O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Koinotni to'xtatinglar biz tushib qolaylik, sizlar esa davom etinglar!

Ortiqcha tushuntirish berishga hojat yo'q nazarimda. Sababi yuqoridagi rasmlardan ham nima demoqchi ekanligimni sezdingiz.

O'zimizda minglab muammolar turganda, kambag'allik va ishsizlik avj olib turgan bir vaqtda shuncha pulni chet davlatlarga ishlatish qay darajada to'g'ri?

„Juda yaxshi yashayapmiz“ degan gaplar "uje" eskirgan. Xalq siz o'ylaganchalik boy emas. Chet mamlakat aytadigan rahmatni biz ham ayta olamiz. Shu pullarni ko'chada qolgan talabalarga ishlating! Ilm va ahli ilmga e'tibor qaratish vaqti kelmadimikan?

Mana shunaqa gaplar...
❗️Hurmatli perevodchilar! Diqqat bilan e'tibor bering. O'qishingizdan ayrilib qolmang.

Shu kungacha OTVga qarashli barcha OTMlar turdosh yo'nalishlarga perevod qilganlarning ro'yxatini chiqardi. Ushbu ro'yxatdagilarni barchasi tavsiya etilgan.

✅ Lekin, bu degani oddiy kontraktda o'tdi degani emas. Super-kontrakt yoki oddiy kontraktda ko'chirilgani to'g'risida OTMni o'zi xabar beradi. Turdosh yo'nalishlarga besabab ko'chirganlar super-kontrakt to'laydi.

Bir talaba besabab toshkentga perevod qilgan, natijada ro'yxatda tavsiya etilganlar ichida familyasi chiqqan. Ushbu talaba aloqa xatini olib, eski OTMsiga borib o'qishdan chetlatish uchun ariza yozib hujjatlarini olib ketgan. Ko'chirgan OTMsiga hujjatlarini olib borgach u super-kontrakt asosida tavsiya etilgani ayon bo'lgan.

Bizdan o'tgan yili besabab ko'chirsak ham perevod bo'lgan degan gaplarga uchmang. Bu yil yangi qaror qabul qilingan. OTMlardan aloqa xati olgandan so'ng, eski joyingizdan chetlatilish uchun ariza yozishga shoshilmang. Avval yaxshilab tekshirib, tagiga yetib keyin hujjatlaringizni ko'chirib o'tkazing.

Aytgancha vaqtinchalik propiska o'tmaydi, faqat doimiy propiska asosli hisoblanadi!

©YQQ

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
Forwarded from #ЯДипломат (𝐉𝐚𝐦𝐬𝐡𝐢𝐝 𝐁𝐨𝐭𝐢𝐫𝐚𝐥𝐢𝐲𝐞𝐯 力宏)
🌎 Diplomat bo'lish uchun qaysi tilni o'rganishingiz kerak?
👔 Nega diplomatlar qora galstuk taqishmaydi?
📚 Diplomat bo'lish uchun qanday kitoblarni o'qish kerak?

ShU VA BOShQA QIZIQARLI FAKTLAR, BUYUK DIPLOMATLARNING SIRLARI VA XALQARO ARENADAN ENG SO'NGI YANGILIKLAR BIZNING KANALIMIZDA

👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/yadiplomat_official

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🌎 Какой язык надо учить, чтобы стать дипломатом?
👔 Почему дипломаты не носят черный галстук?
📚 Какие книги нужно прочитать, чтобы стать дипломатом?

ЭТИ И ДРУГИЕ ИНТЕРЕСНЫЕ ФАКТЫ, СЕКРЕТЫ ВЕЛИКИХ ДИПЛОМАТОВ, А ТАКЖЕ НОВОСТИ ИЗ МЕЖДУНАРОДНОЙ АРЕНЫ У НАС НА КАНАЛЕ
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/yadiplomat_official
❗️2022-2023-o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.

“Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–6313-son, 14.09.2021 y.) qabul qilindi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Talabalar xorijdagi o'qish joyidan olib kelishi lozim bo'lgan asosiy hujjatlar ro'yxati:

1. Diplom (attestat) va ilova asl nusxasi
2. Reyting daftarchasi yoki transkript asl nusxasi
3. Akademik ma'lumotnoma
4. O'qishga qabul qilingani hamda 2-kursga o'tgani haqidagi buyruqlari
5. Oliygohning akreditatsiya hujjati

Izoh: Yana qo'shilishi mumkin. Buni OTMning o'zi belgilaydi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Ta’lim krediti uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Kontraktga tushganlarning ko‘pchiligida to‘lovni amalga oshirishda muammo yuzaga kelib qolishi mumkin.

Ta’lim krediti uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1) Ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;

2) Talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda);

3) Bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Garov va kafillik bo‘lishi lozim. Bundan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalarning farzandlari mustasno;

4) «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

5) Bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

✅ Ota-onalar, aka-uka, opa-singillar yoki vasiylar ham nazarda tutilishi mumkin. Bularga birgalikda kredit oluvchilar deya maqom beriladi.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi!

