’g’li mashinasida (dadam ham birga) kuzatib qo'ymoqchi bo'ldi. Toshkentga kelib adashib qolgan edik. Chunki, men o'qish yillari davomida faqat o'quv binosi va yotoqxona orasini bilgan ekanman, o'ylab qarasam (chunki, shahar aylangani pul yo'q edi). O’shanda shopir akam “To’g’a, bu o’g’lingiz universitetdan chiqmagan shekilli… shaharni ham bilmaydi” deb hazil qilgan edi.

Endi, angladimki hayotdagi sinovlar faqat yaxshilikka olib borar ekan. Xuddi, oltin toza oltin bo'lishi uchun qizigan olovdan o'tishi kerakligi kabi! Rumiy aytganidek: "Bilki, gilamning changi qoqilganda zarba gilam uchun emas, undagi chang-g'uborni tushirish uchun bo'ladi".

Balki kimdir uchun kelajak motivatsiyasi, kimdir uchun esa o’tmishdan xotira bo’lar degan maqsadda bu satrlarni yozgim keldi…

©️ Valijon To'raqulov

Dissertatsiyamdagi bag'ishlov so'zining qisqacha tarixi shu edi

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
👍2
❗️Kontraktni yil davomida 4 ga bo'lib to'lash imkoni bor.

✅ Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

• belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

• belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

• xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Talabalar kvartira qidirishi uchun elektron platforma ishlab chiqiladi.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
563-сон Қарор 09.09.2021 .pdf
1.8 MB
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi "Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 563-son qarori!

Ko'rib turganingizdek, O'zbekiston Milliy universiteti uchun kelgusi 5 yilda 5 ta, quvvati 2000 kishilik talabalar turar-joylari qurish reja qilingan.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!