“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (132-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.

📋 Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, jumladan, quyidagilarga yo‘naltiriladi:

➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
➖ yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
➖ mamlakatimizdagi OTMda o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;
➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.

📝 Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.

➡️ Vasiylik kengashi raisi har chorakda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.

🏢 Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.

🚫 Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo‘yilmaydi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Egamnazarga ko'ra, super-kontrakt narxlari davlat komissiyasini keyingi yig'ilishida tasdiqlanishi kerak.

Super-kontraktga qo'shilib noturdosh yo'nalishlarga perevod qilganlar ham tasdiqlanadi.

Besabab turdosh yo'nalishlarga perevod qilganlarni to'laydigan Dop kontrakt miqdorlari ham tasdiqlanadi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ta’tilda vaksinaning 1-dozasini olgan talaba 2-doza uchun yashash joyiga borishi kerakmi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning Xpress.uz’ga ma’lum qilishicha, talaba vaksinani OTMsi biriktirilgan poliklinikada ham olishi mumkin.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Nega ijarada yashaydigan talabalarning muammosi bu qadar avj oldi?
Mundoq bir ortga qaraylik.

Oxirgi 4 yilda davlat OTMlarga qabul super, giperkontraktlarniyam qo‘shganda kamida 3 barobar oshdi. Yaxshi. Men bu noto‘g‘ri ish edi demayman.

Lekin OTMlarning moddiy texnika bazasi va yotoqxona infratuzilmasi inobatga olinmay shunday ish qilindi.
Qarorlar kompleks va oqibatlarini puxta o‘ylab qabul qilinishi lozim. Oshirilgan kvotalar bo‘yicha talabalarning yotog‘ini faqat ijara kvartiralar qondirishi mumkinligi avvaldan ma’lum edi-ku!

Buning ustiga o‘nlab xususiy va xorijiy OTMlar faoliyatini boshladi, ularning hech biriga yotoqxona infratuzilmasi bo‘yicha talab qo‘yilmadi. 90% xususiy va xorijiy OTMlarning yotoqxonasi umuman yo‘q. Deyarli har oyda yangi OTM ochish bo‘yicha hukumat qarori paydo bo‘ladi, ularda yotoqxona mavjudligi talabi bormi? Yo‘q. Lekin tekinga yer olishni, bino ajratilishini, soliq, boj imtiyozlarini olishni aslo unutishmaydi.

Yo bizda OTM ochayotgan xorijiy va xususiy investorlarda olmoq bor-u, bermoq yo‘qmi?

Bu xuddi stoyankasiz supermarket va savdo markazlari qurishga ruxsat berilishi singari.

Yotoqxona muammosi bu biz 2-3 yil avvalroq e’tibor qaratishimiz va yechishimiz kerak masala edi, u vaqtda hozirgidan ko‘ra pul ham ko‘proq edi. Mayli, kechikib bo‘lsayam harakatga kelinmoqda. Faqat qarorlar qabul qilishda oldinroq, o‘lchovliroq yurishimiz kerak. Gap shu haqda.

Yaqin orada bizni OTM bitiruvchilari bilan bog‘liq yana bir muammo bezovta qilishi mumkin.

Shu paytgacha o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotlilarning ishsizligi, ularni ish bilan ta’minlash kun tartibida edi.
Bu yildan boshlab oliy ma’lumot olganlarning ish bilan ta’minlash ham ko‘ndalang bo‘la boshlaydi.

Qo‘shimcha, ko‘paytirilgan kvotalar asosida OTMlarga o‘qishga kirganlar bu yildan ta’lim muasssasalarini bitirishni boshlaydi.
Hozirgi O‘zbekiston yiliga yangi 100 ming oliy ma’lumotlini hazm qiladigan ekonomikaga ega emas.

O‘rta, o‘rta maxsus ma’lumotli fuqaroning ishsizligi yomon, lekin oliy ma’lumotli fuqarolarning ommaviy ishsizligi undan ham yomon.
O‘rta, o‘rta maxsus ma’lumotli fuqaro past daromadli va jismoniy mehnatga oson ko‘nadi, juda bo‘lmasa mehnat migrantiga aylanishi mumkin.
Oliy ma’lumotli ishsizni ko‘ndirish qiyin, chunki u, garchi o‘zbek OTMlarida uncha sifatli bo‘lmagan ta’lim olgan bo‘lsa-da fikrlaydi, solishtiradi. Qolaversa ta’lim olish uchun yaxshigina pul sarflagan, sarflagan mablag‘larini iqtisodiy oqlashni, qaytarishni istaydi.

Biz bu yangi armiyani qabul qilishga tayyormizmi?

© Otabek Bakirov

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Bilasizmi? Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

✅ Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
✅ o'z xohishiga binoan;
✅ o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
✅ salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
✅ o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
✅ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
✅ o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
✅ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
✅ sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
✅ vafot etganligi sababli.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ijtimoiy eksperiment: Uysiz qolgan talabaga insonlarning e’tibori qanaqa? Talabaga yordam bershadimi?

Bu mavzuni yoritishdan charchadik. Xatoni kichik bir guruh qiladi, jabrini esa juda ko'pchilik ko'radi. Ilmli kishi hisoblanmish talabani ko'chada qoldirdik, yana kamiga yoshlarni kelajagimiz deb atadik. Juda mantiqsiz.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentning «o‘gay bolalari». Talabalar nega ijaraga qo‘yilmaydi?

Ta'lim olaman, kelajagimni quraman deb har yili viloyatlardan minglab yoshlar azim poytaxtni qora tortib keladi. Oliygohga qabul qilinganini eshitgan talabaning kayfi chog‘, axir u kamida vazir bo‘lishni niyat qiladi-da. Ammo Toshkent bo‘lajak vazirlarni kulib qarshi olmaydi, talaba buni tunashga boshpana topolmagan ilk kunidayoq his qiladi...

Videoni ko'rish: https://youtu.be/GMLLkn8Nijs

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Ota-onasini yo'qotgan talabalar uchun Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 50 foizga oshirilgan miqdorda stipendiya (amaldagi 517 ming so‘mdan 775 ming so‘mga oshiriladi) to‘lanadi — Prezident qarori.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
​​❗️Hijob va ro'molga qarshi "reyd" uyushtiruvchilar! OTM hududida, fakultet binolarida yurgan ayrim qizlarning ham kiyinishiga e'tibor qaratmaydilarmi?

Universitet hududida shunday qizlar uchrab turibdiki, ular milliy qadriyatlar-u, ibo-hayoga tupurgan. Sizning ham ba'zida ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak. Oxirgi vaqtlarda tor, kalta, ochiq-sochiq kiyinish qizlar uchun "urf"ga aylandi. Afsuski, hayo chegarasidan chiqib ketilmoqda.

Shu o'rinda bir tabiiy savol tug'iladi: Nega hijob va ro'molga qarshi "reyd" uyushtiruvchi rahbariyat, universitet "ichki tartib-qoidasi"ni pesh qiluvchi dekan va zamdekanlar bu kabi behayolarga qarshi hech bir tadbir yoki "reyd" uyushtirmaydi? Iymonli, e'tiqodli qizlarga hujum-u, foxishasifatlarga esa e'zozmi? Qadimdan o'zbek ayollari ibosi bilan tanilmaganmidi? SSSR ta'siri hamon seziladi va biz bundan to'laqonli ozod bo'la olmadik.

Sovet ittifoqi sarqiti hisoblanmish hijobni ta'qiqlash hali hamon mavjudligi esa bizning to'liq mustaqil emasligimizni anglatadi. Ma'lumot o'rnida shuni aytish mumkinki, AQSh, Yevropa va Rossiyada ham ro'mol yoki hijobga ta'qiq yo'q.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Qonunchilikka ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Yakshanba kuni butun O‘zbekiston hududiga sovuq antisiklon tarqalishni boshlaydi!

Shanba kuni 37 darajagacha issiq bo‘lsa, yakshanba kuni 35 darajaga pasayadi. Xorazm va Qoraqalpog‘istonda harorat 27 darajagacha tushadi. Keyingi haftaning boshidan esa sovuq antisiklon ta’siri kuchayadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
2_5339168438017331335.pdf
1.1 MB
❗️2021-2022-o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari.

Fayl orqali 30 ta OTMda hamkor xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 264 ta qo'shma ta'lim dasturiga oid maʼlumotlar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

✅
Bakalavriat yo‘nalishlari – 192 ta (shundan 13 tasi sirtqi ta’lim shaklida);

✅ Magistratura mutaxassisliklari – 72 ta (kunduzgi);

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari soni – 6332 nafar bo‘lib, shundan:

• Bakalavriat yo‘nalishlari uchun – 5722 nafar (shundan 370 nafari sirtqi ta’lim shaklida);

• Magistratura mutaxassisliklari uchun – 610 nafar (kunduzgi) etib belgilangan.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️O'zbekiston hududida talabalar stipendiyasi miqdorlari!

3 va 4 bahoga o'zlashtirgan talabalar uchun - 517 880 so'm;
5 bahoga o'zlashtirgan talabalar uchun - 621 456 so'm;

Shuningdek, faol va baholari 4 , 5 bo'lgan talabalarga qo'shimcha 50 foizgacha stipendiya berilishi belgilangan.

Davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar umumiy fanlarining 30 foizi va undan ko'prog'i 3 baho bo'lsa 1 semestr stipendiya olmaydi. Ya'ni 10ta fandan 3tasi 3 baho bo'lsa stipendiya olmaydi.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!